Toshkent - 2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor,t.f.d. Nabiyev T.A
_________________
“___” _________2018_ yil
MILLIY G‘OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR FANIDAN
O‘QUV USLUBIY MAJMUA
Toshkent - 2018
Tuzuvchilar:
D.M.Abduraximova - Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi:
Ikromjonov A. M. – TDSHI “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” o’qituvchisi
O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy kengashning 2018 yil” “. dagi -sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov
O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi
__________ 2018 yil ______ sonli bayonnomasi
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ T.A. Nabiyev
MUNDARIJA:
O‘QUV MATERIALLARI:
1-mavzu: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari………………………………………………………………………………………
2-mavzu: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari…………………………………………………………………
3-mavzu: Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi….
4-mavzu: G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari………………………………………..
5-mavzu: Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi. Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi………………………………………………………………………....
6-mavzu: Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet…………………………………….
7-mavzu: Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari…………
8-mavzu: Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli. Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi………………………………………………
P. Amaliy mashg’ulotlar:
1-mavzu: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari………………………………………………………………………………………
2-mavzu: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari…………………………………………………………………
3-mavzu: Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi….
4-mavzu: G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari………………………………………..
5-mavzu: Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi. Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi………………………………………………………………………....
6-mavzu: Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet…………………………………….
7-mavzu: Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari…………
8-mavzu: Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli. Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi………………………………………………
SH. Mustaqil ta’lim. ................................................................................................
IV. Glossariy...........................................................................................................
V. Ilovalar ...........................................................................................................
- fan dasturi..........................................................................................................
- ishchi fan dasturi.................................................................................................
- tarqatma materiallar ........................................................................................
- testlar .................................................................................................................
VI. “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baxolash mezoni.......................................................................
VII.Adabiyotlar .........................................................................................................
NAZARIY MATERIALLAR
Mavzu: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
R E J A:
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining yuzaga kelish shart-sharoitlari va zarurati.
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti va asosiy tushunchalari.
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» maqsad va vazifalari.
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Tayanch tushunchalar:
Ushbu fan «g‘oya», «mafkura», «mafkuraviy ta’sir», «mafkuraviy tahdid», «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy tizim», «mafkuraviy poligon», «mafkuraviy xavfsizlik», «mafkuraviy bo‘shliq», «g‘oyaviy tarbiya», «milliy mafkura», «milliy g‘oya», «mafkuraviy profilaktika», «mafkuraviy globallashuv» va boshqalar kabi o‘z tushuncha va kategoriyalariga ega.
Bizga ma’lumki O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatimizning barcha sohalari qatori ma’naviy-mafkuraviy hayotimizda ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Har bir xalq o‘z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo, mafkura masalasini, uning o‘zagini tashkil etadigan, o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tug‘ilishi mumkin. SHunday ekan, millat, jamiyatni parokanda bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g‘ov paydo bo‘ladi.
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani asosan mustaqillik yillarida shakllangan o‘quv fanidir.
Sobiq ittifoq davrida g‘oyalar dunyosi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganuvchi alohida fan yo‘q edi. Buning asosiy sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:
1. Markscha ta’limot taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini to‘g‘ri tushuntirib beradigan yagona ta’limotdir, degan aqida mutloqlashtirilgan;
2. G‘oya to‘g‘risidagi bilimlarni egallash bu sohaning o‘z qonuniyatlari va amal qilish tamoyillari borligini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lur edi;
3. Sobiq sho‘ro davrida bu sohadagi mutaxassislarning ongi va dunyoqarashini umuminsoniy tamoyillar, qonun va qoidalar bilan emas, balki totalitar mafkura va mustabid tuzum maqsadlari yo‘lida shakllantirishga xizmat qiladigan ba’zi fanlar ta’lim tizimiga kiritildi.
Mustaqillikdan keyin ahvol tubdan o‘zgardi. YAngi davlat va yangi jamiyat qurish yo‘lini tanlagan ekanmiz, bizga manashu yo‘lni oydinlashtiradigan, shu yo‘lda xalqimizga xizmat qiladigan, mamlakatimizni jahon taraqqiy etgan davlatlari qatoridan o‘rin olishiga imkon beradigan, jahon tajribasini o‘rganishda, uni qonuniyatlarini bilishda, dunyoning mafkuraviy manzarasini tushunishda, uneing mazmun-mohiyatini ochib berishda va o‘zligimizni anglashimizda bevosita ushbu fanga zarurat tug‘iladi.
Bugun biz o‘rganishga kirishayotgan Milliy g‘oya fanining ham o‘z predmeti, qonun va kategoriyalari, shuningdek maqsad va vazifasi mavjud. CHunki, har qanday fanning muayyan bilimlar tizimi sifatida o‘ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari bo‘ladi. Ularning barchasi fan o‘rganadigan soha, ya’ni predmetning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ushbu fanning mazmun-mohiyati Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan g‘oya – yurtimizda ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta’limotni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish to‘g‘risidagi bilimlar tizimidan iborat.
Ushbu fan avvalo, milliy g‘oyaning tarixiy manbalari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari, asosiy tamoyilari, nazariya sifatida namoyon bo‘lishi, o‘ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlarini bosqichma-bosqich o‘rganishni nazarda tutadi. SHu nuqtai nazardan qaraganimizda, «g‘oya» va «Mafkura» tushunchalari, ularning xalqlar va davlatlar taqdiriga ta’siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, MG‘ning mazmun-mohiyati, tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo‘lish shakllari, uni xalqimiz ongi va qalbiga singdirish yo‘llari va usullari ushbu fanning predmetini belgilaydi.
Milliy g‘oya faninng predmeti – yuqorida ta’kidlaganimizdek, MG‘ning tarixiy asoslari, ilmiy falsafiy ildizlarini o‘rganish; MG‘ning yaxlit ta’limot sifatidagi qonunlari, asosiy xususiyatlarini bilib olish; Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning strategik maqsadlarini va o‘ziga xos tamoyillarini o‘rganish; Milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirish sohalari, vositalari, usul va yo‘llarini o‘rganish;
Milliy istiqlol g‘oyasi o‘quv fanining maqsadi va vazifalari: Prezident I.Karimov Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta’riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish Milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir» Masalaga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, Ushbu fanning asosiy maqsad: Milliy istiqlol g‘oyasini yosh avlod qalbi va ongiga singdirish. YOshlarda milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlash. Milliy ma’naviy meros va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatparvarlik fazilatlarini shakllantirish. Ularni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga yo‘naltirish. SHuningdek vazifalari:
1. YAngicha dunyoqarashni shakllantirish;
2. Tarixiy xotirani shakllantirish;
3. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
Komil insonni tarbiyalash;
YOsh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi oliyjanob g‘oyalar ruhida tarbiyalash;
MI/ning O‘zbekiston taraqqiyoti va mustaqillikni mustahkamlashning mafkuraviy tamoyillari to‘g‘risidagi yaxlit nazariya ekanligini tushuntirish;
YOshlarni ijtimoiy hakorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik g‘oyalari ruhida kamol toptirish;
YOshlarni yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashishga o‘rgatish, ularda ogohlik va hushyorlik ko‘nikmalarini hosil qilish
Milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganishning asosiy qonuniyatlari bevosita jamiyatning g‘oya va mafkuralar bilan bog‘liqligini o‘rganishda, inson va jamiyatning o‘z maqsadi va taraqqiyot yo‘lining mavjudligini bilishda, globallashuv jarayoning milliy g‘oyada aks etishini tushunishda, inson ongi va qalbi uchun kurash xususiyatlarini va jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmaslik, milliy g‘oya har bir xalqning o‘zligini saqlab qolishi va o‘ziga xos rivojlanish ehtiyoji va kafolati ekanligini bilishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Milliy g‘oya va milliy mafkuraning zaruriy ehtiyoj ekanligini quyidagilar orqali ham bilishimiz mumkin:
Birinchidan, o‘zining kelajagini ko‘rmoqchi va qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi zarur.
Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog‘i lozim. YA’ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo‘lishi o‘zi g‘ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. YA’ni, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
O‘z milliy g‘oyasiga tayanmagan jamiyat inqrozga duchor bo‘lishi, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yishi muqarrar.Bu masalaning yana bir jihati shundaki, ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib, biz ko‘zlagan oliy maqsad –ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, bugun biz tarixiy o‘zgarishlar davrida-ya’ni mustabid, totalitar bir tuzumdan erkin va ozod tuzumga o‘tish sharoitida yashamoqdamiz. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrda yangi ufqlar sari boshlash, da’vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo‘lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo chuqur o‘ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin.
Uchinchidan, endi voyaga etayotgan yoshlarimiz qanday g‘oya asosida, qanday g‘oya negizida tarbiya olishi, qanday ezgu maqsadlarga intilishi kerak? Qanday mafkura va tafakkur ular uchun qurol bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim?
To‘rtinchidan, tarbiyaviy-axloqiy masalalarda, ma’naviy hayotda, kerak bo‘lsa, milliy manfaatlarimizga mos keladigan siyosatni izchil olib borishda o‘z yo‘limizni yo‘qotmasligimiz uchun hech qanday g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.
Beshinchidan, milliy g‘oya millatimizning, xalqimizning o‘zligini anglashiga, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini yo‘qotmasdan, ularni tiklab, avaylab, e’zozlab, yangi, o‘sib kelayotgan yosh avlodga etkazib berish uchun xizmat qilishi kerak.
Oltinchidan, milliy g‘oya oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida gapirmoqchi bo‘lsak, avvalo uning ikki suyangan tog‘i-tayanchi haqida fikr yurtishimiz zarur.
Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga bir so‘z bilan aytganda , o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga , zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘i darkor.
Ettinchidan, milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilmasligi, aylanmasligi kerak. U jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g‘oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan munozara qilishiga, kurashishiga, bahslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qilishiga ziyon yoki tazyiq ko‘rsatmasligi lozim.
Milliy istiqlol g‘oyasi fani o‘z navbatida ijtimoiy hayot zarurati yuzasidan, ijtimoiy hodisa sifatida yuzaga kelgan ekan, birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa ushbu fan falsafiy bilimlar tizimiga mansub bo‘lganligi sababli o‘ziga xos metodologik vazifani ham bajaradi. G‘oyalarning tarixiy ildizlari, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’siri haqidagi falsafiy bilimlar bu fanning falsafa bilan bog‘lasi, davr nuqtai nazardan mantiqiy tahlil qilish o‘z navbatida tarix fani bilan munosabatga kirishiga olib keladi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, g‘oya va mafkuralarning shakllanishiga, odamlarning ongi va tafakkuriga singishida bevosita adabiyot, san’at, xalq og‘zaki ijodi, musiqa kabi sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. YAna ta’kidlash kerakki, g‘oya va mafkuralarni globallashishi, xalqlarning hayotiga tahdid solishi yoki ularni taraqqiyotga etaklashiga yo‘naltirilishida siyosiy fanlarning ham bog‘liqligini e’tirof etish mumkin. SHuningdek, geografiya, demografiya, iqtisodiyot va hatto g‘oyani hayot bilan bog‘lashda va uni ezgulik sari yo‘naltirishda yoki aksincha xalqning fojiali ahvolga olib kelishida tabiiy, texnik, huquqiy va boshqa fanlarning ham ta’siri bo‘ladi. SHunday ekan, aytish mumkinki, Milliy g‘oya fani barcha fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
SHuning uchun ham bugun yurtimizda olib borilayotgan keng sohadagi islohotlarni fuqarolarimizning farovon hayotini, ularning tinchligi va barqarorligini, xavfsizligi, vatanimizning taraqqiyotini ta’minlashga olib kelishi bevosita har bir fuqaroning qalbida va ongida milliy g‘oyamizning qanchalik o‘rin olishiga bevosita bog‘liqdir.
Milliy istiqlol g‘oyasi-mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari I.Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat:
- tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish;
- xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini o‘tash;
- inson qalbi va ongiga ijrbiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etish;
- har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish.
- O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taaluqli bo‘lish;
- Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;
- turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish;
- biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylantirmaslik;
- har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish;
- sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish;
- so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;
- davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‘lish.
MIG‘ ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‘lgan taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma’naviy-ma’rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin.
Adabiyotlar
Shavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birkalikda barpo etamiz.” Toshkent “O‘zbekiston” 2016 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi
Shavkat Mirziyoev “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini Ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” 2016 yil 7 dekabr
Toshkent, “O‘zbekiston” 2017 yil.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qiliganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza, 2016 yil 7 dekabr.
Shavkat Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga ko‘ramiz” Toshkent “O‘zbekiston” 2017 y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari to‘plami.
Karimov I.A.”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T., «O‘zbekiston», 2011.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son.
Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.-T., «SHarq», 1998,32-6.
Karimov I.A.Hushyorlikka da’vat.T., «O‘zbekiston», 1999.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‘zbekiston», 1999.
Karimov I.A.O‘zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‘zbekiston», 2000.
Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e’tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» gazstasi, 2000 yil, 8 iyun.
Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‘zbekiston», 2000.
Falsafa: ma’ruzalar matni. Toshkent, O‘zbekiston Rsspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2000 y.
2. Mavzu: “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari
R E J A:
1.“Mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy tarbiya” va “mafkuraviy profilaktika” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi.
2. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari.
3. Ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati.
4. Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari
Tayanch tushunchalar
Milliy g‘oya, istiklol g‘oyasi, milliy ietiklol g‘oyasi, milliy mafkura, mafkuraning asosiy tamoyillari, milliy istiqpol g‘oyasining falsafiy ildizlari.
Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari —xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qo‘shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda manaviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida YAratganning eng ulug‘ mo‘‘jizasi bo‘lmish insonning ulug‘ligi va mo‘‘tabarligi g‘oyasi yotada. Binobarin, u qadrlanishi, e’zozlanishi lozim. CHunki, mamlakatning hayoti, farovonligi, ana shu mehnatkash insonlarning mexnatiga, faoliyatiga bog‘liq. SHu tufayli ham SHarqda komil inson g‘oyasi qadimdan buyuk orzu bo‘lib, donishmanddarimiz xayolini band etib kelgan. Insonning azizligi unga o‘z xatti-harakatlarini o‘zi mustaqil idora etishiga imkoniyat beruvchi aql-zakovat ato etilgani bilan bog‘likdir. YA’ni, inson o‘z aql-idroki yordamida olamni gullatib-yashnatadi. Ammo bu aql-idrokda nafaqat yashnatuvchi, balki vayron etuvchi kuch ham mavjud. Hayotda ezgulik hukmron bo‘lishi uchun aql yaxshilikka, adolatga xizmat qilishi zarur. Buning uchun esa u sog‘lom ma’naviyat izmida bo‘lishi lozim. SHu tufayli ota-bobolarimiz aql-idrokni yovuzlik qo‘liga tutqazmaslikka harakat qilganlar, uni ma’naviyat bilan, iymon-e’tiqod, insof va diyonat bilan boshqarishga alohida e’tibor berganlar. Bu tamoyil xalqimiz ruhini, dahosini aks etgaruvchi o‘lmas qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqsir. Xususan, buyuk ajdodimiz, sohibqiron Amir Temurning sog‘lom ma’naviyat mahsuli bo‘lgan «Kuch - adolatdadir» degan shiori milliy g‘oyaning tarkibiy qismiga aylanib ketgan, mamlakat birligini ta’minlash, markazlashgan davlat barpo etishda, ayniqsa uni odillik bilan boshqarishda ma’naviy-mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qilgan. SHu bois Temur saltanatida ilm-ma’rifat yuksak qadrlangan, insonning sha’ni, or-nomusi e’zozlangan, inson va uning mol-mulki davlat muhofazasiga olingan, qaroqchilik, o‘g‘rilikka keskin barham berilgan edi. Soxibqiron bobomizning: «Mening saltanatimning u chetidan bu chetiga, boshida oltin to‘ldirilgan laganni yosh bola ko‘tarib o‘tsa ham, uning mulkiga hech kimsa dahl eta olmaydi» degan so‘zlari hayotiy haqiqat edi.
YOki ayollarning og‘ir jismoniy ishlardan ozod qilinganiga e’tibor bering. Aytaylik, yordamchisi yo‘q biron ayol suv oladigan chelakni darvoza tashqarisiga chiqarib qo‘ysa, shu joydan o‘tgan mo‘min-musulmonlar chelakni olib, unga suv to‘ldirib shu joyga qo‘yib ketishar edi. Do‘konlarga savdogarlar umuman qulf osishmasdi. Bularning hammasi o‘sha zamonda hayot iymon va e’tiqod, insof va diyonat talablari bilan boshqarilganini, odamlar ana shu yuksak tuyg‘ular bilan yashaganini ko‘rsatadi. Mo‘min-musulmonlar shunday turmush tarziga odatlanishgan, o‘rganishgan edi.Ular o‘zlari och qolishsa ham o‘zganing mulkiga qo‘l tekkizmasdi. Bu xalqning mentalitstiga singib ketgan edi.
Totalitar tuzum sharoitida esa inson sun’iy ravishda mulkdan begonalashtirildi. Odamlar ongiga, mulk egalariga nafrat tuyg‘usi majburan singdirildi. Bu o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirish, hatto tajovuz qilish uchun yo‘l ochdi. Odamlar birovning haqidan hazar qilmaydigan, o‘g‘irlik va talonchilikdan jirkanmaydigan holatga kelib qoldi. Jamiyatda ma’naviy qashshoqlik muhiti paydo bo‘ldi. SHu sababli ham tarixiy xotirani uyg‘otish asosida o‘zlikni anglash bugungi kundagi muhim mafkuraviy vazifadir. Dsmak, milliy istiqlol mafkurasining ma’no-mazmunini belgilaydigan eng muhim omillardan biri — bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. CHunki tarix — buyuk murabbiy. U insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Tarixga berilgan xolis baho mafkuraning hayotiyligi va ta’sirchailigiga asos bo‘ladi.
Bundan necha asrlar avval yaratilib, hozirga qadar yurtimiz ko‘rkiga-ko‘rk bag‘ishlab kelayotgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analaridan dalolat bo‘libgina qolmokda. Ular Vatanimizning shonli tarixi to‘g‘risida yaqqol tasavvur va gushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. «Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat payda bo‘ldiki, — deb yozadi Islom Karimov, — biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog‘imiz kerak»1. Bu vazifa esa tarixiy xotirani tiklash evaziga amalga oshadi.
Haqiqatan ham, millatimizning o‘ziga xos sharqona turmush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi, hayotga, voqelikka munosabatini ifoda etuvchi xalq og‘zaki ijodi namunalari, «Alpomish», «SHashmaqom» kabi durdona asarlar, asriy ideallarni o‘zida ifoda etgan milliy qahramonlarning ibratli hayoti ham milliy mafkuramiz oziqlanadigan manbalardandir. Xalqimizning ertak va masallarida, rivoyat va afsonalarida ezgulik, adolat, tenglik, insoniy mehr-muhabbat tarannum etilgan. Ularda Vatanning muqaddasligi, insonning azizligi, ilmning qadrliligi targ‘ib etilgan. Hamisha yomonlik ustidan yaxshilik, yovuzlik ustidan ezgulik g‘olib chiqishi va yovuz kuchlarga qarshi kurashda halollik, haqgo‘ylik, odamgarchilik, tantilik, mexr-oqibat kabi olijanob fazilatlar ma’naviy-ruhiy tayanch bo‘lishi asoslab berilgan. «Alpomish»da inson sha’ni, yigitlik oriyati himoya qilinsa, «SHashmaqom»da xalqning asriy orzu-umidlari yuksak badiiy did bilan kuyga solingan. Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi milliy qahramonlarimizning Vatan taqdiri uchun olib borgan qahramonona kurashlari, ona-Vatan ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari har birimizda cheksiz faxr va g‘urur hissini uyg‘otadi.
Inson sha’ni, avvalo, o‘zini himoya qilish, o‘z qadrini bilishdan boshlanadi. SHu ma’noda, xalqning o‘zini qadrlay bilishi g‘oyat muhimdir. CHunki «o‘zini qadrlaydigan xalq hech qachon taqdirini birovga bog‘lab qo‘ymaydi»2. O‘z qadrini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el-yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi. «Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g‘oyasi ustuvor bo‘lmog‘i kerak, — deb yozadi Islom Karimov, — Milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo‘lmog‘i kerak. Bu muqaddas g‘oyalar, millati va e’tiqodidan qat’i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog‘i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak»3.
Muxtasar qilib aytganda, milliy mafkuramizning tarixiy ildizlari deganda ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, tafakkur tarzi, amaliy faoliyati, bunyodkorlik ishlari, eng yaxshi urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, mustahkam iymon-e’tiqodi fuqarolarimiz uchun namuna bo‘lishi, xato, kamchshshk nuqsonlardan esa to‘g‘ri xulosa va sabokdar chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Mafkuramizning falsafiy negizlarini, avvalo, ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo‘lgan dunyoviy, diniy, afsonaviy qarashlar, dunyo fatsafasi durdonalari belgilaydi. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit o‘zining SHarqda o‘tgan g‘oyaviy ustozlarini, «Avesto»dek muqaddas kitobda bitilgan falsafiy fikrlarni nazarda tutib, yurtimizga «falsafiy tafakkur beshigi» dsb ta’rif bergan edi.
«Avestoda ifodalangan falsafiy tamoyillar va milliy g‘oyalar, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, olam va odamning yaralishi, inson va uning kamoloti haqidagi diniy va ilmiy qarashlar, poklik, halollik, mardlik kabi komil inson sifatlari bugungi dunyoqarash shakllanishiga samarali ta’sir o‘tkazadi.
Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‘g‘risidagi g‘oyalari, bu borada nihoyatda muhim ahamiyatga molik. Ayniqsa, o‘nlik sanoq sistemasini butun insoniyat uchun eng qulay bo‘lgan hisoblash tizimiga aylantirgan, insoniyatga «Algebra» fanini hadya etgan, algoritmik ketma-ketlik uslubi haqidagi ilk g‘oyani kashf qilgan hamda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari tabiatshunoslikka oid bir qator fanlarni kashf etib, tom ma’noda SHarq naturfalsafasining otasi bo‘lgan, Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-axloqiy qarashlari bugungi kun uchun ham muhim. Falsafa tarixi, mantiq, musiqashunoslik, axloq singari sohalardan tashqari, sotsiologiyaga oid ilk falsafiy sistemani ishlab chiqqan Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat haqidagi qarashlarining o‘z o‘rni bor. Nafaqat meditsina fanining asoschilaridan, balki mantiq ilmida ham mutafakkirlardan biri bo‘lgan ratsionalizm va irratsionalizmni sintez qilish asosida inson ruhiyatini nigilistik inqirozdan asrab qolgan, XX asr G‘arb faylasuflari, ekzietensialistlari tomonidan G‘arbiy Evropani ma’naviy tushkunlikdan qutqarilishida asos bo‘lgan ana shu g‘oya asoschisi — Abu Ali ibn Sinoning dualizm ta’limoti ham bunda o‘z o‘rniga ega. Mutafakkir shoir Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushohadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish hamda asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilarning faoliyati ham milliy g‘oya va istiqbol mafkurasining teran tomirlaridir.
Milliy istiqlol mafkurasining falsafasi, uning ma’no-mazmuni, asosiy g‘oya va tamoyillari milliy davlatchiligimizni qayta tiklab, jamiyatimizning taraqqiyot yo‘lini nazariy va amaliy jihatdan belgilab bergan Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida chuqur ifoda etilgan. Bu asarlarda mamlakatning rivojlanish yo‘li, uning o‘ziga xos xususiyatlari, oldimizga qo‘yilgan ulug‘vor vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
Milliy istiqlol mafkurasining falsafiy asosi umuminsoniyatning boy tarixiy o‘tmishiga, shuningdek, qadimgi SHarq, YUnon, Rim va boshqa falsafa maktablarining merosiga ham tayanadi. Xususan Suqrot, Platon, Aristotel singari mutafakkirlarning asrlar davomida o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelayotgan dono fikrlari, jahon falsafasining o‘rta asrlar va hozirgi zamon namoyondalarining qarashlari ham milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini asoslash va boyitish, ularga hayotiy ruh bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfutsiyning falsafiy hikmatlari, Platonning «G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» to‘g‘risidagi ta’limoti, Gegel dialektikasi, gumanistik zamonaviy falsafiy oqimlarda ilgari surilayotgan g‘oyalar ham milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslaridir.
O‘tmish falsafasi g‘oyalari va tarix saboqlari mafkuramizning ma’no-mazmunini belgilashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Bu mafkura xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi aks etgan ertak va afsonalardan, milliy qaxramonlarining hayoti va faoliyatidagi ibratli misollardan oziqlanadi. Milliy istiklol mafkurasi shakllanishida «Avesto», «Qur’on» va «Hadis»larda zikr etilgan hikmatlar, dunyoviy va diniy qarashlar, xalqimizning ozodlik, komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy istiklol g‘oyasining asoslari, tamoyil va yo‘nalishlarini yaxshi bilib olish uchun yuqorida nomlari zikr etilgan allomalarning asarlari, milliy va umuminsoniy madaniy meros namunalarini chuqur o‘rganish bu boradagi asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Adabiyotlar
Shavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birkalikda barpo etamiz.” Toshkent “O‘zbekiston” 2016 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi
Shavkat Mirziyoev “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini Ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” 2016 yil 7 dekabr
Toshkent, “O‘zbekiston” 2017 yil.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qiliganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza, 2016 yil 7 dekabr.
Shavkat Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga ko‘ramiz” Toshkent “O‘zbekiston” 2017 y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari to‘plami.
Karimov I.A.”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T., «O‘zbekiston», 2011.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son.
Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.-T., «SHarq», 1998,32-6.
Karimov I.A.Hushyorlikka da’vat.T., «O‘zbekiston», 1999.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‘zbekiston», 1999.
Karimov I.A.O‘zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‘zbekiston», 2000.
Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e’tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» gazstasi, 2000 yil, 8 iyun.
Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‘zbekiston», 2000.
Falsafa: ma’ruzalar matni. Toshkent, O‘zbekiston Rsspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2000 y.
3-mavzu: Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi
REJA:
1. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi.
2. G‘oyaviy-mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‘lishi.
3.G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi
4.O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni.
Tayanch tushunchalar
G‘oya, mafkura, milliy, diniy, ilmiy g‘oya, falsafiy g‘oya, bunyodkor g‘oya, vayronkor g‘oya, mafkuraviy meros, mustaqillik mafkurasi.
Milliy g‘oya – milatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli.
U yoki bu g‘oyaning Milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi milatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zeror, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad-muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin.
Milliy g‘oya oxir-oqibatda, ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdiriga ta’sir qiladi. SHu ma’noda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman, insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan g‘oyalar ham bor. Aytaylik, «Milliy yarash» g‘oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, «Manfaatli hamkorlik» g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir.
Milliy istiqlol g‘oyasi-mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari I.Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat:
- tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish;
- xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini o‘tash;
- inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etish;
- har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish.
- O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taaluqli bo‘lish;
- Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;
- turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish;
- biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylantirmaslik;
- har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish;
- sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish;
- so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;
- davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‘lish.
Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‘lgan taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma’naviy-ma’rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin.
Xalqning ma’naviyati, madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir1, deb ta’kidlagan edi, Prezidentimiz I.Karimov. Darhaqiqat, bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni kechayotgan bir sharoitda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘tmish madaniy meros va haqqoniy tariximiz muhim ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan bugungi kunda boy tarixiy merosimiz va madaniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Mustaqillik tufayli, biz bu milliy ma’naviyatimizni tiklashga, o‘rganishga, uni yanada jahon sivilizatsiyasining tarkibiy ajralmas qismida mustahkam bo‘lib qolishga imkoniyat yaratildi.
SHu o‘rinda avvalo meros, madaniy meros, ma’naviy meros tushunchalarining xususiyatlarini tahlil qilish lozim. CHunki ma’naviy meros madaniy merosning tarkibiy qismi sanaladi. Madaniy merosni tushunmasdan ma’naviy merosni ham tushunish qiyin. Bu tushunchalarda umumiylik bo‘lsa ham, ular birday emas, o‘zaro qaysi bir jihatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi.
Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir1.
Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi, kimlarning, ya’ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai – nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni xarakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr.
Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. g‘oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto, g‘ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. g‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.
G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson ruhiyatiga, hatta tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi.
Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi kimlarning ya’ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
G‘oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
Inson o‘zining aql – zakovati, iymon – e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.
Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, birinchidan, g‘oya inson tafakkurining mahsulidir.
Ikkinchidan, g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir.
Uchinchidan, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‘oya. Tushuncha, iogos – ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi.
- g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha hisoblanadi;
- muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar bo‘lishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi.
G‘oyaning ijtimoiy mohiyati. Har qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi.
G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.
Inson tafakkurining maxsuli sifatida g‘oya milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma’naviy hayotni, tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, falsafa, din, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi.
Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:
- Ilmiy g‘oyalar; falsafiy g‘oyalar; diniy g‘oyalar; badiiy g‘oyalar; ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar; milliy g‘oyalar; umuminsoniy g‘oyalar v.h.
1. Ilmiy g‘oyalar – fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir;
2. Falsafiy g‘oyalar har bir falsafiy ta’limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘g‘risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o‘rab turgan dunyoni bilish jarayonida kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to‘plagan bilimlarini umumlashtirish, inson hayotini ma’no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.
3. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini , diniy iymon-e’tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi.
4. Badiiy g‘oyalar – adabiyot va san’at asarining asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi., o‘quvchida muayyan ta’surot uyg‘otadi.
5. Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-mudaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi.
G‘oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umuminsoniy g‘oyalar ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Milliy g‘oya – inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar, g‘oyalar majmuidir. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o‘lmas g‘oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlab, ularni o‘z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g‘oyalar yuksak g‘oyalardir. Odamlar orasiga nifoq, xalqlar o‘rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo‘zg‘aydigan tuban buzg‘unchi g‘oyalarga misol bo‘ladi.
Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum bir tarixiy sharoitda ezgu harakatga undaydigan g‘oya mazmunan umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya jamiyat va inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin.
Ezgu g‘oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrlardir.
Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g‘oyalar, mafkuralar bilan bog‘liqligi
Har qanday jamiyat o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.
Inson hech qachon tashqi dunyodan, o‘zini qurshab olgan olamdagi o‘zgarishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda, ularning ta’sirisiz yashay olmaydi. Xalqlar. Millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyati tufayli sodir bo‘lgan turli hodisa va jarayonlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta’sir etadi.
Hayotda maqsadi, yuksak g‘oyasi, ezgu orzu-intilishlari bo‘lmagan inson va jamiyat a’zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma’naviy yuksaklikka erishishi qiyin. YUksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari etaklaydi. G‘oyasi etuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‘rsata oladi.
Ayrim yovuz kuchlar ta’sir o‘tkazish orqali o‘z g‘arazli niyatlariga etish maqsadida foydalanishlari mumkin. SHu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat o‘z maqsad mudaolarini ifoda etadigan manfaatiga zid bo‘lgan zararli va begona g‘oyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o‘z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan muayyan g‘oyaga ehtiyoj sezadi.
Binobarin, g‘oya muayyan millat va xalqning maqsad-muddoalari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, er yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «CHunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, jamiyatning o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi bo‘lgan. CHunki jamiyatning, xalqning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‘oyasi va mafkurasi bo‘lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bo‘ladi.
G‘oya, mafkura jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi bo‘lib, busiz jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin»1.
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy g‘oyalar, bu g‘oyalar ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-madoalarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo‘ladi. SHu sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo‘lida birlashtirib, jamiyat ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad-mudaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-qudrat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. SHuning uchun ham g‘oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.
Jamiyat tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlarining ko‘pchiligi dastlab SHarqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, qadimgi Misr, Vavilon, Turon, Eron, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiyalar tarixda muhim o‘rin tutadi. Qadimgi SHarq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bo‘lib erga ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning ko‘plab navlarini etishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshootlari va moslamalarini yaratdilar, tarixga ma’lum bo‘lgan birinchi suv tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatdilar, ipak qurti boqib, undan tabiiy ipak olishni kashf etdilar. Nihoyatda murakkab me’morchilik san’atiga asos soldilar, tabiat kuchlari qarshisida qanchalik sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismoniy baquvvat va ruhan engilmas bo‘lishni jahonga namoyon etdilar. SHu asnoda xilma xil g‘oyalarni yaratdilar, ularni amalga oshirdilar.
Ma’lumki, milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari xalqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtriyada ilk bor shakllangan , ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – “Avesto” kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan.
Zardo‘shtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtriyada davlat dini darajasiga ko‘tarildi va rasmiy mafkura vazifasini ham bajardi.
Ammo, Turonning vaqti-vaqti bilan bosqinchilar hujumiga uchrab turishi jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarar edi. Milloddan avvalgi VI-IV asrlarda ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bo‘lgan mustaqil davlatchilikka ma’lum muddatga chek qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Xalqimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‘oyalari, o‘z milliy davlatchilikni tiklash uchun kurash xalqimizning o‘sha paytdagi orzu-umidlari, ta’bir joiz bo‘lsa uning g‘oya va mafkurasini tashkil qiladi.
Mil.av. 7 asrlarda Avesto – Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya davlatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, Mil.av. 6-4- asrlarda Buddaviylik kushon davlatining mafkurasiga aylandi.
9-12 asrlarda samoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi.
Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning o‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar YU.Xamadoniy, YAssaviy, G‘ijduvoniy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog‘lom ma’naviy-axloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi.
Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligini rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi.
17-19 asrda umummilliy manfaatlar o‘rniga tor va cheklangan, shaxsiy va sulolaviy manfaatlarning ustun qo‘yilishi, jamiyat hayotida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ilm-ma’rifatni rivojlantirishga etarlicha e’tibor berilmagani Turkistonda mustamlakachilik tuzumi o‘rnatilib, pirovardda milliy davlatchilikning yana bir bor tugatilishiga olib keldi. SHunga qaramasdan chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan milliy g‘oyalar tamomila yo‘q bo‘lib ketmadi. Aksincha mustamlakachilik sharoitida ular milliy davlatchilikni tiklash, millat taraqqiyoti va istiqboli uchun kurash bayrog‘i sifatida yana ilgari surila boshladi.
Umuman, insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol o‘ynaydi. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo, insonning jamimyatdagi o‘rni va ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog‘liq. CHunki insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga unday va shu tariqa ko‘zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma’no-mohiyatini tashkil etadi.
SHu sababli ham milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va pirinsiplari tizimida insonning jamiyatdagi o‘rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh g‘oyasi ham, asosiy g‘oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yo‘g‘rilgan. CHunki bunyodkorlik xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tom ma’noda bunyodkordir, do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham daraxt ko‘kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari bunyodkorlik ishlariga yorqin misol bo‘ladi.
Jamiyat taraqqiyotida mafkura va g‘oyalar etakchi mavqelardan birini egallaydi. Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o‘zgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |