Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet103/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Umumiy mulkdan ulush ajratish


Mulkdorning ulushi arzimas bo’lsa


Amalda ajratib berish mumkin


bo’lmasa


Umumiy mulkdan foydalanishdan
katta manfaatga ega bo’lmagan


hollarda


Imtiyozli sotib olish huquqi


Umumiy mulk sherik mulkdorlarni uchinchi shaxslar bilan
bogʻlaydigan tashqi munosabatlar va sherik mulkdorlarni oʻzaro bir-biri
bilan bogʻlaydigan ichki munosabatlarning murakkab bogʻlanmasi bilan
tavsiflanadi. Sherik mulkdorlar umumiy mulk munosabatlaridan chiqib
ketayotgan kishining oʻrnini kim olishiga befarq emaslar. Bundan tashqari,
mulkdorlar oʻzlariga tegishli ulush miqdorini koʻpaytirishdan manfaatdor
boʻlishlari mumkin. Oʻz-oʻzidan ravshanki, oʻrtalarida umumiy mulk
munosabatlari saqlanib qolayotgan shaxslarning hamda butun umumiy
mulkka egalik qilish, ya’ni umumiy mulkdan bir subyektli mulkka oʻtishni
istaydigan shaxslarning manfaatlari shu tarzda hisobga olinishi lozimki,
bunda har bir sherik mulkdorning oʻz ulushini erkin tasarruf etish huquqi
cheklanmasligi kerak. Sotib olishning imtiyozli huquqi toʻgʻrisidagi
qonunda mustahkamlab qoʻyilgan taomillar aynan oʻzaro manfaatlarning
qat’iy hisobga olinishda qaror topadi.


Sotib olishning imtiyozli huquqi umumiy mulk ishtirokchilarining
mulkdorlar sonini qisqartirishga boʻlgan manfaatini ifodalab, bu ularning
har biri uchun umumiy mulkning qadrini, shuningdek, har bir ishtirokchi
ulushining koʻpaytirishga boʻlgan imkoniyatini oshiradi. Bundan tashqari,


1


94





ushbu huquq vositasida ishtirokchilar ma’lum darajada birgalikdagi
egalarning shaxsiy tarkibini nazorat qilish imkonini qoʻlga kiritadilar, bu
ham ular uchun sezilarli manfaatdir.


Sotib olishning imtiyozli huquqi mexanizmi shundan iboratki,
umumiy mulkning boshqa ishtirokchilari belgilangan muddat ichida
ulushini sotgan ishtirokchi tomonidan tuzilgan umumiy mulk huquqining
oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha oluvchi (xaridor)ning huquq va
majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishga haqlidirlar. Bu huquq, sotuvchi
boshqa ishtirokchilarni ulush sotilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor
qilish boʻyicha oʻziga yuklatilgan majburiyatni bajarganidan qat’i nazar
kelib chiqadi.
Qonunda imtiyozli sotib olish huquqining doirasi belgilab berilgan.
Bu huquq toʻgʻrisida, birinchidan, ulush umumiy mulk ishtirokchilari
jumlasiga kirmagan uchinchi shaxsga sotilganda, ikkinchidan esa, ulush
(boshqacha tarzda tasarrufdan chiqarilmasdan) aynan sotilganda gap
borishi mumkin. Bundan ikkita muhim amaliy xulosa kelib chiqadi. Sherik
mulkdorlar, ulush ulardan biriga sotilayotganda yoxud u sotilmasdan,
qonunda yoʻl qoʻyilgan boshqa biron usulda tasarrufdan chiqarilayotganda
imtiyozli sotib olish huquqidan foydalana olmaydilar. Har ikkala holda
ham sotib olishning imtiyozli huquqi toʻgʻrisida gap yuritish mumkin
emas. Birinchi holda – oʻz ulushini sotish uchun umumiy mulk
ishtirokchilaridan istalgan kishini tanlab olish huquqi aynan sotuvchiga
tegishli boʻlgani uchun: sotuvchi ulardan xohlagan birini tanlashi mumkin.
Ikkinchi holda esa ulush hech kimga sotilmasdan, boshqacha tarzda
(masalan, hadya sifatida) tasarrufga oʻtkazilgani uchun, bunda uni
imtiyozli sotib olish huquqi ham boʻlmaydi. Sherik mulkdor, qachonki u
ulushni sotuvchi taklif etgan narxda hamda taklif etilgan va barchaga teng
boʻlgan boshqa shartlarda sotib olishga tayyor boʻlsa, imtiyozli sotib olish
huquqidan foydalanishi mumkin.


Ulushni imtiyozli sotib olish huquqi faqat umumiy ulushli mulkning
(sotuvchidan) boshqa ishtirokchilariga tatbiq qilingani sababli mazkur
huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kim oshdi savdosining maqsadi mol-mulkni (va shu jumladan
ulushni ham) boshlangʻichga nisbatan eng baland narx taklif qilgan
shaxsga sotishdan iborat boʻlgani sababli, ulush kimoshdi savdosida
sotilganda imtiyozli sotib olish huquqi qoʻllanilmaydi. Shu bilan birga
sherik mulkdorlar kimoshdi savdosida umumiy asosda ishtirok etishlari
mumkin.


1


95





Ulush qonunda nazarda tutilgan hollarda barcha sherik
mulkdorlarning roziligi boʻlmaganda ham kimoshdi savdosida sotilishi
mumkin, masalan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisining majburiyatlari
boʻyicha undiruv uning mol-mulkiga qaratilgan taqdirda.
FKning 224-moddada nafaqat sherik mulkdorlar tomonidan imtiyozli
sotib olish huquqining mazmuni ochib beriladi, balki mazkur huquqni
amalga oshirishning tomonlarning manfaatlarini hisobga oluvchi tartib-
amaliyoti ham belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga oʻz ulushini oʻzga shaxsga
sotish niyati haqida umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga yozma
ravishda ma’lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa
shartlarini koʻrsatish majburiyati yuklanadi.
Shu sababli qonun sherik mulkdorlar uchun ulushni sotib olish
taklifiga javob qaytarish muddatini belgilaydi: gap koʻchmas mulkdagi
ulushni sotish toʻgʻrisida borayotgan boʻlsa, bu muddat bir oyni,
koʻchadigan mol-mulkdagi ulush sotilganda esa oʻn kunni tashkil etadi.
Muddat ulushini sotish niyati haqida sherik mulkdorlarga xabar berilgan
kundan hisoblanadi. Oʻzining yuridik tabiatidan kelib chiqilsa, bu
huquqning mavjudlik davri, amal qilish muddati boʻlib, u, da’vo
muddatidan farqli ravishda, na toʻxtatilishi, na uzilishi va na tiklanishi
mumkin emas.
Basharti sherik mulkdorlar ulushni sotib olishdan voz kechsalar yoki
sotuvchining taklifiga hech bir usulda javob qaytarmasalar, koʻrsatilgan
muddatlar (mos ravishda oʻn kun yoki bir oy) oʻtib boʻlganidan soʻng
sotuvchi ulushni istalgan shaxsga sotib yuborishga haqli boʻladi. Sherik
mulkdorlarning sukut saqlashi bu oʻrinda, ular ulushni imtiyozli sotib olish
huquqini yoʻqotishi sifatida yuridik ahamiyat kasb etadi.


Basharti ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan
taqdirda (masalan, sotuvchi ulushini sotishi toʻgʻrisida boshqa sherik
mulkdorlarni xabardor qilmagan yoki javobni kutish muddati tugashini
kutmagan boʻlsa yoxud ulushini chet shaxsga sherik mulkdorlarga taklif
qilinganidan koʻra imtiyozliroq shartlarda sotgan boʻlsa), umumiy
mulkning boshqa har qanday ishtirokchisi uch oy mobaynida sotib
oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishni sud tartibida
talab qilishga haqlidir.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish