Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


 mavzu:Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakterii, , mikobakterii)



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

11. mavzu:Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakterii, , mikobakterii) 
Reja: 
 
1.
Patogen korinobakteriyaning toksinomik o‘rni. 
2.
Patogen mikobakteriyalar ekologiyasi va umumiy xarakteristikasi. 
3.
Difteriya va sil kasallik qo‘zg‘atuvchilari, biologik xususiyatlari. 
4.
Qo‘zg‘atuvchilarning yuqish yo‘llari. 
5.
Kasalliklarini laboratori diagnostikasi va profilaktikasi. 
6.
Sil qo‘zg‘atuvchilari, ularning biologik xususiyatlari va yuqish yo‘llari. 
7.
Sil kasalliklarining mikrobilogik diagnostikasi va tuberkulin-ning xarakteristikasi. 
8.
Sil kasalliklarining maxsus davosi va profilaktikasi. 
Tayanch iboralar:
Difteriya. Gravis. Mitis. Sil-Nilsen usuli. 
Corynebacterium urug‘i gram musbat tayoqchasimon bakteriyalardan tashkil topgan bo‘lib, 
ular spora hosil qilmaydi, xarakatsiz. Tayoqchasining chetida metoxromatik kriptalar joylashgan. 
(Babej-Ernst yoki valyutin donachalari). Korinobakteriyalar sitoplazmasida valyutindan tashqari 
lipid va kraxmal kiritmalari ham bor. 
Korinobakteriyalar urug‘ining 20 ga yaqin patogen, shartli-patogen, nopatogen turlari 
mavjud. 
Difteriya qo‘zg‘atuvchisi – Corynebacterium diphtheriae ni 1883-84 yillarda Klebs va 
Leffler kashf etgan. E.Ru va A. Iersen esa bakteriya ekzotoksinini ajratib olishga muvaffaq 
bo‘lganlar. Fransuz olimi G.Ramon ekzotoksin kuchini formalin ta’sirida kamaytirib, 
kuchsizlantirilgan toksin, ya’ni anatoksin olishga muvaffaq bo‘ldi va uni kasallikning oldini olish 
uchun amaliyotga tatbiq qildi (1923 y.). 
Cor. diphtheriae coryna lotincha so‘z bo‘lib, to‘g‘nog‘ichsimon, diphteniae esa parda, qobiq 
degan ma’noni anglatadi.
Cor. Diphtheriae – to‘g‘ri yoki bir oz bukilgan gram musbat tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1-8 
mkm, eni 0,3-0,8 mkm. Bu bakteriyalarning xarakterili belgisi polimorfizm (tipik tayoqchalaridan 
tashqari uzun, kalta, tarmoqlanadigan, noksimon formalarining bo‘lishi), metaxromatik granula 
(valyutin donalari birmuncha to‘qroq bo‘yalganligi uchun tanasining bir tekis bo‘yalmasligi) va 
tayoqchalarning surtmada kerilgan panja barmoqlari, to‘qmoq to‘dalari ko‘rinishida bir-biriga 
nisbatan burchak ostida joylashuvidir. Gram musbat. Neysser usuli bo‘yicha bo‘yalganida 
9
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016


66 
valyutin donalari yaxshi ko‘rinadi: bakteriyalar tanasi sariq rangga, valyutin donalari esa to‘q ko‘k 
rangga bo‘yaladi. 
Difteriya bakteriyasi aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ular 37

S (chegarasi 15-
40
o
S) haroratda, rN 7,2-7,6 bo‘lganda oqsillar (ivitilgan zardobli) agarli muhitlarda va qandli 
bulonlarda yaxshi o‘sadi. Ru va Leffler muhitlaridagi koloniyalari qavariq yaltiroqdir, ularning 
o‘sishi shagren teriga o‘xshab ketadi. Marten bulonida parda ko‘rinishida o‘sishi xarakterlidir. 
Kultural, bioximiyaviy va boshqa xossalariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 - biovari 
tafovut qilinadi: gravis, mitis, intermedius. Gravis tipi telluritli muhitlarda yassi, dumaloq, 
chetlari tishsimon, kulrang qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Mitis tipining koloniyalari 
birmuncha mayda, qavariq, yaltiroq, silliq, qora rangda bo‘ladi. Intermedius tipi oraliq holatni 
egallaydi. S va R tip koloniya hosil qiladi. 
11.1-rasm 
Difteriya glyukoza, maltoza, levulyozani kislota hosil qilib parchalaydi. Nitratni nitritlarga 
qaytaradi, kaliy telluritni sulfid telluritga aylantiradi. SHu sababli telluritli agarda qora yoki 
kulrang koloniyalar hosil bo‘ladi. 
Difteriya bakteriyalari kuchli ekzotoksin hosil qiladi, bu toksin organizmga yuborilganda 
yurak muskuli, buyrak usti bezlari va pereferik nerv sistemasini tanlab shikastlaydi. Toksin kuchi 
dengiz cho‘chqalarida aniqlanadi va hayvonni 3-4 kun mobaynida o‘ldiradigan eng kam dozasi 
(D/t) bilan o‘lchanadi. Difteriya toksini kam chidamli, 60
o
S da quyosh nuri va har xil ximiyaviy 
moddalar ta’sirida oson parchalanib ketadi. 0,3-0,4% farmalin ta’sirida va 40
0
S da bir oy 
mobaynida zaharsiz birikma – anatoksinga aylanadi. Anatoksin immunogen xossalarni saqlab 
qoladi, shunga ko‘ra undan odamlarni immunlash uchun foydalaniladi. 
Difteriya tayoqchalari gialuronidaza, neyrominidaza, fibrinolizin fermentlarini ham hosil 
qiladi, bular bakteriyalarning toksigenligini yanada oshirib, to‘qimalar orasida tarqalishini 
ta’minlaydi. 
Difteriya tayoqchalarini antigen tuzilishi murakkab, u joylashgan bakteriya hujayra devori 
ko‘p qavatli, shuning uchun qalinroq va boshqa gram musbat bakteriya hujayra devoridan farq 
qiladi. Hujayra devorining yuza qavati temperaturaga chidamsiz, tipga xos oqsil antigan 
joylashgan. Bu antigen bo‘yicha difteriya korinobakteriya 58 ta serologik variantlarga bo‘linadi, 
korinobakteriyalarda 19 xil fagotiplar bo‘lib, ular yordamida infeksiyaning manbai aniqlanadi
hamda kulturalarni identifikatsiya qilishda foydalaniladi. 
Difteriya bakteriyalari past temperaturaga ancha chidamli, ular turli buyumlarda 15 
kungacha, sut va suvda 6-20 kungacha, kuz va bahorda esa buyumlarda 5,5 oygacha, bemordan 
olingan materialda ham uzoq saqlanadi. YUqori temperaturalar ta’siriga sezgir: qaynatilganda 
o‘sha zahoti, 60
o
S da 10 minut davomida o‘ladi, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez halok 
bo‘ladi. Hayvonlar tabiiy sharoitda difteriya bilan kasallanmaydi.
Patogenezi

Difteriya mikroblarining kirish darvozasi burun-xalqum, ba’zan ko‘z, jinsiy 
organlar shilliq pardalari, teri va jaroxatlardir. Infeksiya manbai bemor yoki bakteriya tashib 
yuruvchi odam hisoblanadi. 


67 
Kasallik kuz-qishda ko‘proq uchraydi. Difteriya korinobakteriyalari kirgan joyida mahalliy 
yallig‘lanish rivojlanib parda hosil bo‘ladi. 
Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil 
sintezini to‘xtatadi, transferaza fermentining faoliyatini kamaytiradi. 
Difteriya tayoqchasining toksini qonga so‘rilib, organizmning umuman qattiq zaxarlanishiga 
sabab bo‘ladi va yurak muskuli, buyrak usti bezlari, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi. 
Bo‘g‘ilib qolish yoki yurakning falajlanishidan odam o‘lib ketishi mumkin. 
Difteriya bilan kasallangandan so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi. 
Laboratoriya tashxisi.
 
Difteriya pardasi burun va xalqumdan olingan surtma tekshirish uchun 
material bo‘lib xizmat qiladi. Material ikkita steril paxta tampon bilan olinadi. Tamponning biri 
ekish uchun ishlatilsa, ikkinchisida surtma tayyorlash uchun foydalaniladi. Surtmalar gram
neysser usulida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Surtmalar differensial diagnostik muhitlardan 
biri quyilgan kosachaga ekib ko‘riladi. 37
o
S da termostatda 24-48 soat o‘stiriladi. SHubxali 
koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Sof kulturani ajratib olish 
uchun alohida yotgan shubxali koloniyalarning bir qismi zardobli (Ru muhitiga) ekib ko‘riladi. 
Difteriya tayoqchasining toksin ishlab chiqarish-chiqarmasligi hozirgi vaqtda (agarda) diffuz 
pretsipitatsiyalash metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun Petri kosachasidagi tarkibida 15-20 % ot 
zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo‘yilgan oziqli agar satxiga, 5000 AE ml tutuvchi 
bo‘g‘maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5x6 sm kattalikdagi filtr lentasi quyiladi. 
Kosachalar 37
o
S da 30 minut davomida termostatda quritilgandan so‘ng tekshiriluvchi kulturalar 
quyilgan qog‘oz parchasi chekkasidan 0,6-0,8 sm masofada perpendikulyar ekiladi. Kontrol 
sifatida oldindan toksigenlik xususiyati ma’lum bo‘lgan kultura ekiladi. Ekmalar 37
o
S da kelasi 
kungacha termostatda saqlanadi. 
Toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lgan kulturalar o‘sganda, toksin bilan antitoksin 
uchrashgan erda qattiq oziqli muhitda oq chiziqlar – “mo‘ylovchalar” ko‘rinishida pretsipitat 
hosil bo‘ladi. 
Difteriya korinobakteriyasini toksigen va notoksigen shtammlari dengiz cho‘chqachalari 
terisi ostiga yoki teri orasiga yuborib, ularning toksigenlik xususiyatlari aniqlanadi. 
Profilaktikasi va davosi.
 
Difteriya tarqalishini oldini olish uchun kasallikni barvaqt 
aniqlash, bemorlarni kasalxonaga yotqizish, dezinfeksiya qilish, bolalar o‘rtasida va bolalar 
muassasalarida ishlovchi kishilar orasida, difteriya mikroblarini tashib yurgan odamlarni 
aniqlash zarur

Spetsifik profilaktikasi difteriyaga qarshi aktiv immunitet paydo qilish uchun difteriya 
anatoksinini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AKDS adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal, 
difteriya, qoqshol vaksinasi va ADS-M-adsorbsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini bilan 
emlanadi. 
Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashxis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difteriya 
5000-15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000-50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish