Seminar mazmuni. Birinchi savolda talabalarga XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko‘chmanchi o‘zbeklar egallagani, markazlashgan davlatni vujudga keltirgan shayboniylar va ulardan keyin, XVII asrdan XVIII asr o‘rtalarigacha hokimiyatni egallab turgan ashtarxoniylar davrida qisman bo‘lsada madaniyat va ma’rifatga e’tibor berilganligi, bu davrda adabiyotning turli janrlarida, tarixnavislik, hattotlik san’ati, epigrafiya, me’morchilik va madaniyatning boshqa bir qator sohalarida yutuqlar qo‘lga kiritilganligi, XV – XVI asrda eski o‘zbek, fors-tojik tillarida bitilgan asarlar orqali ko‘plab ma’lumotlar olish mumkinligi, Zaxiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) “Boburnoma” asari, Shayboniyxon xizmatiga kirgan shoir va tarixchilardan Kamoliddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solih (1453-1535)larning Shayboniyxonga atab yozgan asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari o‘zbek tilida nazmiy uslubda yozilgan bo‘lsa, Binoiyning “Shayboniynoma” asari (bu asar yana Futuxoti xoniy deb ham ataladi) fors tilida bitilgan va hozirgacha o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilinmaganligi, hunarmandchilikning asosiy markazlari Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qarshi, Balx kabi yirik shaharlar ekanligi, Samarqand va Buxoroda hunarmandchilik turlarining soni 60 dan ortiq bo‘lganligi manbalarda qayd etilganligi, kustar xalq hunarmandchiligiga xos bo‘lgan ilg‘or an’analar yangi shakl va ko‘rinishda davom ettirilayotganligi yoritiladi.
Ashtarxoniylar davrida dehqonchilikda o‘rta aslarga xos yer egaligi, iqtisodiy munosabatlar to‘laligicha saqlab qolinganligi, hosildor yerlar xon va uning xonadoniga tegishli ekanligi, harbiy-ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli bo‘lgan va suyurg‘ol, iqto’, tanxo, shakldagi xususiy yerlar ham yer egaligining muhim ko‘rinishi sifatida saqlanib qolganligi, o‘troq dehqonchilik hududlarida chorvachilik ham rivojlanganligi, hunarmandchilik sohasining ham bir qator tarmoqlarida o‘zgarishlar yuzaga kelganligi, shahar va qishloqlarda hunarmandchilik, uning turlari (ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish va boshqalar), jumladan kulolchilik tarmog‘i ham o‘sib borganligi, bu davrda savdo-sotiqning asosiy savdo markazlari Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qarshi, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqei oshib borishi, shuningdek, tashqi savdo aloqalari ham rivojlanib, Rossiyaning turli savdo shaharlari (Astraxan, Orenburg, Sibirdagi shaharlar), Hindiston, Eron, Qoshg‘ar, Turkiya bilan savdo-sotiq olib borilganligi, tashqi bozorga asosan turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari: paxta, teri, jun, turli matolar chiqarilganligi yoritiladi.
2. Ikkinchi savolda O‘rta Osiyo xonliklari davrida xususan Buxoro amirligida chorvachilikning yetakchi tarmoqlari sifatida yilqichilikning ahamiyati katta ekanligi, ayniqsa, o‘z chidamliligi, tezligi va kuchi bilin Shahrisabz qorabayirlari mashhurligi, amirlikda asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida shaharlar katta o‘rin tutsalar-da, ko‘pgina yirik qishloqlarda ham hunarmandchilikning ba’zi sohalari rivojlanganligi, butun o‘rta asrlarda bo‘lganidek, hunarmandlar bu davrda ham o‘z uyushmalari (kasaba, sex)ga ega bo‘lib, ularning tashkil topishi ma’lum turdagi maxsulot ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat o‘rnatishga, bu sohada o‘z monopoliyasini, ya’ni maxsulotni ishlab chiqarishga bo‘lgan yagona huquqni saqlash va raqobatga dosh berishga intilish bilan bog‘liq ekanligi tushuntiriladi.
Qo‘qon xonligida O‘rta Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan barcha yirik hunarmandchilik turlari: to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik, misgarlik, duradgorlik va boshqalar mavjud bo‘lganligi, iqtisodning bu sohasi, ayniqsa, yirik shaharlarda: Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Marg‘ilon, O‘sh, Xo‘jand, Turkistonda yaxshi rivojlangan bo‘lib, xonlikdagi ayrim yirik qishloqlarda hunarmandchilikning bir qancha turlarini ishlab chiqarish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, xususan, Qo‘qon o‘z temirchilari, misgarlari, Chust do‘ppido‘zlari, Rishton kulolchilik mahsulotlari, Shahrixon pichoqlari, Marg‘ilon ipak va shoyi buyumlari bilan shuhrat topgan bo‘lib, xonlikdagi yuqori sifatli hunarmandchilik buyumlariga ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lganligi, shu bois hunarmandchilikni qadim an’analarga ega soha sifatida XVIII-XIX asrda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelganligi tushuntiriladi.
Xiva xonligida hunarmandchilik o‘z tarixiy ildizlariga ega soha sifatida katta ahamiyatga ega ekanligi, hunarmandchilik markazlari sifatida asosan yirik shaharlar, xususan, poytaxt Xiva, shuningdek, Urganch, Xazorasp, Toshxovuz, Xonqa va boshqa shaharlar katta o‘rin tutganligi, mahalliy xom ashyo manbalari (jun, teri, ipak, paxta va boshqalar), chetdan keltiriladigan metall (mis, cho‘yan) va boshqa mahsulotlar Xorazm vohasi hunarmandchiligi taraqqiyotini belgilab to‘rganligi, mahalliy hunarmandlar mahsulotlari ichki bozor ehtiyojini ta’minlab qolmasdan, ba’zi mahsulotlar qo‘shni Buxoro, Qo‘qon xonliklarga ham chiqarilganligi, savdo-sotiq dehqonchilik va chorvachilikdan keyin mamlakat iqtisodining asosiy tarmog‘i hisoblanganligi, Xiva xonligida ichki va tashqi savdo ancha rivojlangan bo‘lib, Rossiyadan qo‘rg‘oshin, mis, temir, cho‘yan kabi turli metallar, Buxoro, Qo‘qon, Eron, Rossiyadan oltin, kumush, hunarmandchilik hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari keltirilganligi, Xivalik savdogarlar tranzit savdo aloqalarida ham faol ishtirok etishganligi, Xonlik hududi orqali o‘tuvchi savdo karvonlari (Rossiya, Buxoro savdogarlari) dan olinadigan boj to‘lovlari ham saroy xazinasiga katta daromad keltirganligi bayon etiladi.
Uchinchi savolda talabalarga Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot o‘ziga xos tarzda bo‘lganligi, XIX asrning oxirlarida Turkistonda ko‘plab maktablar bo‘lganligi, ular asosan boshlang‘ich va o‘rta maktablar ekanligi, 1884-yildan Toshkentda rus-tuzem maktablari ochilganligi, qisqa muddat ichida ularning soni ikki yuzdan oshganligi, bunday maktablarda o‘quv kuni 2 qismdan iborat bo‘lib, dastlabki mashg‘ulotlarni rus o‘qituvchisi (o‘quv, yozuv, hisob), ikkinchi qismini esa o‘zbek domlasi olib borganligi tushuntiriladi.
XIX asr oxirida yuzaga kelgan tarixiy sharoit adabiyot, ijtimoiy-siyosiy fikrlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi, ilg‘or ziyolilar dunyoqarashida bu o‘zgarishlar o‘zining sezilarli ifodasini topganligini, Turkistonning XIX asr oxiri –XX asr boshlarida yashab ijod etgan ilg‘or arboblaridan Ahmad Donish (1827-1897), Furqat (1858-1909), Muqimiy (1850-1903), Zavqiy (1853-1921), Avaz O‘tar (1884-1919) va boshqalar ma’rifiy-demokratik g‘oyalarni ilgari surganlarini, o‘zlarining yorqin ijodlari bilan maorif, fan va texnika kabi ilg‘or qarashlar va sohalarga qiziqish uyg‘otganliklarini, xalqni yangi turmushga chorlaganliklarini, taraqqiyot va ma’rifatni kuylaganliklarini bayon etadilar.
XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistonda tarixnavislik ancha rivojlanganligi, Ahmad Donish ham shu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shganliklarini, uning “Nomus al-a’zam” (“Ulug‘ qonun”), “Muntaxab al-ahkom” (“Tanlangan qarorlar”), “Risolai muxtasare az ta’rixi saltanati xonadoni amironi mang‘it” (“Mang‘it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi”), “Nodir voqealar”, “ Buxoroi sharif amirlarining tarjimai ahvoli amir Doniyoldan to Abdulahadgacha” risolalari shundan dalolat berishini yoritadi.
Tabiatshunos olim V.V. Dokuchaev O‘rta Osiyo tuproqlarining tarkibini o‘rganganligi, 1867 yilda Toshkentda meteorologik stansiya ochilganligi, u o‘lka iqlimini o‘rganish bilan shug‘ullanganligini, 1870 yilda Toshkentda kutubxona, 1874 yilda Observatoriya ochilganligini, “Turkiston viloyati gazeti”, “Turkestanskie vedomosti” gazetalari (1870-1917) nashr etila boshlanganligi, 1870 yilda O‘rta Osiyo olimlari jamiyati tuzilganligi, Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach, ko‘plab shaharlarda Yevropa tipidagi turli imoratlar paydo bo‘la boshlaganligi, amaliy bezakli san’at turi ham rivojlanib borganligi, undan uylarni, kiyim-kechaklarni bezashda qo‘llanilganligi. ajoyib so‘zanalardan tortib mayda-chuyda uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha mehr bilan ipak gullar solinganligi manbalar asosida yoritiladi.
To‘rtinchi savolda Ismoil Gaspirali g‘oyalari Turkistonga ham kirib kelganligi, 1893 yilda u Turkistonga kelib, ilg‘or ziyolilar bilan uchrashganligi, Buxoro amiri huzurida bo‘lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik olganligi, Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilganlari, "Usuli jadid" maktablarini ochishga kirishganlari, 1898 yilda Qo‘qonda Salohiddin domla, Toshkentda Mannon qori domlalar jadid maktablariga asos solib, 1903 yilda Turkistonda 102 ta boshlang‘ich va 2 ta o‘rta jadid maktablari faoliyat ko‘rsatganligi, Turkiston jadidlariga Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o‘nlab milliy ziyolilar rahnamolik qilganlari, ular dastlab maorifni isloh qilish yo‘lidan bordib, "Usuli jadid" maktablari tarmog‘i kengayib borganligi, diniy ta’limot bilan birga tarix, tibbiyot, kimyo, nujum kabi dunyoviy bilimlar o‘rgatilganligi, savod chiqarish tezlashtirilib, M.Behbudiyning "O‘z urug‘i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir" degan so‘zlari talabalarni milliy o‘zligini anglashga chaqiriq bo‘lganiga to‘xtaniladi.
Umuman olganda birinchi jadidchilik guruhlari Turkistonda va Buxoroda XX asr boshida paydo bo‘lgan bo‘lib, ularning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari Munavvar Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jaev, Toshpo‘lat Norbo‘tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalar milliy ziyolilar gulini tashkil qilganliklarini, Turkiston jadidchiligida M.Behbudiy birlashtiruvchi va jipslashtiruvchi rolni o‘ynaganlarini, jadidlarning ma’rifatparvarlik mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-barang bo‘lganligi, Jadidlarning tariximizda tutgan o‘rni va qimmati shundaki, birinchi bo‘lib, mustaqillik milliy mafkurasiga asos solganlari, g‘aflat uyqusida yotgan mazlum Sharqni uyg‘otib va ko‘zini ochib, ozodlik, erk, milliy g‘urur va inson sha’ni haqida, buyuk ajdodlari, boy madaniyati, umuman mustamlaka istibdodi davrida unutilayozgan qadriyatlar to‘g‘risida jar solib, ovoza qilganlari, jadidlarning hizmati millatimiz taqdirida muhim rol o‘ynagani bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |