3-Bozor iqtisodiyotining ikki turi
Yuqorida
qayd
qilinganidek,
bozor
iqtisodiyoti
deganda
hozirgi
rivojlangan
mamlakatlardagi iqtisodiyot tushuniladi.
Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud. Birinchisi-asov yoki
yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotning asl namunasi XVIII va XIX asrlarda bo`lgan.
Uning ba'zi bir alomatlari hozir ham uchrab turadi. Uning quyidagi asosiy belgilarini keltirish
mumkin:
1.
YAkka egalikdagi xususiy muklning щukmron bыlishi, mulkning ozchilik =ыlida
tыplanishi.
2.
Iqtisodiyotning stixiyali o`sishi, ya'ni iqtisodiy beboshlik va tartibsizlikning kuzatilishi
3.
Noma'lum bozor uchun ko`r-ko`rona ravishda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish,
ularning sotilish yoki sotilmasligining noma'lumligi.
4.
Raqobat kurashining qonun-qoidasiz, terror, zo`ravonlik, qalloblik kabi g`ayriinsoniy
usullar bilan borishi.
5.
Tadbirkorlar o`rtasidagi sherikchilik aloqalarining tasodifiy bo`lishi.
6.
Davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, undan chetlashib qolishi.
7.
Tartibsizlik natijasida kuchli iqtisodiy tangliklar va bo`hronlarning kelib chiqishi, iqtisodiy
talafotlarning yuz berishi.
8.
Kishilarning o`ta boy va o`ta kambag`allarga ajralib qolishi, ular o`rtasidagi sinfiy
kurashning mavjudligi, ijtimoiy muvozanatning yo`qligi.
Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz oqadi, uning
o`zaklari tez o`zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to`g`onlar, suv omborlari bo`lmaydi.
Bunday daryo nafaqat obi-hayot olib keladi, balki uning toshqinlari qirg`oqlarni yuvib ketish bilan
talafot ham keltiradi.
Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadiy saqlanmaydi. U sivilizatsiyalashgan yoki madaniylashgan
bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o`ziga xos belgilari mavjud:
1.
Asosiy bo`lib hisoblangan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham
harakatda bo`ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi.
2.
Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi.
3.
Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabga moslashadi, bozordagi noma'lumlik
ahyon-ahyon uchrab turadi.
4.
Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan halol boradi, uning madaniy usullari
qo`llaniladi.
5.
Iqtisodiyot sub'ektlari (ishtirokchilari) o`rtasidagi doimiy va uzoq davrga mo`ljallangan,
o`zaro manfaatli sherikchilik aloqalari o`rnatiladi.
6.
Davlat iqtisodiy hayotga aralashadi, o`z chora-tadbirlari bilan iqtisodiy tamoyillarning
amal qilishi uchun sharoitlar yaratadi.
7.
Iqtisodiyot tartiblanib turganidan chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi yoki iqtisodiy
tanglikdan tezda chiqiladi.
52
8.
Iqtisodiyot yuqori darajada rivojlanganligi uchun jamiyat boy bo`ladi, tadbirkorlik, shu
sababdan, faqat foyda topish uchun emas, balki el og`ziga tushish, obro`-e'tiborli bo`lish uchun
ham olib boriladi.
9.
Iqtisodiyot ijtimoiy yo`naltirilgan, ommaviy farovonlikni ta'minlashdek aniq mo`ljalga ega
bo`ladi.
10.
Kishilarning iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi chegaralanadi, o`ziga to`q, o`rtahol aholi
asosiy ijtimoiy qatlamga aylanadi.
Shu boisdan jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o`rtasida to`qnashuvlarga o`rin
qolmaydi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o`tish deganda sivlizatsiyalashgan iqtisodiyot sari borish
tushuniladi.
4-O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos yo`li
Ma'lumki, bozor iqtisodiyotiga o`tishning umumjahon voqeasiga aylanishi XX asrning
muhim belgisidir. Insoniyat tajribasi shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti bir qator muammolarni
samarali hal eta oladi, xususan:
a) muttasil ravishda ishlab chiqarishni o`stirib, to`kinchilikni ta'minlash;
b) tejamli xo`jalik yuritib, barcha resurslardan oqilona foydalanish;
v) ommaviy farovonlikni ta'minlash;
g) mazmuni yoki shaklidan qati nazar halol va samarali mehnatning qadriga etish;
d) umuminsoniy ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tadbiq etish.
Bozor iqtisodiyotining tamoyillari, qonun-qoidalari umum insoniy, ammo boriladigan marra bir
xil bo`lsa-da, uning yo`llari har xildir.
O`zbekiston oldida ikki strategik-istiqbolda ko`zlangan vazifa turadi. Uning biri -
mustaqillikning iqtisodiy poydevorini yaratish. Ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga o`tish. Iqtisodiy
mustaqillikka bozor mexanizmi orqali erishiladi, lekin uning O`zbekistonda shakllanishi o`ziga
xos yo`l bilan yuz bermoqda. Bu yo`l bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini e'tirof etgan
holda, O`zbekistonning milliy xususiyatlarini hisobga oladi.
Bu xususiyatlar quyidagilardir:
1.
O`zbekiston iqtisodiyoti kam rivojlangan bo`lsa-da, uning ishonchli salohiyati bor.
2.
O`zbekiston tabiiy va mehnat resurslariga boy diyor, uning saxiy eri va mehnatsevar xalqi
bor.
3.
Respublikamiz aholisining o`sish sur'atlari jadal, shu boisdan mehnat resurslari tez ortib
boradi.
4.
O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining o`rni katta, shu boisdan aholining katta
qismi (60%) qishloq joylarda istiqomat qiladi.
5.
O`zbekiston sharqiy sivilizatsiyaga mansub mamlakat. Bu erda sharqona iqtisodiy
ko`nikmalar, ota-bobolardan meros qolgan xo`jalik yuritish usullari bor.
Bu xususiyatlar O`zbekistonda bozor iqtisodiyoti sari borish yo`lini tanlash uchun asos
bo`ldi. Bu yo`l jahon tajribasiga tayangan holda, ammo mamlakatimizning milliy manfaatini,
undagi real sharoitlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o`tishni bildiradi. Bu yo`l bozor
iqtisodiyotiga inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, tinchlik va xotirjamlik sharoitida, xalqni
ijtimoiy himoya qilish orqali sekin-asta, bosqichma-bosqich o`tilishini ta'minlaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek ―Bizning qat'iy nuqtai nazarimiz jahon
tajribasi va o`z Seminarotimizdan olingan jamiyki foydali tajribalarni rad etmagan holda,
o`zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni tanlay olishdan iboratdir‖
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos yo`li Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan olg`a surilgan besh tamoyilda ifodalab berildi:
Birinchi tamoyil - iqtisodiyot siyosatdan ustivor bo`lishi va buning uchun iqtisodiyot
mafkuradan xoli qilinishidir.
53
Ikkinchi tamoyil - davlat bosh islohotchi bo`lishi kerak. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga
o`tish tartibsiz ravishda, o`zibo`larchilik asosida emas, balki davlat rahbarligida amalga
oshiriladigan islohotlar orqali yuz berishini bildiradi.
Uchinchi tamoyil - qonunlar va ularga amal qilinishining ustivorligini ta'minlash. Bu
tamoyil bozor iqtisodiyotiga o`tish tartibli ravishda, hammaning keng jamoatchilik ishtirokida
ishlab chiqqan davlat qonunlariga so`zsiz rioya etishi orqali borishini bildiradi.
To`rtinchi tamoyil - faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu iqtisodiyotga kuchli ta'sir eta oladigan,
xalqning ijtimoiy himoyasini, uning faolligini ta'minlaydigan, ijtimoiy adolatni yuzaga
chiqaradigan siyosatni olib borishni anglatadi.
Beshinchi tamoyil - bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o`tish. Bu tamoyil
chuqur iqtisodiy islohotlarni shoshilmasdan, sobitqadamlik bilan amalga oshirishni talab etadi.
TAKRO RLASH UCH UN SAV OLLAR
1.
Bozor iqtisodiyotini ta'riflab bering.
2.
Bozor iqtisodiyotining qanday sube'ktlari bor?
3.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini sanab bering.
4.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining belgilarini sharhlang.
5.
«O`zbek modeli»ning besh tamoyilini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |