Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet82/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

soatlar bilan hisoblanadi yoxud kunlar bilan hisoblanadigan muddatlar. Bunda
tegishli huquqiy munosabat shartlariga koʻra hamma kunlar, shu jumladan
muddatlar boshlanishining birinchi kuni ham hisoblanishi lozim. Masalan,
fotoapparat dushanba kuni besh kunga prokatga berildi va agar toʻlov hamma kun
uchun, shuningdek fotoapparat berilgan kun uchun amalga oshirilsa, muddat
chorshanba kuni tamom boʻladi.
Bu muddatlarni hisoblash vaqt oraligʻi hisoblanishini nazarda
tutmaydigan hollarda muddatning birinchi kuni ham yillar, oylar, haftalar
va hatto kunlar bilan belgilanganda qiyinchilik tugʻdiradi.
FKning 146-moddasi umumiy qoida tarzida vaqt davri bilan
belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni
deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan oʻta boshlashini
belgilaydi. Masalan, pudrat shartnomasiga muvofiq ishning natijasini qabul qilish
uchun besh kunlik muddat belgilangan boʻlsa, bu muddat ish bajarilishi toʻgʻrisida
buyurtmachi ogohlantirilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. Bunda ishning
natijalarini qabul qilib olish toʻgʻrisida buyurtmachi 17 may kuni ogohlantirilsa,
muddatning oʻtishi 18 maydan boshlanadi va 22 may kuni tamom boʻladi. Ushbu
qoida muddatlarni hisoblashning aniq tartibini belgilab beradi. Uning ahamiyati
shundaki, kalendar boʻyicha yilning boshlanishi va tamom boʻlishi belgilangan
vaqtga mos kelmasligi mumkin, ya’ni 1 yanvar va 31 dekabr. Aynan shu holat oylar
va haftalar bilan hisoblanadigan muddatlarga ham taalluqlidir. Bunday holatda
yillar, oylar va haftalar bilan hisoblanadigan muddatlarga boshlanishi va tamom
boʻlishi taraflar uchun maqbul boʻlmagan kunga toʻgʻri kelishi bu esa oʻz navbatida
muddatning oxirgi kunini aniqlashda qiyinchilik tugʻdiradi. Masalan, ijara
shartnomasi 12 fevral kuni tuzildi va velosiped uch oylik muddatga ijaraga berildi.
Agar FKning 146-moddasi mavjud boʻlmaganida edi bu muddatning boshlanishi va
tamom boʻlishini aniqlash qiyinchilik tugʻdirardi. Bunday muddatning boshlanishi 1
fevral deb hisoblanishi, 1 mart deb ham hisoblanishi, uning tamom boʻlishi esa,


3


0 aprel deb yoki 31 may deb hisoblanishi mumkin boʻlardi. FKning 146-moddasi


qoidalariga muvofiq esa, belgilangan uch oylik muddat kalendar sanasidan keyingi
kundan ya’ni, 13 fevraldan oʻta boshlaydi va 13 may kuni tamom boʻladi.
Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom boʻlish paytini


aniqlash ham fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. FKning 147-moddasiga muvofiq, yillar bilan hisoblanadigan
muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi. Masalan,
uch yillik umumiy da’vo muddati 2000 yil 21 fevralda boshlangan boʻlsa, 2003 yil


2


1 fevralda tamom boʻladi. Agar muddat kabisa yilining soʻnggi kuni 29 fevralda


1


42





boshlangan boʻlsa, unda muddat tegishli yilning tegishli oyining soʻnggi kunida ya’ni


2


8 fevralda tamom boʻladi.


Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan
hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi (FKning


1


47-moddasi, 2-qismi). Bunda yarim yil sifatida oltinchi oyning soʻnggi


kuni muddat tamom boʻlish payti hisoblanadi. Masalan, 3-may kuni
boshlangan yarim yillik muddat 3-noyabr kuni tamom boʻladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan
hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. Bu
holatda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choragining hisobi
esa, yil boshidan yuritiladi. Masalan, FKning 520-moddasiga muvofiq doimiy
renta yilning har bir choragi tugashi bilan toʻlanadi. Agar renta toʻlash 2003 yil
boshlangan boʻlsa, doimiy renta 2003 yil 31 mart kuni yoki FKning 520-moddasi
talablariga koʻra 31 martdan keyingi kuni 1 aprelda toʻlanishi lozim.


Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oydagi


tegishli kunida tugaydi. Masalan, 15 mayda boshlangan 2 oylik muddat 15 iyulda
tamom boʻladi. Agar tegishli muddatda tegishli kun mavjud boʻlmasa, unda shu
oyning soʻnggi kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi. Masalan, 31 may
kuni boshlangan muddat qoida boʻyicha 31 iyunda tugashi lozim. Lekin iyun oyining


3


1 sanasi mavjud emas. Shu munosabat bilan bu muddat 30 iyun kuni tamom boʻladi.


Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb
qaraladi va bu muddat 15 kunga teng boʻladi.


Haftalar bilan oʻlchanadigan muddat shu muddatning oxirgi


haftasidagi tegishli kunda tugaydi. Masalan, ikki haftalik muddat haftaning
chorshanba kuni boshlangan boʻlsa, ushbu muddat oʻta boshlaganidan soʻng,
ikkinchi chorshanbada tamom boʻladi va bunda aniq sanalarga qaraganda hafta
kunlari muhim ahamiyat kasb etadi.


Muddatning oʻtishi fuqarolik huquq va burchlarining vujudga


kelishiga, oʻzgarishiga va tamom boʻlishiga ta’sir koʻrsatadi. Bunda
vakolatli shaxsning yoki qarzdorning biror bir harakatning amalga
oshirishi yoki oshirmasligi ahamiyatga ega emas. Chunki, muddatning
oʻtishi bilan yuridik oqibat oʻz-oʻzidan kelib chiqadi. Koʻpchilik holatlarda
muddatlar tegishli xatti-harakatni, huquq yoki majburiyatni belgilash
maqsadida amalga oshirishga qaratiladi (masalan, merosni qabul qilib
olish muddati, qarzni qaytarish muddati, ijaraga berilgan mulkni qaytarib
olish muddati va h.k. ).


1


43





Bunday holatlarda nafaqat muddatning oxirgi kuni balki, tegishli
kunda amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatni bajarish vaqti ham
koʻrsatilishi kerak boʻladi (FKning 148-moddasi).


Da’vo muddati tushunchasi va ahamiyati


FKning 149-moddasiga muvofiq, da’vo muddati - shaxs oʻzining
buzilgan huquqini da’vo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin
boʻlgan muddatdir. Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning asosiy
usullari ushbu huquqlarni sud orqali himoya qilish hisoblanganligi sababli,
da’vo ana shu himoyani amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilanib
qoʻyilganidek, ishlarning qaysi sudga taalluqli boʻlishiga qarab, sud,
xoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi (FKning


1


0-moddasi). Bunday himoya va da’vo bir qancha shartlarga javob berishi


va qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim. Shuning uchun
ham buzilgan fuqarolik huquqlarini da’vo qoʻzgʻatish orqali himoya
qilishda da’vo muddatining ahamiyati katta hisoblanadi.


Huquqi buzilgan shaxs da’vo qoʻzgʻata turib nafaqat bu da’vo sud
tomonidan qabul qilinishini, shu bilan birga ish sudda koʻrib chiqilishini
talab qilishi mumkin. Zero da’vo qoʻzgʻatishdan asosiy maqsad ham
buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Bunday
himoyaga erishish va ish sud tomonidan koʻrib chiqilishi uchun fuqarolik
huquqi nuqtayi nazaridan quyidagi holatlar talab etiladi: a) da’vo
qoʻzgʻatayotgan shaxs tegishli subyektiv huquqlar sohibi boʻlishi; b) shu
bilan birga uning subyektiv huquqlari buzilishi yoki unga putur
yetkazilishi; v) bunday buzilish da’vo boʻyicha javobgar sifatida ishga jalb
etilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi.
Da’vo muddatlarida belgilangan vaqt davrlari taraflar tomonidan
oʻzgartirilishi mumkin hisoblanmaydi. Odatda da’vo muddatlari imperativ
xarakterga ega boʻladi, taraflar ularni oʻz istak xohishlari asosida
uzaytirishga yoki qisqartirishga haqli boʻlmaydilar. Shu bilan birga
huquqiy munosabat ishtrokchilari da’vo muddatining boshlanish paytini,
uning qancha vaqtgacha davom etishini qonunda belgilangan muddatdan
koʻp yoki kam qilib belgilashlari mumkin emas. FKning 152-moddasiga
biror da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi
bilan oʻzgartirilmaydi. Bunday oʻzgartirish qonun hujjatlarida koʻzda
tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.


1


44





Umumiy qoidaga koʻra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi
tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Bu qoida shunday ma’noni anglatadiki, agar javobgar sudga da’vo muddati
oʻtib ketganligini bildirmasa, sud da’vogar va javobgar oʻrtasidagi nizoni
mazmunan koʻrib chiqish va hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda
da’vo muddatining oʻtib ketganlik holati ahamiyatga ega boʻlmaydi.
Ushbu holatda taraflar oʻzaro bitim tuzish paytida, ular oʻrtasidagi bitim
yoki shartnomaga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmasligi toʻgʻrisida
kelishuvga erishsalar, bunday kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydi.
Da’vo muddati institutining maqsadi kimnidir jazolash yoki kim
uchundir noqulaylik vujudga keltirish hisoblanmaydi. Bu institutning
maqsadi va vazifasi huquqiy munosabatlarni buzmasdan, ular koʻlamiga
ta’sir etmasdan huquqiy munosabatlardagi noaniqliklarni bartaraf etishdir.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish