1
5-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY
HUQUQLARNI HIMOYA QILISH
Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari. Vindikatsion
va negator da’volar. Mulkiy huquqini fuqarolik huquqi normalari bilan
himoya qilishning boshqa usullari.
Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mulkdor
mulkiga oʻz hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf
etadi. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mulkidan mahrum etilishi mumkin. Uning bu huquqini mahrum etishga
hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar
boʻladiki, mulkdorning bu huquqiga daxl qilinadi, tajovuz qilinadi. Bu
holatda mulkdor yoki mulkdor boʻlmagan ega mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarni himoya qiluvchi usullardan foydalangan holda oʻz
buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi.
Mulk huquqi himoya etilmas ekan, mulkiy munosabatlar normal
tarzda rivojlana olmaydi. Shu sababli davlat turli huquq normalari orqali
mulkdorning mulkka boʻlgan huquqini himoya etilishini kafolatlaydi.
Mulkdor faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va tartibdagina
mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulk huquqini himoya qilishda Fuqarolik huquqi normalari muhim
rol oʻynaydi. Mulk huquqini himoyasini ta’minlashda fuqarolik huquqi
me’yorlari turli xil vazifalarni bajaradi. Ba’zi bir me’yorlar moddiy
ne’matlarning u yoki bu shaxslarga tegishli ekanligini mustahkamlaydi.
Mulk huquqini vujudga kelishi va bekor boʻlishi haqidagi me’yorlar
shunday meyoʻyorlar jumlasiga kiradi. Ikkinchi guruh me’yorlari esa
mulkdorga tegishli huquqlarni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan
sharoitlarni ta’min etsa, nihoyat uchinchi guruh me’yorlari mulk huquqini
bevosita barcha uchinchi shaxslarning ta’siridan qoʻriqlash va himoya
etish vazifasini bajaradi. Bunday me’yorlarga mulkdorga yetkazilgan
1
98
moddiy zarar uchun javobgarlikni belgilovchi me’yorlarni kiritish
mumkin1.
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni fuqarolik - huquqiy
himoya qilish deganda – bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni
bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini tiklash va himoya
qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar
yigʻindisi tushuniladi.
Mulk huquqini uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining xarakteri
va mazmuniga qarab mulk huquqini himoya qilish turli usullarga
turkumlanadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish
quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1
. Mulk huquqini ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish. Bu usul
mulk huquqini mutlaq subyektiv huquq sifatida himoyalab hech qanday
aniq majburiyatga bogʻliq boʻlmagan holatda mulkdorning oʻziga tegishli
boʻlgan ashyoga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini
tiklash yoki bu huquqlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan
holatlarni bartaraf etish tushuniladi. Ashyoviy-huquqiy usullarga mol-
mulkni birovning qonunsiz egaligidan talab qilish da’vosi (vindikatson
da’vo), egalik qilish huquqining bekor qilinishi bilan bogʻliq boʻlmagan
huquqbuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish da’vosi (negator da’vo),
mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi da’volar kiradi. Aniqroq qilib
aytganda, mulk huquqi aniq subyektiv huquq sifatida faqat ashyoviy-
huquqiy usullar bilan himoya qilinadi.
Mulk huquqini himoya qilishni aynan “ashyoviy huquqlar” bilan
bogʻlanishi mulkiy huquq buzilishi natijasida ham mulkdor kelajakda oʻz
mulkini aynan oʻzini ashyoviy-natura shaklda qaytarib olishi mumkin
boʻladi yoki mulkiy huquqlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga
kelayotgan toʻsqinliklarni bartaraf etilishi uchun “kurashadi”. Buning
oqibatida mulk ashyoviy koʻrinishda mulkdor tasarrufida qolishi
ta’minlanadi yoki tiklanadi. Mulk qonunsiz egalikdan talab qilish
jarayonida ashyoviy koʻrinishda qaytarilish imkoni boʻlmasa, u holda
mulkiy himoya ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish usullari tarkibiga
kirmaydi.
2
. Majburiyat-huquqiy usullar bilan himoya qilish. Bu usullarga
mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz orttirilgan mol-mulkni
qaytarish, shartnoma boʻyicha olingan ashyoni, agar shartnoma boʻyicha
1
Эргашев В.Ё. Ўзбекистон Республикасида мулк ҳуқуқининг долзарб муаммолари ва ривожланиш
истиқболлари. –Тошкент: ТДЮИ, 2009. -157 б.
1
99
ashyo ma’lum muddatga foydalanishga berilgan boʻlsa, qaytarish kabi
mulk huquqini himoyalovchi usullar misol boʻladi. Ushbu usullarning
barchasi uchun ularning asosini tashkil etuvchi omillar mulk huquqiga ega
boʻlmay, balki boshqa huquqiy institutlarga tegishli subyektiv huquqlar
xosdir. Masalan, mulkdor oʻziga tegishli mulkni ijaraga berib, ijara
muddati tugagandan soʻng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa,
mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi
normalari bilan himoya qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiyat-
huquqiy usullar mulk huquqini bevosita emas, balki soʻnggi natijaga
bogʻliq holatda himoya qiladi hamda majburiyat bajarilmasligi oqibatida
mulk huquqini buzilishidan himoyalanish orqali namoyon boʻladi. Bir
qator holatlarda, jumladan, mulk nobud boʻlganda mulk huquqi oʻz-
oʻzidan bekor boʻladi. Bunda majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini
himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga
qaratiladi.
3
. Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. Bu
guruhga mulk huquqini fuqarolik-huquqiy himoya qilishning shunday
usullari kiradiki, ular ashyoviy huquq va majburiyat-huquqiy
munosabatlarga aloqador boʻlmasdan, fuqarolik huquqining turli
institutlaridan kelib chiqadi. Bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb e’lon
qilingan fuqaroning qaytib kelishi natijasida, uning mulkiy huquqlarini
himoya qilish haqidagi normalar, bitim haqiqiy emas deb topilganda;
taraflarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, garov saqlovchining
javobgarligi haqidagi, meros qilib qoldirilgan mol-mulkni saqlovchi yoki
vasiyga berilgan vasiylik ostidagi shaxsning mol-mulkini nobud boʻlishi
va yoʻqolishi haqidagi qoidalar fikrimizni isbotlaydi.
Bu himoya usuli orqali mulk huquqi bilvosita himoya qilinadi.
4
. Mulk huquqining bekor boʻlishini qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan asoslarda himoya qilish. Mazkur maxsus usul bilan bogʻliq
fuqarolik-huquqiy usullarga, bevosita mulk huquqi bekor boʻlishi
oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzilishlarini fuqarolik qonun
hujjatlarida belgilangan me’yorlar orqali himoyalash usullari kiradi.
Bunga, xususan, davlat tomonidan shaxslar mulkining davlat ixtiyoriga
noqonuniy oʻtkazilishidan himoyalovchi kafolatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |