1
3-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI
Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari. Ommaviy
mulk turlari.
Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarida davlat (ya’ni ommaviy-huquqiy
tuzilma) yuridik shaxslar va fuqarolar bilan birgalikda an’anaviy tarzda
alohida, mustaqil huquq subyekti boʻlib chiqadi. Davlat, nafaqat ommaviy
munosabatlarning ishtirokchisi sifatida, balki, ommaviy mulkdan
foydalangan holda, oʻz ixtiyorida xoʻjalik yuritish subyekti boʻlish
imkoniyatini saqlaydi.
Ommaviy mulkka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi FKning 213-
moddasining qoʻllangan taqdirida, mazkur moddaning normalari ommaviy
mulk subyektlarining koʻp sonliligi toʻgʻrisidagi qoidani mustahkamlaydi
va mazkur mulk subyektlari sifatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi
(respublika mulkini tashkil etuvchi mulkka nisbatan) va uning ma’muriy-
hududiy tuzilmalari (munitsipal tuman, shahar mulkini tashkil etuvchi
mulkka nisbatan) chiqadilar. Ular mulkiy muomalada tegishli davlat
tuzilmasi nomidan chiqadilar, hamda oʻzlarining mutasaddiligiga muvofiq
tarzda ommaviy mulkdorning u yoki bu vakolatlarini amalga oshiradilar.
Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati
Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati
Davlat organlari faoliyatini
Kam ta’minlangan aholini ijtimoiy
ta’minlash
himoya qilish
Tabiiy ofat, favqulotda holatlarga
qarshi kurash va oqibatlarini bartaraf
etish
Davlat xavfsizligi va
mudofaa ehtiyojlari
Ilm-fan va madaniyatni
Strategik ishlab chiqarish faoliyatini
amalga oshirish
ta’minlash
Davlat mulki tarkibida mavjud mulk ikki qismga boʻlinadi. Uning bir
1
77
qismi xoʻjalikni yuritish yoki operativ boshqaruvning cheklangan, lekin
toʻla darajali mustaqil ashyoviy huquqlari asosida davlat yuridik
shaxslariga, korxonalarga va muassasalarga biriktiriladi. Bu “taqsimlangan
davlat mulki” deb nomlangan mulk mazkur tashkilotlarning mustaqil
yuridik shaxslar sifatida muomalada boʻlishi uchun asos boʻlib xizmat
qiladi. U davlatning majburiyatlari va qarzlarini qoplashni ta’minlash
uchun xizmat qila olmaydi, chunki korxonalar va muassasalar, yuridik
shaxslar sifatida yuridik shaxsning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan davlat
qarzlari boʻyicha oʻz mol-mulki bilan javob bermaydilar. Mazkur mulk
bilan ular oʻz kreditorlari oldida oʻz qarzlari boʻyicha javob beradilar.
Ommaviy mulkning ikkinchi tarkibiy qismi – bu davlat
korxonalariga
va
muassasalariga
biriktirilmagan
mulk
yoki
“
taqsimlanmagan” deb atalmish davlat mulkidir. Bu eng avval, tegishli
budjetning mablagʻlari, oltin zahirasi, valyuta jamgʻarmasi va boshqa har
xil davlat jamgʻarmalaridir. Bu mulk mulkdor davlatning majburiyatlari
boʻyicha uning kreditorlari tomonidan undirish obyektiga aylanishi
mumkin boʻlgan mol-mulkdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |