Fuqarolik-huquqiy munosabat xususiyati
Kirishadigan
munosabatda erk-
irodaning mavjud
bo’lishi
Fuqarolik-huquqiy munosabatda
ishtirokchilar ma’muriy
Mulkiy munosabatlarda
ishtirokchilarning mulkiy
mustaqilligi
maqomidan qat’i nazar tengligi
Mulkiy munosabatlarning katta guruhini mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy
huquqlarning vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartibi
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tashkil etadi. Jumladan, xususiy
mulkdor va uning vakolatlari, ommaviy mol-mulkning huquqiy rejimi,
1
7
ixtirolar, fan, adabiyot, san’at asarlarini tijorat muomalasida bo‘lishi bilan
bog‘liq munosabatlar shular jumlasidandir.
Shartnoma majburiyatlarining ko‘pchiligi ham mulkiy harakterga ega
bo‘ladi. Bular jumlasiga oldi-sotdi, ishlarni bajarish, xizmatlarni
ko‘rsatish, turar-joylarni ijaraga berish, qurilish ishlarini amalga oshirish,
yuk va yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq shartnomalarini kiritish mumkin.
Fuqarolik kodeksining 2-moddasida shartnoma majburiyatlari va
o‘zga majburiyatlar bilan bog‘liq majburiyatlar haqida ham so‘z yuritiladi.
O‘zga munosabatlar bunday boshqa majburiyatlar zarar yetkazish (delikt)
bilan bog‘liq munosabatlar, qonuniy vorislik bilan bog‘liq munosabatlar,
asossiz boylik orttirish (kondikt) bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lishi
mumkin.
Fuqarolik huquqiy normalar ta’siri ostida bo‘lgan mulkiy harakterda
bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi.
Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlar va
mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sof shaxsiy munosabatlar
(shaxsiy nomulkiy munosabatlar)ga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlarda mulkiy munosabat shaxsiy
munosabatlarni keltirib chiqaradi yoxud aksincha shaxsiy munosabat
mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, ijodkor ijodiy asarini
yozishi natijasida uni o‘z asariga nisbatan mualliflik huquqi ya’ni, muallif
sifatida e’tirof etilish shaxsiy huquqi vujudga keladi va ushbu huquq
negizida asar tijorat muomalasiga kiritilsa, asardan foydalanganlik uchun
haq olish huquqiy vujudga keladi. Bundan tashqari xizmat tartibida
berilgan topshiriq natijasida haq olgan xodim tomonidan intellektual mulk
obyekti yaratiladi hamda ushbu obyektga nisbatan unda mualliflik huquqi
vujudga keladi.
Mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sof shaxsiy
munosabatlar baho, qiymat bilan ifodalanmaydigan, subyektdan
begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan, uning muayyan xususiyatlari ya’ni,
sha’ni, qadr-qimmati, o‘z tasviriga bo‘lgan huquq, xususiy hayot sirlari,
oilaviy sirlari, shaxsni individuallashtirish xususiyatlari bilan bog‘liq
munosabatlardir. Masalan, har qanday fuqaro jamiyatda kishilar o‘rtasida
o‘zining ismi-sharifi bilan taniladi (FKning 19-moddasi). Bunday shaxsiy
huquqlar qonunda belgilangan yoki belgilanmaganidan qat’i nazar mavjud
bo‘lishi mumkin. so‘nggi vaqtlarda shaxsiy huquqlarni amalga oshirish va
huquqiy muhofaza qilish sohasida fuqarolik qonun hujjatlari doirasi
kengayib borayotganligini ta’kidlash lozim. Masalan, personal
ma’lumotlar, diffamatsiya va h.k.
1
8
Binobarin fuqarolik huquqiy munosabatlar quyidagi munosabatlarni
tartibga soladi:
) fuqarolik muomalasi ishtirokchilari (fuqarolar, yuridik shaxslar,
1
davlat)ning huquqiy holatini vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga
oshirish bilan bog‘liq munosabatlar. Fuqaroning huquq va muomala
layoqati mazmuni, yuridik shaxslarni tashkil etish va boshqarish tartibi,
davlatning fuqarolik huquqiy munosabatda ishtirok etishining o‘ziga xos
xususiyatlari;
2
) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni vujudga kelish
asoslari hamda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar;
) intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlar, ularni amalga
oshirish bilan bog‘liq munosabatlar;
3
4
5
6
) shartnoma majburiyatlari bilan bog‘liq munosabatlar;
) boshqa majburiyatlar bilan bog‘liq munosabatlar;
) boshqa mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlar. Fuqarolik
kodeksi 2-moddasi to‘rtinchi bandiga asosan mulkiy munosabatlar bilan
bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlar agar qonunlarda
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlar
mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa fuqarolik qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadi. Masalan, oilaviy huquqiy munosabatlarda ixtiyoriy
aliment to‘lash fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. Alimentni
majburiy tartibda undirish esa oila huquqi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni uchinchi turini korporativ
munosabatlar tashkil etadi. Korporativ munosabatlar uni tashkiliy-huquqiy
munosabatlar deb ham atashadi. Yaqqol namoyon bo‘ladigan mulkiy ham,
shaxsiy ham harakterga ega bo‘lmay, balki ko‘proq tijorat yuridik
shaxslarini tashkil etish, ularni faoliyatini amalga oshirish, boshqarish,
qayta tashkil etish, tugatish bo‘yicha uning muassislari, mulkdorlari,
ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘lib hisoblanadi.
Masalan, tijorat yuridik shaxsni tashkil etish bo‘yicha umumiy yig‘ilishni
chaqirish, uning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, tijorat yuridik shaxsi
faoliyati to‘g‘risida, tijorat yuridik shaxs boshqaruv organlarining
ishtirokchilarga axborot berishi kabilar.
Korporativ munosabatlar Fuqarolik kodeksining 2-moddasida o‘z
ifodasini topmagan. Biroq, ularning mavjudligi, o‘ziga xos xususiyatlari
xo‘jalik protsessual qonunchiligida belgilab qo‘yilgan. Shuningdek,
korporativ munosabatlar harakteri tijorat yuridik shaxslar huquqiy
maqomini belgilovchi qator qonunlar, jumladan “Aksiyadorlik jamiyati va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati
cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik
1
9
shirkatlari to‘g‘risida”gi qonun va shu kabi qonunlarda o‘z ifodasini
topgan1.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqi ushbu
munosabatlarni tartibga solish uslubi va bunday munosabatlarni doirasi va
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqi bilan yondosh, turdosh
bo‘lgan huquq sohalari –oila huquqi, mehnat huquqi, xalqaro xususiy
huquq hisoblanadi. Ular bilan umumiylik shundan iboratki, fuqarolik
huquqining ko‘pgina kategoriyalari, institutlari ushbu turdosh huquq
sohalarida ham qo‘llaniladi. Shuningdek, fuqarolik huquqiy normalar
ushbu huquq tarmoqlari uchun subsidiar huquqiy tartibga solish
funksiyasini bajaradi. Lekin ular o‘rtasida alohida o‘ziga xosliklar ham
mavjud. Masalan, oila huquqi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni o‘rgansa
ham, undagi ishtirokchi subyektlar doirasi cheklangan. Oila huquqi er-
xotin, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi, yaqin qarindoshlar, oilaning
boshqa a’zolari o‘rtasidagi, farzandlikka olish, davlat organlarining oilani
mustahkamlash, oilaga, voyaga yetmagan bolalarga moddiy yordam
ko‘rsatishga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Nikoh va oilaga oid munosabatlar maxsus huquqiy manba –
O‘zbekiston Respublikasi oila kodeksi normalari bilan tartibga solinadi.
Oila huquqida shaxsiy huquqiy munosabatlar ustunlik qiladi va uning
hosilasi sifatida mulkiy munosabatlar vujudga keladi. Ushbu holat oila
huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabat mohiyatini aks
ettiradi. Masalan, mulkiy harakterdagi aliment majburiyatlari boshqa
mulkiy majburiyatlardan emas balki, shaxsiy, oilaviy (nikoh asosida er-
xotinlik, bobo va nabira o‘rtasidagi qarindoshlik) munosabatidan kelib
chiqadi.
Oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar
doirasi qonun bilan qat’i belgilab qo‘yilgan. Jumladan, ota-onaning o‘z
voyaga yetmagan farzandarini boqish va tarbiyalash majburiyati, voyaga
etgan bolalarning mehnatga layoqatsiz ota-onalariga ta’minot berish
majburiyati. Bu o‘rinda shuni ham unutmaslik lozimki, ba’zi mulkiy
munosabatlar garchi ular oila a’zolari o‘rtasida amalga oshirilsa ham
masalan, oldi-sotdi, hadya, ijara, ayirboshlash shartnomasi oila huquqi
normalari bilan emas, balki fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga
solinadi.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar mehnat
munosabatlari hisoblanadi va alohida huquq tarmog‘i bo‘lgan mehnat
huquqi bilan tartibga solinadi. Mehnat shartnomasi, mehnat muhofazasi,
mehnat intizomi, ta’tillar, ish haqi va mukofotlar, ish vaqti va dam olish
1
Раҳмонқулов Ҳ.Р., Гуломов С.С. Корпоратив ҳуқуқ. Дарслик. – Т.: ТДЮИ, 2006. 474 б.
2
0
vaqti, ijtimoiy sug‘urta va mehnat bilan bog‘liq boshqa huquqiy
munosabatlar garchi xususiy munosabatlarga o‘xshab ketsa ham mehnat
huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari tizimini shakllanishi va
rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish va tadbirkorlik
subyektlari huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha munosabatlar sohasiga
alohida yondashuv bo‘lishini taqazo etmoqda. Bugungi kunda bu sohada
juda ulkan normativ-huquqiy negiz mavjud. Shu munosabat bilan
tadbirkorlik huquqi (biznes huquqi, xo‘jalik huquqi) alohida huquq
tarmog‘i mavjud degan nuqtayi nazarlar ham ilgari surilgan. Bu o‘rinda
shuni qayd etish o‘rinliki, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy
normalar ko‘lami fuqarolik-huquqiy harakterga ega (tijorat yuridik
shaxslari maqomi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni
rasmiylashtiruvchi xo‘jalik shartnomalari va shu kabilar). Shu sababli ham
ba’zi olimlar tadbirkorlik huquqi mustaqil huquq tarmog‘i emas, balki
kompleks huquq tarmog‘i (ya’ni, o‘zida ham fuqarolik-huquqiy ham
ma’muriy-huquqiy normalarni birlashtiruvchi) deb hisoblaydi. Boshqa
olimlar esa, tadbirkorlik huquqini alohida huquq tarmog‘i sifatida tan
oladilar. Ushbu masalalar bo‘yicha ilmiy muammolar tahliliga chuqur
kirishmagan holda shuni e’tirof etish lozimki, tadbirkorlik huquqi
mutaxassislik o‘quv fani, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi, normativ-huquqiy
materiallar tizimi sifatida mavjud bo‘lgan hollarda ham u fuqarolik-
huquqiy normalar ta’siri doirasida bo‘ladi deb hisoblash mumkin.
Tadbirkorlik huquqidan farqli ravishda xalqaro xususiy huquq milliy
huquq tizimida alohida huquq tarmog‘i hisoblanadi. Xalqaro xususiy
huquq fuqarolik huquqidan farqli ravishda chet el elementi ishtirok
etadigan mulkiy va shaxsiy nomulkiy fuqarolik-huquqiy munosabatlarni
tartibga soladi. Dunyo miqyosida globallashuv jarayonlarining, turli
mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalarni avj olishi
xalqaro xususiy huquqiy munosabatlar doirasini va ko‘lamini tobora
kengaytirib bormoqda.
Turli yuridik shaxslar va fuqarolarni yer, suv, o‘rmon va boshqa
tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi munosabatlar yer huquqi,
ekologiya huquqi, o‘rmon huquqi, tog‘-kon huquqi bilan tartibga solinadi.
FKning 2-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra mulkiy, shartnomaviy
munosabatlarga, oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va
tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish
munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar
maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
2
1
Fuqarolik huquqi ommaviy huquq tarmoqlari bo‘lgan ma’muriy
huquq, soliq va bojxona huquqi, moliya huquqi, Konstitutsiyaviy huquq
bilan ham o‘zaro bog‘liqlik va o‘ziga xoslik xususiyatlariga ega. Mulkiy
munosabatlar ommaviy huquqiy normalar bilan ham tartibga solinishi
mumkin. Masalan, muayyan davlat idorasini o‘z vakolati doirasida qabul
qilgan huquqni qo‘llash aktiga muvofiq muayyan mol-mulk, binolar,
inshootlar bir davlat tuzilmasidan boshqa davlat tuzilmasi balansiga
o‘tkazilishi mumkin.
Bunda davlat idoralari bir-birlariga nisbatan bo‘ysunish
munosabatida bo‘ladi va u ma’muriy-huquqiy munosabatlar hisoblanadi va
ma’muriy huquq bilan tartibga solinadi. Agarda bunday mulkiy
munosabatlarda davlat idoralari va davlatga qarashli yuridik shaxslar
fuqarolik muomalasini ishtirokchisi sifatida bir-birlariga nisbatan teng
huquqqa ega bo‘lsa, o‘z erk-irodalari bilan ishtirok etsa va shu munosabat
doirasida bir subyekt ikkinchi subyektga o‘z erkini buyruq sifatida
o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘la olmasa, bunday munosabatlar fuqarolik
huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
FK 2-moddasi oltinchi qismiga ko‘ra bir tarafning ikkinchi tarafga
ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan
soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik
qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Fuqarolik huquqi mustaqil huquq tarmog‘i sifatida nafaqat o‘z
predmetiga balki o‘zini tartibga solish uslubiga ega. Fuqarolik huquqi
o‘zini tartibga solish uslubi orqali fuqarolik huquqiy munosabat
ishtirokchilariga, ularning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatadi, ularni
yo‘naltiradi. Bunda qo‘llaniladigan maxsus vositalar va usullar yig‘indisi
fuqarоlik huquqini tartibga solish uslubi hisoblanadi.
Ma’lumki, muayyan huquq tarmoqlari masalan, jinoyat huquqi,
ma’muriy huquq normalarida qo‘riqlash funksiyasi ustuvor namoyon
bo‘ladi. Ya’ni, ular huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan sanksiyalar
ko‘rinishida bu holat mujassamlanadi. Bundan farqli ravishda fuqarolik
huquqi normal fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu esa
bunday huquqiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlaridagi o‘ziga
xosliklarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilarda yaqqol
ko‘rinadi:
birinchidan, fuqarolik-huquqiy munosabat doirasida ishtirok etuvchi
subyektlar ularni ma’muriy, davlat huquqiy maqomi qanday bo‘lishidan
qat’i nazar teng huquqqa ega subyektlar sifatida ko‘riladi;
2
2
ikkinchidan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda
subyektlarga imkon boricha erkinlik, mustaqillik, tashabbuskorlik taqdim
etiladi. Ular o‘zlari uchun maqbul xatti-harakat modellarini tanlash,
belgilash imkoniyatlariga egadirlar;
uchinchidan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda
huquqiy normalar bilan birgalikda nohuquqiy manbalar, masalan, ish
muomalasi odatlari keng qo‘llanishga yo‘l qo‘yiladi. Fuqarolik qonun
hujjatlarida imperativ me’yorlardan ko‘ra dispozitiv me’yorlar kengroq
doirada belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik-huquqiy me’yorlarni buzganlik
uchun belgilanadigan javobgarlik ko‘proq mulkiy harakterdagi choralar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi;
to‘rtinchidan, buzilgan fuqarolik huquqlarini o‘zini o‘zi himoya
qilish, hakamlik sudlari orqali himoya qilish va fuqarolik sudlari orqali
da’vo qo‘zg‘atish orqali himoya qilish imkoniyatlari ham fuqarolik-
huquqiy tartibga solish va himoya qilish uslubining muhim
xususiyatlaridan hisoblanadi;
beshinchidan, fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari ham juda
keng. Masalan, fuqarolik huquqini tan olish, huquq buzilishidan oldingi
holatni tiklash, huquqbuzarlik harakatlariga chek qo‘yish, yetkazilgan
zararlarni qoplash, ma’naviy zararni undirish va shu kabi choralar
qo‘llanishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |