Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet118/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Tuproq na’munasini olish. Sanitar bakteriologik tekshirish uchun tuproq na’munasi qo’yilgan maqsad asosida tekshirilayotgan uchastkani ma’lum kvadratlaridan ( 5 x 5 m. kam bo’lmaslik kerak) “konvert” usulida ( 4 ta na’muna diagonal bo’yicha va 1 ta markazdan) olinadi. Na’munalar tuproqni 20-30 sm. chuqurlig’idan 200 g, tuproqni bakteriologik ifloslanganini aniqlash uchun esa 20 sm chuqurlig’idan olinadi. Olingan na’munalar maxsus steril idishlarga solinib laboratoriyaga jo’natiladi. Tuproq na’munalari zarur sharoit kelib chiqqanda 24 soat muzlatkichlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Tuproqni tekshirish uchun tayyorlash. Beshta nuqtadan olingan tuproq na’munalari maxsus idishda aralashtirilib undan 10 -30 g tortib olinadi va 1 : 10 nisbatda sterillangan vodoprovod suvi bilan tuproq suspenziyasi tayyorlanadi ( 10 g tuproq + 100 ml suv). Bu asosiy suspenziyadan qo’yilgan maqsad asosida suyultirilgan ( 10-2, 10-3, 10-4, 10-5 va x.) na’munalar tayyorlaniladi. Tuprqni sanitar- mikrobiologik baho berishda tuproqdagi UMS va SKB koli-titri va perfringensni titri aniqlanadi.
Tuproqdagi umumiy mikroblar sonini topish –ohirgi 2 ta suyultirilan na’munadan oziqli muhitning yuzasiga 0,1 ml olinib shpatel bilan (GPA yoki suslo-agarga) ekiladi. Ekilgan ekma 48 soat termostatda saqlanib, oziqli muhitlarda o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 g turoqdagi UMS topiladi. Masalan 10-4 nisbatda suyultirilgan na’munadan ekilgan chashkada 41 koloniya topildi, 10-5 dan esa 33.
8 x 10 000 + 3 x 100 000
UMS = ------------------------------------ x 10 = 190000
2
Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash. Tuproqni koli yoki perfringens titri deb, bitta ichak tayoqchasi yoki perfringens topilgan tuprqni eng kam miqdoriga aytiladi. Tuproqdagi ichak tayoqchasini koli –titrini aniqlashda elektiv muhitlar ishlatiladi. Bu muhitlar tarkibi qo’shimcha mikroblarni o’sishini to’xtatib qo’yuvchi o’t saprosi, gensian violet tutadi, lekin ichak tayoqchasini o’sishiga to’sqinlik qilmaydi. Eng ko’p qo’llaniladigan suyuq Kissler muhiti xisoblanadi, uning tarkibida yuqorida aytilgan kompanentlardan tashqari E. coli bijg’itib gaz hosil qilishi uchun pepton va laktoza tutadi. Gaz hosil bo’lganini aniqlash uchun muhitga bir tamoni payatlangan shisha po’kak solib qo’yiladi, hosil bo’lgan gaz po’kakga yig’iladi. Tuproq suspenziyasining suyultirilganidan 1 ml dan Kessler muhiti bo’lgan probirkalarga ekiladi va termostatda 43°S da 48 soat davomida saqlanadi. 48 soatdan kiyin Kissler muhiti ko’zdan kechiriladi va musbat reaksiyali probirkalar (E. coli muhitda gaz hosil qilib, loyqatib o’sadi) ajratib olinadi va Endo muhitiga musbat na’munalardan qayta ekiladi va termostatga 37° S 24 soatga qo’yiladi. Muhitda to’q qizil metal singari tovlanib turgan koloniyalar hosil bo’lsa va surtma tayyorlanib bo’yab ko’rilganda gram manfiy tayoqchalar topilsa E. coli deb xulosa qilinadi. Keyinchalik suvning koli-titrini aniqlashda qo’llaniladigann sxema bo’yicha analiz o’tkaziladi va tuproqni koli titri topiladi.
Tuproq suspenziyasining perfringens-titrini topish uchun, turli darajada suyultirilgan suspenziyadan 1 ml ( sporsiz bakteriyalar o’smasligi uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasi 80°S da 10-15 minut qizdiriladi) dan yog’siz, steril sut yoki tayyorlangan temir sulfitli Vilson-Bler muhit quyilgan probirkalarga yex tempore (tezlikda) ekiladi.
Bu ekmalar 43°S da termostatda 24—48 soat davomida saqlanadi, so’ng sutning chirishi yoki Vilson-Bler muhitining agarli ustunchasida hosil bo’lgan Cl. perfringens qopa koloniyalarga ko’ra xulosa chiqariladi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usuli bilan bo’yaladi. Mikroskop ostida ko’rilgandan so’pg, perfringens titri aniqlanadi.
Muhit tarkibi. Kessler muhiti 1% peptonli suv, 5% o’t sapro, 0,25% laktoza va grammusbat bakteriyalarning o’sishini to’xtatish uchun gensian binafshadan iborat.
T ye m i r s u l f i t l i V i l s o n-B l ye r m u h i t i 3 % oziqli agar, 1% glyukoza, 2% natriy sulfit, 0,08% temir xloriddan qo’shilgan.
Termofil (issiqni sevuvchi) bakteriyalarni aniqlash uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasidan 1 ml Petri kosachasiga tomiziladi, ustidan eritilgan va sovutilgan oziqli agar quyiladi. Ekmalar 60°S da termostatda 1 kun saqlanadi. So’ng hosil bo’lgan koloniyalar sanalib, 1 g tuproqdagi bakteriya soni aniqlanadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish