Тошкент фармацевтика институти



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

Uzbekistondagi  ekologik  muammolar.  Bugungi  kunda  Mustaqil  O‗zbekistan  yirik 
sanoat  va  agrar  mintaqa  bo‗lib,  kelajakda  dunyoga  yuz  tutgan  mashinasozlik,  energetik, 
kimyo,  oziq-ovkat  sanoati,  transport    majmuini  yanada  rivojlantirish  ko‗zda  tutilmovda. 
Xolbuki,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi  Respublikada  ijtimoiy  ekotizimlarning 
xolatiga  muayyan  darajada  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Respublikada  keskin  bo‗lib  turgan 
ekologik va tabiatni muxrfaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 
1.  Yirik  xududiy-sanoat  majmuilari  joylashgan  rayonlarda  (Angren  -  Olmalikq  - 
CHirchik, Fargona - Margilon, Navoiy va xokazo) tabiatni muxofaza qilish muammolari. 
2.  Orol  va  Orol    bo‗yi  muammolari,  suv  resurslarini  muxofaza  qilish  va  ulardan 
maqbul tarzda foydalanish. 
3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.  
4.  Tabiatdagi  suvlvrning  sanoat  yaiqindilari,  pestitstdlar  va  mineral  o‗g‗itlar  bilan 
ifloslanishi.  
5.  O‗simlik  va  xayvonot  dunyosini  mux‘ofaza  va  qayta  tiklash  muammolari, 
qo‗riqxonalar va milliy bog‗lar tarmog‗ini kengaytirish.  
YUqorida  keltirilgan  muammolarni  e‘tiborga  olib,  Respublikada  noqulay  ekologik 
vaziyat yuzaga kelgan tuman va xududlarni aniqlab ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish 
va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.  
3.  Ekologik  muammolarni  oldini  olish  borasida  olib  borilayotgan  ishlar. 
Ma‘lumki, har qanday davlatning rivoji, aholi turmush farovonligining oshirib borishida uch 
tamoyilga  rioya  qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi:  iqtisodiy  o‗sish,  ijtimoiy  himoya  va 
nihoyat, ekologik xavfsizlikdir.  
Bu  borada  mamlakatimizda  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  kuchli,  uzoqni 
ko‗zlovchi  siyosat  amalga  oshirilayotganligini  bugun  nafaqat  o‗zbekistonliklar,  balki 
jahondagi rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar ham ochiq e‘tirof etmoqda. YUqoridagi 
uch  tamoyil  O‗zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  rivojiga  asos  qilib  olingan 
desak,  xato  qilmaymiz.  Kengroq  fikr  yuritadigan  bo‗lsak,  Prezidentimizning  ―O‗zbekiston 
XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖ 
kitobiga yana bir bor murojaat etamiz. Dunyoning ko‗plab mamlakatlarida chop etilgan ushbu 
kitobda  O‗zbekistonning  ekologik  xavfsizligi  masalasiga  alohida  o‗rin  berilgan.  Umuman, 
O‗zbekistonda  ekologik  xavfsizlikka,  bu  xavfsizlikka  tahdid  solayotgan  va  endilikda  global 
muammoga  aylanib  qolgan  Orol  va  Orolbo‗yi  ekologik  fojiasi  oqibatlarini  bartaraf  etish, 


transchegaraviy  daryolar  suvidan  oqilona  foydalanish  masalalariga  faqat  bugun  e‘tibor 
qaratilayotgani yo‗q. Bu masalalar YUrtboshimiz tomonidan o‗tgan asrning 80- yillari oxirida 
ham ko‗tarilgan va mustaqillikka erishilgandan keyin yanada rivojlantirilgan edi.  
O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, Orol ekologik fojiasini to‗xtatish va yumshatish 
yo‗lida keng ko‗lamdagi mislsiz ishlar amalga oshirildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning tashabbuslari bilan Orolbo‗yi genofondini  muhofaza qilish hayriya jamoat 
fondi tashkil etildi.  
Xalqaro  donorlarni  Orol  va  Orolbo‗yi  muammolarini  yumshatish  borasidagi 
harakatlarga  jalb  qilish  maqsadida  2008  yilning  11-12  martida  Toshkent  shahrida  Xalqaro 
konferensiya  o‗tkazildi.  Unda  ―Orolbo‗yi  mintaqasida  iqlim  o‗zgarishi  oqibatlarini 
yumshatish  maqsadida  amalga  oshirish  uchun  xalqaro  donorlarga  taklif  etilayotgan 
majmuaviy harakat dasturi‖ qabul qilindi.  
Orol  va  Orolbo‗yi  muammosini  hal  qilishda  O‗rta  Osiyo  davlatlari  hamkorligi  1993 
yili  Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg‗armasining  (OQXJ)  tashkil  etilishida  namoyon  bo‗ldi. 
Uning doirasida ―Orol dengizi havzasi Dasturi‖ hayotga tatbiq etildi.  
2009  yil  aprelida  Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg‗armasiga  a‘zo  davlatlar  rahbarlari 
uchrashuvida  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  jahon  hamjamiyatini  Orol 
dengizi  havzasi  muammolarini  hal  etishga  yanada  kengroq  jalb  qilishga  qaratilgan  Orolni 
qutqarish xalqaro jamg‗armasiga a‘zo mamlakatlarning 2011-2015 yillardagi faoliyati Dasturi 
konsepsiyasini taklif etdi.  
Mintaqada  ekologik  muvozanatning  buzilishi  oqibatlarini  yumshatish  maqsadida 
Amudaryo  deltasida  kichik  suv  havzalarini  yaratish,  to‗qayzorlarni  saqlab  qolish, 
Orolbo‗yining olis aholi yashash joylarida quyosh energiyasidan foydalanishga qaratilgan bir 
qator xalqaro va davlatlararo loyihalar amalga oshirilmoqda.  
To‗qayzorlar,  qamishzor  o‗simliklari,  tabiiy  yaylovlar  maydonining  hamda  noyob 
turdagi jonivorlar va qushlar sonining qisqarishi yoki ularning butunlay  yo‗qolishi natijasida 
etkaziladigan  umumiy  ziyon  eng  kamida  yuzlab  million  AQSH  dollariga  baholanmoqda. 
Ammo  flora  va  faunadagi  haqiqiy  qayta  tiklab  bo‗lmaydigan  yo‗qotishlarni  moliyaviy 
jihatdan o‗lchab bo‗lmaydi.  
Bu  sohada  mavjud  vazifalar  ko‗lamining  kengligi,  murakkabligi  hamda  miqyosi 
mintaqadagi  ekologik  vaziyatni  yaxshilash  muammolarini  kompleks  ravishda  hal  etishda 
nafaqat  davlat  organlarining,  balki  jamoat  birlashmalari,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining 
sa‘y-harakatlarini  birlashtirishni  talab  etadi.  SHu  bois  O‗zbekistonda  bu  ishga  keng 
jamoatchilikni jalb qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish  davlat, jamiyat va har bir fuqaroning 
ishiga aylanishi yo‗lida jiddiy qadamlar tashlanib, keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  
SHu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza 
qilish,  tabiiy  resurlardan  oqilona  foydalanish  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 
mustahkam, yaxlit qonunchilik bazasi yaratildi.  
Jumladan,  O‗zbekiston  Respublikasi  ―Tabiatni  muhofaza  qilish  to‗g‗risida‖gi  (1992 
y.),  ―Suv  va  suvdan  foydalanish  to‗g‗risida‖gi  (1993  y.),  ―Veterinariya  to‗g‗risida‖gi  (1993 
y.), ―Er osti boyliklari to‗g‗risida‖gi (1994 y.), ―O‗simliklar karantini to‗g‗risida‖gi (1995 y.), 
―Atmosfera havosini muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi (1996 y.), ―O‗simlik dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to‗g‗risida‖gi (1997 y.), ―Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan  foydalanish  to‗g‗risida‖gi  (1997  y.),  ―O‗rmon  to‗g‗risida‖gi  (1999  y.),  ―Ekologik 
ekspertiza  to‗g‗risida‖gi  (2000  y.),  ―CHiqindilar  to‗g‗risida‖gi  (2002  y.),  ―Muhofaza 


etiladigan  tabiiy  hududlar  to‗g‗risida‖gi  (2004  y.)  qonunlari  atrof-muhitni,  tabiiy  resurslarni 
huquqiy jihatdan muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Jumladan,  O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasining  50-moddasida 
―Fuqarolar  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‗lishga  majburdirlar‖,  54-

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish