Intellektual trening:
Arxaik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
Arxaik madaniyatning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
Arxaik madaniyatning jahon madaniyati tarixida qanday o‘rin tutadi?
Arxaik davr odamlarining olam haqidagi va diniy tasavvurlari haqida nima bilasiz?
Arxaik davr madaniyatida tasviriy san’at, an’analar va udumlar qanday edi?
Adabiyotlar ro’yhat:
1. Абдуллаев М. Маданиятшунослик асослари. - Т.: “Фарғона”, 1998 й.
2. Ахмедова Э, Губайдуллин Р. Культурология. Мировая культура. - Т.: 2001 г. Академия художеств Узбекистана.
3. Абдуллаев М., Умаров Э., Очилдиев А. Маданиятшунослик асослари. - Т.: Турон-иқбол, 2006 й.
4. Очилдиев А. Маданият фалсафаси. - Т.: Муҳаррир, 2010 й.
5. Э. Тайлор «Первобытная культура». М. 1992 г.
6. Послания из Древнего мира. Аргументы и факты. №13. 2006 г. Журнал «Эхо истории» № 1-4 2010 г.
7. Холмирзаев Х.Д. Маданиятшунослик асослари. ЎзМУ, - Т.: 2012 й.
Mavzu: Qadimgi davr Sharq xalqlari hamda antik davr Grek va Rim madaniyati.
Rejasi:
1. Qadimgi Sharq mаdаniyatining vujudgа kеlish shart-sharоitlаri.
2. Qadimgi Misr va Mеssоpаtаmiya mаdаniyati.
3. Qadimgi Hindistоn va Хitоy mаdаniyati.
4. Qadimgi yunon va rim madaniyati.
Tayanch tushunchalar: Qadimgi Sharq, an’anaviy madaniyat, an’anaviy jamiyat, evolyusiya, qadimgi Sharq mifologiyasi, kosmogenez, fir’avn, ehrom, podsho hokimiyati, diniy aqidalar, papirus, bazal’t, astrologiya, taqvim, Veda, ellinlar madaniyati, Mohabxorat, Gilgamish, konfutsiylik, Gerakl, Odisseya, Illiada, kosmopolitizm.
Seminar mazmuni. Birinchi savolda mil. avv. YII ming yillikdan boshlab yirik daryolar- Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxa va Yanszi daryolari vodiylarida insoniyat tarixida dastlabki sivilizatsiya jarayonlarining boshlanishi, dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi, davlatchilik va din, qadimgi Sharq xalqlarining urf-odatlari va e’tiqodlari, qadimgi Sharq xalqlarining ilm-fani, ikki daryo oralig‘i astrologiyasi va matematikasi, meditsinasi, dunyoviy va diniy qarashlari o‘rganiladi.
Qadimgi Sharq madaniyatida ajdodlar an’anasi, kishilarning axloqiga oid qoida, kishilarning faoliyati (ishlab chiqarish, jamoatchilik, oilaviy) muqaddas marosimlarda ishtiroki bilan mazmun kasb etganligi, adabiyot va san’at janrlari ham barqarorlashganligi, yangi zamon kishilari dunyoni harakatda, rivojlanishda ko‘rishi, «evolyusiya», «taraqqiyot» tushunchalari dunyo qiyofasini yaratish uchun yo‘l ochuvchi tasniflar hisoblanganligi, dunyoning boshqacha qiyofasi an’anaviy jamiyat kishilaridan tashkil topganligi bayon etiladi.
Ikkinchi savolda qadimgi Sharqning yirik madaniyat markazlaridan Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyning qadimgi madaniyati, Misr ehromlari, Buyuk Xitoy devori, yozuvning paydo bo‘lishi, quyosh, tirik xudo-Fir’avnga sig‘inish, dafn marosimlari, mif, afsonalar va dostonlar, ya’ni ma’naviy boyliklar –«Gilgamish», «Mahabhorat» dostonlari, Kalidasi dramalari, ularda hayot haqidagi tasavvurlarning tasvirlanishi manbalar asosida yoritiladi.
Shuningdek, Qadimgi Misr tarixini va madaniyatini o‘rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko‘pgina yozuv yodgorliklari eng katta ahamiyatga ega ekanligi, yozuv manbalaridagi ma’lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko‘p jihatdan to‘ldirib kelishi, bu ma’lumotlar o‘sha zamondagi turmush formalarini, texnika, san’at va diniy qarashlarning rivojlanishini oydinlashtirib berishini manbalar asosida o‘rganadi.
Messopotamiya madaniyati qadimgi sharqdagi, asosan Old Osiyodagi boshqa xalqlarning madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatganligi, bunga, ayniqsa Bobil savdo-sotig‘ning keng tarmoq yoyganligi, Ossuriylar, xettlar, mitaniylar, Suriya qabilalari va urartlar mixxatni Bobil-Shumerdan o‘rganganliklari, mixsimon yozuv Elamga va Eron xalqlari orasiga kirib borganligi, o‘lchov sistemasi, og‘irlik o‘lchovi va o‘lchov pul birliklari sistemasi Old Osiyoning anchagina joylariga tarqalganligi, Shumeriylar va Bobillarning diniy e’tiqodlari, adabiy asarlari va ilm-bilimlari qadimgi Sharqdagi ko‘pgina xalqlarning madaniy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligi tushuntiriladi.
Ko‘p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi Hind madaniyati bir qator qo‘shni xalqlarning madaniy taraqqiysiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatganligi, Hindistonning turli joylarida arxeologik qazishlar natijasida topilgan bir qator narsalar, masalan, Madoras viloyatining Bellori okrugida neolit davridagi kulolchilik ustaxonasi, Mirzapur okrugida esa o‘sha davrdagi qabrlar topilganligi, Janubiy Hindistondagi Maysorda o‘tkazilgan qazishlar vaqtida ustma-ust taxlangan oltita madaniy qatlam topilganligi, Hindistondagi qabila va xalqlarning madaniyati mustaqil ravishda rivojlanib kelganligi manbalar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, Qadimgi Mohenjo-darodagi shaharning xarobalari ayniqsa, yaxshi saqlanganligi, bu shahar juda katta maydonni, 260 gektarga yaqin yerni egallaganligi, bu yerda o‘tkazilgan arxeologik qazishlar natijasida ustma-ust joylashgan 9 ta arxeologik qatlam topilganligi, bularning eng pastkisi 12 metrlik chuqurlikda joylashganligi, turli qatlamlarda topilgan yodgorliklar bir biridan juda kam farq qilish jarayonlari o‘rganiladi. Ayniqsa, qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va so‘nggi veda adabiyotlari oriylarning diniy e’tiqodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Budda maktablari, ularning asosiy ikki yo‘nalish, Kushon podsholari homiyligi oldida bu yo‘nalishlar o‘rta Osiyo orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqalganligi manbalar asosida tushuntiriladi.
Ipak, chinni, porox, kompas va qog‘oz, yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) mil. avv. II asrda Xitoyda kashf qilinganligi, mil.avv. 613 yilga tegishli Xitoy qo‘lyozmalarida Galley kometasi haqidagi eng qadimgi ma’lumotlarning uchrashi, osmon yoritqichlarining harakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilganligi, mil. avv. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini kuzatganliklari, Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib hisobda manfiy sonni qo‘llaganliklari, tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanliklari yoritiladi.
Xulosa qilib aytganda Hindiston va Xitoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq shakllanganligi, o‘z navbatida sermahsul taraqqiy etganligi yoritiladi.
Uchinchi savolda antik madaniyatning jahon madaniyatida tutgan o‘rni, Qadimgi Yunon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Antik davr falsafasi va dini bu davrda yangi shakldagi (ilmiy mantiq) fikrlashning vujudga kelishi va uning siyosiy tuzumdagi demokratik jarayonlarga ta’siri, Yunon afsonalari, xudolari, Afina akropolidagi Parfenon, erexteyon ibodatxonalari, Yunon haykaltaroshligi va madaniyatining plastik (nafis) xususiyatlari, tasviriy san’at, me’morchilik, teatr, sportning madaniyatdagi o‘rni, Ellin madaniyati va uning lotin va sharq madaniyatiga ta’siri bayon etiladi. Shuningdek, qadimgi Rim madaniyati, Rimliklarning dunyo haqidagi tasavvurlari, Rimda respublika va imperiya davri madaniyati, bu davrda tomoshalar va diniy e’tiqodlar, qadimgi rimliklarning harbiy, muhandislik va huquqiy madaniyati, Oktavian davrida Apenin yarim orolinig Italiya deb atalishi, Rim imperiyasida Avgust davri (mil. avv. 27-14), Rim falsafasida Epikurizm, Stoitsizm va Neoplatonizm oqimlari, Platon g‘oyalari, Rim haykaltaroshligi, antik madaniyatning inqirozi va xristianlikning vujudga kelishi o‘rganiladi.
Shuningdek, Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, adabiy qarashlar rivojlanganligi, «Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» va «Iliada» kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilinganligi, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv.VII asrda yashagan ko‘r baxshi Gomer yaratganligini, dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinganligi, arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlari bayon etiladi.
Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solinganligi, Straton xizmati bilan fizika fani paydo bo‘lganligi, Yevklid va Arximed matematikani rivojlantirganligi, Aristarx astronomiya sohasiga ulkan hissa qo‘shganliklari manbalar asosida yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |