Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet85/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi, uzilishi va
da’vo muddatining tiklanishi


FKning 156-moddasiga muvofiq, da’vo muddatining oʻtishi quyidagi
hollarda toʻxtatiladi:


1


) agar da’vo qoʻzgʻatilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib


boʻlmaydigan favqulodda hodisa (yengib boʻlmas kuch) toʻsqinlik qilgan
boʻlsa;


2


) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni
kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;
) agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga oʻtkazilgan qurolli
Kuchlar, chegara qoʻshinlari va ichki qoʻshinlar tarkibida boʻlsa;


3


4


) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari boʻlmasa;


5


) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining amal


qilishi toʻxtatilgan boʻlsa.


Da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi holatlari turli davlatlar


fuqarolik qonun hujjatlarida turli xil qilib belgilangan. Masalan, Rossiya
Federastiyasi Fuqarolik kodeksida da’vo muddati oʻtishining asoslari Oʻzbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksidan farq qilib toʻrtta banddan iborat qilib
belgilangan boʻlsa va bu davlat FKda muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy
vakillari boʻlmasligi” sababli da’vo muddatining oʻtishi toʻxtatilish holati mavjud
emas. Qozogʻiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi mamlakatimiz FK kabi da’vo
muddati oʻtishining toʻxtalishini beshta asosdan iborat qilib belgilagan. Rossiya
FKda muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari boʻlmasligi da’vo muddati
oʻtishining toʻxtalishi holatining mavjud emasligi shu bilan izohlash mumkinki,
muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari mavjud boʻlmaganligi tufayli
da’vo muddati oʻtkazib yuborilish holatini sud uzrli sabab deb topib, oʻtkazib
yuborilgan da’vo muddatini qayta tiklaydi. Shu munosabat bilan bu holatni da’vo
muddati oʻtishi toʻxtalishining zaruriy boʻlgan fakti sifatida qarash shart emas.


1


48





Muddatning toʻxtatilishiga turilishiga asos boʻlgan holat barham
topgan kundan boshlab da’vo muddatining oʻtishi davom etadi, bunda
muddatning qolgan qismi olti oygacha, da’vo muddati olti oydan kam
boʻlsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.
FKning 158-moddasi da’vo muddati oʻtishi toʻxtatilishiga asos
boʻladigan yana bir holatni nazarda tutadi. Unga muvofiq, agar jinoyat ishi
boʻyicha qoʻzgʻatilgan da’vo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan
boʻlsa, da’vo qoʻzgʻatilgunga qadar oʻta boshlagan da’vo muddati da’voni
koʻrmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha toʻxtatib turiladi,
da’vo muddati toʻxtatib turilgan vaqt da’vo muddatiga qoʻshilmaydi.
Bunda muddatning qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa, u olti oygacha
uzaytiriladi.


Agar da’vo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, da’vo
qoʻzgʻatilganga qadar oʻta boshlagan da’vo muddati umumiy tartibda
davom etadi (FKning 158-moddasi 1-qismi).


Ma’lumki, fuqarolik huquqida da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi
da’vo muddati oʻtishining uzilishidan farqlanadi. Agar da’vo muddati
toʻxtatilganda da’vo muddati toʻxtab qolgan muddatdan davom etsa, da’vo
muddati uzilganda u da’vo muddatining qaysi paytida uzilganidan qat’i
nazar yangidan boshlanadi. Shuningdek, da’vo muddati oʻtishining
toʻxtatilishi shaxsning erk-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlar natijasida
vujudga kelsa, da’vo muddatining uzilishi qarzdor yoki kreditorning erki-
irodasiga asoslangan harakat natijasida vujudga keladi.
Da’vo muddati oʻtishining uzilishi uzilish uchun asos boʻlgan
holatlar vujudga kelgunga qadar oʻtgan muddat da’vo muddati tarkibiga
kiritilmasligi va da’vo muddati yangidan boshlanishini bildiradi. Da’vo
muddati oʻtishining uzilish u toʻgʻrisidagi masala butunlay tugaganligini
bildirmaydi, aksincha bunda da’vo muddati butunlay yangidan boshlanadi.
FKning 157-modasi da’vo muddati oʻtishi uzilishining quyidagi ikki
holatini belgilaydi:


1


) belgilangan tartibda da’vo qoʻzgʻatilishi bilan;


2


) majbur shaxs qarzni tan olganligini koʻrsatuvchi harakatlarni


qilishi bilan.
Da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi, da’vo muddati oʻtishining


uzilishi bilan birgalikda fuqarolik huquqlarini himoya qilishda da’vo
muddatining tiklanishi ham alohida ahamiyatga ega boʻladi. Da’vo
muddatining tiklanishi, da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi va
uzilishidan farq qilib, tegishli vakolatli organ tomonidan hal qiladi. Da’vo
muddatining tiklanishi bevosita vakolatli davlat organining qaroriga


1


49





bogʻliq boʻladi. Agar vakolatli davlat organi mavjud vaziyatga huquqdor
shaxsning foydasiga qaror chiqarsa, da’vo muddati tiklanadi va
aksinchadir.
Oʻzbekiston Respublikasi FKning 159-moddasiga koʻra, basharti,
sud da’vo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa,
buzilgan huquq himoya qilinishi kerak.


Da’vo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari da’vo muddatining
oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa,
da’vo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin
(FKning 159-moddasi). FKning 159-moddasida belgilangan “da’vo
muddatining oxirgi olti oyida jumlasi” dan shunday ma’no anglashiladiki,
agar da’vo muddatining oʻtkazib yuborilish sabablari da’vo muddati
tamom boʻlishidan olti oy oldin sodir etilgan boʻlsa, sud da’vo muddatini
tiklamaydi. Zero, da’vo muddatining oxirgi olti oyidan oldin vujudga
kelgan, huquqdor shaxsning oʻz huquqlarini amalga oshirishga va sud
orqali himoya qilishiga toʻsqinlik qilgan vaziyatlar da’vo muddatining
qolgan qismida bartaraf etilishi va shaxs oʻz huquqlari himoyasini amalga
oshirishi mumkin deb hisoblandi. Masalan, fuqaro da’vo muddatining oxirgi

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish