ning haddan tashqari
pasayib ketgani, 1990-yilda sobiq Ittifoqda ish
lab chiqarila-digan paxta tolasining 62,4 foizi 0 ‘zbekiston hissasiga
to‘g‘ri kelib, mamlakatimizda uning atigi 7 foizi qayta ishlanar edi.
Shu davrda 0 ‘zbekistonda ekiladigan paxta maydonlari umumiy ekin
maydoni-ning 75 foizidan ko‘prog‘ini tashkil yetishi kabi holatlar
keng va batafsil ko‘rsatilgan edi. Bular hammasi zudlik bilan iqtisodiy
islohotlami amalga oshirish hamda iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirib,
taraqqiyot yo‘liga tushirib yuborish zararligini taqozo qilar edi.
Mana shu sharoitlardan kelib chiqib mamlakatda tub iqtisodiy
islohotlami amalga oshirish boshlandi. Dastlabki yillardayoq bozor
iqtisodiyotining asoslari yaratildi, bozor infratuzilmasini tashkil etish
va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlarining
mexanizmi ishga tushirildi.
Mamlakatimizda xususiy mulkchilik tiklanib, uning rivoji ustuvor
ahamiyat kasb etdi. Xususiy mulk konstitutsiyaviy asosda ishonchli
kafolatga ega boidi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari savdo va xizmat ko‘rsatish soha
si korxonalarining butunlay davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiy-
lashtirilishi natijasida mamlakatimizda amalda ko‘p shaklli mulk
va ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi, mulkdorlar va tadbirkorlar-
ning yangi smfi paydo boidi. Ayni paytda biz uchun mutlaqo yangi
bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya, bank,
soliq va sug‘urta tizimlarini shakllantirish hamda o‘z milliy valyu-
tamizni muomalaga kiritish ham ulkan ahamiyat kasb etdi.
Bu davrda amalga oshirilgan islohotlar diqqat-e’tibori mam
lakatimiz aholisining farovonligi, e^g avvalo uning oziq-ovqat mah-
sulotlariga boigan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Qishloq
xo‘jaligida paxta yakkaxokimligiga barham berilib, ekin maydonla-
rining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop
g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g‘alla mustaqil-
ligi qaror topdi. Shuningdek, chuqur tarkibiy o‘zgarishlaming amalga
oshirilishi natijasida respublikaning yonilgi-energetika resurslariga
boigan ehtiyoji o‘zi hisobidan to ia ta’minlandi. Mustaqillik yillari
da erishilgan ulkan iqtisodiy taraqqiyotimiz birinchi Prezidentimiz I.
Karimovning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilli-
473
giga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishdagi ma’ruzasida batafsil yori-
tilgan. Unda ko‘rsatilganidek, istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi
tarmoqlar - avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga butlovchi qismlar
tayyorlaydigan sohalar, neft va gazni qayta ishlaydigan, zamonaviy
televizor va kompyutyerlar ishlab chiqaradigan, selyuloza-qog‘ozlar,
qand-shakar, farmatsevtika va boshqa yangi-yangi tarmoqlarga asos
solindi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va
istiqbolli tarmoqlaming, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika,
kimyo va yengil sanoat kabilaming hissasi ortib bordi. 0 ‘zbekiston
iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari,
Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro
neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimar-
jon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarili-
shining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek,
oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo, qurilish materiallari sanoati va
boshqa tarmoqlar to‘liq modemizatsiya qilindi va ularda dunyo bo
zorida raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti tomonidan puxta o‘ylab ish
lab chiqilgan iqtisodiy taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”ning to‘g‘ri
ekani va xalqimizning manfaatlariga to‘liq javob berayotganini ke
yingi yillarda iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sib, rivojlanib
borayotgani misolida ko‘rish mumkin. 0 ‘zbekistonda 1996-yildan
boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari 2001-2003-yil-
larda o‘rtacha 4 foizdan, 2004-2006-yillarda 7 foizdan yuqori o‘sish
suratiga ega.
Jahon miqyosida dayom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz-
ning jiddiy ta’siriga qaramasdan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsu
lotining yillik o‘sishi barqaror davom etib, 2007-2015-yillarda 8 foiz
va undan ortiqroq, 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 7,8 foizni tashkil etdi.
Eng muhimi, mamlakatimizdagi yalpi ichki mahsulotning yuqo
ri sur’atlar bilan o‘sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan
emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xomashyo
turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, bal
ki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivoj-
474
lantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishilib, u yildan-
yilga tobora mustahkamlanib borayotgani, mustaqil taraqqiyot davri
da 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining 4,1 barobar o‘sganligi orqali ham
namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti tarki
bida sanoatning ulushi 1990-yildagi 14,2 foiz o‘miga 2015-yilda 24,3
foizni tashkil etdi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi 34 foizdan
16,7 foizga kamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: