41
Shunday bog`lanishlar orasida ishlab chiqarish omillarining birikishi mulkiy munosabatlarni
yuzaga keltiradi. Tizimda omillarning birikish usuli asosiy o`rin tutadi, shu jihatdan tizimlar
farqlanadi.Turli tizimlarga baho berilganda ularning xalq farovonligi uchun nima bera olganligi
bosh mezon bo`ladi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida turli tizimlarning samarali ekanligini xalq
farovonligining o`sishi ko`rsatib turadi. Farovonlikni oshirish, bilish qobiliyati tizimning
yashovchanligi yoki uning boshqasi bilan almashuvi zarurligini bildiradi.
2- Ijtimoiy-iqtisodiy tizim turlari
Insoniyat taraqqiyoti turlicha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar doirasida kechadi, ularning o`rtasida:
albatta, muhim farqlar bor. Turli tizimlar tahlil etilganda, ularni farqlantiruvchi mezonlar asos
qilib olinadi, bular ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, mulkiy munosabatlarning
xarakteri, xo`jalik-iqtisodiy aloqalar mazmuni, xalq iste'moli darajasi, sinfiy belgilar va h. k.
Tizimlar turli nazariyalarda har xil mezon asosida tabaqalashtiriladi. Marksizm nazariyasida
mulkiy-sinf mezonlar asos qilinib, tizimlar formatsiya deb qaraladi. Marksizm ta'limotiga ko`ra
besh formatsiya mavjud: ibtidoiy-jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va nihoyat
kommunizm.Asrimizning 60-yillarida marksizmni almashtira oladigan ta'limot sifatida
«rivojlanish bosqichlari» nazariyasi paydo bo`ldi. Mazkur nazariya tizimlarni tahlil etishda
ishlab chiqaruvchi kuchlarning etuklik darajasini mezon qilib oladi. Bu nazariya mualliflari
jamiyatni ikki tipga bo`lishadi: an'anaviy jamiyat, industrial jamiyat. Shunga monand ravishda
iqtisodiy rivojlanishning olti bosqichi ajratiladi: traditsion jamiyat, o`tkinchi jamiyat, industrial
jamiyatga o`tish, industrial jamiyat, ommaviy iste'mol jamiyati, yangi turmush sifati bor
jamiyat.
Mulkiy jihatdan qaraganda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni ikki toifaga ajratish mumkin.
1.
Monostrukturali (bir tarkibli) tizimlar. Bu tizimlarning asosiy belgisi bir mulk shaklining
hukmron bo`lishidir. Bu erdagi mulkiy monopoliya xususiy mulk yoki davlat mulkining
hukmronligi bilan ajralib turadi. Yakka mulkka tayangan iqtisod monotizim yoki monoiqtisodiyot
bo`ladi.
2.
Turli-tuman mulk shakllariga tayangan, ayrim mulk shaklining ustivorligini inkor etuvchi
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar. Ularni politizm, ularga xos iqtisodni poliqtisodiyot deyish mumkin.
Bunday tizimda mulkiy muvozanat hosil bo`ladi, hamma mulk shakllari rivojlanish sharoiti bir xil
bo`ladi. U har qanday monopoliyani inkor etadi. Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir.
Monoiqtisodiy tizim tarixan muqarrar bo`lganidek, uning o`rniga poliiiqtisodiy tizimning kelishi
ham zaruratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: