Toshkent farmatsevtika instituti analitik kimyo kafedrasi



Download 1,3 Mb.
bet6/17
Sana14.12.2019
Hajmi1,3 Mb.
#30160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Миқдор тахлил - 2


4.Vaziyatli masalalar:

5.Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Eritmadagi Na2CO3 miqdorini bitta indikator bilan to’liq titrlab yoki 2 xil indikator yordamida bosqichli titrlab aniqlash mumkin. Qaysi usulning xatoligi kam? Javobni izohlang.

  2. Qoldiqni titrlash usuli qanday?

  3. Titrlash sakramasida ekvivalent nuqta qayerga joylashgan?

  4. Qanday modda eritmalarini kislota-asos usulida to’g’ridan-to’g’ri tirlab miqdorini aniqlash mumkin emas?

6.Test topshiriqlari

1.Ekvimolyar konsentratsiya yoki normal konsentratsiya ta’rifini ko‘rsating.

A. 1 dm3 eritmadagi molyar soni

B. 1 sm3 eritmadagi moddani gramm miqdori

C. 1 dm3 eritmadagi erigan moddani gramm ekvivalentlar soni

D.1sm3 titrant bilan reaksiyaga kirishadigan aniqlanuvchi mod­dani gramm miqdori

E. 100 gramm eritmada erigan moddaning yoki 100 gramm qattiq namuna tarkibidagi moddani gramm miqdori


2.Kislota-asos titrlash usulida indikatorni qanday tanlanadi?

1. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (pT) titrlash sakramasi oralig‘ida bo‘lishi kerak

2. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (pT) titrlash sakramasidan chetda bo‘lishi kerak

3. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi(pT) titrantni ekvivalent nuktadagi pH qiymatiga mos kelishi kerak

4. Indikatorni titrlash ko‘rsatkichi (TK) titrantni ekvivalent nuktadagi pH qiymatiga mos kelmasligi kerak

5. Kislota-asos titrlash usulida xohlagan indikatordan foydalanish mumkin

A. 1,4 B. 2 C.1,3 D. 4 E. 3,5
3. Na2CO3 yoki ishkorlar miqdorini qaysi titrimetrik usulda aniqlanadi ?

1)Bevosita tiotsianometriya 2)Argentometriya 3)Merkurometriya

4)Kompleksonometriya 5)Atsidimetriya

A.1 B.2,4 C.2,3 D.4 E. 5


4.Kislotali sharoitda fenol ftaleinning ranggi qanday?

A.qizil B.rangsiz C. ko‘k D.sariq E.zarg‘aldoq qizil



5. Ekvivalent nuqta tushunchasini ko‘rsating.

A.Tanlangan indikator titrlash tugagandagi pH ning qiymati

B. Indikatorni rangi o‘zgaradigan pH ning qiymati

C. Aniqlanuvchi modda bilan titrant teng kuchli miqdorlarini reaksiyaga kirishgan holat

D. Eritma pH =7 bo‘lgan holati

E. Tanlangan indikator bilan titrlashni tugash holati


6.Boshlang‘ich moddaga qo‘yilgan talablarga javob beruvchi moddalarni ko‘rsating.

1.H2SO4 2.H2C2O4·2H2O 3.NaOH 4.Na2CO3 5.NH4OH

A.1,2 B.2,4 C.3,5 D.4,5 E.hammasi
7.Menzurka nima uchun ishlatiladi?

A.Taqribiy konsentratsiyali eritma tayyorlash uchun

B.Aniq normalik eritma tayyorlash uchun

C.Alikvot hajmli eritma ulchab olish uchun

D.Alikvot hajmli eritmani titrlash uchun

E. (A) modda eritmasiga (V) titrantni qo‘shish uchun


8.O‘lchov idishlarini hajmini tekshirish:

1. Unga quyiladigan suvni massasi bo‘yicha

2. Naminal hajm tuzatmalari yig‘indisi bo‘yicha

3. Undan quyiladigan eritmaning massasi bo‘yicha

4. Unga quyiladigan eritmaning massasi bo‘yicha

5. Ekvivalent qonunga asosan

A. 1,5 B. 2,3 C. 3,4 D. 1,3 E. 1,2
9.Urotropinni massasini aniqlashda titrlash turini ko‘rsating.

A.Bevosita titrlash

B.Mahsulot bo‘yicha titrlash

C.Qoldiq bo‘yicha titrlash

D. Bavosita haydash

E. Bevosita haydash


10.Quyidagilarni miqdoriy tahlili uchun titrlash usullarini ko‘rsating.

1. Na2CO3 a. Ishqor bilan to‘g‘ri titrlash.

2. NH4Cl b. ishqor bilan mahsulot bo‘yicha titrlash.

3. NaHCO3+Na2CO3 c. kislota bilan to‘g‘ri titrlash

4. H2SO4+H3BO3 d. qoldiq bo‘yicha, titrlash.

A. 1c, 2b, 3c, 4a B. 1a, 2a, 3c, 4b C. 1a, 2a, 3b, 4c D. 1c, 2c, 3a, 4a

E. 1a, 2b, 3a, 4c

7.Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi

Zarur asbob va reaktivlar:

Reaktivlar:



  1. Kislota-asosli titrlash usuli indikatorlari

  2. Tayyorlangan, konsentratsiyasi aniq bo’lgan kislota eritmasi

  3. Distillangan suv

O’lchov idishlari:

  1. Byuretkalar V=25,00 sm3

  2. Titrlash kolbalari V=50 sm3

  3. Voronka


1-Laboratoriya ishi. Karbonat va bikarbonat tuzlari aralashmasidan ularning massalarini aniqlash

    1. Berilgan nazorat eritmasiga 1-2 t f/f indikatori solinadi.

    2. Titrant H2SO4 eritmasi bilan eritmaning pushti rangi yo’qolguncha titrlanadi.

    3. Sarf bo’lgan hajmi - V1bilan belgilanadi.

    4. So’ngra shu eritmaga 1 tomchi m/o solinadi.

    5. Eritmaning rangi sariqdan zarg’aldoqqa o’tguncha titrlash davom ettiriladi.

    6. Sarf bo’lgan hajm - V2 bilan belgilanib jadvalga yoziladi.

    7. Titrlash 2-3 marta takrorlanadi. Natijalar quyidag jadvalga yoziladi.



V1H2SO4, sm3

V2H2SO4, sm3

1

2

3











    1. Hajmlarning o’rtacha natijalariga ko’ra Na2CO3 va NaHCO3 massasi hisoblanadi:

, ЭNa2CO3 = M/2

, ЭNaHCO3 = M

2-laboratoriya ishi. Ishqor va karbonatlar aralashmasidan ularning massasini aniqlash

2.1. Berilgan nazorat erimasiga 3-5 tomchi fenol ftalein eritmasidan tomiziladi. f/f CO2 ga nisbatan nihoyatda sezgir, oz miqdorda qo’shilsa, eritma ekvivalent nuqtaga yetmasdan ragsizlanadi).

2.2. Kislota eritmasi bilan eritmaning pushti rangi yo’qolguncha titrlanadi va V1 hajm yozib olinadi.

2.3. So’ngra eritmaga 1 tomchi metil oranj qo’shiladi.

2.4. Eritmaning rangi sariqdan zarg’aldoqqa o’tgunicha titrlanadi.

2.5.Titrantning umumiy V2 hajmi yozib olinadi.

2.6. Titrlash 2-3 marta takrorlanadi va quyidagi jadvalga natijalar yoziladi:




V1H2SO4, sm3

V2H2SO4, sm3

2(V2–V1)H2SO4, sm3

2V1- V2H2SO4, sm3

1

2

3















2.7. Quyidagi formula orqali massalari hisoblanadi:





Mashg’ulot-24

Mavzu: Pеrmаngаnаtоmеtriya. KMnО4 eritmаsini tаyyorlаsh vа stаndаrtlаsh. Mаsаlаlаr yеchish.

Tarqatma qo’llanma tarkibi:


  1. Tarqatma qo’llanma maqsadi.

  2. Mavzuning ahamiyati.

  3. Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar.

  4. Vaziyatli masalalar.

  5. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.

  6. Test topshiriqlari.

  7. Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi.


1.Mashg’ulotning maqsadi: 5 bo’lim bo’yicha talabalar bilimini yozma ish usulida nazorat qilish. Hajmiy tahlilning oksidlanish-qaytarilish turlaridan permanganatometrik titrlash xaqida mukammal ma'lumot berib, titrant eritmasini tayyorlab, konsentartsiyasini aniqlashni o’rganish.

2.Mavzuning ahamiyati: Tirik organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi oksidlanish-qaytarilish jarayonlaridir, shuning uchun tibbiyot amaliyotida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining boorish qonuniyatini o’rganish va ularni biologic tizimlarga tatbiq etish zarur.

Permanganatometrik titrlash usuli bilan turli biologic ob'ektlardagi qaytaruvchilar miqdorini aniqlash mumkin. Mashg’ulotdan orttirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar quyidagi mavzularni o’zlashtirish uchun zarur.

Redoksimetrik titrlash Oksidlovchi yoki qaytaruvchilarning miqdoriy taxlili

Uskunaviy usullar Miqdoriy taxlilni polyarografiya va kulono-amperometrik titrlash usullarini o’rganish

Mutaxassislik fanlari bilan bog’lanish

Farmatsevtik kimyo Titrant eritmalari tayyorlash, titrini aniqlash (KMnO4). Noorganik moddalar (vodorod peroksidi, temir birikmalari) tahlili.

Toksikologik kimyo Biologik material tarkibidagi qaytaruvchilar miqdorini aniqlash

3.Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishdaKeys metodi” pedagogik texnologiya usullaridan foydalaniladi.

1-Suvning tarkibidagi ionlarning tahlili

Turli xil suv xavzalaridan tahlil uchun na’munalar olindi. Uning tarkibida Fe2+, I-, SO32-, S2-, Ca+2, Mg+2 ionlarni saqlaydi. Bu suv ichishga yaroqsizdir. Suvning tarkibidagi ionlarni tahlil qilish usulini ko’rsating va tozalash choralarini yechimini toping?


Keysni bajarish bo’yicha topshiriqlar:

1. Suvdagi ionlarni qanday usullar bilan aniqlash mumkin?

2. Titrimetriyaning qaysi titrlash usulida tahlil qilinadi?

3. Titrlashning turi va sharoitini ko’rsating?

Keysni yechimi uchun taklif etilgan g’oyalar taqdimoti

Мuammo (аsosiy va kichik muammolar)

Yechim

Natija

4.Vaziyatli masalalar:


  1. Quruq preparatdagi Na2C2O4 massa ulushini qanday aniqlash mumkin?

  2. Quyidagi reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarning molyar ekvivalent massalarini hisoblang:

KMnO4 + MnSO4 +H2O K2SO4 +MnO2 + H2SO4

KMnO4 + H2O2 MnO2 +KOH +O2 + H2O



  1. Oksidlovchilar permanganatometrik usulda qanday aniqlanadi? Uni KClO3 tahlili misolida tushuntiring.

  2. MnO-4/Mn+2vaCl2/2Cl- juftlarining normal oksidlanish –qaytarilish potentsiallari qiymatini hisobga olgan holda bu moddalar orasida boradigan reaksiyaning yo’nalishini aniqlang. MnO2 ga konsentrlangan HCl ta'sir ettirib, laboratoriyada xlor olishni tushuntiring.


5.Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:

1.edoksimetrik titrlash turlari va qo’llanilishi

2.H2C2O4· eritmasini KMnO4 bilan titrlaganda titrantning birinchi tomchilarining rangi sekin o’zgaradi. Nima uchun?

3.Nima uchun titrimetrik tahlilda ko’pincha kislotali muhitda permanganate bilan oksidlash reaksiyalari qo’llaniladi?

4.KMnO4 dan standart eritmani aniq tortim bo’yicha tayyorlab bo’ladimi?

6.Test topshiriqlari

1.Miqdoriy tahlilda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini qo‘llash uchun E.YU.K. ning qiymati qanday bo‘lishi kerak?

A.0,4-0,5 V dan kam bo‘lmasin B.0,4-0,5 V dan ko‘p bo‘lmasin.

C.0,1-0,2 V dan kam bo‘lmasin. D.0,1-0,2 V dan ko‘p bo‘lmasin. E.Istalgan qiymat bo‘lishi mumkin.
2.Na2 S2 O3* 5H2O  eritmasini standartlash.

A.J2 bo‘yicha to‘g‘ri titrlash

B.J2 bo‘yicha qoldiqni titrlash

C.K2Cr2O7 bo‘yicha to‘g‘ri titrlash

D.K2Cr2O7 bo‘yicha mahsulotni titrlash usulida

E. K2Cr2O7 bo‘yicha qoldiqni titrlash


3.Oksidlanish-qaytarilish titrlashdagi indikatorlarni xatoligi qanday sodir bo‘ladi?

A.Ta’sirlashayotgan redoks juft standart potensiallarining mos

kelmasligidan

B.Ekvivalent nuqtada eritma muvozanat potensialini indikatorning rang o‘zgarish potensiali bilan mos kelmasligidan

C.Redoks juftni oksidlangan va qaytarilgan shakllari konsentrasiyalari nisbatini mos kelmasligidan

D.Titrlashni oxirgi nuqtasini ekvivalent nuqta bilan mos kelishidan

E.Titrlanuvchi hajm bilan ta’sirlashayotgan modda konsentratsiyasini mos kelmasligidan

4.Serimetrik titrlashni mohiyati?

A.Seriy (III)ni qaytaruvchanlik xossasidan foydalanib, oksidlovchi (As+5 ,Fe+3,Sb+5 )lar miqdori topiladi

B.Seriy (IV) oksidlovchini xossasidan foydalanib, qaytaruvchi

(As+3,Fe+2 ,Sb+3)lar miqdori topiladi

C.Seriy (IV)ning ko‘pgina kationlarni cho‘ktirish xossasiga asosan

ular (Ca+2,Ba+2,Al+3 )ning miqdori topiladi

D.Seriy (IV)ni kompleks birikma hosil qilish xossasiga asosan Mg+2,Ca+2 ,Ba+2nimiqdori topiladi

E. .Seriy (IV) oksidlovchi xossasidan foydalanib (Na+, K+, NH4+) larni aniqlash


5.Streptotsid massasinianiqlash formulasi:

A.g=(NVNaNO2 -NVKMnO4)*E str/1000

B. g=(NV NaNO2 -NV Na2S2 O3)*E str /1000

C. g=NV NaNO2*E str /1000

D. g=(NV KMnO4 –NV NaNO2 )*Estr/1000

E. g=(NV NaNO2 –NV J2)*E str /1000


6.Nima uchun kaliy permanganatdan standart eritma tayyolanmaydi?

A. Kaliy permanganat kuchli qaytaruvchi va suv tarkibidagi oksidlovchilar ta’sirida o‘zining konsentratsiyasini o‘zgartiradi

B. Kuchli oksidlovchi bo‘lganiuchun suvdagi qaytaruvchilar ta’sirida konsentratsiyasin io‘zgartiradi

C. Kuchli oksidlovchi, oksidlanadi

D. Kuchli qaytaruvchi, qaytariladi

E. Undan aniq tortim bo‘yicha standart eritma tayyorlash mumkin


7. Fenol hosilalarini aniqlash nimaga asoslangan?

A. Ularning molekulyar brom bilan qaytarilishiga

B. Natriytiosulfat eritmasi bilan qaytarilishiga

C. Uchbromfenol cho‘kmasining hosil bo’lishiga

D. Titrant bilanoksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga

E.Fenolning bromat bromid usulida hosil bo‘ladigan molekulyar brombilanbromlani sh reaksiyasiga


8.Redoks juftning muvozant potensiali qanday omillarga bog‘liq ?

1. Titrlanuvchi muhit pH qiymatiga 2. qo‘llaniladigan indikatorga

3. Oksidlangan va qaytarilgan shakl konsentratsiyalari nisbatiga

4. Titrant potensialiga

5. Yuqoridagilarning hammasi

A.1,3 B.2,4 C.4,5 D.1,4 E.3,5


9.Permanganatometriya uchun standart modda ?

A.K2Cr2O7 B.NaCl C.H2C2O4*2H2O D.MgSO4*7 H2O E.Na2CO3



10.100 ml 0,1 n KMnO4 eritmasini tayyorlash uchun 5% lik eritma hajmini hisoblash formulasi?

A.V%=NVE/1000 B. V%=NV*100/1000*E C.V%=NV*E100/1000*d*%

D. V%=N*E100/1000 V*d E. V%=NVE100*d/1000*%
7.Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi

Zarur asbob va reaktivlar:

Reaktivlar:



  1. KMnO4 5% li eritmasi

  2. 2 ekvimolyar H2SO4 eritmasi

  3. 1-mashg’ulotda tayyorlangan shovul kislota eritmasi

  4. Distillangan suv

O’lchov idishlari:

  1. Silindr V=20sm3, V=10sm3, V=100sm3

  2. Byuretkalar V=25,00 sm3

  3. Titrlash kolbalari

  4. Mor pipetkasi V=10,00 sm3

1-Laboratoriyaishi. 5% li KMnO4 eritmasidan 150 sm3 0,1 N ishchi eritmasini tayyorlash

1.1. 5% li KMnO4 eritmasining (tortimi) hajmi (3) formula asosida hisoblanadi:

0,1 · 150 · 32 100

V5% KMnO4 == 9,6 sm3  10 sm3

1000·5·1

Vsuv =150-10=140 sm3

1.2. KMnO4 ning 5% li eritmasidan silindr yordamida 10 sm3 o’lchanadi.

1.3. Tayyorlangan qopqoqlik qo’ng’ir shisha idishga quyiladi va 140 sm3 suv qo’shib aralashtiriladi.



2-Laboratoriya ishi.

Tayyorlangan taqribiy konsentratsiyali KMnO4 ishchi eritmasini shovul kislotasi bo’yicha standartlash

2.1. KMnO4 eritmasi konsentratsiyasi boshlang’ich modda bo’lgan shovu kislotasining standart eritmasi yordamida aniqlanadi:

2KMnO4 + 5H2C2O4 + 3 H2SO4 2MnSO4 + K2SO4 + 10CO2 + 8H2O

2.2. Titrlash kolbasiga 2 ekvimol H2SO4 eritmasidan 10-15 sm3silindrdao’lchab

quyiladi.

2.3. Qum hammomida 80-900С gacha qizdiriladi.

2.4. Issiq eritmaga pipetka yordamida 10,00 sm3 H2C2O4·2H2O eritmasi o’lchab olinadi.

2.5. Aralashtirilib, KMnO4eritmasi bilan turg’u npushti rang hosil bo’lgunicha titrlanadi.

2.6. Titrlash kamida 2 marta olib boriladi.

2.7. Titrant hajmi byuretkadagi eritmaning sath chizig’I bo’yicha olinadi.





VH2C2O4,sm3

VKMnO4,sm3

1

2


10,00

10,00





2.8. Kaliy permanganatning normalligi va titri quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

NH2C2O4 · VH2C2O4 NKMnO4·ЭKMnO4

NKMnO4 =------------------------g.ekv/dm3; TKMnO4=----------------------g/sm3

VKMnO4 1000



Mashg’ulot-25

Mavzu: Nazorat eritmalardagi H2O2 massa ulushi va Fe(II) massasini aniqlash

Tarqatma qo’llanma tarkibi:

  1. Tarqatma qo’llanma maqsadi.

  2. Mavzuning ahamiyati.

  3. Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar.

  4. Vaziyatli masalalar.

  5. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.

  6. Test topshiriqlari.

  7. Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi.


1.Mashg’ulotning maqsadi: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borish qonuniyatlarini bilgan holda biologik ob'ektlar va dorivor preparatlar hamda sanitariya-gigiena xarakteriga ega bo’lgan ob'ektlarni permanganatometriya usulida miqdoriy aniqlashni o’rgatish.

2.Mavzuning ahamiyati:

Kaliy permanganatning yuqori oksidlovchilik xususiyatidan foydalanib uni qaytaruvchilarni aniqlashda qo’llash mumkin. Masalan, dorivor preparatlardagi Fe(II) miqdorini, H2O2 massa ulushini permanganatometrik usulida titrlab aniqlash. Mashg’ulotdan orttirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar quyidagi mavzularni o’zlashtirish uchun zarur:

Redoksimetrik titrlash Oksidlovchi yoki qaytariluvchilarning miqdoriy tahlili

Uskunaviy usullar Miqdoriy tahlilning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan elektrokimyoviy usullarini o’rganish

Mutaxassislik fanlari bilan bog’lanish

Farmatsevtik kimyo Noorganik dori moddalarning (temir (II) preparatlari) tahlili.



Toksikologik kimyo Biologik ob'ektlardagi qon tahlili

3.Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda «Domino» o’yini

pedagogik texnologiya usullaridan foydalaniladi.

«Domino» o’yini

3% li vodorod peroksiddan 0.1 n 100.00 sm3 eritma tayyorlashda ishlatiladigan hisoblash formulasi

10.00 sm3 Н2С2O4·2Н2O va 2 n Н2SO4 qum hammomida isitilib, KMnO4 bilan och pushti ranggacha titrlanadi



Mor tuzi tarkibidagi temir(II) massasini hisoblash formulasi

Quyuq eritma darajalangan pipetkada olinib, o‘lchov kolbasiga solinadi. Belgisigacha suv quyiladi




Permanganatometrik to‘g‘ri titrlash turida TON da eritma rangining o‘zgarishi

V %=Э·N·V·100 /1000 ·C ·ρ



3% li vodorod peroksiddan 0.1 n 100.00 sm3 eritma tayyorlashda ish tartibi

Rangsizdan och pushti rangga o‘zgaradi



KMnO4 eritmasini standartlash


% = Э·N·V·W·100 /1000·Valikv.·a



5% li KMnO 4 dan 0.1n 150 sm3 eritma tayyorlashda ish tartibi

m =Э·N·V·/1000



Vodorod peroksid massa ulushini hisoblash formulasi

Quyuq eritma hajmi silindrda o‘lchab, qo‘ng‘ir shisha idishga quyiladi. Hisob bo‘yicha suv qo‘shiladi

4.Vaziyatli masalalar:

  1. Natriy nitrit massasini permanganatometrik titrlash usulida aniqlash tartibi.

  2. Sotuvdagi tibbiy preparat H2O2 dan 1,00 sm3 olib, o’lchov kolbasida 100,00 sm3 gacha suv bilan suyultirilgan (=1,0 g/sm3). Titrlashda suyultirilgan eritmaning har 20,00 sm3 iga 0,0198 mol/dm3 KMnO4 eritmasidan o’rtacha 16,90 sm3 sarf bo’lgan. Tibbiy preparatdagi H2O2 ning massa ulushini aniqlang.

  3. Tibbiy preparat hisoblangan tarkibida 0,28 g FeSO4·7H2O saqlaydigan tabletkaning 1 donasidagi temir massasini hisoblang. 1 ta tabletka 100,00 sm3 li o’lchov kolbasida eritishdan hosil bo’lgan eritmani tahlil qilish uchun KMnO4 eritmasini qanday konsentratsiyada tayyorlash kerak? Hosil bo’lgan eritmaning titri qanday?

5.Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Oksidlanish-qaytarilish potentsiali va Nernst tenglamasi orasidagi bog’liqlikni tushuntiring.

  2. Nima uchun KMnO4 ning standart eritmasini aniq tortim bo’yicha tayyorlab bo’lmaydi?

  3. KMnO4 ning ekvivalent og’irligi turli muhitlarda bir xilmi?

  4. Suvning oksidlanuvchanligi qanday aniqlanadi?

6.Test topshiriqlari

1.Oksidlovchi va qaytaruvchini gramm ekvivalenti qanday topiladi?

A.Reaksiyada ishtirok etgan protonlar soni bo‘yicha

B.Reaksiyada ishtirok etgan gidroksillar son ibo‘yicha

C.Reaksiyada bergan yoki olgan elektronlar soni bo‘yicha

D.Reaksiyada ishtirok etgan suv molekulasining soni bo‘yicha

Eritmaga E.Reaksiyada ishtirok etgan bir valentlik ionla rsoni bo‘yicha

titrlash

E.Mahsulotni titrlash, ya’ni oksidlovchini eritmasiga kislotalik sharoitda KJ solib, hosil bo‘lgan J2 ni Na2S2O3 bilan titrlanadi


2.Oksidlanish- qaytarilish titrlashiga mos keladigan titrantlarni ko‘rsating.

1.KMnO4 a.yodxlorimetrik

2.J2 va Na2S2O3 b.permanganatometrik

3.KBrO3 c.bromometrik

4.Br2 (KBrO3 +KBr) d.serimetrik

5.Ce(SO4)2 e.bromatometrik

6.JCl f .yodimetrik

A.1a ,2f,3d,4e,5b,6c B.1f,2a,3,4d,5b,6e

C.1b,2c,3e,4d,5f,6a D.1b,2f,3e,4c,5d,6a E.1b,2a,3c,4d,5e,6f
3. Bromometriyaning bromatometriyadan farqi?

A. farqi yo‘q

B. bromometriya neytral muh itda, bromatometriya esa kislotali muhitda olib boriladi

C. bromatometriyadan farqli ravishda bromometriya turli muhitda

Olib borilishi mumkin

D. bromometriyada titrant Vg2 eritmas ibromat bromide usuli orqa-

li olinadi, bromatometriyada esa, titrant KVgO3

E. Bromatometriyada eritmaga kaliy brom qo‘shiladi



4. Iodometrik usulda oksidlovchi (KMnO4,CuSO4,H2O2 ) lar qanday aniqlanadi?

A.J2 bilan to‘g‘ri titrlash

B.Na2S2O3 bilan to‘g‘r ititrlash

C.Qoldiq ni titrlash bilan, ya’ni mo‘ l Na2S2O3 solib, ortiqcha sini J2 bilan ti shib, qoldiq Na2S2O3 bilan titrlanadi


5. Qaysi birikmalarni miqdorini permanganatometriyada to‘g‘ri titrlash usulida aniqlash mumkin?

1.H2O2 2.FeSO4 3.Fe2(SO4)3 4.NaNO2 5.NaNO3

A.1,2,3 B.2,4,5 C.1,2,4 D.1,2,5 E.2,3,4
6. Bromlanish reaksiyasida natriy salitsilatning gramm ekvivalenti qanday bo’ladi?

A. M/2 B. M/3 C. M/4 D. M/5 E. M/6



7. Formalinni yodometriyada aniqlash uchun tahlil qilinuvchi eritmaga qo’llaniladi?

A. Na2S2O3 eritmasi ortiqcha miqdorda qo‘shilib ,qoldiq J2 bilan titrlanadi , indikator kraxmal

B.J2, NaOH qo‘shilib ,J2 qoldig‘I Na2S2O3 bilan kislotali sharoitda titrlanadi, indikatorsiz

C.OrtiqchaJ2 , NaOH qo‘shilib, so‘ng , J2 ni Na2S2O3 bilan indikator metiloranj ishtirokida titrlanadi

D.Ortiqcha J2 , H2SO4 qo‘shib ,H2SO4 NaOH bilan neytrllanib ,J2 ning qoldig‘i kraxmal ishtirokida Na2S2O3 bilan titrlanadi

E.Mo‘lmiqdorda J2 eritmasi, NaOH qo‘shib , J2 qoldig‘i Na2S2O3 bilan titrlanadi, indikator kraxmal


8. Permanganatometrik qoldiqni titrlash usuli bilan qanday moddalar aniqlanadi?

A.Oksidlovchi B. Qaytaruvchi C.Indeferent D.Kislota E.Kuchsiz kislota tuzlari


9. Oksidlanish-qaytarilish egriligi:

A.Titrlash jarayonidagi eritmalarning titrant hajmiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi

B.Aniqlanuvchi moddaning redoks jufti va titrant potensialining o‘zgarishi

C.Aniqlanuvchi modda va titrant ekvivalentining o‘zgarishi

D.Titrlash jarayonida redoks indikator konsentratsiyasini o‘zgarishi

E.Qo‘shilayotgan titrant xajmiga bog‘liq ravishda eritma potensialining o‘zgarishi.


10. Mor tuzi tarkibidagi Fe (II) massasini permanganatometrik usulda aniqlashda Fe (II) ekvivalent qanday hisob qilinadi ?

A. M/1 B.M/2 C. M/3 D.M/4 E.M/5



7.Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi

Zarur asbob va reaktivlar:

Reaktivlar:



  1. (1:4) H2SO4 eritmasi

  2. 3% li H2O2 eritmasi

3. Distillangan suv

O’lchov idishlari:



  1. Silindr V=10sm3

  2. Titrlash kolbalari

  3. Byuretkalar V=25,00sm3

  4. Darajali pipetka, V=10,00 sm3

  5. O’lchov kolbasi V=100,00sm3

1-Laboratoriya ishi. Mor tuzi nazorat eritmasi tarkibidagi Fe(II) massasini aniqlash.

1.1. Nazorat uchun berilgan Mor tuzi eritmasiga 3sm3 (1:4) sulfat kislota eritmasidan qo’shiladi.

1.2. Turg’un och pushti rang hosil bo’lguncha KMnO4 bilan titrlanadi.

1.3. Sarflangan titrant hajmlarining o’rtacha qiymatini (7) formulaga qo’yib, Fe(II) massasi hisob qilinadi:

ЭFe ∙NKMnO4 · KMnO4

mFe(II) = --------------------------------(g)



1000

ЭFe(II)=at.m=56



2-Laboratoriya ishi. Eritmadagi H2O2 massa ulushini aniqlash

    1. 3% li H2O2 dan 0,1 N 100,00 sm3 eritma tayyorlash uchun tortim (g) ni hisoblash:



    1. 3% li H2O2 eritmasining zichligi birga teng bo’lgani uchun darajali pipetkada tekshiriluvchi eritmadan 6,00 sm3 olinadi.

    2. 100,00 sm3 li o’lchov kolbasiga solinadi.

    3. Belgisigacha suv bilan suyultiriladi.

    4. Tayyorlangan eritmadan 10,00 sm3 olib, titrlash kolbasiga solinadi.

    5. 3-4 sm3 1:4 li H2SO4 qo’shiladi.

    6. Kaliy permanganate eritmasi bilan och pushti ranggacha titrlanadi.

    7. Titrlash natijalari jadvalga yoziladi:



VH2O2, sm3

KMnO4, sm3



10,00






10,00




    1. Vodorod peroksidning massa ulushi quyidagi formula asosida hisoblanadi:



Mashg’ulot-26

Mavzu: Bromatometriya. KBrO3 standart eritmasini tayyorlash. Nazorat eritmasidagi natriy salitsilat massasini aniqlash.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish