Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet19/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Fuqarolik huquqi tizimi


Fuqarolik huquqi o‘quv fani, huquq tarmog‘i sifatida o‘zining
muayyan tizimiga ega. Bunda tizim muayyan tarkibiy qismlardan,
normalar majmuidan iborat bo‘ladi. Fuqarolik huquqi tizimi tarkibiy
qismlari o‘rtasida muayyan uzviy bog‘lanish, ketma-ketlik, tartib mavjud.
Bunday uzviy bog‘lanish tasodifiylik harakteriga ega emas, balki biri
muqarrar ravishda ikkinchisini keltirib chiqaruvchi, ikkinchisi shartligini,
mavjudligini taqazo etuvchi uzviy bog‘lanish hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi o‘quv fani tizimi ham Fuqarolik kodeksi tizimi
kabi qism va ikkinchi qismlarga bo‘lingan. Fuqarolik huquqini birinchi
qismida umumiy qoidalar ya’ni, fuqarolik huquqining tamoyillari,
fuqarolik huquqiy munosabat doirasi, ularni vujudga kelish, amalga
oshirish, himoya qilish usullari, fuqarolik huquqi munosabat ishtirokchilari
(subyektlari) huquqiy maqomi, fuqarolik huquqi obyektlari huquqiy rejimi,
muddatlar, da’vo muddatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar va
kategoriyalarni shuningdek, fuqarolik huquqiy munosabatlarga nisbatan
qo‘llaniladigan boshqa umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi ba’zi hollarda maxsus qism
deb ham yuritish qabul qilingan. Fuqarolik huquqi o‘quv fanida ham
bunday tabaqalanish qo‘llaniladi. Ba’zi adabiyotlarda fuqarolik
huquqining ikkinchi qismini fuqarolik huquqining kichik tarmoqlariga,
kichik sohalariga ham bo‘lish qabul qilingan. Kichik sohalar bu bir turdagi
munosabatlar majmuini tartibga soluvchi o‘zining umumiy qoidalariga ega
bo‘lgan normalar va kategoriyalarni muayyan guruhi bo‘lib hisoblanadi.


2


9





Fuqarolik kodeksi tizimidan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqida
quyidagi beshta kichik tarmoqlar – sohalar mavjudligi e’tirof etiladi:
a) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. Mazmunan olganda
mulk huquqi ashyoviy huquqlar tizimiga kirishini e’tiborga olib, ba’zi
maxsus adabiyotlarda ushbu kichik soha ashyoviy huquq deb ham ataladi.
Ushbu kichik soha moddiy obyektlar, mulkiy huquqlarni muayyan
shaxslarga tegishliligini, mansubligini va ularni amalga oshirish tartibi,
asoslarini yuridik rasmiylashtiradi.
b) majburiyat huquqi. Ma’lumki, fuqarolik huquqiy munosabatlarda
taraflar o‘zaro bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarga ega
bo‘ladilar va bir tarafni huquqini amalga oshirishi ikkinchi tarafni
majburiyatni bajarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Agarda mulk huquqi o‘ziga
xos turg‘un, statik holat bo‘lsa, majburiyat huquqi dinamik, faol
jarayondir. Ushbu jarayon orqali taraflar fuqarolik huquqiy munosabatga
kirishishdan o‘zlari umid qilgan manfaatga erishadilar. Majburiyat huquqi
o‘z navbatida shartnoma majburiyatlari, delikt majburiyatlari va kondikt
majburiyatlari institutlariga bo‘linadi. Ularning uchchalasi uchun ham
yagona, umumiy bo‘lgan qoidalar mavjud. Shartnoma majburiyatlari
shartnomalar asosida, delikt majburiyatlari bir subyektning ikkinchi
subyektga zarar yetkazishi, yetkazgan zararni to‘lash asosida, kondikt
majburiyatlar esa, bir subyektning ikkinchi subyekt mol-mulki yoki
mulkiy huquqlarini asossiz ravishda qo‘lga kiritishdan, boyishdan kelib
chiqadi.
v) Intellektual mulk huquqi. Intellektual mulk huquqi ijodiy faoliyat
natijalari va ularga tenglashtirilgan vositalar ya’ni, fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish
(individuallashtirish) vositalariga nisbatan huquqlarni vujudga kelishi,
amal qilishi, bekor bo‘lishi va huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha
munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik huquqiy me’yorlar majmui.
g) Vafot etgan fuqaroni mol-mulkiga, boshqa mulkiy huquqlariga,
shuningdek, majburiyatlarni boshqa shaxslarga (vasiyat, qonun bo‘yicha
uning merosxo‘rlariga yoxud qonunda belgilab qo‘yilgan boshqa
subyektlarga) o‘tishini tartibga soluvchi fuqarolik huquqi normalari
tizimidan iborat bo‘lgan vorislik huquqi.
Fuqarolik huquqi o‘quv fani tizimida kichik tarmoqlar, kichik sohalar
o‘z navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Huquq instituti deganda
muayyan turdagi bir biri bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar guruhini
tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Har bir kichik soha o‘z
navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Masalan, intellektual mulk huquqi


3


0





patent huquqi, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar institutlariga va boshqa
institutlarga bo‘linadi. Majburiyat huquqi majburiyatlarni alohida turlariga
masalan, oldi-sotdi, ijara, pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish va shu
kabilarga bo‘linadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik
sohasi o‘z navbatida xususiy mulk huquqi, ommaviy mulk huquqi,
cheklangan ashyoviy huquqlar tizimi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlarni himoya qilishni ashyoviy huquqiy usullari kabi institutlarga
bo‘linadi. Mantiqan olganda fuqarolik huquqi institutlari ham muayyan
tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ushbu tarkibiy qismlar subinstitutlar,
kichik institutlar deb nomlanadi. Kichik insitutlar doirasidagi huquqiy
munosabatlar ham bir xilligi va uzviy bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Bu
esa ularni kichik institut doirasida maqsadli va aniq huquqiy tartibga solish
imkonini beradi. Masalan, shartnomaviy majburiyat institutlari ularning
alohida turlari bo‘yicha quyidagi subinsitutlarga bo‘linishi mumkin:


-


oldi sotdi – umumiy qoidalar, chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib


berish, kontraktatsiya, korxonani sotish, ko‘chmas mulkni sotish va h.k.;


Ijara shartnomasi instituti esa, quyidagi kichik insitutlarga bo‘linadi:


-


umumiy qoidlar, prokat, lizing, korxonalar ijarasi, turar joy ijarasi


va h.k.


Ayni paytda kvazinstitutlar kategoriyasi ham mavjud. Bunda
muayyan fuqarolik huquqiy normalar majmui bir xilligi nuqtayi nazaridan
tartibga soluvchi munosabatlarni mohiyatan bir xilligi nuqtayi nazaridan
muayyan normalar guruhi bilan tartibga solinishi mumkin. Biroq, u institut
sifatida e’tirof etilmagan. Bu holda bunday normalar guruhi kvazinstitut
ya’ni, institutga o‘xshash huquqiy tuzilma hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, garchi Fuqarolik kodeksining xalqaro
xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tatbiq qilish
deb nomlanuvchi oltinchi bo‘limi milliy huquq tizimida alohida huquq
tarmog‘i hisoblanadi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish