Ma‘lumki, bugungi kunda sayyoramiz aholisining har oltinchisi ekologik nomaqbul
hududda yashaydi. Achinarlisi, baliq zahiralarining 75%i yo‗qolib ketdi yoki yo‗qolish
arafasida. Ta‘kidlash lozimki, er yuzida yashovchi insonlarning har beshinchisi ovqatlanish
ratsioniga baliq kiradi.
Butun sayyora bo‗ylab har o‗ninchi katta daryo bir necha oy mobaynida dengizga etib
bormaydi. 1 mlrd. aholi sanitar normalariga javob beradigan xavfsiz ichimlik suviga ega
emas. Har kuni dunyoda 5000 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida
olamdan barvaqt ko‗z yumadi. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, 2025 yilga kelib, suv
tanqisligidan 2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor.
Ekologik xavfsizlikning eng nozik va eng murakkab qirralaridan biri toza ichimlik
suvi muammosi bugun dunyo aholisini jiddiy tashvishga solmoqda. CHunki ayni paytda jahon
aholisining 40 foizi toza ichimlik suvi etishmaydigan joylarda yashamoqda. Bu holat 2025
yilga borib yanada murakkablashib, har o‗n odamdan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza
ichimlik suvi tanqis bo‗lgan hududlarda yashash ehtimoli borligi bashorat qilinmoqda. Yiliga
er yuzidan 13 mln. ga. o‗rmonzor yo‗qolib ketadi. amazoniya o‗rmonlari oxirgi 40 yilda
20%ga qisqargan. 2050 yilga kelib, hayvonot turlarinig 25%i yo‗qolib ketish xavfi ostida
qolishi mumkin, har to‗rttadan bitta sut emizuvchi, har 8 tadan 1 ta qush, har 3 tadan 1 ta
quruqlik va suvda yashovchi hayvon turlari. Biologik turlar tabiiy sur‘atlardan 100 marotaba
tezroq tugab bitishi xavfi bor.
Iqlim geografiyasi o‗zgarmoqda. So‗nggi 15 yil davomida o‗rtacha harorat eng yuqori
ko‗rsatkichga etdi.
Iqlimiy o‗zgarishlarning ta‘siri qutblarda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Suv
isishi jarayoni tezlashib bormoqda. Er shari qutb qopqog‗ining qalinligi so‗nggi 40 yilda 40%
ga kamaygan. O‗rtacha harorat oshib borishi natijasida ichimlik suvi zaxiralarining 20 % ini
tashkil etadigan Grenlandiya muzliklari erisa, suv sathi 7 metrga ko‗tariladi. Harorat oshishi
sababli XX asrning o‗zidayoq dengiz sathi 20 sm.ga ko‗tarilgan.
Bu muammolar aynan bizning mintaqamiz uchun ham o‗ta dolzarbdir. Prezidentimiz
―O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari‖ asarida ta‘kidlaganlaridek, ―Ekologiya muammosi Er yuzining hamma
burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va
mintaqalarida turlichadir‖.
Do'stlaringiz bilan baham: