Toshkent davlati nizami pedagogik universiteti



Download 0,6 Mb.
bet34/52
Sana23.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#577013
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
MADANIYATSHUNOSLIK UMK 2021 (Восстановлен)

Seminar mazmuni: Birinchi savolda talabalarga din o‘sha davrdagi madaniyat va submadaniyatlarning barcha sohalarini qamrab olganligi, diniy madaniyatning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligi (qishloq, shahar, dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari) uning ko‘p qirraliligi, o‘rta asrlarda yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko‘plab aholisi uchun dunyoqarashning ustuvor shakli bo‘lib, ularning tafakkuri va turmush tarzida yetakchi o‘rin tutishi, insoniyat tafakkuri davrlarning o‘zgarib turishi, o‘rin almashishi jarayonida shakllanishi, jamiyatni buzg‘unchilik va gunohlardan soqit qilishda «ilo­hiy vakillar»-«xudoning elchilari» hisoblangan payg‘ambarlarga ishonch bildirilishi o‘rganiladi. Xristianlikka ko‘ra, elchilarning so‘nggisi «xudoning o‘g‘li» Iisus Xristos, musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, ollohning oxirgi payg‘ambari va elchisi Muhammad (sav.) hisoblanishi, xristianlik IV asrda Rim imperiyasida keng yoyilganligi, 470- yillarda shakllangan cherkov tizimi ta’sirida davlat diniga aylanishi, bu davrda butun Yevropada keng tarqalgan va xristianlikni o‘z dini sifatida qabul qilgan xalqlar (gotlar, gallar, irlandlar va boshqalar) cherkovning tayanchiga aylanishi, din turli e’tiqod va an’analarga ega bo‘lgan xalqlarning o‘zlariga xos madaniyatlarini yaratishlarida birlashtiruvchi kuch bo‘lishi. din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tushuntiriladi.
G‘arb va Sharqda borliq ilohiy «oliy hukmdor»ning aksi sifatida idrok qilingan. Xudo (Olloh) borliqni yaratuvchi sifatida va narsalarda uning qudratli namoyon bo‘lishi tarzida tushuniladi. Narsalarning mohiyatini bilish Xudoni (Ollohni) tanishdir deb talqin qilinganligi, o‘rta asrlarda nafaqat alximiya va astrologiya, balki an’anaviy, majoziy matematika, jug‘rofiya, filologiya va boshqa fanlar ham rivojlanib, so‘zlarning ramziy ma’nosini tushunishga harakat qilinganligi yoritiladi. Shuningdek, G‘arb va Sharq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezi­larli farqlar mavjudligi ham tushuntiriladi.
Ikkinchi savolda talabalarga O‘rta asrlarda yaratilgan tasviriy san’at asarlarida insonlarning koinotda bo‘shliq mavjudligini tan olmaslikka intilishi, zangori rang ayni chog‘da inson erki, ozodligi ramzi bo‘lganligi, rassomlar o‘z asarlarini turli tasvirlar, masalan: serbarg o‘simliklar, murakkab geometrik shakllar, to‘g‘ri va kesishgan chiziqlar, tillarang muhit bilan bezatganliklari, o‘rta asr rasmlarida mazmunan va geografik jihatdan vaqt nuqtai-nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan voqea hodisalarni ham birlashtirishga intilishlar, masalan, XV asrda yaratilgan va hozirgi kunda Florensiya muzeyida saqlanayotgan naqshinkor idishdagi “Paris ustidan sud” asarida mashhur afsonaning bir nechta ko‘rinishlari tasvirlanganligi tushuntiriladi.
Me’morchilik sohasida V – VI asrlardayoq shaharsozlik sohasida yangi uslublar yaratilganligi, bir qator cherkov va ibodatxonalar qurilishi yuksak san’at darajasiga ko‘tarilganligi, ayniqsa, Vizantiyada bu hol yaqqol ko‘zga tashlanishi, Imperator Yustinian (527 – 565 yy.) buyrug‘i bilan 532 – 537 yillarda barpo etilgan Muqaddas Sofiya ibodatxonasi Vizantiya me’morchiligining ajoyib namunasi bo‘lganligi, bu ibodatxona “Mo‘jizalar mo‘jizasi” deb nom olganligi tushuntiriladi.
X – XIII asrlarda G‘arbiy Yevropa me’morchiligida roman uslubi keng tarqalganligi, Roman tushunchasi Rim, ya’ni Qadimgi Rim madaniyatiga xos degan ma’noni bildirganligi, 11-asr oxiridan sayyor quruvchilar sobor, monastir, cherkov, qo‘rg‘on va qasrlar qurib roman uslubini yaratganliklari, bu uslubda binolar toshdan qurilganligi, tuzilishining asosini minora tashkil qilganligi, uning atrofidagi geometrik shakllar (kub, prizma, silindr va b.) binoning yaxlit majmuini tashkil qilganligi, qurilishda ark, ravoqlardan keng foydalanilgan holda, eshik va derazalar tor qilib ishlanganligi, binoning tashqi ko‘rinishi oddiylik, ayni paytda buyuklik, vazminlik bilan ajralib turganligi, Roman uslubi asosida Fransiyaning Klyunidagi (XI asr) cherkov, Klermon-Ferandagi Notr-Dam Por cherkovi (XII asr), Germaniyaning O‘rta Reyndagi Voris, Mayns va Shpeyere shaharlaridagi cherkovlari (XIII – asr) qurilganligi bayon etiladi.
XII asrning oxirlaridan boshlab, Yevropa me’morchiligida Gotika uslubi keng tarqalganligi, Gotika atamasi shartli bo‘lib, u german qabilalari-gotlar nomidan olinganligi, Gotika arxitekturasining o‘ziga xos jihati, asosi tosh sinchlar va ustunlardan, ularning ustiga qurilgan tosh arklar o‘rnatilgan binolardan iborat bo‘lganligi, bu binolarning baland va keng bo‘lishini, devor o‘rnida ustunlardan foydalanilganligi, ustunlar orasiga derazalar o‘rnatilganligi bino ichini yorug‘ bo‘lishini ta’minlaganligi, bu uslubda savdo ratushalari, shifoxonalar va mehmonxonalar qurilishi avj olganligi, Gotik tasvirlar, xristianlik diniy inshootlarning baland gumbazlari yuksaklikka, ma’naviyatga intilishi ramzi bo‘lganligi, shuni aytish kerakki, gotika uslubida bunyod qilingan yirik ibodatxonalar minorasining uchi 150 metrga yetganligi, masalan, Fransiyadagi Shartr shahridagi butxonaning balandligi 115 metr, Strasburg shahridagi esa 142 metrga teng bo‘lgan. Shuni yana qayd etish joizki, gotika uslubi 3 asosiy qismdan tarkib topganligi ham tushuntiriladi.
Uchinchi savolda o‘rta asrlar madaniyatini yaratish jarayonida aholining barcha tabaqalari ishtirok etib, har bir qatlam o‘zining madaniyatini yaratganligi va o‘z navbatida an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining madaniyatigina namoyon bo‘lishi, Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganligi, dehqonlar orasida xristianlikning ta’siri o‘ta boshlagan qadimgi dinlarga xos tasavvur, an’ana va rasm-rusumlar saqlanib qolganligi, dehqonlar ongida xalqona madaniyatning konservatizmi tufayli dastlabki din­larning xudolari, afsonaviy qahramonlari haqida hikoya qiluvchi (islandlarning «Kukilinlar haqida Saga», inglizlarning «sovu­lar»i, skandinaviyaliklarning «Edda»si) singari qadimgi ertaklar, asotirlar, qo‘shiq, odat va udumlar saqlanib kelganligi, shahar hayoti odamlarda faollik, hisob-kitobda aniqlik, ishbilarmonlik, ratsio­nal tafakkur tarzini shakllanishiga turtki berganligi, shaharliklar orasida ilm, ma’rifatga intilish boshqa tabaqalar mezonlariga tanqidiy yondoshish ruhiyati uyg‘onganligi, yirik asarlar (Ai haqida roman), ixcham hikoyalar (novella, fabio, shvanklar)da ruhoniylar va ritsarlarning takabburligi, dangasaligi, nafsi buzuqligi hajv etil­di, shaharliklarning sahovati va mehnatsevarligi ulug‘langanligi yoritiladi.
O‘rta asrlar Sharq madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, balki ikki yirik madaniyat-o‘troq-shahar madaniyati va ko‘chmanchi xalqlar madaniyati ajralib turishi, Sharqda «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun» singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi adabiy asarlar (qasida, masnaviy, g‘azal, madhiya, ruboiy maqom), hikoya va ertaklar (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna), latifa va rivoyat­lar yaratilganligi, miniatyura bilan boyitilgan kitoblar, musiqa san’ati va raqs janrlari xalq orasida keng tarqalganligi manbalar asosida yoritiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish