2. O„tkir xolitsitsitning kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda
3. O„tkir pankreatit va peritonit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, asosiy
4. Me‟da va 12 barmoqli ichakning teshilishi va qon ketishi kelib chiqish sabablari,
5. CHurrak va ichakning buralib qolishi, ularning kelib chiqish sabablari, asosiy
O„tkir jarrohlik kasalliklari to„satdan boshlanib, tez rivojlanadi va hayot uchun xavfli
1) yallig„lanish kasalliklari-o„tkir appenditsit, xoletsistit, pankreatit. peritonit;
2) kovak a‟zolarning yorilishi (me‟da va o„n ikki barmoq ichak yarasining teshilishi,
4) ichki qon ketishlar-me‟da-ichakdan qon ketishi, bachadondan tashqari
Yug„on ichak chuvalchangsimon o„simtasi-appendiksning nospetsifik yallig„lanishi
bo„shlig„iga qoldiq massaning yig„ilishi va u erda mikroorganizmlarning rivojlanishi
natijasida o„simtaning parda qavatlari yalliglanishidir. Utkir appenditsit bir necha
kurinishlarda kechadi. Kataral shakli-chuvalchangsimon o„simta shilliq pardasi qizarib
(giperimiya) yallig„lanishi, flegmanoz shakli-chuvalchangsimon usimtaning fibroz yiringli
qoplam bilan qoplanishi, gangrenoz shakli-chuvalchangsimon usimtaning oziqlanishi
buzilishidir. Flegmanoz va ganrenoz shakllari kasallikning og„ir formalaridir.
Asosiy belgilari: bemor kasallik boshlanishida qorinnnig yuqori qismida, kindik
atrofida, keyinchalik esa qorinning ung va pastki qismida og„riqdan shikoyat qiladi.
Bemorda intoksikatsiya belgilari, titrash,og„iz qurishi, xolsizlik, kungil aynishi va qusish,
puls tezlashishi, tana xaroratining oshishi kuzatiladi. Og„ir shakllarida bu belgilarning
kuchayishi kuzatiladi. Aniq tashxis quyishning maxsus belgisi-SHyotkin-Blyumberg
simptomi yordamida, ya‟ni osoyishtalik bilan barmoqlar yordamida usha soxani sekin
bosib birdan quyib yuborilganda qorinning ung pastki qismida qattiq og„riq kuzatilishi,
shuningdek, qorin pardasining tarangligi, leykostitoz kabi belgilar bilan aniqlanadi.
BTYO. Bemor utkir appenditsitga shubxa qilinganda uringa yotqiziladi va qorin
soxasiga muzli xaltacha quyiladi. Bemorga narkotiklar va surgi dorilar berish, klizmalar
qilish, qoringa grelka quyish qatiy man etiladi. Bemor tezda shifoxonaga yuborilishi kerak.
O„t pufagining o„tkir yallig„lanishi o‘tkir xoletsistit deyiladi.Bu kasallik kup uchrashi
bilan appenditsitdan keyingi urinda turadi va o„t qopida va yo`llarida tosh yig„ilishi bilan
bog„liqdir. Toshning yig„ilishiga sabab moddalar almashinuvining buzilishi, kamxarakatlik
va boshqalardir.SHakllari:
a) kataral-shilliq parda yallig„lanishi b) flegmanoz- ut pufagi barcha qavatlari yiringli
yallig„lanadi v) gangrenoz-ut pufagi devorlari nekrozga uchraydi.
Belgilari: xoletsistit xuruji tusatdan, kupincha kechqurun boshlanib, jigar satxida ,ung
qovurg„a osti soxasida kuchli og„riq turadi. kungil aynish, qusish, ishtaxaning pasayishi,
tana xaroratining kutarilishi, et uvishishi, pulsning tezlashishi, og„izda temir mazasi,
jig„ildon qaynashi, qonda leykostitoz (1 mm
z
.qonda 15000-20000) kuzatiladi. Og„ir
turlarida bu belgilar yaqqolroq namoyon buladi. Aniq tashxis quyishning maxsus belgisi-
ung tomon qovurg„alariga kaft yoni bilan urilganda og„riqning kuchayishi xisoblanadi.
BTYO.
O„tkir xoletsistit xurujida xam bemorga og„riq qoldiruvchi, surgi dorilar va
antibiotiklar berish, oshqozonnni yuvish, qayt qildirish taqiqlanadi. Bemor uringa
yotqizilib, muzli xaltacha quyiladi va tezda kasalxonaga olib borilishi lozim.Kasallikning
og„ir turlari tezlikda operatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: