MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISH ASOSLARI
DASTLABKI USULDA
Mulkni yaratish va ko’paytirish
Tadbirkorlik va mehnat faoliyati
HOSILA USULDA
shartnoma va bitim
Egalik huquqini vujudga
keltiruvchi muddat
hamma yig’ib olishi mumkin
bo'lgan ashyolarni mulkka
aylantirish
xususiylashtirish
vorislik asosida
hazina
topilma
qarovsiz hayvon
egasiz ashyo
1
61
Ashyoviy huquqlar
Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar nafaqat mulkdorlarga, balki
fuqarolik muomalasining boshqa shaxslariga ham tegishli boʻlishi
mumkin, shuning uchun ular “cheklangan ashyoviy huquqlar” deb
nomlanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar har doim mulk huquqining
hosilasi boʻlib, ular kamroq huquqlar hajmi bilan farq qiladilar. Mulkdor
cheklangan ashyoviy huquqlar amal qilish vaqtida mol-mulkka nisbatan
mulk huquqini saqlab qoladi, lekin u yoki vaqtincha, yoki muddatsiz, yoki
muayyan darajada ushbu huquqni amalga oshirishda oʻzini cheklab
qoʻyadi. Demak, cheklangan ashyoviy huquqlar mavjudligi mulkdorning
huquqlarini oʻziga xos cheklanishidir.
Bozor munosabatlariga oʻtilishi, barcha mulk shakllarini va ayniqsa,
xususiy mulk huquqi tengligini e’tirof etilishi, tadbirkorlik rivojlanishi
cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishiga sabab boʻldi.
Cheklangan ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlib, odatda, har doim
koʻchmas mulk hisoblanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar faqatgina
muayyan maqsadlarda obyektdan foydalanish imkoniyatini beradilar.
Cheklangan ashyoviy huquqlar ma’lum ashyodan uzoq vaqt davomida
foydalanish, boshqa shaxsga ashyoga mulk huquqi oʻtish sababli ularda
paydo boʻlishi mumkin salbiy oqibatlardan oʻz xavfsizligini ta’minlash
maqsadini koʻzlagan shaxslarning mulkiy manfaatlariga xizmat qiladilar.
Cheklangan ashyoviy huquqlarning roʻyxati FKning 165-moddasi
1
-qismida keltirilgan boʻlib, ularga xoʻjalik yuritish huquqi va operativ
boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod
egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan
foydalanish huquqi, servitutlar kiradi.
Cheklangan ashyoviy huquqlar shartnoma, bir taraflama bitim, sud
qarori, davlat organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining
aktlari va huquqiy vorislik asosida yuzaga keladi. Masalan,
FK 173-moddasining 4-qismida servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs
bilan oʻzga yer uchastkasining egasi oʻrtasidagi bitimga muvofiq servitut
belgilanishini nazarda tutadi. FK 173-moddasida foydalanish uchun
qoʻshni uchastkadan cheklangan foydalanish huquqi oʻrnatilishi talab
qilinadigan yer uchastkasi mulkdori va qoʻshni yer uchastkasining
mulkdori oʻrtasidagi servitutni belgilash xususida nizo paydo boʻlgan
holda, servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi boʻyicha sud
tomonidan hal etiladi, va mazkur holatda qoʻshni uchastkadan cheklangan
foydalanish huquqi sud qarori bilan oʻrnatilgan asos va hajmlarda yuzaga
keladi.
1
62
Cheklangan ashyoviy huquqlar qonun, shartnoma, ashyoviy huquq
tegishli boʻlgan tomonning bir taraflama harakati, sud qarori asosida,
xususiy alomatli ashyo nobud yoki yoʻq boʻlishi, bir shaxsning oʻzida
cheklangan ashyoviy mulk mulkdori va obyekti toʻgʻri kelishi, shunday
huquqlar foydasiga oʻrnatilgan shaxsning oʻlimi yoki yuridik shaxs
tugatilishi sababli toʻxtatilishi mumkin.
Cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishi va bekor boʻlishi
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
FKning 165-moddasida mulk huquqiga qoʻshimcha qilib beshta
ashyoviy huquqlar aytib oʻtiladi: xoʻjalik yuritish huquqi va operativ
boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod
egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan
foydalanish huquqi va servitutlar.
Ushbu ashyoviy huquqlarning mazmuni FK va Yer Kodeksi tegishli
normalarida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |