Azot eng muhim elementlardan biridir. U oqsillar va nuklein kislotalarning tarkibiga
kiradi. Azot atmosferadan yashin paytida azot va kislorodning birikib azot IV oksid hosil
qilishi natijasida o‗zlash-tiriladi. Ammo azotning asosiy massasi suvga va tuproqqa tirik orga-
nizmlarning havo tarkibidagi azotni fiksatsiyalashi natijasida o‗tadi (173-raem).
Suvda va tuproqda azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar va suv o‗tlari yashaydi. Bu
bakteriya va suv o‗tlari o‗lib minerallashishi natijasida ular tuproqni azot bilan boyitadi.
SHuning natijasida har bir gektar tuproqda bir yilda 25 kg ga yaqin azot o‗tadi. Azotni eng
samarali fiksatsiyalovchilarga dukkakli o‗simliklar ildizlarida hayot kechiruvchi tugunak
bakteriyalari hisoblanadi. Azot o‗simliklar ildiziga har xil manbalardan, poya va barglarga
o‗tadi va shu joylarda oqsil biosintezlanadi. O‗simlik oqsillari hayvonlar uchun asosiy azot
manbai hisoblanadi. Organizmlar o‗lgandan keyin bakteriya va zamburug‗lar tahsirida
oqsillar parchalanib, ammiak ajralib chiqadi. Ajralgan ammiak qisman o‗simliklar, qisman esa
bakteriyalar tomonidan o‗zlashtiriladi. Ayrim bakteriyalar faoliyati natijasida ammiak
nitratlarga aylanadi. Nitratlar ammoniyli tuzlar kabi o‗simlik va mikroorganizmlar tomonidan
istehmol qilinadi. Nitratlarning bir qismi esa ayrim bakteriyalar tomonidan elementar
azotgacha qaytarilib atmosferaga chiqariladi. Bu jarayoni denitrifikatsiya deyiladi. SHutarzda
azotning tabiatda davriy almashinishi davom etaveradi. SHunday qilib, jonli (biotik) va jonsiz
(abiotik) tabiatning o‗zaro munosabati natijasida anorganik materiya tirik organizmlarga o‗tib,
o‗zgarib yana qaytadan abiotik holatga qaytadi.
Boigen migratsiyada qatnashuvchi organizmlarni uchta katta guruhga ajratish
mumkin.
1. Produtsentlar – o‗lik moddalardan tirik moddalarni hosil qiluvchilar. Bular, asosan
fotosintezlovchi murakkab va tuban yashil o‗simliklardir.
2. Konsumetlar yoki istehmol qiluvchilar. Produtsentlar hosil qilgan organik
moddalarni istehmol qiladi. Ularga hayvonlar, parazit o‗simlmk va mikroorganizmlar kiradi.
3. Redutsentlar – organik moddalarni minerallashtiruvchilar, avvalgi holatiga
qaytaruvchilar. Ularga bakteriyalar, zamburug‗lar, saprofit usimliklar kiradi. Ifodali kilib
aytganda xayot estafetasini yashil o‗simliklar boshlab hayvonlarga uzatadi, uni bakteriyalar
marraga olib boradi, yana qaytadan yashil o‗simliklarga uzatadi. YAngi halqa boshlanib bu
estafeta tinmasdan davom etaveradi.
Biosferaning evolyusiyasini 3 ta asosiy bosqichga ajratish mumkin.
1. Biotik bosqich aylanishga ega bo‗lgan birlamchi biosferaning ho-sil bo‗lishi. Bu
bosqich taxminan 3 milliard yillar oldin boshlanib, paleozoy erasining kembriy davrida
tugallanadi.
2. 2-bosqichda ko‗p hujayrali organizmlar paydo bo‗lib rivojlanadi va biosferaning
evolyusiyasi yanada davom etadi. Bu davr 0,5 milliard yillar oldin kembriy davridan
boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo‗lishi bilan tugallanadi.
3. 3-bosqichda biosfera hozirgi zamon odamlari tahsirida rivojlanadi, bundan 40-50
ming yillar oldin boshlanib, hozirgi davrgacha davom etmoqda. Biosferaning tarixining asosiy
kismida u ikki xil omilning tahsirida rivojlanadi: 1. Sayyorada tabiiy geologik, iqlim
o‗zgarishlari. 2. Biologik evolyusiya natijasida tirik organizmlar turlarining soni va
miqdorining o‗zgarishi o‗sha asosiy omillar hisoblanadi. Hozirgi bosqichda esa biosferaning
evolyusiyasiga uchinchi omil, inson faoliyati katta tahsir ko‗rsatmoqda. Biosferaning birinchi
va ikkinchi bosqichlari evolyusiyasi faqat biologik qonuniyatlar asosida kechadi, shuning
uchun ham bu ikkala davr biogenez davri deb ataladi. Bu davrda haet paydo bo‗ldi va
rivojlandi. Uchinchi davr kishilik jamiyatining paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. Biogenez davri
bilan tanishib chiqamiz.
Biogenez bosqichi. Erda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo
bo‗ldi. SHu vaqdan boshlab tirik organizmlar evolyusiyasi bilan birga biosfera ham o‗zgara
boradi. Birinchi paydo bo‗lgan tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof, anaeroblar edi. Ular
taxminan 3 milliard yil avval paydo bo‗lgan, energiyani bijg‗ish jarayonlaridan olgan. Ular
abiogen usulda hosil bo‗lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib biomassani to‗plab
borgan. Endigina paydo bo‗lgan biosferada organik moddalar etishmas, birlamchi organizmlar
tez kupaya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik moddalardan organik moddalarni
mustaqil sintezlay oladigan avtotrof organizmlar kelib chiqqan. Birinchi xemosintezlovchi
bakteriyalar, fotosintezlovchi va ko‗k yashil suv o‗tlari paydo bo‗lgan. Birinchi
fotosintezlovchi organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib chiqarib
atmosferaning tarkibini o‗zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid miqdori
kamayib kislorodning miqdori tobora ko‗paya borgan. Atmosferaning yuqori qatlamida kis-
lorod ozon ekranini o‗osil qilgan. Ozon ekrani esa er yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning
ulg‗trabinafsha nurlari va kosmik nurlarning xalokatli tahsiridan himoya qilgan. Bunday
sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko‗paya borgan. Atmosferada erkin
kislorodning mavjudligi Er yuzasida aerob tipida kislorod bilan nafas oluvchi
organizmlarning va ko‗p hujayralilarning kelib chiqishiga sabab bo‗lgan. Ozon ekrani tirik
organizmlarning suvdan quruqlikka chiqib tarqalishiga imkon yaratgan. Birinchi ko‗p
xujayrali-lar atmosferada kislorodning konsentratsiyasi taxminan 3 foizga etganda, kembriy
davrining boshida 500 million yillar avval kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Dengizda
yashovchi fotosintezlovchi organizmlar keragidan ortiqcha kislorod hosil qilgan. Bu esa aerob
yul bilan nafas oluvchi organizmlar sonining ko‗payishiga olib kelgan. Aerob nafas olish
jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‗p energiya ajralgan. Kup energiyaga ega
organizmlarda morfologik va funksional tuzilish tobora murakkablashib borgan.
Ular qisqa vaqtning ichida har xil yashash muhitlariga o‗tib keng tarqalgan. Paleozoy
erasida haet faqat suvdagina keng tarkalib qolmay, balki quruqlikka ham chiqqan. YAshil
o‗simliklarning keng rivoj-lanishi atmosferaning kislorod bilan yanada boyitdi, bu esa
organizmlar tuzilishini yanada takomillashishiga imkon yaratdi. Paleozoyning o‗rtalarida
kislorodning hosil bo‗lishi va sarflanishi o‗rtasida muvo-zanat paydo buldi, atmosferada
kislorod miqdori taxminan 20 foizgacha etdi va bu muvozanat hozirgacha saqdanib kelmoqda.
Noogenez bosqichi. Insoniyat jamiyatining paydo bo‗lishi bilan biosferaning
noogenez davri boshlanadi. Bu davrda biosferaning evo-lyusiyasi insonning ongli mehnat
faoliyati tahsirida davom etadi. Noosfera tushunchasi 1927 yilda fransuz olimi E. Lerua
tomonidan kiritilgan (yunoncha «noos» — aql, «sfera» — shar so‗zlaridan olingan). V. I.
Vernadskiyning tahbiriga ko‗ra noosfera — inson mehnati va ilmiy faoliyati tahsirida
o‗zgargan biosferadir.
Odamning paydo bo‗lishi biosferaning kuchli o‗zgarishlariga sabab bo‗ldi. Fanning,
texnikaning va sanoatning juda tez rivojlanishi ele-mentlarning biogen migratsiyasini
tezlashtirib yubordi. Butun tarix davomida insoniyat o‗z mehnat faoliyati bilan atrof-muhitdan
iloji boricha ko‗proq; va tez fonda olishga harakat qilib kelgan. U tabiat hodisalariga
insonning aralashishi keyinchalik qanday natijalarga olib kelishi haqida o‗ylab ham
ko‗rmagan. Inson o‗z mavjudligining eng dastlabki bosqichlaridan boshlaboq hayvonlar
ayrim turlarining yuqolib ketishiga (oziqlanish uchun keragidan ham ortiqcha miqdorda)
sabab bo‗lgan. Tosh asrida yashagan odamlar mamontlar kabi yirik sut emizuvchilarning
yo‗qolib ketishiga sababchi bo‗lgan. Inson ham biosferaning tarkibiy qismidir. O‗zi uchun
kerak bo‗lgan narsalarning hammasini inson biosferadan oladi, biosferaga esa faqat sanoat
chiqindilarini ajratib chiqaradi. Uzoq vaqtlar davomida odam faoliyati biosfera
muvozanatining buzilishiga olib kelmagan, chunki inson tomonidan olingan tabiiy
mahsulotlar yana biosferaga qaytariladi. Ammo keyingi asrda insonning biosferaga
kursatadigan tahsiri juda kuchayib ketdi va o‗tkir muammolarning kelib chiqishiga sabab
bo‗ldi. Tabiiy resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko‗plab o‗simlik va hayvonlarning turlari
yo‗qolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar tomonidan
ifloslanmoqda va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko‗llar, o‗rmonlar buzilmoksa.
Biosferadagi bunday noqulay o‗zgarishlar o‗simliklar va hayvonot olamiga, insonning o‗ziga
ham kuchli tahsir ko‗rsatmoqda.
Biosferaning o‗zgarishi qonuniyatlarini insonning yaxshi tushunib etmasligi tashqi
muhitning juda ayanchi o‗zgarishlariga olib kelishi mumkin.
Insonning gidrosferaga va atmosferaga tahsirining tobora kuchayib borishi biosfera
doirasida iqlimning o‗zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda atmosferada
karbonat angidridning miqdori tobora ortib bormokda. Organik yoqilg‗ilardan foydalanish
kislorodning yonib kamayishiga, karbonat angidridning esa ko‗payishiga sabab bo‗lmoqda.
Atmosferada karbonat angidridning ko‗payishi esa «parnik effektiga» olib kelmokda, bu esa
Er yuzasi haroratining ko‗tarilishiga sabab bo‗lmoqda. Keyingi 100 yil davomida Er
yuzasining harorati o‗rtacha 0,6°S gacha ko‗tarilganligi aniqlangan. Iqlim o‗zgarishi esa
cho‗l-dashtlar maydonining tobora ortib borishiga, tog‗lardagi muzliklarning erishiga, okean
va dengiz suvlari sathining kamaya borishiga olib keladi. YUqorida aytib o‗tganimizdek
atmosferada ozon katlami bo‗lib, uning maksimal konsentratsiyasi Er yuzasidan 20-25 km
baland-likdadir. Atmosferaga azot II oksid va freonning o‗tishi natijasyda bir necha yillar
davomida .ozon qatlami yupqalashib bormoqda. Freon lak va buyoqlarni purkovchi sifatida,
sovitgichlar va konditsionerda sovutgich modda sifatida keng qo‗llanib kelinmoqda. So‗nggi
yillarda Antraktida atmosferasida ozonning juda kamayib ketishi natijasyda «ozon teshiklari»
hosil bo‗lishi kabi ayanchli, xavfli hodisalar kuzatilmoqda. Bu hodisaning va ozon qatlami
buzilishining oldini olish maqsadida 1987 yilda Kanadaning Monreal shahrida 50 mamlakat
vakillari freonlar ishlab chiqarishni o‗rtacha 50 foizga kamaytirish tug‗risidagi xalqaro
bitimga qo‗l qo‗ydilar. Atmosferaning ifloslanishi tinmasdan davom etib, yildan-yilga ortib
bormoqda. Atmosferaning ifloslanishi sanoat korxonalarining chiqindilari, transport vosita-
lari ajratib chiqaradigan birikmalar, ayniqsa N2S uglerod va og‗ir metallardan qurg‗oshin,
mis, kadmiy, nikel va boshqa metallar zarrachalari hisobiga tobora ortib bormoqda.
Atmosferaga har yili yuz mil-lionlab tonna ifloslanuvchi moddalar ajratiladi. Havoda N2S
ning ortib borishi kislotali yomg‗irlarning ko‗payishiga sabab bo‗lmoqda. O‗zbekistonda
mevali daraxtlar hosildorligining kamayishi, uzumzorlarning kasallanib yildan-yilgacha kam
hosil bulishining asosiy sabablaridan biri ham kislotali yomg‗irlarning ko‗payib borishidir.
Tojikistonning M. Tursunzoda shahri atrofida kurilgan alyuminiy zavodi chiqindilari ham
Surxondaryo viloyatidagi mashhur anorzorlar hosilining keskin kamayishiga, mevalarining
maydalashib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida kasalliklarning ko‗payishiga olib keldi.
Navoiy shahridagi kimyo zavoddari chiqindilari ham atrof-muhitni za-rarlashda katta rolg‗
o‗ynamokda. Sug‗orish va sanoat korxonalari uchun suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish
kichik daryolarning qurib qo-lishiga, yirik daryolar suvining keskin kamayib ketishiga olib
kelmoqda. Bunday ayanchli hodisalarning tipik misoli Orol dengizi muammosidir.
Sug‗oriladigan paxta maydonlarini haddan tashqari ko‗paytirish bu dengizning qurib qolishi
xavfini tug‗dirmoqda. Suvni nazoratsiz, ksragilan ortiqcha ishlatish natijasida Amudaryo va
Sirdaryo kabi buyuk daryolar Orol dengiziga etib bor olmayapti. Bu esa Orol atrofidagi tabiiy
ekologik sistemalarining buzilishiga, shu regionda yashovchi odamlar sog‗ligining tobor
yomonlashib borishiga sabab bulmoqda. Mineral o‗g‗itlarning, chorvachilik chiqindilari va
kanalizatsiyaning suv havzalariga qo‗shilishi, suvda azot va fosforning ortib ketishiga, suv
o‗tlarining ko‗payib ketishiga, kislorod zaxirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar,
ayniqsa baliqlar qirilib ketishiga olib bormoqda. Keyingi paytlarda o‗rmonlarining kesilib,
kamayib ketishi juda ayanchli natijalarga olib kelmoqda. Lichosfsraning, suv havzalarining,
tuproqning tobora iflosnishi natijasida o‗rmonlardagi daraxtlar kaslanib qurib qolmoqda.
O‗rmonlarning yo‗qolishi iqlimning keskin o‗zgarishiga, suv boyliklarining kamayishiga,
tuprok, holatining yomonlashishiga olib kelmoqda. Hozirgi vaqtda xo‗jalikni energiya bilan
tahminlash uchun ko‗plab kssiqliq, suv va atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Issiqliq elektr
stansiyalari tabiiy yoqilg‗ilardan foyda-langanligi uchun atmosferlni ifloslantirmoqda, suv
eyaektr stansiyalari katta-katga suv omborlarinining qurilishini talab etadi, buning natijasida
serhosil erlar, tuproqlar suv ostida qolib ketmoqda. Ilgari ekologik jihatdan eng toza va
xavfsiz deb xisoblangan atom elektr standiyalari ham katta xavf tug‗dirishi mahlum bo‗lib
qoldi. Ukrainadagi CHernobil AESning falokati juda katga hududda ekologik inqiroz holatiga
olib keldi, o‗simliklar va hayvonot olamiga katta zarar etkaz-di. Aholining o‗rtasida har xil
kasalliklarning ko‗laynb ketishiga sabab bo‗ldi. SHunday qilib, odamning ekologik
sistemalarga kuchli tahsiri kutilmagan ayanchli hodisalarga olib kelishi mumkin. Natijada
ekologik o‗zgarnshlar zanjiri vujudta keladi. Hozirgi vaqtda insoniyat ekologik inqiroz xavfi
ostida turibli. Agar zarur choralar ko‗rilmasa, biosferaning ko‗p joylari hayog uchun yaroqsiz
bo‗lib qolishi mumkin. Tabiatni muhofaea qilish, hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan
biriga aylanmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |