Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Zaxmning serologik diagnostikasi. 
Ko’pchilik hollarda zaxm qo’zg’atuvchisini 
bakterioskopik aniqlash mumkin bo’lmaydi yoki juda qiyin bo’lishi mumkin. Shuning uchun 
zaxm diagnostikasida serologik usul qo’llaniladi. Zaxm kasalligida ham boshqa kasalliklarga 
o’xshash organizm qo’zg’atuvchiga qarshi kurashadi va qonda ko’plab unga qarshi himoya 
antitelalar hosil bo’ladi. Kasallarning qon zardobidan bu antitelalarni aniqlash serologik usulning 
mohiyati hisoblanadi. 
Zaxmning serologik diagnostikasida ikki tipdagi antigenlar qo’llaniladi. Antigenlarning 
birinchi tipi 
trepanemasiz
antigen bo’lib maxsus (fabrichno) korxonalarda chiqariladi, tarkibi 
zaxm kasalligida organizmda to’qimalar va oqish trepanemalarning parchalanishi natijasida hosil 
bo’lgan mikrobni lipid va to’qima fosfolipid antigenlarga o’xshash, analogi bo’lib, ularga qarshi 
hosil bo’lgan AT bilan (buqaning yuragidan tayyorlaniladi) spesifik birika oladi. 
Antigenning ikkinchi tipi 
trepanemali 
antigen bo’lib laboratoriya sharoitida ultratovush 
yordamida tozalangan trepanema shtammi yoki ulardan ajratib olingan rekombinat Ag 
hisoblanadi. 
Laboratoriya sharoitida antigenga bemor qon zardobi qo’shiladi, Agar kasal qonida bu 
antigenlarga qarshi AT bo’lsa Antigen+antitela reaksiyasi ro’y beradi, uning natijalari turli 
serologik usullarda aniqlanishi mumkin. Zaxmda serologik usullari quyidagi holatlarda 
qo’llaniladi. 
1. Ma’lum guruh aholini ommaviy tekshirish jarayonida: (homilador ayollarni, qon va 
organlar topshiruvchi donorlarni, harbiy xizmatchilarni, ba’zi bir mutaxassisliklar; vrachlar, oziq 
ovqat tayyorlash, sotish sohasidagi ishchilar, qamoq muddatini o’tuvchilar va albatta stasionarga 
davolanish maqsadida yotmoqchi bo’lganlar) oson va qimmat bo’lmagan, tez bajariluvchi usul 
qo’llaniladi. Bu usullar profilaktik maqsadda olib boriladi. 
2. Ikkinchi holatda esa serologik reaksiyalar bemorga diagnoz qo’yish maqsadida (zaxmning 
klinikasi bor bemorlar, genital organlarida yarasi bor kishilar, bemorlar bilan jinsiy aloqada 
bo’lganlar, ikkilamchi zaxm bilan yaqindan kontakt bo’lganlar, zaxm bilan kasallangan ayollardan 
tug’ilgan bolalar, boshqa tanosil kasalliklar bilan og’rigan va diagnozi tasdiqlanganlar) har ikkala 
(trepanemasiz, trepanemali) antigen bilan birgalikda olib boriladi. 
Profilaktik maqsadda olib borilganda quyidagi serologik usullar plazmadagi reagenlarni 
(AT) aniqlashda qo’llaniladi: mikropresipitasiya reaksiyasi (MPR); komplementni bog’lash 
reaksiyasi (KBR). Bu reaksiyalarning ijobiy xususiyati tez bajarilishi, arzonligi va murakkab 
reagentlarni zarur bo’lmasligi hisoblanadi. Ammo, bemor organizmida hosil bo’layotgan antilipid 
antitelalar, faqat zaxm kasalligida emas, balki boshqa trepanematoz, o’tkir va surunkali ko’plab 
kasalliklarda ham paydo bo’ladi. Antilipid AT lar qattiq shankr hosil bo’lgandan so’ng 7-14 
kundan keyin yoki infeksiya yuqandan 4-5 hafta keyin paydo bo’ladi. Trepanemasiz testlarning 
kamchiligi: 
- yolg’onmanfiy natija (bemor qon zardobida AT juda ko’p bo’lsada zardobni suyultirmaslik 
natijasida prozona fenomeni kuzatiladi, bu holat zaxmning ilk davrida yoki OITS bilan birgalikda 
kuzatiladi); 
- zaxmning keyingi bosqichlarida reaksiya o’z sezgirligini yo’qotishi. 
Antilipid AT lar bemor organizmida uzoq saqlanmaydi va kasallik dinamikasida, davolash 
davrida yo’qolib boradi. Shuning uchun bu AT larning aniqlash zaxmga taxminiy diagnoz 
qo’yishda va bemorlarni davolash samarodorligini aniqlashda qo’llaniladi. 


168 
Zaxmning maxsus serologik diagnostikasida trepanema testlari qo’llaniladi. Yuqorida 
keltirilgan usullar bilan bir qatorda quyidagi serologik reaksiyalar ishlatiladi: 
- komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR) 
- immunoflyuoressensiya reaksiyasi (IFR turli modifikasiyasi) 
- passiv gemagglyutinasiya reaksiyasi (PGAR) 
- immunoferment analiz (IFA) rekombinatli IFA 
- oqish trepanemalarni immoblizasiya reaksiyasi (OTIR) 
- immunobloting 
Trepanemali testlar maxsus va o’ta sezgirligi tufayli (jadval ) zaxm kasalligi diagnozini 
tasdiqlashda asosiy usullardan hisoblanadi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish