3-MAVZU. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIDIR 1.
Natural va tovar ishlab chiqarish.
2.
Tovar va uning xossalari.
3.
Pulning vujudga kelishi, mohiyati va asosiy vazifalari.
4.
Qiymat qonuni
Tayanch iboralar Natural ishlab chiqarish; tovar ishlab chiqarish; tovarning iste'mol qiymati; tovar qiymati; aniq
mehnat; abstrakt mehnat; umumiy ekvivalent; pulning vazifalari; qiymat o`lchovi; muomala
vositasi; jamg`arish vositasi; qiymat qonuni.
1-Natural va tovar ishlab chiqarish
Avvalo bu mavzuni o`rganishni biz tovar-pul munosabatlari nima? degan savolga javob
berishdan boshlaymiz. Tovar-pul munosabatlari-bozor iqtisodiyoti mohiyatini tashkil etuvchi
munosabatlar: tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomalasiga xos
munosabatlarning yaxlitligidir.Kishilik jamiyati rivojlanishida tovar ishlab chiqarishdan oldin
natural ishlab chiqarish mavjud bo`lgan.Natural ishlab chiqarish tarixan ibtidoiy jamoa tuzumida
mavjud bo`lgan, ammo u hozirda ham primitiv tipdagi an'anaviy iqtisodiy tizimlarda ham mavjud
bo`lishi mumkin. Natural xo`jalikda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki xo`jalikning
o`zida uning xodimlari va yaratuvchilari iste'moli uchun ishlab chiqarilgan.Natural ishlab
chiqarish alohidalashgan xo`jaliklardan iborat bo`lgan. Bu esa natural ishlab chiqarishga
chegaralanganlik xos ekanligini ko`rsatadi va iqtisodiy jarayonlarni bir doirada qat'iy mahdudlab
qo`ygan, tashqi aloqalarning shakllanishiga yo`l qo`ymagan. Natural xo`jalikda xom ashyoni
topishdan tortib, mahsulotni tayyor xolga keltirishgacha bo`lgan ishlarni alohida xo`jaliklarning
o`zi bajargan. Ishlab chiqarish qo`l mehnatiga asoslangan. Bu esa natural xo`jalikka bir qancha
asrlar davomida universal qo`l mehnati xos bo`lganligini ko`rsatadi. Ishlab chiqarishning natural
shakli ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining shunday darajasiga
xosdirki, bunda ishlab chiqarishning asosiy maqsadi nihoyatda chegaralangan hamda hajmi katta
bo`lmagan
va
tarkibi
jihatidan
deyarli
bir
xil
bo`lgan
ehtiyojlarni
qondirishga
bo`ysundirilgan.Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi natijasida natural ishlab
chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish unumdorligining o`sishiga mukammalroq ishlab chiqarish
vositalarini qo`llashga sharoit yaratadigan tovar xo`jaligi vujudga kelgan, uning kurtaklari ibtidoiy
jamoa tuzumining emirilishi davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish shunday xo`jalik
tizimidirki, bunda mahsulot yakka, alohida ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi va
ularning har biri biron xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi, natijada ijtimoiy talabni
qondirmoq uchun mahsulotni bozorda sotish va sotib olish zarur bo`ladi. Tovar ishlab
chiqarishning vujudga kelishi va mavjud bo`lishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari-ijtimoiy mehnat
taqsimoti ishlab chiqaruvchilarning alohidalashuvi, ularning iqtisodiy mustaqilligidir. U yoki bu
jamiyatda tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, tutgan o`rni, rivojlanganlik
darajasi va amal qilish chegarasi shu jamiyatning mulkiy munosabatlariga va ishlab chiqarish
ixtisoslashuvining teranlik darajasiga bog`liq bo`ladi.Tovar bozorning asosiy unsurlaridan biri
hisoblanadi. Tovar inson mehnati natijasida bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan
mahsulot. U insonning ma'naviy, jismoniy, ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradi.