Anaerob infeksiyalar
Gazli gangrena-ko„proq Clostridium perfringens turiga mansub mikroblar
qo„zg„atadi. Bu mikroblar axlat, go„ng, chang, odamning iflos terisida juda ko„p bo„ladi.
Gazli gangrena rivojlanishiga magitsral tomirlarni zararlanishi, suyaklarni ochiq sinishida
etarlicha immobilizatsiya qilinmaslik, yaraning ifloslanishi, mushakda jarohat bo„lishi,
to„qimalardagi kislorod tanqisligi, ochlik, sovuq qotish, organizm qarshiligini pasayishi va
b. ta‟sir ko„rsatadi.
Klinik belgilari yaralanishdan 3-4 kun o„tgach yuzaga chiqa boshlaydi. YArada qattiq
tortishadigan og„riq paydo bo„lishi va yaralangan bemor umumiy ahvolining
yomonlashishi, qo„zg„alish, yuz oqarishi, tilning quruqlashishi datslabki belgilar
hisoblanadi. Keyinchalik yara sohasi quriydi, to„qimalar tezlik bilan shishadi va atsa-sekin
qo„l yoki oyoqning hamma eriga tarqaladi, mushaklar rangi o„zgaradi (qaynatilgan
go„shtga o„xshab qoladi) va terida har xil rangdagi dog„lar paydo bo„ladi. Teri osti
kletchatkasida gaz bo„lganligidan ushlab ko„rilganda g„ijirlagandek bo„ladi. Bundan
tashqari yaradan yomon hid keladi, atrofiga po„fakchalar toshadi, mushaklar iriydi.
Bemorning ahvoli zaharlanish tufayli yomonlasha boradi. Ayni vaqtda yumshoq to„qimalar
o„la boshlaydi, gangrena yuqoriga ko„tarilib boradi.
Gazli gangrenaga jarrohlik usuli bilan davo qilinadi, ya‟ni SHikastlangan sohaning
terisi mushaklar yo„nalishi bo„ylab kesiladi. Agar bu choralar yordam bermasa, qo„l yoki
oyoq amputatsiya qilinadi. Bundan tashqari antibiotiklar, qon o„rnini bosuvchi suyuqliklar
qo„yish va b. choralar ko„riladi. Maxsus davosi 50000 AB gangrenaga qarshi zardob
yuborish hisoblanadi. Bemor alohida palatada parvarishlanadi. Uning yarasiga tekkan
narsalar tashlab yuboriladi.
Oldini olish uchun yumshoq to„qimalar SHikastlanganda, suyaklar singanda
mushaklar orasiga gangrenaga qarshi (3000 birlik zardobni 100-150 ml serillangan
fiziologik eritmada eritib) zardob yuboriladi hamda yaralar o„z vaqtida birlamchi jarrohlik
qayta ishlovi o„tkaziladi.
Qoqshol-o„tkir yuqumli kasallik bo„lib, uni terida, odamlar kiyimida, erda bo„ladigan
qoqshol tayoqchalari keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham teri yoki shilliq pardaning har
qanday kichik kichik SHikastlanishi natijasida qoqshol tayoqchasi odam organizmiga shu
jarohatlar orqali tushishi mumkin. Qoqsholning belgilari o„ziga xos bo„lib, asosan yarada
tortishadigan og„riq paydo bo„lishi hamda mushaklarning, hatto kuchsiz taassurotda ham
(tovush, yorug„lik tushishi, tegi shva boshqalar) tortishib qolishi va natijada tirishib
qolishidan iborat bo„ladi. Tirishish asosan chaynash mushaklaridan boshlanadi (trizm),
keyin mimika mushaklariga (sardonik kulish), ensa mushaklariga hamda badanning
hamma mushaklariga tarqaladi. Bemor majburiy holatni egallaydi (opitsotonus). Tana
harorati 40-42
0
S gacha ko„tariladi, nafas va puls tezlashadi, bemor ko„p terlaydi, behol
bo„lib qoladi, ichki a‟zolarida spazm paydo bo„ladi.
Davolashda tanaga kuniga 3-4 l suyuqlik kiritiladi. Nafas yo„llarida asoratlar yuzaga
kelmasligi uchun antibiotiklar, tirishishlarni oldini olish uchun miorelaksantlar-diplatsin,
ditilin, neyroleptiklar-aminazin, antigitsamin dorilar-dimedrol, supratsin, qoqsholga qarshi
zardob (venaga200000 AE kuniga) yuboriladi.
Qoqsholni oldini olish uchun har qanday SHikastlanishlarda teri ostiga maxsus
zardob va anatoksin qilinadi. Zardobning bir profilaktik dozasi 1500 AB ni tashkil qiladi,
agar yara tuproq yoki changli kiyim bilan ifloslangan bo„lsa 3000 AB yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |