Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet65/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

8


-MAVZU. BITIMLAR


Bitimlar tushunchasi va turlari. Bitimlarning muddatlari va shartli
bitimlar. Bitim shakllari. Birja bitimlari. Bitimning haqiqiy sanalish
shartlari. Oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning
huquqiy oqibatlari.


Bitimlar tushunchasi va turlari


Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga
aytiladi (FK 101-modda).
Bitim fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan hisoblanadi. Bitim
instituti - bitimlarni tuzish tartibi va shakllarini, ularning turlari va
mazmunini, haqiqiy emas deb hisoblash shartlarini, ularni haqiqiy
emasligini tan olinishining huquqiy oqibatlarini belgilab beruvchi
fuqarolik-huquqiy normalari yigʻindisidan iborat.


Bitim shaxslarning erki bilan bogʻliq boʻlgan, ularning irodasidan
kelib chiqadigan harakat boʻlganligi tufayli, bitimda ifodalangan erk izhor
qilinishi, ya’ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.


Bitimning mazmunini quyidagi belgilar tashkil etadi:


1
2
3


. Bitim–erk-irodani ifodalovchi hujjat;
. Haqiqiy harakat natijasida yuzaga keladi;
. Bitim fuqarolik-huquqiy munosabatni vujudga keltirish,


oʻzgartirish va bekor qilishga maxsus yoʻnaltirilgan boʻladi;
. Bitim fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinuvchi huquqiy


4


munosabatni yuzaga keltiradi.


Bitimlar uchun quyidagi shartlarning boʻlishi muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki boʻlishi
va bu erk ma’lum huquqiy oqibatlar tugʻdirishga qaratilgan boʻlishi;
v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda
oʻzining tashqi ifodasini topishi lozimligi, ya’ni ma’lum shaklda izhor
qilingan boʻlishi kerak.


Bitimlar oʻzlarining belgilari boʻyicha quyidagi turlarga boʻlinadi
(klassifikatsiya qilinadi):


1


. Bir, ikki va koʻp tomonlama bitimlar FKning 102-moddasida


belgilangan boʻlib, unda bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp


1


13





taraflama (shartnomalar) boʻlishi mumkinligi, bitim tuzish uchun qonun
hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi
zarur va yetarli boʻlsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanishi,
shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud
undan koʻp taraf (koʻp taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan boʻlishi
kerakligi belgilangan.
Har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim
shartnoma boʻla olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi
mumkin. Shu sababli shartnomaga aksariyat hollarda bitim qoidalari
qoʻllaniladi.
Shartnomaga odatdagidek bitimning bir turi sifatida qaramaslik
lozim. Shartnoma bitim turlaridan faqatgina bittasi hisoblanmaydi, u
yuridik hujjat boʻlib, uning vositasida fuqarolar, yuridik shaxslar va
davlatning ishtirokidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy munosabatlar
tartibga solib boriladi.


2


. Haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlar.


Haq baravariga tuziladigan bitimlar boʻyicha tomonlardan har biri
qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul toʻlash, ishni
bajarish, biror bir xizmat koʻrsatish singari harakatlarni qilish
majburiyatini oladi.
Tekin, ya’ni haq toʻlanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan
birigina ikkinchi tomon foydasiga biror-bir harakat qilish majburiyatini
oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yoʻq. Masalan, hadya, foizsiz qarz,
mulkdan tekin foydalanish (ssuda) toʻgʻrisidagi shartnomalarni koʻrsatish
mumkin.


3


. Konsensual va real bitimlar.


Konsensual1 bitim deb, huquq va majburiyatlarni oʻzaro kelishish va
bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga
keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish,
pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
Real2 bitim deb, oʻzaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni
topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga
aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol
qilib koʻrsatsa boʻladi.


4


. Bitimlar asosining mohiyati va ularning amal qilishiga koʻra


kauzal va abstrakt (mavhum) bitimlarga boʻlinadi.


1
2


“Konsensual” soʻzi lotincha “consensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi.
“Real” soʻzi lotincha “res” soʻzidan olingan boʻlib, “ashyo” ma’nosini bildiradi.


1


14





5


. Fidustiar bitimlar. Bunday bitimlar oʻzaro ishonchga asoslanadi.


Topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berish kabi
bitimlar tomonlarning shaxsiy ishonchi bilan bogʻliqdir.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish