Toshkent davlat yuridik


Davlatning fuqarolik-huquqiy



Download 2,11 Mb.
bet50/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi


ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari


fuqarolik huquqi sub’yektlari amal qiladigan
qonunlarni oʻzi belgilaydi


fuqarolik huquq va burchlari vujudga
kelishining asosi boʻladigan hujjatlar chiqarishi


Davlat immunitetdan foydalanadi


Huquq va muomala layoqatini cheklash
boʻyicha boshqa sub’yektlarga taalluqli boʻlgan


9


2





Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi
ishtiroki shakllari


Fuqarolik huquqi subyektlari tizimida davlat alohida subyekt hamda





yagona va boʻlinmaslik” jihatiga ega boʻlishi bilan birga, boshqa


subyektlarning huquqiy maqomini, subyektiv huquq va majburiyatlarini,
faoliyati va mavjudlik holatini belgilab beruvchi hamdir. Shu bilan birga,
davlat xususiy munosabatlarda garchi, oʻzining hokimiyat vakolatlaridan
foydalanmasligini oʻzi tomonidan qabul qilinadigan qonun hujjatlarida
e’tirof etsa-da, har qanday fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatning
hokimiyat vakolatlari sohibi ekanligi sezilib turadi. Bu, ayniqsa,
natsionalizatsiya, rekvizitsiya va majburiyat munosabatlarida oʻz ifodasini
topadi. “Yagona va boʻlinmaslik” holatidan kelib chiqib, fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda aslida davlat nomidan bitta subyekt –
Oʻzbekiston Respublikasi qatnashadi. Bunda uning vakolatlarini Prezident,
Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shu bilan birga, mazkur
munosabatlarda davlat nomidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan,
maxsus vakolatli organlar qatnashadi.
FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan
bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki fuqarolik-
huquqiy munosabatlardagi ishtiroki quyidagilarda namoyon boʻladi:
a) davlat oʻziga qarashli mol-mulkka nisbatan mulkdor sifatida
harakat qilganida, masalan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish munosabatlarida;
b) egasi boʻlmagan yoki egasi noma’lum boʻlgan ashyo egasiz
hisoblanib, u sud qarori bilan davlat egaligiga oʻtkazilganida
(FK, 191-modda);
v) Fuqarolik kodeksining 193-moddasi 2-qismiga asosan ashyoni
topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo
davlat mulkiga oʻtganda;
g) har bir fuqaro vasiyat boʻyicha oʻzining butun mulkini yoki uning
bir qismini davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldirishida
(FK, 1120-modda);
d) Oʻzbekiston Respublikasi davlati huquq subyekti sifatida ba’zi
fuqarolik-huquqiy harakterda boʻlgan kredit munosabatlarida, masalan,
davlat zayomi obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok
etganida;


9


3





e) tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan
taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat
manfaatlarini koʻzlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq
mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini toʻlagan holda qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qoʻyilishida
(rekvizitsiya). Bunda rekvizitsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan
vaziyatlarning amal qilishi toʻxtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-
mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni oʻziga qaytarib berishni
talab qilishga haqli ekanligida (FK, 203-modda);
yo) mol-mulk musodara qilinganida, ya’ni qonunda nazarda tutilgan
hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki oʻzga
huquqbuzarlik qilganlik uchun haq toʻlamasdan mulkdordan olib
qoʻyilishida (FK, 204-modda);
j) davlat ba’zi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosabatlarda,
masalan, asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik
munosabatlarida ixtiroga boʻlgan patentni sotib olganida huquq subyekti
sifatida ishtirok etishida. Bunday huquqiy munosabatlarda davlatning
ishtirok etishi natijasida olingan daromadlar ham davlat budjetiga
oʻtkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablagʻlari hisobiga yaratilgan
intellektual mulk obyektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qoʻlga
kiritadi;
z) davlat, shuningdek, chet ellik investorlar bilan konsessiya va
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarlarda ham qatnashadi. Unga koʻra, davlat
chet ellik investor bilan kelishib olingan shartlar asosida muayyan xoʻjalik
faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish va foydali
qazilmalarni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspluatatsiya qilish
hamda boshqa huquqlarni beradi;


i) davlat chet mamlakatlarda koʻchmas mulkni sotib olishida;


k) xalqaro ommaviy va xususiy-huquqiy munosabatlarda davlat oʻz
zimmasiga olgan majburiyatni bajarmagan hollarda uning oʻrniga vujudga
kelgan voris davlat majburiyatni oʻtmishdosh-davlat tuzgan shartlar
asosida bajarishi lozim boʻlgan hollar va h.k.
Davlat oʻzining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha oʻz mulki
boʻlgan mablagʻlari bilan javob beradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda
davlat nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Ichki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan aksariyat
hollarda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat


9


4





qoʻmitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston
Respublikasi davlati nomidan harakat qiluvchi organlar tizimida
xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi, moliya vazirligi va markaziy bank alohida mavqega ega.
Davlat idoralarining fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki
ikki xil koʻrinishda boʻladi: bevosita va bilvosita. Bevosita ishtirokda
davlat oʻz nomidan fuqarolik muomalasiga kirishadi. Bilvosita ishtirokda
esa davlat nomidan uning organlari ishtirok etadi. Shuningdek,:


1


. Davlat nomidan ishtirok etish. Bunda – muayyan organ davlat


nomidan harakat qiladi va davlat uchun huquq va majburiyatlar vujudga
keltiradi (Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining
chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga misol boʻla oladi).


2


. Davlat organi fuqarolik muomalasida oʻz nomidan harakat qiladi.


Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining
doʻkonlardan idora jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga
biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.
Davlat ba’zi hollarda subyekt sifatida oʻzining mansabdor shaxslari
yoki organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni toʻlashda javobgar
boʻladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining
mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan gʻayriqonuniy harakatlari
natijasida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladilar).


FKning 15-moddasida belgilanganidek, davlat organlari yoki ushbu


organlar


mansabdor


shaxslarining


gʻayriqonuniy


harakatlari


(harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik
shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻlanishi kerak.
Ayni vaqtda Oʻzbekiston davlati tashqi fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda ham mustaqil huquq subyekti sifatida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻziga mulk huquqi asosida tegishli
boʻlgan obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy
shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorlik oʻrnatishda,
bunday hamkorlikni rivojlantirishda barcha amaliy harakatlarni roʻyobga
chiqarish uchun foydalanadi.
Jumladan, davlat organi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi oʻz faoliyatida
respublika nomidan ish olib borib, barcha tashqi iqtisodiy aloqalarni
koordinastiya qiladi, tartibga soladi, nazorat qiladi va boshqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqari va xorijda respublika


9


5





nomidan barcha tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha uning manfaatlarini
koʻzlab harakat qilish bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga
oladi. Vazirlik oʻz faoliyatini bevosita Vazirlar Mahkamasi rahbarligida
amalga oshiradi. Vazirlik oʻz faoliyatida Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy
bank bilan uzviy hamkorlik qiladi.


Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining
qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, tashqi iqtisodiy sohada
bevosita oʻzaro foydali aloqalarni oʻrnatish maqsadida xorijiy davlatlar,
xalqaro tashkilotlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasining savdo yoki
oʻzga vakolatxonalari ta’sis etiladi. Bu vakolatxonalar oʻz faoliyatida
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, oʻzlari toʻgʻrisidagi nizomga,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan
davlatlar ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi.
FKning 80-moddasiga binoan qonunda nazarda tutilgan hollardan
tashqari davlat oʻzi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgar
boʻlmaydi. Davlat majburiyati yuzasidan yuridik shaxs ham javobgar
boʻlmaydi. Ushbu qoidalar davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik
shaxsning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat
bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha oʻz
zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat
ishtirokining monistik (davlat nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
faqat bitta organ ishtirok etishi) va plyuralistik (davlat nomidan fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda bir nechta organning qatnashishi) ishtiroki
farqlanadi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish