Тошкент фармацевтика институти



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


5-mavzu:
 
Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi. Zamonaviy 
ekologik muammolar 
 
Reja: 
 
1. Amaliy va ijtimoiy ekologiya. 
2. Inson ekologiyasi. 
3. Zamonaviy ekologik muammolar 

 
 
Tayanch 
iboralar: 
amaliy 
ekologiya, 
ijtimoiy 
ekologiya, 
inson 
ekologiyasi,global, regional, local.
 
 
 
5.1. Amaliy va ijtimoiy ekologiya. 
Bugungi  kunda  tabiat  bilan  jamiyat  o‗rtasidagi  munosabatlarda  mutanosiblik 
yo‗qolgani,  insoniyat  tabiatdan  foydalanishda  tabiat  qonunlariga  emas,  aksincha,  shaxsiy 
manfaatlariga  asoslanib  faoliyat  ko‗rsatishi  oqibatida  tabiatdagi  muvozanatning  sezilarli 
darajada  buzilgani,  ya‘ni  dunyoning  turli  burchaklarida:  suv  toshqinlari,  zilzilalar,  o‗rmon 
yong‗inlari  va  boshqa  shu  kabi  tabiiy  ofatlar  ro‗y  berayotgani  hech  kimga  sir  emas.  Inson 
tabiiy  muhitga  ta‘sir  etar  ekan,  uning  o‗zi  ham  ―aks  ta‘sir‖ga  duch  kelmoqda.  Bularning 
barchasi endilikda insonning o‗ziga va uning sog‗lom tabiiy muhitda yashashiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatmoqda.  
Tabiat  boyliklaridan  ekologik  omillar  hisobga  olinmagan  holda  foydalanish  tufayli 
atrof-muhitni  ifloslantiruvchi  sanoat  va  maishiy  chiqindilarning  hajmi  keskin  ortib  borishi 
bilan insonning tabiatga ko‗rsatayotgan salbiy ta‘siri  kuchaymoqda.  
XX  asrning  oxiri  va  XXI  asr  boshlarida  fan-texnika  taraqqiyotining  jadal  sur‘atlarda 
rivojlanishi,  aholi  sonining  keskin  oshishi  tabiiy  zaxiralardan  keng  foydalangan  holda  oziq-
ovqat,  yoqilg‗i,  kiyim-kechak  va  boshqa  mahsulotlarni  yanada  ko‗p  ishlab  chiqarishni  talab 
etmoqda.   
Ma‘lumki,  so‗nggi  50  yil  ichida  er  yuzi  aholisi  deyarli  uch  marotaba  ko‗paygan, 
ro‗yxatga  olingan  transport  vositalarining  soni  10  marotaba,  elektr  stansiyalari  quvvati  21 
martaga,  neft  mahsulotlaridan  foydalanish  7  marotaba,  toshko‗mirdan  foydalanish  -  3,6 
marotaba,  gaz  ishlatish  –  15  marotaba  ortgan,  bug‗doy  ishlab  chiqarish    4  baravardan 
ko‗proqqa, yog‗och iste‘moli 14 marotaba, alyuminiy ishlab chiqarish 15 baravarga, qog‗ozga 
bo‗lgan  talab  5  baravarga  hamda  so‗nggi  40  yil  davomida  baliq  ovlash  yiliga  18  mln. 
tonnadan 100 mln. tonnaga oshdi. 
SHuni  qayd  etish  kerakki,  er  yuzida  2  mlrd.dan  ziyod  aholi  toshko‗mirdan 
foydalanadi.  Ishlab  chiqarilayotgan  elektr  energiyasining          80  %i  an‘anaviy  uglevodorod 
xom  ashyosi  asosida  ishlab  chiqariladi. Tabiiy  boyliklarning  80%  i  20  %  aholi  tomonidan 
iste‘mol qilinadi. 
Hozirgi  davrga  kelib,  tabiiy  zaxiralardan  foydalanishning  keskin  ko‗payishi  hamda 
insoniyatning tabiat qonuniyatlariga bo‗ysunmasdan unga ta‘sir ko‗rsatishi oqibatida ekologik 
muammolarning dolzarbligi oshib bormoqda.    


Ma‘lumki,  bugungi  kunda  sayyoramiz  aholisining  har  oltinchisi  ekologik  nomaqbul 
hududda  yashaydi.  Achinarlisi,  baliq  zahiralarining  75%i    yo‗qolib  ketdi  yoki  yo‗qolish 
arafasida.  Ta‘kidlash  lozimki,  er  yuzida  yashovchi  insonlarning  har  beshinchisi  ovqatlanish 
ratsioniga baliq kiradi. 
Butun sayyora bo‗ylab har o‗ninchi katta daryo bir necha oy mobaynida dengizga etib 
bormaydi.  1  mlrd.  aholi  sanitar  normalariga  javob  beradigan  xavfsiz  ichimlik  suviga  ega 
emas.  Har  kuni  dunyoda  5000  kishi  ifloslangan  ichimlik  suvidan  foydalanish  oqibatida 
olamdan  barvaqt  ko‗z  yumadi.  Mutaxassislarning  ta‘kidlashicha,  2025  yilga  kelib,  suv 
tanqisligidan        2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor. 
Ekologik  xavfsizlikning  eng  nozik  va  eng  murakkab  qirralaridan  biri  toza  ichimlik 
suvi muammosi bugun dunyo aholisini jiddiy tashvishga solmoqda. CHunki ayni paytda jahon 
aholisining  40  foizi  toza  ichimlik  suvi  etishmaydigan  joylarda  yashamoqda.  Bu  holat  2025 
yilga  borib  yanada  murakkablashib,  har  o‗n  odamdan  6  nafari  yoki  5,5  milliard  aholi  toza 
ichimlik suvi tanqis bo‗lgan hududlarda yashash ehtimoli borligi bashorat qilinmoqda. Yiliga 
er  yuzidan  13  mln.  ga.  o‗rmonzor  yo‗qolib  ketadi.  amazoniya  o‗rmonlari  oxirgi  40  yilda 
20%ga  qisqargan.  2050  yilga  kelib,  hayvonot  turlarinig  25%i  yo‗qolib  ketish  xavfi  ostida 
qolishi  mumkin,  har  to‗rttadan  bitta  sut  emizuvchi,  har  8  tadan  1  ta  qush,  har  3  tadan  1  ta 
quruqlik va suvda yashovchi hayvon turlari. Biologik turlar tabiiy sur‘atlardan 100 marotaba 
tezroq tugab bitishi xavfi bor.  
Iqlim geografiyasi o‗zgarmoqda. So‗nggi 15 yil davomida o‗rtacha harorat eng yuqori 
ko‗rsatkichga etdi. 
Iqlimiy  o‗zgarishlarning  ta‘siri  qutblarda,  ayniqsa,  yaqqol  namoyon  bo‗lmoqda.  Suv 
isishi jarayoni tezlashib bormoqda. Er shari qutb qopqog‗ining qalinligi so‗nggi 40 yilda 40% 
ga kamaygan. O‗rtacha harorat oshib borishi natijasida ichimlik suvi zaxiralarining 20 % ini 
tashkil etadigan Grenlandiya muzliklari erisa, suv sathi 7 metrga ko‗tariladi. Harorat oshishi 
sababli XX asrning o‗zidayoq dengiz sathi 20 sm.ga ko‗tarilgan. 
Bu muammolar aynan bizning mintaqamiz uchun ham o‗ta dolzarbdir. Prezidentimiz 
―O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafolatlari‖  asarida  ta‘kidlaganlaridek,  ―Ekologiya  muammosi  Er  yuzining  hamma 
burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va 
mintaqalarida turlichadir‖.     

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish