Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

vazifasi orqali  ham namoyon bo‘lib,  fanning o‘zi,  tahlili va tamoyil- 

lari,  olingan  xulosalar,  tadqiq  etilayotgan  iqtisodiy  qonunlar  boshqa 

ijtimoiy  va  tarmoq  fanlari  uchun  uslubiy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi. 

«Iqtisodiyot  nazariyasi»  fanini  chuqur  o ‘rganish,  uning  qoida  va 

tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlami o‘zlashtirish va yanada 

rivojlantirishning garovi hisoblanadi.

Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, 

uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik, 

ishsizlik va inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalaming sabablarini

6



sinchiklab  o‘rganishga  intilayotgan  o‘quvchi  va  talabalarimiz,  iqti­

sodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rah- 

bar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqa- 

yotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o‘zbek 

tilidagi  adabiyotlar,  qo‘llanmalar,  ayniqsa,  oliy  o ‘quv  yurtlari  tala- 

balari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv 

qo‘llanmalari  yetishmasligi  bo‘yicha  oliy  o‘quv  yurtlari  va  kollej- 

lardagi ahvol o ‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning 

Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  14-yanvarda  bo‘lib  o ‘tgan  ken- 

gaytirilgan  m ajlisidagi  m a’ruzasida  darslik,  maxsus  va  badiiy 

adabiyotga  bo‘lgan  real  ehtiyojni  o ‘rganib,  turli  darsliklami  yaratish, 

ularni  boshqa  tillarga  tarjima  qilish,  o ‘quv  yurtlari,  kutubxona  va 

axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan 

kelib  chiqib,  “Iqtisodiyot  nazariyasi”  fani  bo‘yicha  mazkur  darslik 

qayta tayyorlandi.

Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan 

vazifaning murakkabligi shundan iboratki,  shu davrgacha dunyodagi 

hech  bir mamlakat  iqtisodiy jarayonlami  boshqarish  va harakatlami 

uyg‘unlashtirishning bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdani- 

ga o‘tgan emas. Bu uzoq davmi talab qiladigan jarayon bo‘lib, alohi- 

da davmi taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo‘lgan o‘lchami 

va nusxalari ham yo‘q.

Shunday  ekan,  bozor  iqtisodiyoti  davrini  va  mamlakatimizda 

hozirgi davrdagi iqtisodiy islohotlami, o ‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini 

faqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan,  ko‘plari 

eskirib  ketgan,  o ‘z  mamlakatlarida  ham  inqirozlaming  oldini  olish, 

iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini k o ‘rsata olmagan va munozarali 

bo‘lib, bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan naza- 

riyalar  asosida  iqtisodiyotning  rivojlanish  yo‘lini  yoritib  bo‘lmaydi. 

Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron 

bo‘lgan,  iqtisodiy hodisalami  asosan  sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy 

kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy taraqqiyotning umuminsoniy 

tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik yo‘nalishdagi aqida 

va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi zamon iqti- 

sodiyotidagi bir qator hodisalami tushuntirib bo‘lmaydi.



Mazkur  darslikni  tayyorlashda  AQSHda,  Yevropa  mamlakatlari- 

da,  Yaponiya,  Xitoy,  Malayziya,  Singapur  va  boshqa  qator  mam- 

lakatlarda  mavjud  bo‘lgan  adabiyotlardagi  g‘oyalar,  shuningdek, 

klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining asosiy g‘oyalarini 

tanqidiy o‘rganib, ulaming foydali ratsional mag‘zini olishga harakat 

qilingan.  Shu bilan birga, jahonga mashhur alloma,  davlat arbobi  si- 

fatida tanilgan o ‘tmishdagi vatandoshlarimiz  tomonidan ilgari  suril- 

gan iqtisodiy g ‘oya va fikrlar, qoidalarning asosiy mazmuni darslikka 

kiritilgan.  Bunda u yoki bu  guruhning yoki  sinfhing manfaati  emas, 

birinchi  navbatda,  umuminsoniy,  umumdavlat  manfaatlari  va  qadri- 

yatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji manfaati asos qilib olingan va unga 

bir qadar ustuvorlik berilgan.

Darslikda mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning ravnaq topishi, 

bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yashashimiz,  faoliyat  ko‘rsatishimiz, 

iqtisodiy munosabatda bo‘lishimizni hisobga olib,  bozor iqtisodiyoti 

muammolarini,  uning  sabab-oqibatlarini,  qonun-qoidalarini,  tushun- 

chalarini,  ulaming  qay  darajada,  qanday  shaklda  amal  qilayotgan- 

ligini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Unda iqtisodiy jarayon- 

laming faqat yuzaki, ko‘rinib turgan tomonlarigagina emas, shu bilan 

birga,  ulaming  ichki mohiyati,  ziddiyatlari  va bog‘lanishlariga,  iqti­

sodiy jarayonlaming  sabab  va  oqibatlariga  alohida  e’tibor  berilgan. 

Mazkur darslikda 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va 

hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, 

ayniqsa,  qabul  qilingan  qonun,  qaror va  farmonlarda,  prezidentimiz 

Sh.Mirziyoyevning  m a’ruza  va  nutqlarida  bayon  etilgan  tamoyillar, 

xususiyatlar  ham  qamrab  olishga  harakat  qilingan  hamda  nazari- 

yani  amaliyotga  yaqinlashtirish  maqsadida  bozor  iqtisodiyotining 

ko‘pgina  umumiy  qonun-qoidalari  bevosita  0 ‘zbekiston  hayoti  mi- 

solida yoritilgan.

Darslikni  tayyorlashda  dialcktik,  ilmiy  asbtraksiya,  tahlil  va  sin- 

tez,  tarixiylik va mantiqiylikning  birligi  va boshqa qator ilmiy usul- 

lardan foydalanilgan. Bunda, ayniqsa, har bir iqtisodiy voqea, hodisa, 

jarayon va tushunchalar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomon 

birligidan iborat deb qaralib, ikki tomonlama yondashuv va tahlil usu- 

li kengroq qoilanilgan,  shu yo‘l  bilan yoritilayotgan masalaning asl

8



mohiyatini tushunish osonlashtirilgan. Asosiy iqtisodiy tushunchalar- 

ni soddaroq qilib,  oddiy tilda misollar, jadvallar, rasmlar va grafiklar 

asosida tushuntirishga harakat qilingan.

Ushbu darslik yangi davlat standard talablari bo‘yicha tuzilgan va 

Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan 

dastur  asosida  yozilgan.  Unda  dasturdagi  mavzular  asosan  qamrab 

olingan,  ko‘pgina  materiallar  imkon  darajasida  qisqartirib  berilgan. 

Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo‘lishi 

mumkin.

Darslikni tayyorlashda o ‘qitishning yangi pedagogik va informat- 

sion  texnologiyalar  talablari  va  xususiyatlari  hisobga  olinib,  har bir 

bobdan  keyin  xulosalar,  asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar, 

shuningdek, takrorlash va munozara uchun savollar ham berilgan.

Mazkur darslikning asosiy mazmuni 2000-yilda muvofiqlashtirish 

komissiyasi tomonidan tavsiya etilib,  0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 

va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligi tomonidan nashr qilingan «Iqtisodi­

yot  nazariyasi»  m a’ruzalar  matni,  2002-yilda  nashr  qilingan  «Iqti­

sodiyot  nazariyasi»  o ‘quv  qo‘llanmasi,  2005-yilda  va  2010-yilda 

nashr  qilingan  «Iqtisodiyot  nazariyasi»  darsliklarida  bayon  etilgan 

bo‘lib, ko‘pchilikning muhokamasi va mulohazasidan o ‘tgan. Ushbu 

matnda  yuqoridagi  kitoblaming  asosiy  mazmuni  saqlanib  qolingan 

holda,  keyingi  yillarda,  ayniqsa  hozirgi  davrda  mamlakatimiz  iqti­

sodiy  hayotida  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlar,  yangi  qabul  qilingan 

qonunlar va qarorlar,  Prezidentimizning m a’ruza va nutqlarida ilgari 

surilgan  g‘oyalar,  shuningdek,  AQSH,  Yevropa  mamlakatlari,  Ros- 

siya  va  boshqa  xorijiy  mamlakatlar  hamda  mamlakatimizda  chop 

etilgan  iqtisodiy  adabiyotlardagi  muhim  deb  hisoblangan  g‘oyalar 

kiritilgan.

Ushbu  darslikda  iqtisodiy  jarayonlar,  voqea-hodisalar  obyektiv 

tahlil qilinib, yetarli ilmiy-uslubiy asosda yoritishga harakat qilingan. 

Ushbu  darslik  talaba  va  o ‘quvchilami  nazariy  va  uslubiy  bilim  bi­

lan qurollantirib,  iqtisodiy jarayonlami bilishga, tafakkur qilishga va 

mustaqil ravishda tahlil qilishga o‘rgatadi, degan umiddamiz.

Iqtisodiyot nazariyasi  bo‘yicha mazkur darslik asosan oliy o ‘quv 

yurtlari talabalari  va magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib,  shu-

9



ningdek, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, 

katta  ilmiy xodim  izlanuvchilar va  iqtisodiyot nazariyasi  sohasidagi 

bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.

Mualliflar darslikning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon 

qilinish tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulo- 

hazalami mixmatdorchilik bilan qabul qiladi va keyingi ilmiy faoliyat- 

larida, o ‘quv qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish