Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kaedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"


-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA BELGILARI. BOZOR VA



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/231
Sana16.01.2022
Hajmi2,19 Mb.
#372505
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

4-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA BELGILARI. BOZOR VA 
UNING TUZILISHI 
 
1.
 
Bozor iqtisodiyotining mohiyati. 
2.
 
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. 
3.
 
Bozor iqtisodiyotining ikki turi. 
4.
 
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos yo`li. 
 
Tayanch iboralar 
Bozor  iqtisodiyoti;  bozor  iqtisodiyoti  ob'ektlari;  iqtisodiy  plyuralizm;  narxlarning  liberallashuvi; 
bozor iqtisodiyotiga o`tish modellari; sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti; «o`zbek modeli». 
1-Bozor iqtisodiyotining mohiyati. 
Bozor iqtisodiyotining asl, lo`nda ma'nosi-iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish tajribasidan voz 
kechib,  o`zini  o`zi  boshqaradigan  mexanizm  yaratishdir.  Ana  shu  o`zini  o`zi  tartibga  solib, 
yo`naltirib,  barqaror  o`sish  sur'atlarini  ta'minlab  turadigan  yangi  bozor  mexanizmi  markazida 
inson turadi, inson omili yotadi. Demak, yangi iqtisodiy tizimga o`tishni, iqtisodiy mustaqil davlat 
qurishni  odamlardan,  har  birimizdan,  birinchi  navbatda,  O`zbekiston  taqdiri  va  kelajagi  uchun 
mas'ul  bo`lgan  yoshlardan,  ularda  zamonaviy  iqtisodiy  tafakkur,  iqtisodiy  idrok  xosil  qilishdan 
boshlamoq  lozim.Hozirgi  zamon  iqtisodiyoti  bozor  iqtisodiyotidir.  Er  yuzidagi  ko`pgina 
mamlakatlar  har  xil  darajada  va  o`ziga  xos  xususiyatlar  bilan  rivojlanib  bormoqda.Hozirgi 
dunyoda, ayniqsa, G`arb  mamlakatlarida iqtisodiyot haqida gap ketganda  faqat bozor iqtisodiyoti 
tushuniladi. 
Hozirgi 
zamon 
nazariyalarida 
bozor 
iqtisodiyoti 
deganda 
iqtisodiy 
xatti-harakatlarning  erkin,  mustaqil  ravishda  yuz  berishi  va  ularning  bozor  mexanizmi  orqali 
bir-biriga  bog`lanib  muvofiqlashuvi  tushuniladi.  Bozor  iqtisodiyoti  g`oyat  ko`p  qirrali  va 
murakkab iqtisodiyotdir.  Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib 
qarash  kerak.  Bu  belgilar  shakllanib  ulgurgan,  aralash  iqtisodiyotga  aylangan  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  vujudga  keladi,  bu  esa  hozirgi  eng  rivojlangan  mamlakatlarda  aniq  ko`rinadi.Bozor 
iqtisodiyoti  erkin  tovar-pul  munosabatlariga  asoslangan,  iqtisodiy  monopolizmni  inkor  etuvchi, 
ijtimoiy  mo`ljalga,  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  yo`nalishiga  ega  bo`lgan  va  boshqarilib 
turuvchi  iqtisodiyotdir.  O`ziga  xos  mulkiy  munosabatlari,  ijtimoiy  yo`nalishlari  va  tartiblanib 
turish  usullari  jihatidan  bu  tizim  kapitalistik  iqtisodiyotdan  va  tarixda  mavjud  bo`lgan  sobiq 
sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi. 
Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub'ektlari mavjud: 
a)  iqtisodiy  mustaqil  mulk  egasi  yoxud  iste'molchi  bo`lgan  ayrim  kishilar  yoki  guruhlar. 
Bularga odatda yollanib ishlovchilar,  er egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari 
kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o`z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi; 
b)  firma,  korxona,  xo`jaliklar,  ularda  band  bo`lgan  tadbirkorlar.  Ular  foyda  olish  yo`lida 
mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar; 
v)  davlat,  aniqrog`i,  davlatning  barcha  mahkama-idora  tashkilotlari.  Ular  ham  ishlab 
chiqarish,  ham  iste'mol  bilan  shug`ullanadilar,  bozor  va  unda  qatnashuvchilar  faoliyati  ustidan 
nazorat qiladilar. 
Bozor  iqtisodiyoti  ishtirokchilari  o`zaro  aloqaga  kirishadilar.  Ish  kuchi,  er,  kapital  va  
boshqa  vosita  egalari  ularni  korxona,  firmalarga  sotadi.  Ular  o`z  navbatida  ishlab  chiqarish 
omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar. 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish