Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet89/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

1


1-MAVZU. MULK HUQUQI


Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni. Ashyoviy huquqlar. Mulk
huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari.


Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni


Majburiyat huquqlari bilan ashyoviy huquqlar fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar.
Shu ma’noda ashyoviy huquqlar mulk muayyan subyekt tomonidan
egallanishini, unga mansubligini tavsiflab beruvchi iqtisodiy
munosabatlarni, ya’ni doimiy muvozanat (statik) holatini ifodalovchi
munosabatlarni, majburiyat huquqlari esa bir shaxsdan ikkinchi shaxsga
tovar harakati, mol-mulk oʻtishi jarayonini, ya’ni dinamik munosabatlarni
tartibga solish uchun xizmat qiladilar. Ashyoviy huquqlar mohiyatini va
ularning boshqa fuqarolik huquqlardan farqini toʻlaroq tushunish uchun
ashyoviy huquqlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlarini ajratish lozim.
Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning
mutlaqligi, ushbu huquqlarning (mulk huquqi, xoʻjalik yuritish, operativ
boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan
huquqini buzmaslikka majbur subyektlarning cheklanmagan doirasiga
qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u
bilan majburiyat munosabatlarda boʻlgan shaxslarning cheklangan guruhi
qarshi turadi.
Ashyoviy huquqlarning navbatdagi farqlovchi xususiyati boʻlib,
uning obyekti hisoblanadi. Majburiyat huquqlardan farqli oʻlaroq ashyoviy
huquqlarning obyekti boʻlib xususiy alomati bilan belgilangan ashyolar
hisoblanadi. Turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar, nomoddiy
ne’matlar ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlmaydi.
Majburiyat huquqlardan farqlanib ashyoviy huquqlar qonun bilan
oʻrnatiladi. Ushbu holda qonun deb FK va oʻzga qonunlar tushuniladi.
Fuqarolik huquq subyektlari shartnoma va boshqa bitimlar asosida
ashyoviy huquqlarning yangi turlarini vujudga keltirish huquqi yoʻqligini
alohida ta’kidlash lozim. Aksincha, majburiyat munosabatlari
ishtirokchilari qonunda nazarda tutilgan ham, tutilmagan ham, lekin unga
zid boʻlmagan bitimlarni tuzish huquqiga ega.


Ashyoviy huquqning oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlib
ergashma huquq hisoblanadi. Ergashma huquqning mohiyati ashyoga


1


54





nisbatan mulk huquqi va oʻzga ashyoviy huquqlar boshqa shaxsga oʻtishi
ushbu huquqlar tugatilishiga asos boʻlib hisoblanmasligidir.
FK 169-moddasining ikkinchi qismiga binoan mol-mulkka egalik qilish
huquqining boshqa shaxsga oʻtishi, bu mol-mulkka nisbatan oʻzga
ashyoviy huquqlarning bekor boʻlishi uchun asos boʻlmaydi. Agar ashyo
oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa subyektga oʻtgan boʻlsa, ashyoviy
huquq uning ortidan borishda davom etadi. Bu borada fuqarolik huquqi
nazariyasida, shak-shubhasiz, mulkka nisbatan mulk huquqi boshqa
shaxsga oʻtishi, ushbu mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarni
tugatilishi uchun asos emasligi e’tirof qilingan.
Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi
(boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga
kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha
alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi.
Mulk huquqining tushunchasi FKning 164-moddasida belgilangan.
Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz
xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan
boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan
iboratdir.
Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi
mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga
egallik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil etadi. Bu
nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy
institutidir. Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk
huquqi ham, qonun tomonidan boshqarishga vakolat berilgan shaxsning
ma’lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir. Ushbu nuqtayi
nazaridan u oʻz egasiga – mulkdoriga unga tegishli boʻlgan mulk
xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq
xoʻjalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Xorijiy mamlakatlarda mulk huquqiga oid qoidalarga e’tibor
qaratsak, shu narsa ma’lum boʻladidki, xorijiy mamlakatlarda mulk
huquqining turli konstruksiyalarni klassifikatsiya qilishning yagona
universial asosi belgilanmagan. Shu bilan birga, pretsedentlarga
yo‘naltirilgan ingliz umumiy huquqini qabul qilgan AQShda mulkchilik
munosabatlar garchi Konstitutsiya darajasida nazarda tutilsada (AQSh
Konstitutsiyasiga V, XIV qo‘shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng
ifodalanishi alohida shtatlarning qonunchiligi va sud qarorlarida


1


55





mustahkamlangan. Qolaversa, fuqarolik huquqi nazariyasi nuqtai
nazaridan amerika mulk huquqi modelining asosida ushbu huquqning
sub'ektiv tarkibi masalasi yotadi. AQSh mulk huquqi modelini oddiy va
murakkab tuzilishli turlarga ajratish mumkin1. Oddiy yoki
soddalashtirilgan model “bitta ashyoga – bitta to‘la huquqli mulkdor”
tamoyiliga asoslanadi. Bu konstruksiyada mazkur ashyoga u yoki bu
darajada bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa shaxslar “boshqa huquqli”
shaxslar hisoblanadi va ashyoning mulkdori o‘zining egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etishga dior vakolatlari yakka o‘zi amalga oshiradi.
Shu ma’noda mulk huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb etadi.
Angliyada 1925 yilda “Mol-mulk to‘g‘risida”gi Qonun (Law of
Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi mutlaq
tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha,
ingliz mulk va egalik qilish huquqi rim huquqidagi ayniy tushunchalarga
mos kelmaydi, ingliz huquqi mutlaq emas, ustuvor vakolatlarni belgilash
tizimi hisoblanadi2.
Germaniya Fuqarolik Tuzuklari (GFT) da mulk yoki xususiy mulk
atamasilarning izohi berilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Germaniya
fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, mulk huquqi keng mazmunli ashyoviy
huquqning bir turi bo‘lib, faqat egasiga o‘ziga tegishli mol-mulkdan
foydalanish yo‘nalishini belgilash, mol-mulkka nisbatan to‘liq xo‘jalik
hukmronligini amalga oshirish imkoniyati beradi. GFTda mulk huquqi
tushunchasi berilmagan, aksincha, mazkur tushuncha mulk huquqining
mazmunini bayon etish yo‘li bilan izohlangan. Shunga qaramasdan,
GFTning 903-moddasida mulk huquqining fuqarolik-huquqiy ta’rif
mavjud. Unga ko‘ra, ashyoning egasi qonun yoki uchinchi shaxslarning
huquqlari to‘sqinlik qilmaydigan darajada ashyoni o‘z xohishi bo‘yicha
tasarruf etishi va boshqa shaxs tomonidan har qanjay ta'sirni bartaraf etishi
mumkin. Mazkur ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida
vakolatlarning oddiy yig‘indisi emas, balki o‘ziga xos alohida huquq
sifatida belgilangan3.


Ingliz-amerika huquq tizimidan farqli ularoq, Oʻzbekiston
Respublikasi huquqiy tizimi mansub boʻlgan qit’a huquq tizimida mulk
huquqi “bitta ashyo – bitta mulkdor” oddiy mulk huquqi modeliga
tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik
qilib, unga muvofiq bitta mulkka bir necha shaxslarning huquqi e’tirof


1
2
3


Joseph William Singer. Introduction to property. Aspen Publishers. – NY, 2005. -13-15,20-22 p.
Bridge M. G. Personal Property Law. 3rd ed. London, 2002. P. 28 – 29.
ErnestJoseph Schuster.The principles of German Civil law// Bibliolife, 2015, -754 p.


1


56





etiladi. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi qit’a modeli asosida mulk
huquqining muhim xususiyatlarini belgilaydi. Shu bois Oʻzbekiston
qonunchiligiga koʻra, mulkdor tomonidan oʻz qonuniy vakolatlarining bir
qismini va hatto aksariyat qismini boshqa shaxsga berilishi mulkdorning
ashyoga nisbatan mulk huquqini yoʻq boʻlishini bildirmaydi. Faqat ashyo
boshqaning tasarrufiga oʻtganida (sotilganda, almashtirilganda va h.k. ),
unga nisbatan boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtadi. Shunday qilib,
milliy mulk huquqi tizimiga muvofiq bitta mulk obyektiga nisbatan bir
necha mulkdorlar boʻlishi mumkin emas.


FKning 164-moddasida qonun chiqaruvchi mulkdorning an’anaviy
qonuniy huquqlari “triadasi” (mulkga egalik qilish, foydalanish va tasarruf
etish) bilan bir qatorda mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun





oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz manfaatlarida” kabi mezonlarni ishlatadi. Bu


amaldagi FKning oʻziga xos novellasidir.


Mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etish tushunchalari bilan yanada batafsilroq
tanishib chiqish lozim. Shu sababdan ta’kidlash kerakki, oldingilari kabi
amaldagi FK ham mulkdorning ushbu huquqlari mazmunini ochib
bermaydi. Mulkdorning huquqlari faqat oʻz mulkiga nisbatan ma’lum
tarzda harakatlar sodir etishning amaldagi imkoniyati bilan cheklanib
qolmasligi kerak, balki uning oʻz hukmronligini amalga oshirishning
yuridik imkoniyatidir.
Egalik qilish huquqi – shaxsning ashyoga nisbatan yuridik
hukmronligi, unga amalda va xoʻjalik jihatidan egalik qilishidir. Egalik
qilish mulk huquqining zaruriy elementi boʻlib, foydalanish huquqi bilan
ajralmas bogʻliq, chunki ashyodan mustaqil foydalanish uchun bir
vaqtning oʻzida unga egalik qilish ham kerak. Mulkka egalik qilishni
mulkdor ham, mulkdor bilan shartnoma asosida yoki oʻzga huquqiy
asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara
shartnomasi boʻyicha ijarachining, garov shartnomasi boʻyicha garovga
beruvchining mol-mulkiga egalik qilish, meros qilib qoldirish asosida
umrbod egalik qilish huquqi boʻyicha mol-mulkka egalik qilish, xoʻjalik
yuritish, operativ boshqaruv va boshq. Bu holda egalik qilish mulk
huquqining emas, balki boshqa subyektiv fuqarolik huquqlarning tarkibiy
qismi boʻlib hisoblanadi. Bizning huquqiy tizimimizda egalik qilish
mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi.


Ashyoga egalik qilish qonuniy va noqonuniy boʻlishi mumkin.
Egalik qilish shartnomaga asoslangan yoki oʻzga huquqiy asoslarda
(huquqiy titulda) boʻlsa, u qonuniy hisoblanadi. Bunday egalik qilish


1


57





mulkdorning egaligi bilan baravar qonunning himoyasida boʻladi. Har
qaysi huquqiy titulga asoslangan egalik kilish, agar mulkdor yoki u
ashyoni egalik qilishga berayotgan shaxs tomonidan qonunchilikning
barcha shartlari bajarilganidagina vujudga keladi. Mulkdor boʻlmagan
shaxsning egalik qilish huquqi mulk huquqiga qaraganda hosila va tobe
tusga egadir, chunki u mulkdor belgilagan doirada amal qilishi mumkin.
Qonuniy titulga asoslanmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi.
Noqonuniy egalik qilish kimningdir subyektiv fuqarolik huquqlari
buzilishini nazarda tutadi, shuning uchun ham qonun tomonidan himoya
qilinmaydi. Faqat bir holatdagina, mulk huquqini vujudga keltiruvchi
egalik qilish muddatiga asoslangan titulsiz egalik qilish qonun tomonidan
himoya qilinadi.
Foydalanish huquqi – ashyodan foydalanish jarayonida uning
foydali, xoʻjalik xususiyatlarini yuridik jihatidan ta’minlangan iste’mol
qilish imkoniyatidir. Foydalanish huquqining mazmuniga ashyo
keltiradigan hosil va daromadlarni oʻzlashtirish huquqi ham kiradi.
Masalan, FK 92-moddasiga muvofiq, ashyodan keladigan hosil va
daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab
qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
Foydalanish huquqi egalik qilish huquqiga asoslanadi. Shuning
uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor
egalik qilish huquqi bilan ushbu huquqlarni taqdim qilgan shaxslar ham
olishlari mumkin. Demak, kim mulkka egalik qilsa, u undan foydalanish
imkoniyatiga egadir. Chunki, ashyoga egalik qilmasdan, undan
foydalanish mumkin emas.
Foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlanadi va uchinchi
shaxslarning tajovuzidan himoya qilinadi. Bu bilan birga, amaldagi
qonunchilik uni amalga oshirish chegaralarini belgilab qoʻyadi.
Foydalanish huquqini amalga oshirishda mulkdor va oʻzga titul egalari
boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun tomonidan himoya qilinadigan
manfaatlarini buzmasliklari kerak, axloqiy tamoyillarni va jamiyatning
ma’naviy me’yorlarini hurmat qilishlari kerak. Qonunchilikda nazarda
tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga tegishli boʻlgan
foydalanish huquqini himoya qilishda rad javobini berishi mumkin.
Tasarruf etish huquqi – mulkdorning ashyoga nisbatan yuridik va
faktik harakatlarni amalga oshirish orqali uning amaldagi va yuridik
taqdirini qonun tomonidan kafolatlangan belgilash imkoniyatidir. Egalik
qilish va foydalanish huquqlaridan farqli oʻlaroq, tasarruf etish huquqi
faqat mulk egasiga tegishlidir. Ashyolarning yuridik taqdirini belgilash
ularni sotish, almashtirish yoki boshqalar tasarrufiga oʻtishning boshqa


1


58





shakllari orqali amalga oshiriladi, ashyolarning amaldagi taqdirini tasarruf
etish esa mulkni iste’mol qilish yoki uni yoʻq qilish orqali amalga
oshiriladi. Mulkdor tasarruf etish huquqini amalga oshirib, ashyoga
nisbatan mulk huquqini bekor qilishi (sotib yuborish, hadya qilish,
almashtirish, xoʻjalik jamiyatlar yoki shirkatlarning ustav fondiga berish
va h.k.) yoki egalik qilish va foydalanish boʻyicha huquqlar (ijaraga,
saqlashga berish) amalga oshirilishini vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin.
Qonun hujjatlarida mulkdor tomonidan tasarruf etish huquqini
amalga oshirish boʻyicha ma’lum cheklashlar va taqiqlar oʻrnatilishi
mumkin. Masalan, mulk xatlanganda, qonunchilikda nazarda tutilgan
bankrotlik taomillari joriy qilinganida, mulkdor tasarruf etish huquqini
vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin emas.
Mulk huquqi tushunchasiga “oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz
manfaatlarida” kabi kategoriyalarni joriy qilish, birinchidan, mulkdorlar va
boshqa titulli egalik qiluvchilarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini
farqlaydi, ikkinchidan esa, mulk huquqining faqat qonun bilan cheklangan
boʻlib, unga tegishli mulkka nisbatan har qaysi harakatlarni amalga
oshirishda namoyon boʻladigan mulk huquqining mutlaq xususiyatini
isbotlab beradi. Albatta, “oʻz manfaat”iga mulkdor boʻlmagan
egallovchilar ham ega boʻladi, lekin ular mol-mulkka nisbatan harakatlarni
mulkdorning xohishi asosida amalga oshirishlari lozim boʻladi.
Mulk huquqi mutlaq (absolyut) huquqdir, chunki bunday huquqiy
munosabatda huquqdor shaxsga (mulkdorga) har biri mulkdorning
huquqlarini buzishdan oʻzlarini saqlashlari shart boʻlgan burchli (mulkdor
boʻlmagan) shaxslarning nomuayyan doirasi qarshi turadi. Mulkdorga
tegishli boʻlgan ashyoni egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda uning
manfaatini qondirish, agar mulkdor oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish va
boshqalarning unga har qanday ta’sir koʻrsatishidan chegaralash mumkin
boʻlgandagina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu manfaatni
qondirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi subyektiv mulk huquqi boshqa
shaxslardan unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda toʻsqinlik
qiladigan harakatlarni bajarishdan oʻzlarini saqlashlarini talab qilish
huquqini oʻzida saqlab qoladi.


Mulk huquqining muddatsizlik tamoyili oʻrnatilishi FK novellasidir.
Mazkur tamoyil mulkdor oʻz mulkidan foydalanishda, istagan vaqtida oʻz
ixtiyoriga koʻra mulk huquqini amalga oshirishda muddatsiz huquqqa ega
ekanligini bildiradi.
Mulk huquqi mutlaq huquqdir va qonun bilan qoʻriqlanadi. “Xususiy
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum


1


59





etilishi mumkin” (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
3-moddasi).
Mulk huquqi nafaqat fuqarolik qonunchiligi me’yorlari bilan, balki


5


jinoyat, ma’muriy, mehnat, yer va oila qonunchiligi me’yorlari bilan
qoʻriqlanishi, har qaysi jamiyatni normal, madaniy mavjudlik sharti
sifatida, har qaysi huquqiy tizimning muhim vazifalaridan biri sifatida
e’tirof etiladi.


Mulk daxlsizlik tamoyili mulkdorga oʻz manfaatlarida unga tegishli
mulkdan, boshqalarni oʻzboshimchalik bilan aralashishlari yoki
ta’qiqlashlari yoxud foydalanishda cheklashlaridan qoʻrqmasdan,
foydalanish imkoniyatini ta’minlashni bildiradi. Shuning uchun qonun
chiqaruvchi mulk munosabatlari mustahkamligi va barqarorligini saqlab
qolish va qoʻllab-quvvatlash uchun mulkni olib qoʻyish va mulk
huquqining cheklash tartib va asoslarni maxsus tartibga soladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida
ta’kidlanadiki “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan
Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil
etadi.
Konstitutsiyada “xilma-xil shakllardagi mulk”, “barcha mulk
shakllari himoyalanishi” haqida aytilishiga qaramay, bugungi kunda mulk
shakllarining roʻyxati xususiy mulk va ommaviy mulk bilan chegaralanib
qoladi.
Ayni paytda shuni ham unutmaslik lozimki, mulk shakllari
tushunchasi Konstitutsiyada ham, FK ham tushuntirib berilmaydi. Mulk
shakllarining ajratilishi manfaatlar turli boʻlishi belgisi boʻyicha amalga
oshiriladi. Rim huquqidayoq ommaviy va shaxsiy manfaatlar qarshi
qoʻyilgan. Rim yuristi Ulpianning aytishicha, “Ommaviy huquq bu Rim
davlatining holatiga tegishli boʻladi, xususiy huquq esa alohida
shaxslarning manfaatiga tegishli boʻladi”.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq
shaxslarga qarashli boʻlishi mumkin.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki boʻlishiga
qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda
uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari
qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan
binolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot,
pul, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek aqliy mulk
obyektlari mulk boʻlishi mumkin.


1


60





FKning 172-moddasiga koʻra, mulkdorning oʻz huquqlarini amalga
oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan
manfaatlarini buzmasligi shart.
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor
boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga
yoʻl qoʻyishga majbur.
Mulkdor oʻzining ustunlik mavqeini suiste’mol qilishga, boshqa
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini
kamsitadigan oʻzga harakatlarni qilishga haqli emas.
Mulkdor oʻz huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sogʻligʻiga
va atrof muhitga zarar yetkazishining oldini olish choralarini koʻrishga
majbur.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish