Milliy istiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
SHovinizm – millatchilikning o‘ziga xos shakli, boshqa millatlarni mensimaslik va o‘z millatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi va amaliyoti
Millatchilik – o‘z millatining manfaatlarini boshqa millatlar haq-huquqlaridan yuqori qo‘yib hal etishga intiluvchi siyosiy oqim
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv apparatiga tayanadigan, barcha uchun qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan siyosiy tashkiloti
Modernizm – dindagi zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanishni yoqlab chiquvchi oqim
Traditsionalizm – an’anaviylik. Diniy aqidalarni va konsepsiyalarni fan-texnika va ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga qarab qayta ko‘rib chiqishni rad etuvchi oqim
Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish