G‘oyaning turli ko‘rinishlari – Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga bo‘linadi.
Bunyodkor g‘oyalar – 1) Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan tushuncha; 2) Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari etaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi g‘oya.
Vayronkor (buzg‘unchi) g‘oyalar – 1) bunyodkor g‘oyalarga zid bo‘lgan, yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan g‘oyalar majmuini ifodalaydigan tushuncha; 2) insonni va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g‘arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydigan, xalqlar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etadigan g‘oyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |