O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
ANALITIK KIMYO KAFEDRASI
|
“Tasdiqlayman”
O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
prorektor Z.A.Yuldashev _________
2019 yil “____” _______________
|
II-KURS “FARMATSIYA” FAKULTETI TALABALARI UCHUN
“ANALITIK KIMYO” FANIDAN
USLUBIY KO‘RSATMA
(2 QISM)
Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (turlari bo`yicha)
51110000 – Kasb ta’limi
Toshkent 2018
Tuzuvchilar: М.Fatxullayeva - “Аnаlitik kimyo” kаfеdrаsi mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent, B.I Muhamedova-f.f.n., dotsent, Ro’zmetov U.O’- PhD, kаtta o’qituvchi, assistentlar: O’.I. Hamdamov, A.S. Gaziyeva, G.U. Po’latova, Z.A. Boltayeva.
Taqrizchilar:
Z.A.Smanova
|
O‘zMU, kimyo fakulteti, “Аnalitik kimyo” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, dotsent.
|
N.A.Yunusxodjayeva
|
ToshFarMI, “Farmatsevtik kimyo” farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
|
Uslubiy ko‘rsatma Toshkent farmatsevtika instituti Markaziy uslubiy kengashning 2018 yil sentyabrdagi - son yig‘ilishida muhokama qilindi va ma’qullandi.
Uslubiy ko‘rsatma Toshkent farmatsevtika instituti Kengashininng 2018 yil sentyabrdagi -son yig‘ilishida muhokama qilindi va chop etishga tavsiya etildi.
Mashg’ulot-19
Mavzu: O`lchov idishlarni sig`imini tekshirish. Standart H2C2O4 ∙ 2H2O eritmasini tayyorlash.
Tarqatma qo’llanma tarkibi:
Tarqatma qo’llanma maqsadi.
Mavzuning ahamiyati.
Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda qo’llaniladiga npedagogik texnologiyalar.
Vaziyatli masalalar.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.
Test topshiriqlari.
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi.
Mashg’ulotning maqsadi:
Titrimetrik tahlilda ishlatiladigan o’lchov idishlar bilan tanishtirish, taqribiy yoki aniq o’lchov idishlaridan maqsadga muvofiq foydalanishga o’rgatish. Standart eritma tayyorlash uning konsentratsiyasini turli birliklarda ifodalashni o’rgatish
Mavzuning ahamiyati:
Mashg’ulotdan olinadigan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar quyidagi mavzularni o’zlashtirish uchun zarur
Titrimetrik taxlil: Titrant eritmalarini standartlash. Eritmadagi kislota yoki asos miqdorini aniqlash, gidrolizlanuvchi tuzlar massasi yoki massa ulushini aniqlash. Kislotalar yoki tuzlar aralashmasini miqdoriy taxlili
Uskunaviy usullar: Kislota yoki ishqor eritmalarini standartlash. Nazorat eritmasidagi kislota va asoslar massasini aniqlash
Maxsus fanlar bilan bog’lanishi
Farmatsevtik kimyo: Titrant H2SO4 eritmasini tayyorlash va titrini aniqlash. Karbon kislotalar, to’yinmagan polioksikarbon kislotaning lakton guruhiga kirgan dori moddalar tahlili
Farmatsevtik texnologiya: Byuretka qurilmasidan foydalanib miksturalar tayyorlash. Konsentrlangan eritmalarni suyultirish. Farmakopeya suyuqliklarini suyultirish
Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda «Blits» o‘yin pedagogik texnologiya usullaridan foydalaniladi.
Standart eritma tayyorlashda bajariladigan ishlarning ketma-ketligini ko‘rsating «Blits» o‘yin
№
|
Ish mazmuni
|
Tartibi
|
To‘g‘ri javob
|
Xato
|
1.
|
Stakancha texnik tarozida tortiladi
|
|
|
|
2.
|
Standart modda o‘lchov kolbasiga voronka orqali solinadi
|
|
|
|
3.
|
Tortim hisob qilinadi
|
|
|
|
4.
|
Modda texnik tarozida tortiladi
|
|
|
|
5.
|
Eritmaning normal onsen-tratsiyasi hisob qilinadi
|
|
|
|
6.
|
Stakanchaning modda bilan massasi analitik tarozida tortiladi
|
|
|
|
7.
|
Modda avval ozroq suvda eritilib, so’ng kolba belgisigacha etkaziladi
|
|
|
|
8.
|
Stankacha va modda qoldig‘ining massasi analitik tarozida tortiladi
|
|
|
|
Vaziyatli masalalar:
Standart moddaning aniq tortimini toza va quruq idishga solib distillangan suvning kerakli hajmi silindrda o’lchab quyilsa, eritilgan eritmaning konsentratsiyasi qanday bo’ladi?
O’lchov kolbasida eritmani suyultirish vaqtida suv sathi kolba belgisidan bir oz ortib ketsa, nima qilinadi?
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Titrimetrik usullar ta'rifi.
Kislota-asosli titrlash turlari.
Boshlang’ich moddaga qo’yilgan talablar
Standart va titrant eritmalarining ta'rifi
Test topshiriqlari
1.Qaysi qonun titrimetrik tahlilning asosiy nazariyasi hisoblanadi?
A. Ekvivalent qonuni
B. Tarkibni doimiylik qonuni
C. Molyar konsentratsiyalar qonuni
D. Massalar nisbati qonuni
E. Karralar nisbati qonuni
2.Ekvimolyar konsentratsiya yoki normal konsentratsiya ta’rifini ko‘rsating.
A. 1 dm3 eritmadagi mollar soni.
B. 1 sm3 eritmadagi moddaning gramm miqdori.
C. 1 dm3 eritmadagi erigan moddani gramm ekvivalentlar soni.
D. 1 sm3 titrant bilan reaksiyaga kirishadigan aniqlanuvchi moddaning gramm miqdori.
E. 100 gramm eritmada erigan moddaning yoki 100 gramm qattiq namuna tarkibidagi moddaning gramm miqdori.
3. Titrimetrik tahlilni o‘tkazish uchun quyidagilardan qaysilari bo‘lishi shart?
A. Aniq hajm o‘lchash uchun o‘lchov idishlari
B. Taxminiy hajm o‘lchash uchun o‘lchov idishlari
C. Indikatorlar yoki ekvivalent nuqtani ko‘rsatadigan asboblar
D. Titrantlar
E. Yuqoridagilarning hammasi
4.Quyidagi keltirilgan- "titrlash sakramasi" tushunchasi titrlashni qaysi holatiga to‘g‘ri keladi?
A. Ekvivalent nuqta yaqinida pH ni keskin o‘zgarishi
B. Titrlash jarayonidagi pH ni o‘zgarishini grafik ifodasi
C. 0,1% moddani titrlanmasdan qolishi
D. 0,1% moddani o‘tkazib titrlanishi
E.Titrlashning oxirgi nuqtasi
5. Kislota-asos titrlashdagi boshlang‘ich(standart) moddalarni ko‘rsating.
1.Na2CO3 2.NaCl 3.Na2B4O7∙10H2O 4.K2Cr2O7
5. Na2C2O4∙2H2O 6.Na2C2O4
A. 2,3,4 B.1,2,3 C.4,5,b D.1,3,5 E.2,3,6
6. Alkalimetriya metodida titrant sifatida ishlatiladigan moddalarni ko‘rsating.
1. Na2SO4 2. NaCl 3. NaOH 4. KOH 5. NH4OH 6. Na2C2O4∙2H2O
A.2,3 B.1,2 C.3,4 D.5,6 E.4,5
7. Kislota-asos indikatorlari qaysi o‘lchamlari bilan tavsiflanadi?
1. Titrlash ko‘rsatkichi bilan(TK)
2. Indikatorni rang o‘zgartirish pH oralig‘i bilan
3. Titrlash egrisi bilan
4. Ekvivalent nuqta bilan
5. Titrlash sakramasi bilan
A.1,5 B. 2,3 C. 3,4 D. 1,4 E. 1,2
8.Kislota-asos titrlash usulida indikatorni qanday tanlanadi?
1. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (pT) titrlash sakramasi oralig‘ida bo‘lishi kerak
2. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (pT) titrlash sakramasidan chetda bo‘lishi kerak
3. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (pT) titrantni ekvivalent nuktadagi pH qiymatiga mos kelishi kerak
4. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (TK) titrantni ekvivalent nuktadagi pH qiymatiga mos kelmasligi kerak
5. Kislota-asos titrlash usulida hohlagan indikatordan foydalanish mumkin
A.1,4 B. 2 C. 1,3 D. 4 E. 3,5
7.Quruq preparatdagi H2C2O4 ∙2H2O ertmasini tayyorlash.
A. Hisoblangan H2C2O4 ∙2H2O naveskasini analitik tarozida tortilib, o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi va belgisigacha suv solib bir necha marta aralashtiriladi va idishga solib qo‘yiladi.
B. Hisoblangan H2C2O4 ∙2H2O naveskasini analitik tarozida tortib, o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi va moddani eritib, belgisigacha suv solinadi, bir necha marta aralashtirib, shisha idishni shu eritma bilan 2-3 marta chayib solinadi.
C. Hisoblangan H2C2O4 ∙2H2O naveskasini dorixona tarozida tortib, idishga solinadi va kerakli miqdorda suv solib aralashtiriladi.
D. Hisoblangan H2C2O4 ∙2H2O naveskasini dorixona tarozida tortib, o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi, moddani eritib belgisigacha suv solib, aralashtiradi.
E. Hisoblangan H2C2O4 ∙2H2O naveskasini analitik tarozida tortib, ixtiyoriy hajmdan eritiladi va idishga solinadi.
9. Indikatorning vodorod (proton) xatoligi qaysi holatda ro‘y beradi?
A. Kuchsiz kislota titrlanmasdan qolganda
B. Ishqor titrlanmasdan qolganda
C. Kuchli kislota chala titrlansa yoki asosi o‘tkazib titrlanganda
D. Kislotani o‘tkazib titrlanganda
E. Kuchsiz asosni titrlanmasdan qolganda
10.H2C2O4 ∙2H2O boshlang‘ich eritmasini tayyorlash uchun tortim (naveska) ni hisoblash formulasini ko‘rsating.
B. C.
D. E.
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi
Zarur asbob va reaktivlar:
1.Reaktivlar:
Shovul kislota digidrati
Distillangan suv
Tarozi va idishlar:
Apteka va analitik tarozi, toshlari bilan
Stakancha, voronka va o’lchov kolbasi W = 250 sm3
Tayyor eritmani saqlash uchun qopqoqli idish
Tayyor eritmani saqlash uchun qopqoqli idish
1-laboratoriya ishi.
I. O’lchov kolbasi haqiqiy hajmini undagi suvning massasiga ko’ra hisoblash.
250 sm3 o’lchov kolbasining hajmini tekshirish uchun kolbani yuvib quritiladi.
Тexnik electron tarozida uning massasi o’lchanadi (m1).
Kolbani belgisigacha distillangan suv bilan to’ldirib, tashqi tomoni sochiq bilan yaxshilab artiladi va qaytadan taroziga massasi o’lchanadi (m2).
Kolbadagi suvning massasi m2-m1 ni tashkil etadi.
So’ngra kolbadagi suvning harorati aniqlanadi va tegishli ituzatmalar qiymati jadvaldan olinib, quyida keltirilgan formula bo’yicha kolbaning haqiqiy hajmi hisoblanadi.
Masalan, harorat 240 C va kolbadagi suv massasi 249,55 g ni tashkil etgan, u holda o’lchov kolbasining haqiqiy hajmi:
Vhaqiqiy= sm3
Shunday qilib, o’lchov kolbasining haqiqiy hajmi 250,45 sm3 ga teng ekan.
2-Laboratoriya ishi.
II. 250,00 sm3 0,1 N H2C2O4·2H2O standart eritmasini tayyorlash va eritmaning aniq konsentratsiyasini hisoblash
Namunani taqribiy massasini hisoblash.
Alkalimetriya uchun boshlang’ich (standart) modda ikki negizli shovul kislotasining digidrati ishlatiladi. Uning ekvivalent massasi
ЭH2C2 O4·2H2O=M/2 =63
1 – formula asosida taqribiy massa hisoblanadi
a= 0,1·250,00 ·63 /1000=1,6g
Тexnik elektron tarozida avval quruq stakancha tortiladi.
Keyin unga 1,6g boshlang’ich modda H2C2O4·2H2O tortib solinadi va yana tortiladi.
So’ng stakancha tortim bilan analitik tarozida tortiladi (m1).
Stakanchadagi shovul kislota tortimi voronka orqali 250,00 sm3 o’lchov kolbasiga o’tkaziladi.
Shundan so’ng stakancha moddaning qoldig’i bilan analitik tarozida tortiladi (m2).
Shunda m1- m2 o’lchov kolbaga tushgan moddaning aniq tortim qiymatiga teng bo’ladi.
Tortish natijalari jadvalga kiritiladi.
Diqqat! Keyingi mashg’ulotlarda bunday jadval aniq tortim o’lchashda doimo to’ldiriladi.
|
Belgilash
|
Massa, g
|
Stakancha massasi (texnik tarozida)
|
|
|
Tortim massasi
(texnik tarozida)
|
|
|
Stakancha va tortim massasi
(analitik tarozida)
|
m1
|
|
Stakancha va qoldiq massasi
(analitik tarozida)
|
m2
|
|
Tortimning aniq massasi
|
m1 – m2
|
|
O’lchov kolbasiga tushgan standart moddaning aniq tortimi avval oz miqdordagi distillangan suvda chayqatib eritiladi.
Tortim to’liq erimasa yana suv qo’shib aralashtiriladi.
So’ngra eritma o’lchov kolbaning belgisigacha suyultiriladi va albatta (kolba og’zini kaftingiz bilan berkitgan holda) ag’darma harakat bilan 10-15 marta aralashtiriladi.
Tayyor eritmani tayyorlangan idishga quyishdan avval idish standart eritmaning 5-10 sm3 bilan 3 marta chayiladi.
Tayyor eritmaning konsentratsiyasi va titri aniq tortim bo’yicha hisoblanadi.
NH2C2 O4·2H2O = (m1-m2) 1000 / W ∙ ЭH2C2O4 (g·ekv/dm3)
TH2C2O4= (m1-m 2)/ W ( g/sm3)
yoki
TH2C2 O4= N H2C2 O4·2H2O∙ЭH2C2 O4 / 1000 ( g/sm3)
Do'stlaringiz bilan baham: |