Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Chidamliligi.
Yuqori harorat va nam sharoitda Provatsek rikketsiyasi tez nobud bo’ladi. 
Bitning qurigan najasida uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi modda ta'sirida tez nobud 
bo’ladi. 
Hayvonlar 
sezuvchanligi. 
Laboratoriya 
hayvonlaridan 
oq 
sichqonlar, 
dengiz 
cho’chqachalari, maymunlar sezuvchandir. Maymunlarda toshmali tifning klinik belgilari 
namoyon bo’ladi, oq sichqonlarda esa zotiljam yuzaga keladi. 
Infektsiya manbai. Kasal odam infektsiya manbai hisoblanadi. 
Tarqalish yo’li.Transmissiv yo’l orqali tarqaladi. 1909 yili fransuz olimi Nikol maymunlarda 
tajriba o’tkazayotib kiyim bitlari Provatsek rikketsiyasining tarqatuvchisi ekanligini aniqladi. 
Keyinchalik bosh bitlari ham tashuvchisi bo’lishi mumkinligi aniqlandi. 
Yuqish mexanizmi.
Bemor qonini so’rgan bit 4—5 kunlarda zararli bo’lib hisoblanadi. Shu 
vaqt ichida bitlarning ichak epiteliy to’qimalarida ular bijg’ib ko’payadi va to’qimalarni 
shikastlaydi, ko’p miqdorda uning najasi bilan tashqariga chiqariladi. Bit teriga yopishganda uni 
tishlaydi va shu zahoti rikketsiya saqlovchi najasini chiqaradi. Odam esa terisini qashib 
rikketsiyalarni shikastlangan terisi orqali o’z organizmiga kiritadi. 
Patogenezi. 
Rikketsiyalar 
organizmga 
tushgandan 
so’ng tomirlarning endoteliy 
to’qimalariga o’tadi. Bu yerda ular bo’linib ko’payadi va to’qimalarni nobud qiladi. So’ngra esa 
ko’p miqdorda qonga o’tadi — rikketsiemiya yuzaga keladi. Tomirlar yallig’lanadi va tromb hosil 
bo’ladi. Natijada mayda qon tomirlarnning o’tkazuvchanligini to’sib qo’yadi. Bosh miya 
tomirlaridagi tromb bo’lgan joyda granula hosil bo’ladi va meningoentsefalitga xos yallig’lanish 
yuzaga keladi. 
Toshmali tif o’tkir boshlanadi. Yuqori harorat, intoksikatsiya, kuchli bosh oqrig’i, rozeola, 
petexial toshmalar yuzaga keladi. 
Immuniteti. Kasallik o’tgandan so’ng butun umrga mustahkam antimikrob va antitoksik 
immunitet hosil bo’ladi. Qonda antitelolar, komplement bog’lanish antitelolari, agglyutininlar 
aniqlanadi. 
Brill kasalligi. Keyingi yillarda toshmali tif bilan og’rib o’tgan bemorlar organizmida uzoq 
vaqtgacha Provatsek rikketsiyalari saqlanib qolishi aniqlandi. Organizmning kasallikka qarshi 
kuchi kamaygan va unga beriluvchan bo’lgan hollarida bir necha yillardan (10—30) so’ng ham 
kasallik yuzaga keladi, ya'ni epidemik toshmali tif retsidivi yuzaga keladi. Birinchi bo’lib bu 
kasallikni Brill aniqlagan, N Sinsser esa kasallikning qo’zg’atuvchisi Provatsek rikketsiyalari 


170 
ekanligini isbotlab bergan. Kasallik yengil va zararsiz o’tadi. Kasallik diagnostikasida 
qo’llaniladigan Veyl - Feliks reaktsiyasida 0x19 protey bilan agglyutinatsiya reaktsiyasi manfiy, 
Provatsek rikketsiyalari bilan esa musbat bo’ladi. Bundan tashqari, Brill kasalligi — 
reinfektsiyadir degan fikrlar ham bor. Kasallikning yengil o’tishiga organizmda hosil bo’lgan 
immunitet sababchidir deyishadi.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika yuzasidan Provatsek rikketsiyalarining yuzaki 
antigenlaridan tayyorlangan kontsentrlangan kimyoviy vaktsina qo’llaniladi. Umumiy 
profilaktikasi — bemorlarni ajratish va kasalxonaga yotqizish, bitlarga qarshi kurashishdir. 
Endemik toshmali tif.
 
Bu kasallikni qo’zg’atuvchisi 1928 yili X. Muzer tomonidan 
aniqlangan va uning nomi bilan Muzer rikketsiyalari deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda ularni K. 
Lur1i deb nomlanadi. 
Morfologiyasi. Mayda kokksimon (diametri 1 mkm gacha) yoki tayoqchasimon (0,3—06 x 
1,5 mkm mikroorganizmlardir. Provatsek rikketsiyalariga nisbatan polimorf emas. Zdrodovskiy 
usulida bo’yalganda qizil rangga va Gramm manfiy bo’lib bo’yaladi. 
Kultural xossasi

Muzer rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida 35°S haroratda 
yaxshi rivojlanadi, pilikchalar hosil qilib o’sadi. Bo’g’imoyoqliklarning ichki epiteliy to’qimasi, 
yadro va sitoplazmasida yaxshi rivojlanadi. 
Toksigenligi. Muzer rikketsiyasi Provatsek rikketsiyasidan farqlanadigan endotoksin hosil 
qiladi va buni neytrallash reaktsiyasi natijasida aniqlash mumkin. 
Antigenlik tuzilmasi. Muzer rikketsiyasi 2 ta antigenlik kompleksini saqlaydi. Provatsek 
rikketsiyasn va OX19 va OX2 bilan umumiy termostabil antigeni. Muzer rikketsiyasini Provatsek 
rikketsiyasidan farqlovchi termolabil, tipospetsifik antigeni. 
Chidamliligi. Muzer rikketsiyasi tashqi muhitga kam chidamli, lekin qurigan holda past 
haroratda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo’ladi.
Hayvonlarning sezuvchanligi. Endemik toshmali tif bilan kemiruvchilar, asosan, sichqonlar 
va kalamushlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho’chqachalari
sezuvchan. Material ularning qorin bo’shlig’iga yuborilganda periorxit yuzaga keladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish