Вабо қўзғатувчилари учун қўлланиладиган озиқ муҳитлар ва уларнинг культурал хусусиятини ўрганиш.
sun'iy oziq muhitlarda va eski kul`turalarda sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon va ipsimon
S-shakllar paydo qilishi mumkin. Ularni yangi tayyorlangan oziq muhitlarga ekilsa, o'z shakliga qaytadi.Klassik biovar bilan El`-Tor biovari tuzilishida unchalik farq yo'q.Vabo vibrioni dissotsiatsiya yo'li bilan S-shaklidan R-shakliga o'tishi mumkin. Bu mutatsiya natijasida sodir bo'lgan jarayonda vibrionning antigen tuzilishi, virulentlik va boshqa xususiyatlarida ham chuqur o'zgarishlar ro'y beradi.
Вабо касаллигининг лаборатория диагностикасини олиб бориш техникаси.
a) bemor najasidan surtma tayyorlab, Gram yoki fuksinning suvli eritmasi bilan bo'yaladi va mikroskop ostida ko'riladi. Agar vabo vibrioni bo'lsa, qizil rangli vergul shakldagi bukilgan vibrionlar ko'rinadi.
b) bemor najasini 1% peptonli suvga, ishqoriy peptonli agarga yoki baktoagarga (TCVS - agar) ekib, 6 soat termostatda saqlanadi, shu muddat ichida peptonli suvning betida asosan vabo vibrionlaridan iborat bo'lgan yupqa parda hosil bo'ladi. Undan surtma tayyorlab, Gram usulida bo'yaladi va mikroskop ostida ko'riladi. Yana shu pardadan “osilgan tomchi” usulida preparat tayyorlab, vibrionning harakati mikroskop ostida tekshiriladi.
v) ajratib olingan kul`turani identifikatsiya qilish uchun maxsus Ogava, Inaba zardoblari yoki O1-antizardob (1:50-1:100) bilan kengaytirilgan agglyutinatsiya reaktsiyasi qo'yiladi. Uning fermentativ xususiyati tekshiriladi va vabo fagiga nisbatan sezgirligi aniqlanadi.
Куйдирги қўзғатувчиси антигенлик хусусияти, қайси серологик реакцияси ёрдамида антигенлик аниқланади. Реакцияни ингридиентлари, қўйиш кетма кетли ва унинг натижасини баҳолаш. Схема билан чизиб беринг. (дарс пайтида протокол ёзгандек ёзиб, реакцияни дафтарингизга чизиб, натижаси билан ва уни ўқитувчингизга жунатинг)
Batsillaning kapsula hosil qilishini zardob-qonli muhitlarda aniqlanadi. Shuningdek lyuminestsent-serologik sinama qo'yish va penitsillin qo'shilgan muhitda o'stirib (marjon shaklini) ko'rish tavsiya etiladi.
Bacillus anthracisнинг культурал ва ферментатив хусусияти.
Batsillani penitsillin qo'shilgan go'sht-peptonli agarda o'stirilganda, ular protoplastlarga aylanib, mayda sharchalar ko'rinishida “marjonga” o'xshab joylashadi. Batsillani go'sht-peptonli bul`onda o'stirilganda esa bul`on tiniq holda qoladi va probirka tubida paxtaga o'xshash cho'kma hosil bo'ladi. Batsillalar glyukoza, saxaroza, mal`toza va boshqa qandlarni kislota hosil qilib, parchalaydi. Ular degidraza, lipaza, diastaza, peroksidaza, katalaza fermentlarini ishlab chiqaradi. Agar bu mikrobni tik qotirilgan jelatinaga sanchib ekilsa, avval jelatinaning ustki qismi suyuladi, so'ng mikrob uning o'rta qismidan atrofiga tarmoqlanib o'sadi, natijada ag'darib
qo'yilgan “archaga” o'xshash shakl paydo bo'ladi.
Ўлат қўзғатувчисининг культурал хусусияти: суюқ ва қаттиқ озиқ мухитда.
Go'sht-peptonli agarda o'stirilganda mayda-mayda tiniq koloniyalar hosil qiladi. Keyinchalik koloniyalar o'rtasi xiralasha boshlaydi, ularni kuzatganda xuddi “singan oyna” parchasiga o'xshash yosh koloniyalarni ko'rish mumkin. Koloniyalarning chetlari asta-sekin bo'rtib chiqib, xuddi “to'qilgan ro'molcha”ni eslatadi. Bul`onda o'sganda uning yuzasida o'sadi va pilyonka hosil qiladi, pilyonkadan ipchalar osilib turishi mumkin sumalak (stalaktit) ko'rinishida. Toun
bakteriyasi, asosan, virulent R-shakldagi koloniyalarni hosil qiladi, ba'zan S- shakllari ham uchraydi, ammo ular kam virulent hisoblanadi.
Ўлатнинг махсус ва номахсус профилактика чора- тадбирлари.
Vaktsinani teri ostiga, teri orasiga, teri ustiga 1–2 marta yuborib emlanadi. Hosil bo'lgan immunitet bir yilgacha himoya qiladi. Hozir tounga qarshi majburiy emlash o'tkazilmaydi. Chunki ko'pgina davlatlarda aholini yoppasiga emlash hisobiga bu infektsiya kamaydi.
Бруцеллёз касллигида қўйиладиган серлогик реакциясининг номи, ингридиентлари, қўйиш кетма кетли ва унинг натижасини баҳолаш. Схема билан чизиб беринг. (дарс пайтида протокол ёзгандек ёзиб, реакцияни дафтарингизга чизиб, натижаси билан ва уни ўқитувчингизга жунатинг)
serologik usullar bilan brutsellalarning antigen tuzilishini chuqur tekshirib, ularning barcha turlarida A, M, G va R antigenlar borligini va bu antigenlar brutsellalar tarkibida turli
nisbatda bo'lishini aniqladi.
Туляремия ташхисини қўйиш учун қандай серологик реакциялар қўлланилади, ингридиентлари, қўйиш кетма кетли ва унинг натижасини баҳолаш. Схема билан чизиб беринг. (дарс пайтида протокол ёзгандек ёзиб, реакцияни дафтарингизга чизиб, натижаси билан ва уни ўқитувчингизга жунатинг)
Tulyaremiya bakteriyasining 3 turi ajratiladi:
a) golarktik (Yevropa) – kuchli patogen, o'lim 0,5% ni tashkil etadi. Quyonlarga nisbatan patogen, glitserinni;
b) noarktik (Fr. tularensis nearstica) – quyonlarga nisbatan kuchli patogen, glitserinni parchalaydi, virulentligi ham yuqori, o'lim 5–8% ni tashkil qiladi,
v) Markaziy Osiyo turi (Fr tularensis mediasia tica) quyonlar uchun kam patogen, glitserinni parchalaydi. O'rta Osiyo turi Il, Chu, Amudaryo qirg'oqlaridagi aholi orasida, Qozog'iston janubi va Qoraqalpog'iston respublikasida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |