Toshkent davlati nizami pedagogik universiteti



Download 0,6 Mb.
bet36/52
Sana23.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#577013
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
MADANIYATSHUNOSLIK UMK 2021 (Восстановлен)

Tayanch tushunchalar: Uyg‘onish davri, Renessans, Musulmon madaniyati, Allomalar, Bag‘dod akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Ulug‘bek akademiyasi, Qoraxoniylar, Somoniylar, miniatyura, musavvirlik, hattotlik, tariqat, so‘fiylik, ma’naviyat, naqshbandiylik, yozma manbalar.
Seminat mazmuni. Birinchi savolda uyg‘onish davri tushunchasi va Sharq uyg‘onishning o‘ziga xosligi, uyg‘onish davri madaniyatining asosiy belgilari, Markaziy Osiyoda Sharq uyg‘onish davri madaniyatining shakllanishi, Movarounnahrga Islom madaniyatining kirib kelishi, Markaziy Osiyo renessansi va uni davrlashtirish muammolari, IX-XI asrlarda iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar, feodal shaharlar va maishiy turmush, savdo-sotiq, hunarmandchilik fan va adabiyotning rivojlanishi, Ma’mun akademiyasi, Markaziy Osiyo san’atida arab xalifaligi va mahalliy madaniy oqimlarning o‘zaro sintezi jarayonining kuchayishi yoritildi. Markazlashgan davlatlar – Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrlarida shaharlarning madaniy markazlarga aylanishi, savdo – hunarmandchilikning o‘sishi – Sharq uyg‘onish davri madaniyatining vujudga keltirgan muhim omillari ekanligi ham bayon etiladi.
Tabiiy – ilmiy, falsafiy – axloqiy va diniy fanlarning taraqqiy qilishi, Al-Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Mahmud Qashg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Mansur Xallaj, Axmad Yassaviy, Najmiddin Qubro kabi ilm ahillarining qarashlari manbalar asosida yoritiladi. Me’morchilik va tasviriy san’atdagi uslubiy o‘zgarishlar maqbara-xonaqohlar, karvonsaroy, tim kabi maishiy mudofaa inshootlari qurilishi, uslublari, gumbazli – qubbali usulning yaratilishi, monumental tasviriy san’atning rivojlanishida yog‘och va ganj o‘ymakorligi, geometrik o‘simliksimon va epigrafik arabcha bitiklarning naqshli dekor sifatida qo‘llanilishi o‘rganiladi.
IX – XII asrlar me’moriy yodgorliklari: Buxorodagi somoniylar maqbarasi, Timdagi Arab ota maqbarasi, Karmana shahri yaqinidagi Raboti Malik, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Samarqanddagi Shohi Zinda maqbaralari, amaliy san’atning kulolchilik shishasozlik tikuvchilik singari shakllarining rivojlanishi, badiiy bezak uslublaridagi yangi ijobiy o‘zgarishlar, dunyoviy va diniy me’morchilik inshootlari: Mahoki – Attoron masjidi, Minorai – Kalon, Keramik mahsulotlar ishlab chiqarishning rivojlanishi, amaliy va badiiy bezak san’ati rivojlanishi bosqichlari o‘rganiladi.
Ikkinchi savolda Sharq Uyg‘onish davri o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, quyidagi muhim omillar va xususiyatlari bilan yaqqol ajralib turishi quyidagicha tushuntiriladi:
-madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom ahkomlari, aqidalarning rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai-nazaridan talqin etilishi;
-turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, hind, turkiy va boshq.) madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boy­liklaridan foydalanish zarurligi;
-astronomiya, matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;
-uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi;
-insoniy do‘stlik, yuksak axloqiylik g‘oyalarining targ‘ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
-falsafa va tarix fanlarining o‘sishi;
-adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;
-bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof etildishi va h.k.
Uyg‘onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyo­viy ilm-fanning rivojlanishi shubhasiz, bashariat ma’­naviyati yuksalishining muhim o‘lchov mezonlari bo‘lib xizmat qilganligi bayon etiladi.
Uchinchi savolda talabalarga O‘rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanishi, ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqx (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o‘rin tutishi, bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), davlat boshqaruvi, huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo‘ladi. Bunda Forobiyning falsafada o‘z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsa­fasi mohiyatini ochib berish bilan birga, o‘zining sharqona falsafiy ta’limotini ko‘plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo‘lsa, Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida hukmdor­larning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid ko‘plab qimmat­baho yo‘l-yo‘riqlar, dasturulamal ko‘rsatmalar katta mahorat bilan qayd etilishi, hatto Amir Temurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat ettanligi xaqida bayon etiladi.
IX – XP asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davrida Sharqda, xususan O‘rta Osiyodan o‘z yurtlari shonu-sharafini yuksaklarga ko‘tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo‘jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo‘shganliklari hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirganliklarini manbalar asosida tushuntiriladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish