1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish



Download 25,21 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi25,21 Kb.
#824582
Bog'liq
488 27.12.2001




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;

2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI XUSUSIYLAShTIRIShGA TAYYORLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Xususiylashtirish jarayoniga chet el investorlarini jalb etish uchun “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining jozibadorligini oshirish maqsadida, moliyaviy maslahatchi “Kommersbank” (Germaniya) boshchiligidagi konsorsiumning tavsiyalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining:
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari va unitar korxonalarni kompaniya filiallariga aylantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
kompaniya filiallariga aylantiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy kreditlar bo‘yicha qarzlarini 3-ilovaga* muvofiq “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatiga qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
* 3-ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar:
1-ilovada ko‘rsatilgan yuridik shaxslarni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallariga aylantirish 2002-yil 10-yanvargacha tugallanishi;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi uning filiallariga aylantiriladigan 1-ilovaga muvofiq korxonalarning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi:
kompaniyaning o‘z mol-mulki;
kompaniyaning filiallariga aylantiriladigan 1-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning mol-mulki;
“O‘zmakom”, “Rubikon Vayerless Kommyunikeyshns”, “Bo‘zton”, “O‘zbektelekom Interneyshnl AJ” qo‘shma korxonalarining ustav fondlaridagi davlat ulushi hisobiga shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda “O‘zmakom”, “Rubikon Vayerless Kommyunikeyshns”, “Bo‘zton”, “O‘zbektelekom Interneyshnl AJ” qo‘shma korxonalarining ustav fondlaridagi davlat ulushlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
4. Belgilansinki, 3-ilovada ko‘rsatilgan qarzlar “O‘zbektelekom” kompaniyasining sotilgan aksiyalari paketi uchun xorijiy investordan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida erkin muomaladagi valyutada ochiladigan maxsus hisob raqamiga kelib tushgan sanadan boshlab qayta rasmiylashtiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy kreditlar bo‘yicha qarz majburiyatlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilishi tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Hukumatning 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va Bosh vazir o‘rinbosari O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-dekabr,
488-son
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 27-dekabrdagi 488-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga filiallar huquqi bilan qo‘shiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, unitar korxonalar
ro‘yxati
1. “Qoraqalpoq Telekom” aksiyadorlik jamiyati
2. “Andijon Telekom” aksiyadorlik jamiyati
3. “Buxoro Telekom” aksiyadorlik jamiyati
4. “Navoiy Telekom” aksiyadorlik jamiyati
5. “Namangan Telekom” aksiyadorlik jamiyati
6. “Sirdaryo Telekom” aksiyadorlik jamiyati
7. “Toshkent Telekom” aksiyadorlik jamiyati
8. “Farg‘ona Telekom” aksiyadorlik jamiyati
9. “Xorazm Telekom” aksiyadorlik jamiyati
10. “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” aksiyadorlik jamiyati
11. “Toshkent telegraf-telefon stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
12. “Shaharlararo aloqa korxonasi” aksiyadorlik jamiyati
13. “Intal Telekom” unitar korxonasi
14. “UzNet” unitar korxonasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 27-dekabrdagi 488-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumati kreditidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 2-oktabrdagi qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “korxonalarining” so‘zi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
1-banddan “va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatining idoralararo axborot-kompyuter tarmog‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshidan “uning tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatini sho‘ba korxonasi sifatida kiritgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
ushbu qarorga 1 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ushbu qarorga 4-ilovaning “Aksiyadorlik jamiyatlari” deb nomlangan II bo‘limi “O‘zimpeksaloqa” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
ushbu qarorga 4-ilovaning “Qo‘shma korxonalar” deb nomlangan III bo‘limidan “Bo‘zton”, “Rubikon”, “O‘zmakom” so‘zlari chiqarib tashlansin.

Download 25,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish