Og‘riqni sezuvchi retseptorlar
Teridagi og‘riqni sezuvchi retseptorlaming qo‘zg ‘alishi sezuvchi asab tolalari orqali orqa miyadagi quyi asab markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po‘stloq osti markaziga va nihoyat, neokorteksning orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. lchki a’zolarda sodir bo‘lgan og‘riq, shu a’zolarning miyadagi markazlariga berilishi bilan birga. tananing mazkur a’zo joylashgan teri sohasida ham tarqaladi. Masalan, yurak sanchib o g ‘riganida ko‘krak qafasining chap tomonida va chap qo‘l sohasida og‘riq seziladi. Ba’zi tadqiqotchilaming fikricha, og‘rituvchi ta’sirotni “og‘riq” asab tolalarining erkin oxirlari sezadi. Masalan, analgeziya holatda og‘riq sezilmaydi, lekin tegish sezgisi saqlanadi (har qanday narkozda, shuningdek orqa miyaning ba’zi kasalliklarida shunday holat kelib chiqadi), shundan keyin terining qirqilishi tegish va bosim sifatida seziladi-yu, lekin og‘riq bo‘lib sezilmaydi. Terida maxsus og‘riq nuqtalar bor: terining turli qismlariga juda ingichka igna sanchilsa, igna sanchilishi bilan oldin tegish sezilmay, darrov og‘riq seziladigan nuqtalarni topish mumkin. Asab tolalarning regeneratsiya jarayonida (asab qirqilib ulangan asab tolalarida) avvalo og‘riq sezuvchanlik tiklanadi, keyinchalik sezuvchanlikning boshqa turlari tiklanadi.
Og‘riq vaqtida odam organizmida bir qancha o ‘zgarishlar ro‘y beradi: qonga adrenalin gormoni ko‘proq chiqadi, qondagi qand miqdori ortadi, yurakning qisqarsh kuchi va tezligi oshadi, qonning ivish xossasi ortadi, nafas olish sekinlashib qoladi, qon bosimi ko‘tariladi, qorachiq kengayadi, ter ajraladi. Bu o ‘zgarishlaming aksariyati simpatik asab tizimi tonusi oshishi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga bog‘liq. Bu tolalardan ba’zilari A guruhga mansub, mielinli ingichka tolalar b o‘lib, qo‘zgalishni 5-15 m/soniya tezlik bilan o ‘tkazadi. Boshqalari mielinsiz ingichka tolalar S guruhida mansub bo‘lib, qo‘zg‘alishni 1-2 m/soniya tezlik bilan o ‘tkazadi. Og‘riqning eng asosiy sababi-hujayrada metabolizm va pH muhitning o ‘zgarishidir. Bu jarayonlar nafas fermentlariga toksik moddalarning ta’siri, mexanik, termik ta’sirot va hujayra membranasining shikastlanishi natijasida yuzaga chiqishi mumkin. Og‘rituvchi ta’sirotlar turli-tuman reflektor reaksiyalariga sabab bo‘ladi. Ularning xarakterli xususiyati shuki, reflektor reaksiyaning yuzaga chiqishida tananing turli a’zolari ishtirok etadi. Yuqorida sanab o ‘tilgan vegetativ o ‘zgarishlar bunga misol bo‘la oladi.
Og‘riq hissiyotining yana bir xususiyati shundaki, u adaptatsiyalanadi. Buni quyidagi tajribada ko‘rib chiqish mumkin: teriga igna sanchilsa-yu, u siljitilmasa, igna sanchishdan kelib chiqqan asab impulslari va o g ‘riq sezgisi paydo bo‘ladi, chunki ayni vaqtda igna siljib, adaptasiyalanmagan yangi o g ‘riq retseptorlari ta’sirlanadi. Badanga igna sanchilgandan keyin uni qimirlatmasak, paydo bo‘lgan o g ‘riq bir pasda y o ‘qoladi. Bu igna atrofidagi retseptorlarning adaptatsiyalanishi natijasidadir. Shu bilan birga ichki a’zolarda og‘riq turganda og‘rituvchi ta’sirotning joyini aniqlash qobiliyati ko‘pincha yetarli ravshan bo‘lmaydi. Ichki a’zolarning kasalliklarida og‘riq kasallangan joyda sezilmay, tananing boshqa qismlarida, masalan. Teri yuzasida sezilishi mumkin. Bunday og‘riqlarni aks etgan og‘riqlar deyiladi.
Stenokardiya tutgan vaqtda, ya’ni yurakning toj-tomirlari qisilganda yurak ustidagina cmas, k o‘pincha chap q o‘l va chap k o‘rakda, b o‘yin va boshning chap yarmida ham og‘riq sezilishi bunga misol bo‘la oladi. Aks etgan ana shu o g ‘riq sezgilari yurak ustidagi og‘riqqa nisbatan kuchliroq bo‘lishi mumkin. Boshqa ichki azolarning kasalliklarida ham terining muayyan nuqtalarida aks etgan og‘riqlar kuzatiladi. Muayyan ichki a’zo zararlanganda terining og‘riydigan bo‘lagi Zaxarin-Ged mintaqasi deb ataladi.
Retseptorlar ichki va tashqi retseptorlar deb ikkita katta guruhga bo‘linadi. Ichki retseptorlar-interoretscptorlar-yuboradigan impulslar ichki a’zolaming holati haqida (visseroretseptorlar) va tana hamda undagi ayrim qismlarning fazodagi vaziyati, harakati to‘g ‘risida (vestibuloretseptorlar va proprioretseptorlar) xabar berib turadi. Tashqi retseptorlar eksteroretseptorlar-tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xossalari, ularning organizmga ta’siri to‘g ‘risida signal berib turadi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |