Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kaedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/231
Sana16.01.2022
Hajmi2,19 Mb.
#372505
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   231
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

5-Mulk turlari 
Mulkiy  munosabatlar turli tip,  shakl  va turdagi  mulkni  o`z ichiga  oladi.Mulk shakllari  - bu 
o`zlashtirishning  xarakteridir,  ya'ni  uning  ko`rinishi,  qiyofasi  majmuidir.  O`z  mehnati  evaziga 
o`zlashtirish,  o`zgalar  yaratgan  boylikni  tekinga  o`zlashtirish,  yakka  tartibda,  jamoa  bo`lib, 
sherikchilik  asosida  o`zlashtirish  borki,  ular  mulkchilikning  har  xil  shakllarini  bildiradi.  Xususiy 
mulk  -  ayrim  kishilarga  tegishli  va  daromad  topishga  qaratilgan  mulk.  Uning  ikki  ko`rinishi 
mavjud;  1)  individual-xususiy  mulk;  2)  korporativ-xususiy  mulk.  Individual  mulk  bor  joyda 
boylikni  o`zlashtirish  alohidalashgan  holda,  ayrim  mulkdor  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Korporativ-xususiy  mulk  deganda-  boylikni  individual  tarzda  o`zlashtirish,  lekin  mulkdorlar 
sherikchilik  asosida  ma'lum  guruhlarga  birlashgan  sharoitda  o`zlashtirish  tushuniladi.  Xususiy 
mulkdan  tashqari  shaxsiy  mulk  ham  borki,  u  ham  individual  o`zlashtirishni  bildiradi.  Ammo  u 
xususiy mulkdan farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy ehtiyojni qondirishga 
qaratiladi. Jamoa mulki-boylikning muayyan maqsad yo`lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar 
tomonidan  birgalikda  o`zlashtirilishidir.Jamoa  mulki  mayda  mulk  egalarining  ko`ngilli  tarzda  va 
o`z  manfaati  yo`lida  turli  jamoalarga  birlashuvi  orqali  yuzaga  keladi,  uning  ob'ekti 
moddiy-ma'naviy  boyliklar,  sub'ekti  esa  jamoa  a'zolaridir.  Jamoa  mulkining  ko`payishi  ikki  yo`l 
bilan boradi: 1) jamoaga  yangidan kirgan kishilar bergan, ular  hissasining  umumiy  mulkka kelib 
qo`shilishi; 
2)jamoa 
olgan 
daromad 
bir 
qismining 
moddiylashib, 
mulk 
ob'ektiga 
qo`shilishi.Kooperativ  mulki-jamoa  mulkining  asosiy  turi,  har  xil  kooperativlarga  birlashgan 
kishilarning  umumiy  mulki,  mulkdagi  hissadorlikka  asoslangan  bo`lib,  guruhiy  mazmunga 
ega.Ijaraga olingan korxona jamoasi  mulki  - ijarachilar jamoasi o`zi ishlab topgan  mulk. Bunday 
korxonada  mulk  ikki  qismdan  iborat:  1)  korxona  egasiga  qarashli  mulk;  2)  jamoaga  qarashli 
umumiy  mulk.  Korxona  jamoasining  mulki  -  ishchi  va  xizmatchilar  jamoasi  davlatdan  yoki 
xususiy  mulk  sohibidan  sotib  olgan  va  umumiylashtirib,  birgalikdagi  o`zlashtiriladigan  mulk. 
Korxona  va  tashkilotlar  uyushmasi  (assotsiatsiyasi)  mulki  -  ma'lum  maqsad  yo`lida  uyushma 
tashkil  etganlarning  umumiy  mulki.  Ijtimoiy  tashkilotlar  mulki  -  ijtimoiy  tashkilotlar  partiyalar, 
kasaba  tashkilotlari,  xalq  harakatlari,  turli  fondlar  va  boshqalarga  a'zo  bo`lgan  va  o`z  ulushini 
qo`shgan  kishilarning  umumiy  mulkidir.  Diniy  tashkilotlar  mulki  -  dindorlar  tashabbusi  bilan 
vujudga kelgan tashkilotlarning mol-mulki.Mahalla mulki-mahalla ahlidan iborat jamoa doirasida 
unga qarashli boylikni hamjihatlik bilan o`zlashtirishdir. Davlat mulki- boylikni o`z vazifasini ado 
etish  uchun  davlat  tomonidan  o`zlashtirilishidir.  Bu  mulk  davlat  paydo  bo`lishi  bilan  vujudga 
keladi,  ammo  uning  maqsadi  va  miqyosi  o`zgarib  turadi.  Davlat  mulkining  paydo  bo`lishi  va 
rivojlanishi  quyidagilar  hisobidan  bo`ladi:  1)  mulkning  milliylashtirilishi;  2)davlat  mablag`i 
hisobidan  korxonalar  qurilishi;  3)  jamiyatda  yaratilgan,  ammo  boshqa  mulklarga  taalluqli 
daromadlar bir  qismining  soliq undirish orqali davlat byudjetiga  olinishi. Turli shakldagi mulklar 
bir-biridan  tamomila  ajralib  qolmaydi,  ularning  o`zaro  aloqasi  faqat  bozor  orqali  bo`lmay,  ular 
kirishib  ham  ketadi,  natijada  aralash  mulk  paydo  bo`ladi.  Aralash  mulk  muayyan  bir  ob'ektning 
turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi. U hozirgi ochiq tipdagi qorishma aktsioner 
kompaniyalarida  aniq  ifoda  etiladi.  Bu  erda  xususiy  mulk,  jamoa  mulki  va  hatto  xorijiy  mulk 
hissadorlik  asosida  birlashadi.  Mulk  ob'ekti  birlashgan  holda  ishlatilib,  o`z  egalariga  daromad 
keltiradi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish