Mafkura (arab.fikrlar majmui)- muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatilari, orzu-istak, maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimidir. Unda manfaatlar ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Bu tizim o‘zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. Demak, mafkura o‘z mohiyati va vazifasi jihatdan nihoyatda rang-barang bo‘lishi tabiiydir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yo‘nalishlar va darajalarga ega bo‘lganidek, mafkura ham xilma xil bo‘lishi mumkin.
Er yuzida barcha insonlar o‘z fikr-mulohazalariga ega bo‘lib, amaliy faoliyat yuritadilar. SHu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma xildir, deganda haq edi. Darhaqiqat, dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir – biridan farq qiladi. Ularning diniy e’tiqodi, milliy madaniyati, demakki, mentaliteti, maqsadlari va taraqqiyot yo‘llari ham rang-barangdir. Ularning orzu-istaklari, hayotiy ideallari, muddaolarini aks ettiradigan g‘oyalar va ularni amalga oshirishda man’aviy-ruhiy kuch bag‘ishlovchi mafkurasi ham xilma xil bo‘lishi tabiiydir. Darhaqiqat, dunyodagi har bir davlat, xalq va millat, jamiyatning maqsad va manfaatlarini ifodalaydigan o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi mavjud.
Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa, taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Fikrlar erkinligi va xilma xilligi mafkuralarning mazmun jihatdan boyishiga, bir-birini to‘ldirishiga xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonda mafkura yakkahokimligidan voz kechildi va milliy taraqqiyot uchun keng yo‘l ochildi. Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga alohida e’tibor beriladi. G‘oya va mafkuralar xilma xilligi ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy institutlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. SHuningdek, u mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit yaratadi. Siyosiy partiyalar esa o‘zlari mansub bo‘lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o‘z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.
SHu bilan bir qatorda, tarixiy taraqqiyotning mas’uliyatli davrlarida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar, millat yoki siyosiy yo‘nalishlarin o‘zida mujassamlashtiruvchi, ko‘pchilikka maqbul, umum tomonidan ma’qullanadigan, jamiyatning asosiy manfaatlarini o‘zida mushtaraklashtiradigan mafkuralar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, milliy ozodlik kurashi mafkurasi, milliy mustaqillik mafkurasi va hokazo. Umummilliy g‘oya jamiyat a’zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va ko‘nglidagi orzu-intilishlarini ifoda etgani, millatlarning birdamligi, jamiyatning qudratini mustahkamlashi, fuqarolar o‘rtasidagi bag‘rikenglik munosabatlarini ifoda etgani sababli odamlarni ulkan maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bo‘ldi. Bunday g‘oya jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, fikrini erkin ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijt imoiy qatlam, avvalo, o‘zining aniq-ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarining ochibati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, bahs-munozara madaniyati talablariga amal qilishi lozim. YA’ni fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma xilligi muayan jamiyatning milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlarga, joriy qonunchilik normalariga, axloqiy mezonlarga zid bo‘lmasligi lozim. SHu sababli jamiyatda bunyodkor-yaratuvchilik g‘oyalarini ilgari suruvchi va hayotga tadbiq etuvchi kuchlar jamiyat ahli o‘rtasida o‘z g‘oyalarini singdirishga urinsalar, ko‘pchilik ongiga ijobiy ta’sir etib, jamiyatda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik va yaratuvchilik ishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, bu ilk o‘rta asrlarda mamlakatimiz hududida ilm-fan, din, madaniyat, adabiyot, hunurmandchilik rivojlanishi tufayli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarda uyg‘onish sodir bo‘lib, ko‘plab etuk allomalarning etishib chiqishiga olib keladi. Ular o‘z ta’limotlarida buyuk g‘oyalar yaratib, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Darhaqiqat, bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi.
Jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misoldir. Inson va jamiyat bor ekn, ezgulik g‘oyalarining zidi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishi ham mumkin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qardoshlik, rivojlanish va farovonlik g‘oyalariga tayanib, yuksak maqsadlar sari etaklayveradi. Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat taraqqiyotga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda.
Milliy g‘oya - millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o‘zagidir. Turli xalqlarning milliy g‘oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e’tiqodini ifodalaydi, ayni paytda muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarix saboqlari guvohlik berishicha, o‘tkinchi manfaat va g‘aliz niyatlarga tayangan, o‘zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko‘zlagan yovuz g‘oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g‘oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g‘oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan.
O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol g‘oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida quyidagi milliy xususiyatlar qayd etilgan:
- xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi;
- jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
- ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e’tibor;
- millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;
- kattaga - hurmat, kichikka - izzat;
- mehr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom;
- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
- halollik, mehr-oqibat va hokazo».
Milliy g‘oyaga ma’naviy poydevor bo‘ladigan milliy qadriyatlar doirasiga urf-odat va marosimlar, ularga asos bo‘lgan insoniylik va jamoachilik tamoyillari, axloqiy fazilatlar kiradi. Uning tayanchi, negizi bo‘lib ham xizmat qiladi. CHunki, bu qadriyatlarda millatni, xalqni ruhi mujassam.
Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to‘g‘anoq bo‘ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.Milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lib, bu quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
birinchidan, milliy qadriyatlar milliy g‘oya uchun ma’naviy negiz, manba bo‘lib xizmat qiladi;
ikkinchidan, milliy g‘oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo‘lib hisoblanadi;
uchinchidan, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma’naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma’naviy mezoni bo‘lib maydonga chiqadi.
Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy g‘oya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lgan sohalaridir.
O‘zbekiston istiqlolining asoschisi Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab taraqqiyotning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lini belgilovchi milliy ma’naviy qadriyatlar masalasiga juda katta e’tibor qaratildi. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishning ilmiy-nazariy, fundamental konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Ayni paytda, buyuk kelajakni yaratish yo‘lida xalqni birlashtirib, yakdil qila oladigan, bunyodkorlik ishlariga safarbar etib, ruhiy tayanch bo‘la oladigan milliy g‘oyani shakllantirish muammosi yurtboshimiz Islom Karimovning diqqat nazaridan bir daqiqa ham chetda qolmadi.
Binobarin, ma’naviyat, qadriyat va milliy g‘oya – xalqning bugungi hayoti uchun ham ertangi istiqboli uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-ijtimoiy sohalardir.
Milliy o‘zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish, o‘z xalqining tarixi, madaniy merosini o‘rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Milliy ma’naviy qadriyatlar ko‘p asrlik tarixga ega.
O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularning paydo bo‘lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko‘rsatadi.
Misol uchun, «Avesto»ni olaylik. Bundan 2700 yil muqaddam o‘n ikki ming mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan bu asar paydo bo‘lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o‘tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to‘planganligi shubhasiz. Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, xattotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun ham shu paytgacha o‘z qimmatini yo‘qotmadi.
Milliy ma’naviy qadriyatlar va milliy istiqlol g‘oyasining uzviy aloqadorligi ularning o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oya ma’naviyatga tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan birga, ma’naviy-ruhiy hayotga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Milliy g‘oya qadriyatlarni yanada yuksaltirish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga oshiradi. Ma’naviy hayotdagi behisob hodisalarni, qadriyat va ne’matlarni xalq manfaatlari va e’tiqodi nuqtai nazaridan baholash - milliy g‘oya mezonlari bilan o‘lchanadi.
Olamda o‘zi tug‘ilgan, voyaga etgan yurtni Vatan deb bilmaydigan, qaerda qorin to‘yib, tirikchilik o‘tsa - shu yurtda qoladigan odamlar ham bor. Lekin, Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik hissi – faqat etuk va fidoyi, haqiqiy vatanparvar insonlarga xos bo‘lgan ulkan qadriyatdir. Milliy g‘oyaga sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni mustahkamlash va Vatan ravnaqini ta’minlashga shaxsiy hissa qo‘shish istagida namoyon bo‘ladi.
O‘z millatining tili va madaniyatidan, shu millatga mansubligidan or qiladigan, uning madaniyati va merosidan o‘zini chetga oladigan ayrim kimsalar ham ba’zan topiladi. Ammo, haqiqiy millatparvar inson o‘z xalqi boshiga kulfat kelganda uni tashlab ketmaydi, milliy g‘urur va milliy or-nomusni himoya qilishni, qadrlashni eng ulug‘ qadriyat deb biladi. Milliy g‘oya bu qadriyatni har bir yurtdoshimizning ongi va qalbiga singdirishga xizmat qiladi.
Marosimlar, urf-odat va an’analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning hayoti, u tug‘ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o‘tadi. Marosimchilik millatning o‘ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash va an’analarni kelajakka etkazish vositasidir. Ayni paytda, milliy ma’naviy qadriyatga aylangan bunday urf-odat va rasm-rusumlar zamon talablari asosida, milliy g‘oya ruhida qayta baholanib boradi. Kelajak taraqqiyotga ahamiyati bo‘lgan qadriyatlar alohida e’tiborni talab etadi. Milliy ma’naviy qadriyatlar tarkibiga kiruvchi qismlarni o‘zgarmas va bir darajada qotib qolgan deb hisoblash mumkin emas. Bular doimo rivojlanib, o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarib, davr ruhi va milliy g‘oyaning talablari asosida yangilanib, ma’nan boyib, rivojlanib boradi.
Ular jamiyat a’zolari, turli guruh va jamoalar tomonidan o‘zlashtirilganda, hayotiy qo‘llanma sifatida qabul qilingandagina qadriyatga aylanadi. Tom ma’nodagi qadriyat maqomini olish uchun bular shaxs va ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo‘lga solish va baholash mezoniga aylanishi kerak.
Ma’naviy qadriyatlarning aholi keng qatlamlari, ayniqsa yosh avlodning «mulki»ga aylanishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Buning uchun shu millat taqdiri va istiqboliga befarq qaramaydigan ilg‘or vakillarning sa’y-harakati talab etiladi. Moddiy va ma’naviy boyliklar, agar milliy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas ekan, chang bosgan kitoblar, nurayotgan osori-atiqalar, mazax qilinadigan udumlar darajasiga tushib qoladi.
Jamiyatdagi turli kishilarning, har xil guruh va tabaqalarning ma’naviy boyliklar va mezonlarga munosabati turlicha bo‘ladi. Har bir shaxs va guruh o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, qadriyatlarni idrok etadi, o‘z tarbiyasi va saviyasidan kelib chiqib, ma’naviyatni o‘zlashtiradi.
Milliy qadriyatlar o‘tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «o‘tmishning qoldig‘i» degan tamg‘alar bosilgan edi. hatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg‘ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.
Mustamlakachilik siyosati soxta qadriyatlar, begona taomillarni zo‘rlab kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo‘lgan – ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshladi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millatchilik deb baholandi.
O‘zbekistonning mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g‘oyasi bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
I.Karimov: «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek noyob insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zarur», deb ta’kidlaydi. «Nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimizga hamisha hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ularning xizmatini qilib, duosini olish, jajji go‘daklarga, aziz farzandlarimizga gamxo‘rlik qilish, ularni ardoqlashdek xalqimizga xos bo‘lgan, asrlar davomida saqlanib kelayotgan olijanob odatga har birimiz sodiq bo‘lishimiz, uni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz ham farz, ham qarzdir». Lekin bu hammaga ham bir xilda xush kelmayotir. Bizni o‘zimizga xos qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar hozir ham davom etmoqda. «An’anaviy qadriyatlar»ni yo‘q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g‘oya xavflidir.
O‘zbekiston davlati qariyalarni qadrlash, yoshlarga gamxo‘rlik ko‘rsatishni o‘z taraqqiyotining ustuvor tamoyili qilib belgilagan. Binobarin, turli sabablarga ko‘ra boquvchisiz qolgan keksayu-yosh hech mahal mehr-muruvvatdan chetda qolmasligi aniq. Ayni paytda milliy istiqlol g‘oyasi har bir vatandoshimizning o‘z fuqarolik burchlarini chuqur anglab etishini, insoniylik va mehribonlikni eng ezgu qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Dahshatli urush yillarida yuz minglab etim bolalarni asrab olib, milliy bag‘rikengligimizni dunyoga tanitgan insonlarga munosib bo‘lish – milliy g‘oyaga sadoqatning amaliy ifodasidir.
Milliy g‘oya ruhiga yot bo‘lgan salbiy xislatlardan biri – boqimandalik, loqaydlik bo‘lib, bu mehnat kishilarining g‘ayratini, tashabbusini bo‘g‘ib kelgan o‘tmish tuzumdan meros bo‘lib o‘tdi va hozir ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.
Mustabid tuzum sharoitida xalqning kundalik ongi, ijtimoiy ruhiyati bilan rasmiy mafkura orasida keskin tafovut, ziddiyat vujudga kelgan. Munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da’vo qilgan rasmiy mafkura real hayotni, odamlarning his-tuyg‘ulari va orzu-niyatlarini aks ettirmay qo‘ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu uzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortar, vaziyatdan chiqish yo‘li yo‘qligi uchun tushkunlik, umidsizlik kayfiyati kuchayar edi. Ayrimlar bu soxta g‘oyaga ishonar edi.
Milliy istiqlol g‘oyasining muhim vazifasi – kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralab kelgan. Milliy qadriyatlarimiz orasida boriga shukur qilish, yo‘g‘iga sabr qilish, yorug‘ kunlarni orzu qilib, armonlar ushalishiga niyat qilish ustuvor bo‘lib kelgan. Qiyinchiliklar oldida chekinish, g‘ayrat qilish o‘rniga xasrat bilan kun o‘tkazish, pana-panada ig‘vo-bo‘xton tarqatish milliy g‘oya ruhiga yot, qadriyatlarimizga zid illatlardir.
Xalqimizga xos milliy xususiyatlar, ayniqsa, to‘y-tantanalar va marxumni xotirlash marosimlarining tashkil etilishida yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday marosimlar qarindosh-urug‘chilik, qo‘ni-qo‘shnichilik va yor-do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi, kishi uchun eng dahshatli bo‘lgan yolg‘izlikni bartaraf etadi. Sobiq mustabid tuzum chog‘ida tazyiq va tahqirga uchragan milliy urf-odat va rasm-rusumlar mustaqillik tufayli qayta tiklandi. Ruhiy tayanch va madad beradigan bunday marosimlarni ochiq-oydin, emin-erkin ado etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Biz o‘zligimizni milliy qadriyatlarimizga sadoqatsiz tasavvur eta olmaymiz. U taraqqiyotning, o‘ziga xos va mos rivojlanishning negizidir.
Milliy istiqlol g‘oyasi milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlar – mohiyati e’tibori bilan aksariyat xalqlar e’tiqod va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi) ga ko‘ra bir yoki bir qancha millatlar hayotidan olingan, umume’tirof etilgan tamoyillar ekanligi shubhasiz.
Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy qadriyatlarda ma’lum darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun ustuvorligi milliy istiqlol g‘oyasining umuminsoniy tamoyili deb e’tirof etilgan. Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O‘zbekiston uchun bu tamoyilni ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va faoliyatiga chuqur singdirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
O‘tmish zamonlardan meros bo‘lib qolgan qonunga bepisandlik, undan ustun turishga intilish kabi salbiy holatlar milliy g‘oyaviy tarbiya vositasida bartaraf etilishi zarur. Ayrim yoshlar ongidagi, qonunni mensimaslik go‘yo «zo‘ravonlik» alomati, huquq himoyasida turishi lozim bo‘lgan shaxs va xizmatlar qonunga rioya etmasa ham bo‘ladi qabilidagi soxta qarashlarni tugatishda milliy tarbiya, huquqiy savodxonlik va siyosiy madaniyatning ahamiyati katta.
XX asrning 90-yillarida yadro poligoniga nisbatan ham ko‘proq kuchga ega bo‘lgan mafkuraviy maydonda xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga asos bo‘lgan aqidaparastlik bosh ko‘tardi. Odamlarning ongini zaharlashga, ularni o‘z g‘aliz maqsadlari yo‘lida qurol qilib, jamiyatda beqarorlik va nizolar keltirib chiqarishga harakat qildi. G‘oyaviy, mafkuraviy immuniteti to‘liq shakllanmagan ayrim yoshlar begona va soxta g‘oyalar domiga ilinganda, YUrtboshimiz, jinoyatchilik ko‘chasiga adashib kirib qolgan yoshlarga nisbatan xalqimizga xos bag‘rikenglik va muruvvat qadriyatini ustuvor bilib, ularning tavba-tazarrusini inobatga olishga da’vat etdi. Bu ko‘pgina yoshlarimiz uchun erkin, farovon hayot qurishda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi.
Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma’naviy borlig‘imizning muhim va serqirra sohasi bo‘lib, inson va jamiyat kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o‘zlashtirilishi ta’lim va tarbiyani talab qiladi.
Bunyodkor g‘oya – Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari etaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi g‘oya.
Bunyodkor g‘oya - insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o‘zida taraqqiyot, ma’rifat, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu his-tuyg‘ularning urug‘ini mujassam etadigan g‘oyadir.
Bunyodkor g‘oyalar: ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do‘stlik, birodarlik, hurfikrlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va h.k.
Bunyodkor g‘oya ta’sirida inson ezgulikka etish, millatlar va davlatlar esa, ozodlik va mustaqillikka erishish uchun intiladi, buyuk tarixiy g‘alabalarni qo‘lga kiritadi. I.Karimov ta’kidlaganidek, o‘zida gumanizm talablarini aks ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga, xalqning iroda va intilishlariga xizmat qiladigan, uni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g‘oyalar bunyodkor g‘oyalardir. Ular insonning ichki yaratuvchilik mohiyati, ijodkorlik tabiatidan kelib chiqadi, odamlarni komillik va fozillik sari undaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi, hayotiga ijobiy mazmun baxsh etadi. Vatanni sevish, yurt tinchligini asrash, xalq farovnligi yo‘lida kurashish – bunyodkor g‘oyaning ma’no-mazmunini belgilaydi. Tarix ham, bugungi hayotimiz ham o‘z g‘arazli maqsadlariga erishish uchun yuksak g‘oyalarning joziba kuchidan foydalanishga urunuvchi yovuz kuchlar hamma vaqt vahamma zamonlarda bo‘lishini ko‘rsatadi.
Insoniyat tarixi turli-tuman g‘oya va mafkuralarning vujudga kelishi, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayon turli g‘oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi, o‘ziga ishongan kishilarni qanday maqsadlar tomon etaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi.
Jahon tajribasiga nazar tashlasak butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari misilsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Masalan, Zardo‘shtiylikning «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» g‘oyasi, Suqrotning «adolat», Aflotuning «ezgulik va yagonalik », Forobiyning «Fozil odamlar jamiyati», Amir Temurning «bunyodkorlik», Konfutsiyning «Tenglik» g‘oyalari shular jumlasidandir.
Ularning har biri ulkan ahamiyatga molik g‘oyalarni yaratganlar. Bu g‘oyalarga tayanib bunyodkorlik yo‘lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu borada insoniyatga ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilgan Zardo‘sht ham, “O‘zini anglamoq buyuk saodat” ekanini anglatgan Suqrot ham, “xalqni yakqalam qildim”, deya insonparvarlik, adolat g‘oyalarini kuylagan va qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Markazlashgan davlat tuzib, xalqni birlashtirib, uning adolat kuchiga ishonchini mustahkamlagan Amir Temur ham, Hindiston ozodligi yo‘liga umrini baxshida aylagan , ma’rifat yo‘li bilan g‘olib chiqqan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bo‘lgan ulug‘ insonlardir. Jamiyatda ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor g‘oyalar asos bo‘ladi.
Bunyodkorlik aql-zakovat, qalb bunyodkorligiga aylanganda chinakam qadr-qimmat kasb etadi. Qalb bunyodkorligi esa e’tiqod bilan, pok niyat bilan nafaqat bugunni, balki olis kelajakni o‘ylab yaratishdir. Odamzodga azaldan aql-zakovat bilan qalb bunyodkorligi xos fazilatdir. Uning qalbi bilan qo‘li bir maromda ishlasa haqiqiy mo‘‘jizalar bunyod etiladi. Necha asrlardan buyon dunyoni hayratga solib kelayotgan Misr ehromlari, SHahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bibixonim, Registon maydonidagi madrasalar majmui, Tojmahal yodgorligi, Eyfel minorasi, qanchadan-qancha san’at va madaniyat durdonalari – barchasi ana shunday bunyodkorlik namunasidir. Bunday mo‘‘jizalar bizning madaniy merosimizda, Xiva, Buxorodagi betakror obidalarimizda, mumtoz san’at asarlarimizda yuksak axloqiylikka asoslangan urf-odat va an’analarimizda o‘z aksini topgan.
Mutasavvuf alloma Bahouddin Naqshband “Diling - Ollohda, qo‘ling- mehnatda bo‘lsin” deya yaratuvchilikka da’vat etganlarida, har qanday ishni aql va e’tiqod bilan bajarishni nazarda tutganlar. Ushbu shiorda inson ko‘nglida Ollohga e’tiqod qo‘yib, o‘zi halol mehnati bilan tirikchilik o‘tkazish va ilm-hunar o‘rgatib, Vatanni obod qilishga da’vat etiladi. Diniy ishlarni dunyoviy ishlar bilan bog‘lab olib borish orqali jamiyatda barqarorlik, osoyishtalik va farovonlikka erishish mumkinligi g‘oyasi targ‘ib qilinadi. Mustaqillik yillarida, O‘zbekistonda, islom dinining ezgu g‘oyalari milliy qadriyatlarimiz va turmush tarzimizga chuqur singib bormoqda. Umuman e’tiqodni faoliyatga, faoliyatni esa e’tiqodga aylantirish xalqimizga xos. Masalan, yaxshilikni, ya’ni oddiy insoniy faoliyatni e’tiqod darajasiga ko‘targanimiz yoki Ollohga bo‘lgan ishonch – e’tiqodimizni faqat ezgulik yo‘lida xizmat qildirishni an’anaga aylantirganmiz.
Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek oliyjanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotingi eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda.
Qariyib uch ming yil muqaddam – ma’rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab olgan davrda buyuk vatandoshimiz Zardo‘sht yakkaxudolik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilishni boshlagan edi. Zardo‘sht ta’limotida insonni ezgulikka da’vat etuvchi g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi.
Ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham bayon etilgan. Unda harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, hayvonlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, yolg‘onchilik, ahdga vafosizlik, xiyonat qilish g‘oyalari qoralanib, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadigan g‘oyalar ulug‘lanadi. Zardo‘shtiylik dinida er, suv, musaffo havo, ona tabiat e’zozlanadi, quruq er ochib, uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardo‘shtning bunyodkor g‘oyalari insonlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib Vatanni obod qilishga da’vat etadi.
“Avesto”da yozilishicha, Zaminni hammadan ko‘proq baxtiyor qilgan shaxs, hammadan ko‘p bug‘doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq erlarga suv chiqargan va suvli erlarni shudgor qilgan zotdir.., - deyiladi.
“Avesto” da aks etgan Zardo‘shtning “Ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amalni olqishlayman! Niyat, so‘z va amallar ichidan men ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih andisha, qabih so‘z va qabih amaldan yuz buraman”, degan hikmatli so‘zlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu o‘lmas g‘oyalar keyinchalik paydo bo‘lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi. Demak, bu kitob o‘z davrida shakllangan g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lgan jamiyat mafkurasi edi.
Hindistonda paydo bo‘lgan Buddaviylik dini asta-sekin Janubiy, SHarqiy Osiyoda yashaydigan ko‘pchilik xalqning mafkurasiga aylandi. Eramizning birinchi asrida Rim imperiyasida shakllangan xristianlik dini jahonning ko‘pgina xalqlari va millatlari tomonidan qabul qilindi, ularning ma’naviy hayotiga singdi. VII asrning oxirida Arabiston yarim orolida paydo bo‘lgan islom dini o‘rtadagi ahillik, birodarlik, hamjihatlik, ezgulik, yaratuvchilik g‘oyalarini targ‘ib qilganligi sababli dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari xalqlari o‘rtasida tarqaldi, ularning ma’naviy hayoti, turmush tarzi va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqidagi qarashlari va bunyodkorlik g‘oyalari ham Osiyoning “sharqona” ma’naviyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Jumladan buyuk xitoy mutafakkiri Konfutsiyning (mil.av. 551-479) g‘oyalari honuzgacha xitoy xalqi mafkurasida etakchilik qilib kelmoqda.
Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi muammolari turadi. Bu g‘oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo‘yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo‘lgan. Bu g‘oyaga ko‘ra, insonlar jamiyatning tabiiy taraqqiyotiga qarshi chiqmasligi, ya’ni inqilobiy yo‘lni tanlamasligi kerak. Konfutsiy insoniyat haqida fikr yuritar ekan, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, haqgo‘ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishishi tufayli kamolga etishuvi mumkin, deb hisoblaydi.
Hayotning, borliqning mohiyatini anglash to‘g‘risidagi buddizm dinining asoschisi Sidxartxa Gautama qarashlari muhim o‘rin tutadi. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatlarni chuqurlashtiradi. Hayot mazmunan tug‘ilish, sevish, o‘lim, azobdan iborat. “Borliq girdobi”dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, ko‘ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim. Faqat shundagina “najot topish yo‘li”ga kirish mumkin. Inson beshta axloqiy talabga amal qilishi lozim. Bular: har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg‘on gapirishdan, o‘g‘irlik qilishdan, his tuyg‘ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan o‘zini tiyishi lozim.
Sidxartxa Gautama insonni hayotdagi azob-uqubatlardan qutqarishning yo‘llarini topish haqidagi ta’limotida, uning echimi insonning o‘ziga bog‘liqligini asoslashga urunib, inson faqat o‘z kuchiga tayangan holda “najotning olijanob quyidagi sakkizlik yo‘lidan” ongli harakati va sobitqadamligi ila o‘z maqsadiga erishishi mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi. Buning uchun:
E’tiqod to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi;
maqsad sari qat’iy harakat qilishi;
to‘g‘ri tafakkur va nutq bo‘lishi;
to‘g‘ri fe’l-atvor bo‘lishi;
to‘g‘ri turmush tarzi bo‘lishi;
kuch-g‘ayratning to‘g‘ri maqsadga qaratilgan bo‘lishi;
fikr, maqsadning to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi;
diqqat-e’tiborni to‘g‘ri orzu-niyat qilishga qaratish kerakligi ta’kidlanadi.
Inson o‘zining hayot faoliyati davomida ushbu qoidalarga rioya qilsa, dunyoning mohiyatini teranroq anglay boradi, maqsad muddaosiga erishib, natijada yuksak kamolotga va osoyishtalikka erishadi. Ushbu ta’limotda ilgari surilgan ijobiy axloqiy talablar, insonni o‘zini idora qilishga da’vat etuvchi to‘g‘ri fikr yuritish, fe’l-atvorni to‘g‘ri bo‘lishi, turmush tarzini kuch-g‘ayratning to‘g‘ri maqsadga qaratilgan bo‘lishi, fikr, maqsadning to‘g‘ri yo‘naltirish; diqqat-e’tiborni to‘g‘ri orzu-niyat qilishga qaratish haqidagi g‘oyalar insonlarni o‘ziga jalb etgan va odamlar ushbu ta’limotni qabul qilib uning talablarini bajarganlar.
Umuman, bunyodkor g‘oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma’lum. Bunday jarayon ijobiy g‘oyalarning tug‘ilishiga, ular esa, o‘z navbatida, elatlar, xalqlar, millatlar manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi uchun asos bo‘lgan. SHuningdek, milliy davlatlarning yuzaga kelishida bu g‘oyalar etakchi va yo‘naltiruvchi ahamiyat kasb etgan. Buni biz o‘zbek davlatchiligi g‘oyalarining shakllanishi va takomili misolida ham kuzatishimiz mumkin.
Milliy davlatchilik g‘oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini mustaqil O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik, mintaqaviy tinchlik, millatlararo totuvlik borasida olib borayotgan siyosati barqarorlikka, taraqqiyotga xizmat qilmoqda.
Mil.av. 7 asrlarda Avesto – Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya davlatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, Mil.av. 6-4- asrlarda Buddaviylik kushon davlatining mafkurasiga aylandi.
9-12 asrlarda Samoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, Xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi.
Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning o‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar YU.Xamadoniy, YAssaviy, g‘ijduvoniy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog‘lom ma’naviy-axloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi.
Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligini rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi.
Amir Temurning Movarounnahr, Xuroson va boshqa joylarda bunyod etgan inshootlari, Temuriylar sulolasi davridagi madaniyat, fan va adabiyot sohasidagi yutuqlar bunga misol bo‘la oladi. Barcha davrlarda va turli xalqlar tarixida milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyati va imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyosomil bo‘ladi.
Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o‘z ma’naviyati, g‘oyalari va ilg‘or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni birga bog‘lashga harakat qildi. Fidoiylik va vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatdi.
XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yapon taraqqiyot modelida ham YApoln milliy mafkurasi “milliy davlatchilik tizimi” (kokutay), “fuqarolik burchi”, “yapon ruhi”, “tadbirkorlik”, “umumilliylik”, “fidoiylik”, “vatanparvarlik”, “paternalizm”, “jamoaga sadoqat”, “modernizatsiya” kabi g‘oya va tushunchalarga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‘ldi.
SHunday bunyodkor g‘oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga katta hissa qo‘shgan fidoiy inson Yong Ki Kimning yuksak g‘oyalarga asoslangan vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. O‘tgan asrning 30 yillarida “12 oila – qishloqda” degan harakatni boshlab, tashlandiq tepalikni sotib olib, obod qilishga kirishadi. Keyinchalik fermerlar tayyorlaydigan “Kanaan” (imkoniyatlar maktabi)ni ochadi. U odamlarni o‘z tashabbusi, g‘oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bugungi kunda “Kanaan” ta’lim dargohining bosh maqsadi – tinglovchilarda insoniy e’tiqod tuyg‘ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar – komillik, o‘zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir. Vatan va millat yo‘lida fidokorona mehnat qilish, tug‘ilib o‘sgan vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g‘oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Ushbu bunyodkorlik g‘oyasi bugungi kunda ham keng tarqalib Janubiy Koreyaning obod bo‘lishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do‘stlik, birodarlik, hurfikrlilik, ma’rifatlik, bag‘rikenglik, va mehnatsevarlik, barqarorlik, tadbirkorlik, halollik va h.k. bunyodkorlik g‘oyalarining ko‘rinishlari bo‘lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur’atli bo‘lish, sobitqadamlik, mehr-muruvvat, saxovatlilik, baynalmilallik, millatlararo do‘stlik va birodarlik, fidoiylik, yurtga sadoqatlilik, vijdon erkinligi, fikr erkinligi va g‘oyalar xilma xilligini tan olish kabilar bunyodkor g‘oyalarga xos xususiyatdir.
Adabiyotlar:
Shavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birkalikda barpo etamiz.” Toshkent “O‘zbekiston” 2016 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi
Shavkat Mirziyoev “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini Ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” 2016 yil 7 dekabr
Toshkent, “O‘zbekiston” 2017 yil.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qiliganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza, 2016 yil 7 dekabr.
Shavkat Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga ko‘ramiz” Toshkent “O‘zbekiston” 2017 y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari to‘plami.
Karimov I.A.”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T., «O‘zbekiston», 2011.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son.
Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.-T., «SHarq», 1998,32-6.
Karimov I.A.Hushyorlikka da’vat.T., «O‘zbekiston», 1999.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‘zbekiston», 1999.
Karimov I.A.O‘zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‘zbekiston», 2000.
Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e’tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» gazstasi, 2000 yil, 8 iyun.
Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‘zbekiston», 2000.
Falsafa: ma’ruzalar matni. Toshkent, O‘zbekiston Rsspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2000
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.
Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.
7.To‘raev SH. Jamiyat taraqqiyoti va milliy g‘oya. T.:Akademiya, 2008.
8.Falsafa qomusiy lug‘at. T. : O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. SHarq. 2004.
4-mavzu: G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari
REJA:
1. XXI asrda g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar
2. G‘oyaviy tahdid va ularning ko‘rinishlari
3. Mafkuraviy yakkahokimlik va uning oqibatlari
4. Jahon moliyaviy inqirozining mafkuraviy jarayonlarga ta’siri.
Tayanch tushunchalar
Tahdid, shovinizm, genotsid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm
«Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan
ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib
yuborish osonroq»
I.A.Karimov
Buzg‘unchi g‘oyalar xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‘xtata olmaydi.
Demak, vayronkor g‘oya deb, turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg‘unchilik va jinoyatga yo‘naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‘oyaga aytiladi.
SHu bilan birga vayronkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Bu fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun buzg‘unchi g‘oyalar xavfini anglash, o‘zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam beradi.
XX asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.
XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tu solgan davr bo‘ldi. XX asr so‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o‘zgardi. YUrtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jo‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va ko‘lami jihatidan noyob o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o‘ylab ko‘rishni, balki ko‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo‘lgan ko‘p qoidalar, tamoyillar va g‘oyalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim bo‘lib bormoqda, unda o‘zi - o‘zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o‘rin yo‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo‘ymoqda»1
Jahon maydonlarini mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar:
1.Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi).
2.Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm).
3.Badiiy (G‘arb turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, Amerikacha turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, zo‘ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ‘ib qiluvchi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta’siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘lindi. Ana shu rivojlangan ba’zi mamlakatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
Dunyoni bo‘lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari:
1. Buyuk davlatchilik mafkurasi.
2. Diniy ekstremistik mafkuralar.
3. Pansovetizm mafkurasi.
4. Panislomizm mafkurasi.
5. G‘arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.
6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.
7. Turli diniy sektolarning g‘oyalarni ifodalovchi mafkuralar.
1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (SHovinizm - fran. burjua mil-latchiligining o‘ta reaksion formasi). SHovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. SHovinizm go‘yo to‘laqonli bo‘lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qi-lishga da’vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‘ib etadi.
SHovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy - siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi. Davlat etakchi mavqe (davlat)ga ega bo‘lgan, o‘z millatini «oliy» millat deb e’lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo‘lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‘zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‘da bo‘ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to‘ldiradi, bular o‘z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o‘rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo‘y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o‘z ta’sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirishda, xalqaro-huquqiy me’yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘sishda, yangi mustamlakachilikni zo‘rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida shovinizmga «SHovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashida namoyon bo‘ladi» deb ta’rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T. 6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko‘proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‘ladi.
O‘zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqinlarning 2 tasi haqida «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida fikr yuritilgan:
1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‘z metropoliyasidan zarur rag‘batlarni olib turar edi. CHunki podsho Rossiyasi mahalliy an’analar va asoslarni yo‘q qilmagan va buzmagan holda o‘lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‘batlantirgan edi, deb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o‘tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. SHu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o‘ynash uchun juda mos keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar.
2) Boshqa fikrga ko‘ra, mintaqadagi muammolarni o‘lkaning mustamlaka o‘tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‘lkani o‘z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar.
Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan.
Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo‘la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni to‘g‘rilash haqidagi imperiyachilik da’volari bilan chiqqan edi.
Maqolada go‘yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo‘stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi.
Prezident Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o‘z vaqtida javob berib, Ukrainadagi «Zarg‘aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqealarni», O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi.1
Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g‘oyalari mazmunan o‘sha-o‘sha bo‘lsada, unga endilikda o‘ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‘g‘rofiy - siyosiy maydon yaratish, «YAgona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo‘yish va boshqa sohalarda ko‘rinmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug‘dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:
1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.
2)Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga qarshilik ko‘rsatish.
3)O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ular-ni teng huquqli bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.
4)Mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilish.
5)Millatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.
6)YAngi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‘rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.
2. Panislomizm - XIX asr oxirida O‘rta SHarqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg‘oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng «birligi» va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi g‘oyasini ilgari surgan. Ayni vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar.
XX asr boshlarida Turkiya sultonlari bu nazariyadan foydalanib, musulmon xalqlarini o‘z qo‘l ostida birlashtirishga uringan. Bu oqim Vah-hobiylar, «Hizbut-tahrir» kabi diniy oqimlarda bugungi kunda O‘zbekis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish bo‘ldi.
«Panislomizm» g‘oyasida hozirgi kunda turli xristian konfessiyalari ham targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bo‘lgan.
3. Panturkizm - bolshevizmning ashaddiy dushmani edi. I jahon urushi arafasida «YOsh turklar partiyasi», Rossiyaga qarshi urush ochishda yagona tashviqot-targ‘ibot quroli vazifasini o‘tadi, jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni o‘ynadi. Panturkizm oqimi, uning siyosati Tatariston va Boshqiriston o‘lkalariga 1912 yilarda kirib keldi. Bolshevizm XX asr 20-30 yillarda ularni «millatchilik»da ayblab, «SHo‘roga qarshi» sifatida bosh liderlarini qirib tashladi.
Panturkistlar - oq va qizil imperiya istibdodiga, adolatsizlik va tengsizlikka qarshi kurashgan, ozodlik va mustaqillik yo‘lida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxo‘rlik, hunrezlik va zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi.1
1) Rossiyada bolsheviklar tomonidan «mushtumzo‘r - pomeshnik» hisoblangan Kondratev guruhi «Sanoat partiyasi» yuzaga kelgan.
2) Tataristonda panislomizm va panturkizm oqimlari sifatida «Sulton Alievchilik» qaror topgan edi.
3) Qirimda «Ibrahimovchilik».
4) Ozarbayjonda «Milliy partiya».
5) O‘zbekistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat ko‘rsatgan.
4. Pansovetizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansove-tizm bilan o‘ziga xos tarzda qo‘shilib ketgan. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o‘xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog‘liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan.
Ammo, Prezidentimiz o‘rinli ta’kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko‘zini aylantirib, o‘z umrini yashab bo‘lgan g‘oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo‘l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so‘z bilan aytganda, milliy o‘zligimizni yo‘qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.
5.Xalifalikni tiklash.
6.Islom modernizmi.
7.Islom traditsionalizmi.
8.Islom fundamentalizmi.
Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtirgan xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirishni ko‘zlagan, sog‘lom mantiqqa mutlaqo zid da’vodan iborat. XX asr 80-yillarida «Musulmon birodarlari» tashkilotining fraksiyalarga bo‘linib ketishi natijasida quyidagi diniy tashkilot va partiyalar ham yuzaga kelgan:
1) «Islom ozodlik partiyasi»
2) «Sotsial islohotlar jamiyati»
3) «At - Takfir val - Hijra»
4) «Junud Alloh»
5) «Jihod»
6) «Hizbulloh» kabi.
Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud:
7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bo‘lgan).
8) Ahmadiya (IX asrda Pokistonda).
9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, to‘ntarish).
10)Tablig‘chilar - etkazish ma’no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash.
11)Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg‘onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon
oqim sardoriga bo‘ysunish (Akrom Yo‘ldoshev boshchiligidagi).
12)Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash.
13)Tavba-ekstremistik ruhdagi harakat. Bokuda va O‘zbekistonga (1991 yil).
14)Islom uyg‘onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda.
15)Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda «Otavalixon» masjidida.
16)Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo bo‘ldi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq 5-sessiyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri 1998 yil 1 mayda Oliy Majlisning II-sessiyasida qabul qilindi.
Umuman, Islom ekstremizmi, fundamentalizmi tomonidan O‘zbekiston xavfsizligiga solinayotgan tahdidlar quyidagilardan iborat:
1)Dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qotish, demokratik jamiyatni obro‘sizlantirish, barqarorlikni va milliy totuv-likni buzishga urinmoqda.
2)Asossiz da’vatlar orqali yoshlarni mutelik, erksizlik holiga tushirib qo‘yish, aqliga va taqdiriga hukmron bo‘lish.
3) Qarama-qarshilikni keltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash.
4) Din uchun kurashuvchi jangorilarning yangi avlodini vujudga keltirish.
5) Musulmon va nomusulmon mamlakatlar orasida O‘zbekiston obro‘-sini to‘kish, obro‘sizlantirish.
6) Islom va boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish.
7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish.
«Bu radikal guruhlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy bir xususiyat bor. Ular, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan bir maqsadni - diniy davlat, musulmon xalifaligini o‘rnatishni targ‘ib qilmoqda»4.
XX asrning oxirgi o‘n yili jahon xaritasini o‘zgartirib yubordi, sobiq ittifoq barham topdi, mustaqil davlatlar shakllandi. O‘tgan o‘n yil O‘zbekiston uchun ham qutlug‘ keldi - mamlakatimiz Islom Karimov rahbarligida mustaqillikka erishdi. Milliy davlatchilik an’analarini tikladi. YAngi Konstitutsiya qabul qilindi, jamiyat hayotining barcha soha-larida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, mamlakatimiz o‘ziga xos va mos rivoj-lanish yo‘li - taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi.
SHu bilan birga o‘tish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha sohalarida totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham berish, fuqarolar ongini o‘zgartirish, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog‘liq yillari bo‘ldi.
Tarixdan ma’lumki, umrini o‘tab bo‘lgan g‘oya, aqida yoki mafkura taraqqiyot nuqtai nazaridan inkor etilishi natijasida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelib, turli mafkuraviy tahdidlar kuchayishi mumkin. SHu ma’noda, Prezident Islom Karimovning quyidagi fikrlari katta ahamiyatga ega: «Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar to‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rsatadi».
Foyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar kuchayib borishi mumkinligi chuqur anglab olindi. Holbuki, bugungi kunda ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, katta moliyaviy va mafkuraviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan ba’zi g‘oyaviy markazlar istiqlolning dastlabki yillaridagi vaziyatdan foydalanib, o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirish yo‘lida kechayu kunduz harakat qiladilar. Bu masalalar Prezidenti-mizning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida atroflicha tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |