Tayanch tushunchalari: Arxaik madaniyat, antipologik va arxeologik, ibtidoiy madaniyat, moziy, paleolit, mezolit, neolit, eneolit (mis-tosh), bronza, pitikantrop, sinantrop, neandertal, detsentrizm, ibtidoiy san’at, fergantrop, totem, animizm, fetishizm, sehrgarlik, mif, mifologiya, marosim, monumental, megalit, mentir, dolmen, tasviriy san’at, piktografiya.
Seminar mazmuni. Birinchi savolda arxaik madaniyat insoniyat madaniyatining ibtidosi va eng uzoq davom etgan davri ekanligi, insoniyat hayotining boshlang‘ich davri jamiyatning keyingi barcha o‘zgarishlariga zamin tug‘dirganligi, bu davrni o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam berishi yoritiladi.
Antropologik va arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy odamlarning jismoniy va madaniy rivojlanishi, turmush tarzini yuzaga chiqarganligi, bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan empirik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqarishi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilingan tasnifiga asos solganligi bayon etiladi.
O‘zbekiston xududida qoyalarga solingan so‘nggi paleolit davriga oid tasvirlar uchramasada, ushbu davrga tegishli 30 dan ortiq manzilgohlar o‘rganilganligi, ular Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar «ustaxona»si, Ko‘kbo‘loq va Oqtosh manzilgohlaridir. Mamlakatimiz xududida ibtidoiy tasviriy san’at namunalarining eng qadimgisi mezolit-neolit davrlariga oid bo‘lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismi ekanligi, shuningdek, bu tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko‘rinish, o‘ziga xoslik va farqlik jihatlarga ega bo‘lib quyidagi bosqichlardan iborat ekanligi, masalan:
1. G‘orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalarda saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar
2. Loy, ganch, tosh va yog‘ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli hunarmandchilik buyumlaridagi tasvirlar manbalar asosida yoritiladi.
Mamlakatimizning tog‘lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil: 1) bo‘yoq (ohra) bilan va 2) o‘yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) dan iboratligi o‘rganiladi.
Ikkinchi savolda Neolit davri o‘z mohiyatiga ko‘ra arxaik madaniyatining oxiri hisoblanishi, bunda ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish bilan insonni tabiatda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati namoyon bo‘lishi, agar arxaik madaniyatda jamoa fikri urug‘ a’zosi, urug‘ manfaatlari doirasida yetakchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshlanishi, bu davrda jamoa mulki o‘rniga xususiy mulk vujudga kelib, hunarmandchilikning ajralib chiqishi, mahsulot ayrboshlashning shakllanishi bayon etiladi.
O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi (mezolit-neolit davrlariga oid) ibtidoiy san’at namunalari, ilk paleolit va unda antropogenez jarayonining sodir bo‘lishi (zinjantrop, avstralopitek pitekantrop, sinantrop, neandertal va b.), madaniyatning ilk namunalari (qo‘pol tosh qurollar-keskich, tosh nayza, qirg‘ich), muomala vositalari, turar joylar, atrof-muhit haqida tasavvurlarning paydo bo‘lishi, olovdan foydalanish kabi xolatlar yoritiladi.
Uchinchi savolda bronza davrida yashagan aholining turmush tarzi, kulolchilik dastgohisiz qo‘lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalanilganligi, jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo‘yi oqimidan, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilganligi, chorvador qabilalar jez davrida o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlaganligi, jez kashf etilgach, undan mehnat qurollari, jangovar aslahalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va zeb-ziynat buyumlari yasalganligi yoritiladi.
Jez davrida (mil.avv. 3-2 ming yilliklar) ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanganligi, ya’ni: 1) o‘troq dehqonchilik madaniyati (Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton makonlarida, Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati); 2) ko‘chmanchi dashtliklar madaniyati (Zamonbobo, Tozabog‘yob va Amirobod kabi joylarda) vujudga kelganligi yoritiladi.
Sopollitepa va Jarqo‘ton manzilgohlarida sharq tipidagi ilk sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni, ikkala manzilgohda jez eritish, to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik; suyak, tosh, yog‘och ishlov berish gullab-yashnaganligi, turli kulolchilik buyumlarini kulolchilik dastgohidan tayyorlanganligi, shaklining chiroyliligi bu sohasining texnologiyasi yuqoriligidan dalolat berishi, O‘zbekistonning janubida yashagan aholi qadimgi sharq va hind vodiysidagi Xarappa sivilizatsiyasi bilan hamkorlik qilganligi misollar asosida tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |