Saramas. Teri va shilliq pardalarni sreptokokk bilan SHikastlanishi bo„lib, mikrob
odatda mayda yoriqchalar orqali kiradi va tarqaladi. Engil shaklida (eritemasimon)
terining qizarishi va shishi, o„rtachada esa po„faksimon-yiringli toshmalar, to„qimalarni
kuchliroq shishi, og„ir shakli teri yallig„lanishi, ter iva teri osti kletchatkasining nekrozi
bilan tavsiflanadi.
Bemorda holsizlik, titrash, tana harorati ko„tarilishi kuzatiladi. Og„ir hollarda es-xush
aynishi, alahlash mumkin.
Saramas tromboflebit, nefrit, pnevmoniyaga olib kelishi mumkin.
Davolashda antibiotiklar penitsillin 500000 TB 4-6 marta), mahalliy muolajalar-UB
nurlantirish, antiseptiklar bilan bog„lab qo„yish, organizm qarshiligini oshirishga qaratiladi.
Bemorlar atrofdagilardan ajratib davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |