Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

UO‘K: 33.01(075) 

KBK: 65.01ya7

Darslik barcha y o ‘nalishdagi bakalavrlar uchun m o‘ljallangan.

Taqrizchilar:  S.G‘ulomov  -  akademik;

A. Rasulyev - professor;

O. Hamroyev - professor.

© «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2017.




KIRISH

Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  0 ‘zbekistonning  birinchi 

Prezidenti  I.Karimovning  bevosita  tashabbusi  va  rahbarligida  har 

tomonlama  puxta 

o'ylab  ishlab  chiqilgan  taraqqiyotning  “0 ‘zbek 

modeli”ni  izchil  amalga  oshirish  orqali  iqtisodiyotimiz  misli 

ko‘rilmagan  katta  muvaffaqiyat  va  natijalarga  erishdi.  Jumladan, 

mustaqillik  yillarida  milliy  xo‘jaligimiz  iqtisodiy  jihatdan  mus- 

tahkamlanib,  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimidan  meros  bo‘lib  qol- 

gan bir tomonlama xomashyo  ishlab  chiqarish bo‘yicha  rivojlanish, 

paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning 

barqaror  o‘sishi  ta’minlandi,  makroiqtisodiy  va  moliyaviy  barqa- 

rorlik  mustahkamlandi,  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari  va  sohalari 

o‘rtasidagi  muvozanatlik  va  mutanosiblik  kuchaydi;  bozor  mexa- 

nizmining  tarkibiy  qismlari  qaror  topdi  va  uning  infratuzilmalari 

vujudga  keltirilib,  rivojlantirildi.  Soliq,  byudjet  va  tashqi  iqtisodiy 

faoliyat  sohalarida,  bank  tizimi  faoliyatida  mustahkam  barqarorlik, 

davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mam- 

lakatimizning  jahon  miqyosidagi  obro‘-e’tiborini  yuqori  darajaga 

ko‘tarishga erishilmoqda.  „

Iqtisodiyotda  amalga  oshirilayotgan  modemizatsiya,  tarkibiy 

o ‘zgarish  va  diversifikatsiya  natijasida  yangidan-yangi  zamonaviy 

tarmoqlar  va  ishlab  chiqarish  quwatlari  ishga  tushirilmoqda.  Bu 

o‘zgarishlar  va  xalqimizning  fidokorona  mehnati  natijasida  yarati- 

layotgan  mahsulot  va  ko‘rsatilayotgan  xizmat  turlarining  ko‘payib, 

sifati  tubdan  yaxshilanib  borishiga,  aholi  daromadlari  va  turmush 

darajasining keskin o‘sishi, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi- 

ning  tobora  oshib  borishiga  olib  kelmoqda.  M a’naviy jabhada  ham 

tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g‘oyasi 

va mafkurasi shakllantirildi.



3


Ayni paytda,  mamlakatimiz Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning Vazir- 

lar  Mahkamasining  2017-yil  14-yanvarda  bo‘lib  o ‘tgan  kengaytiril- 

gan majlisida va boshqa majlislarda qilgan ma’ruzalaridan bizga shu 

narsa ma’lum bo‘lib turibdiki,  mamlakatimizda erishilgan ulkan yu- 

tuqlar  bilan  bir  qatorda  bugungi  kunda  xalqaro  miqyosda  va  mam­

lakatimiz  ichida  o ‘z  yechimini  topmagan  muammolar,  hal  qilinishi 

lozim bo‘lgan vazifalar ham juda ko‘p ekan.

Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi hamon davom 

etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama- 

qarshiliklaming  kuchayib  borishi,  jahon  bozorida  vaziyatning  tez 

o‘zgarayotgani  dunyoning ko‘plab  mamlakatlarida  investitsion faol- 

likning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 

pasayib borishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi 

davom  etmoqda,  ishsizlik  darajasi  yuqoriligicha  qolmoqda,  ijtimoiy 

keskinlik  kuchaymoqda.  Bundan  tashqari  mamlakatimizdagi  ayrim 

sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import 

hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay 

ishlab  chiqarish  hajmi  va  mehnat  unumdorligining  pasayib  ketishi 

fan-texnika  taraqqiyoti  yuz  berib,  yangi  texnika  va  texnologiyalar- 

ning  kirib  kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi 

pasayish  o‘miga  aksincha,  oshishi  holati  yuz  berishi,  valyuta  mu- 

nosabatlarining  tartibga  solinmaganligi,  naqd  pul  bilan  naqd  pulsiz 

hisob-kitoblar  o‘rtasida  farq  mavjudligi  kabi  noxush  holatlar  sodir 

bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli 

dasturiy maqsad va vazifalar -  islohotlarimizni yanada chuqurlashti- 

rish  iqtisodiyotni  modemizatsiyalash,  diversifikatsiyalash,  tarkibiy 

o ‘zgartirish,  xususiy  mulk,  xususiy  tadbirkorlikni  kuchaytirish,  iqti- 

sodiy  rivojlanish  yo‘lida  g‘ov  bo‘lib  turgan  barcha  to‘siq  va  chek- 

lovlami  bartaraf  etish,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2017-yil  7-fevraldagi  “0 ‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlan- 

tirish  bo‘yicha  harakatlar  strategiyasi  to‘g ‘risida”gi,  PF-4947-sonli 

Farmonida  belgilangan  vazifalar  va  muammolarni  bartaraf  etish 

uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.

Mamlakatimiz  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  ta’kidlaganidek,  hayot- 

ning  o ‘zi  va  xalqning  talablari  bizning  oldimizga  amaliy  yechimini

4



topish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. 

Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazi­

falami tezroq hal qilish, ulaming yechimini  izlab  topish,  milliy  istiqlol 

mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p 

jihatdan  kishilaming  iqtisodiyot  sirlarini,  ayniqsa,  bozor  iqtisodi- 

yoti  munosabatlarining  mazmunini,  ulaming  talablari,  ziddiyatli  va 

chalkash  xususiyatlarini,  qonun-qoidalarini,  amalga  oshirilayotgan 

keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodi- 

yotni  erkinlashtirish,  tarkibiy  o ‘zgartirish,  modemizatsiyalash va di- 

versifikatsiyalashning  maqsadi  va mohiyatini  chuqurroq bilishlariga 

bog‘liqdir.  “Iqtisodiyot  nazariyasi”  fani  iqtisodiyot  tushunchalarini, 

uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishi- 

lar  va  xo‘jaliklaming  bir-birlari  bilan  manfaatli  iqtisodiy  aloqada 

bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.

Jamiyatda  ro‘y  beradigan  iqtisodiy  qonunlami  bilish  va ulaming 

amal  qilishiga  ongli  munosabatda  bo‘lishda,  mamlakatni  demokrat- 

lashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jara- 

yonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda 

«Iqtisodiyot  nazariyasi»  fanining  roli  beqiyosdir.  Bugungi  kunda 

yosh avlodda bunyodkorlik g ‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy 

dunyoqarashini  chuqurlashtirish  va  kengaytirish,  iqtisodiy  madani- 

yatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalami bajarish orqali mazkur 

fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.

“Iqtisodiyot  nazariyasi”  fani  mamlakatimizda  yashayotgan  hamma 

kishilaming daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqti­

sodiyot  taraqqiyotiga  bog‘ liqligini,  shu  yurtda  mehnat  qilayotgan 

kishilaming  ijodiy  mehnati  bilan  vujudga  kelgan  milliy  mahsulot- 

ning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsirftlanishi va foydalanilishi,  milliy 

pul  barqarorligi  bilan  bog‘liqligini  ham  o ‘rgatadi  va  milliy  istiqlol 

mafkurasining  odamlar  ongida  shakllanishiga,  ulaming  intellektual 

kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.

Doimiy o ‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit, uning 

insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruv- 

chi ta’sirini kuzatib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar, 

iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqa-



cha  qilib  aytganda,  iqtisodiy ziyraklik -  yuksak ma’naviyatli  shaxs 

fazilatlaridan biri bo‘lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarsiz 

tasavvur  etish  mumkin  emas.  Shuningdek,  «Iqtisodiyot  nazariyasi» 

fani  kishilaming jamiyat  iqtisodiy  hayotini  tashkil  etish,  unda  faol 

ishtirok  etish,  yanada rivojlantirish borasida jamiyat  va  davlat  oldi- 

dagi javobgarliklari,  ya’ni  iqtisodiy  mas’uliyatlarini  tarbiyalashda 

yetakchi o‘rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan 

bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  fuqarolik  jamiyatiga 

barcha jamiyat  a’zolarida  iqtisodiy  madaniyatlilikni  shakllantirish 

orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoi- 

dalar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib,  o‘zlashtirilgan 

bilimlar  asosida mehnat va  ishlab  chiqarish  faoliyatlarini  tashkil  eta 

olish  xususiyatini  namoyon  etib,  uni  faqat  mazkur  fan  xizmatlari 

orqali ta’minlash mumkin.

«Iqtisodiyot nazariyasi»  fani  faqat bilish bilan cheklanmay,  balki 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish