Yevropa ittifoqi –
Yevropa 27 davlatining iqtisodiy va siyosiy
birlashmasidir
73
.
1951 yilda ko'mir va po'lat tarmoqlarining birlashishi (KPTB) —
Parij shartnomasi bo'lajak Ittifoqining dastlabki namunasiga aylandi.
1957yilYevropa iqtisodiy hamjamiyati va Yevropa atom energiyasi
hamjamiyatini tashkil etish to'g'risida tarixiy Rim shartnomalari
imzolandi. Ushbu shartnomalar Parij shartnomasi bilan birgalikda
Yevropa ittifoqining institutsional asosini tashkil qildi.
Yevropa iqtisodiy hamkorlikni tashkil etish to'g'risida Rim
shartnomasiga muvofiq, bojxona ittifoqi Hamjamiyat asosi (1968-1986)
hisoblanadi. Bojxona ittifoqi tovarlar savdosini qamrab olgan bo'lib, a'zo
davlatlarning savdo munosabatlarida import, eksport bojlari va bir xil
qiymatga ega har qanday Yilg'imlarni taqiqlashni ko'zda tutadi.
1987 yildan Yagona Yevropa hujjati qarorlariga binoan Yevropa
Ittifoqi davlatlari Umumiy bozor bosqichiga o'tdi. Hamjamiyat ichida
nafaqat tovarlar, balki ishlab chiqarishning boshqa omillari — xizmatlar,
kapital va boshqalar aylanishi yo'lga qo'Yilldi.
Yevropa Ittifoqi to'g'risida shartnoma 1992yil2 fevralda Maastrixt
shahrida (Niderlandiya) imzolandi va 1993yil1 noyabrda kuchga kirdi.
Shundan so'ng shartnoma ikki marta qayta ko'rib chiqildi: avval
1997yil 2 oktyabrdagi Amsterdam sharonomasi (1999yil1 mayda
kuchga kirgan) , so'ngra 2001yil26 fevraldagit Nitsa shartnomasi asosida
(to'liq nomi: «Yevropa Ittifoqi to'g'risidagit shartnoma, Yevropa
hamjamiyatini ta'sis etuvchi shartnomalar va ushbu shartnomalar bilan
bog'liq ayrim hujjatlarga o'zgartishlar kiritish haqida Nitsa shartnomasi»,
2003yil1 fevralda kuchga kirgan).
1992 yilda qabul qilingan va Amsterdam shartnomasi va Nitsa
shartnomasiga muvofiq o'zgartishlar kiritilgan Yevropa Ittifoqi
to'g'risidagi shartnomada quyidagilar mustahkamlangan:
1) Yevropa davlatlari va xalqlarining integratsion birlashmasi
sifatida Ittifoq tuzilmasi va faoliyatining umumiy prinsplari, shuningdek,
unga a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslari;
72
Advisory opinion on certain legal questions concerning the lists of candidates submitted with a view to the
election of judges to the European Court of Human Rights. February 12, 2008. Advisory opinion on certain legal
questions concerning the lists of candidates submitted with a view to the election of judges to the European Court of
Human Rights (№ 2). January 22, 2010.
73
Батафсил қаранг: Юнусов Х. Европа Иттифоқи ҳуқуқи. Дарслик. – Т.: ЖИДУ, 2007.
137
2) Ittifoqning ijtimoiy hayotning ikki sohasida vakolatlari– tashqi
siyosiy (“umumiy tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati”) va huquqni
muhofaza qilish (“politsiya va sud organlarining jinoiyat-huquq
sohasidagi hamkorligi”).
Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi shartnomaga turli Yilllarda jami o'nta
protokol ilova qilindi.
2001 yilgi Nitsa shartnomasiga muvofiq quyidagi tuzatishlar
kiritilgan:
1) Ittifoq institutlarining a'zo davlatlar tomonidan ijtimoiy tuzum
demokratik prinsplariga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyatlarini
kengaytirish;
2) umumiy tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati doirasidagi
o'zgartishlar, Ittifoqning uchinchi mamlaktalar, xalqaro tashkilotlar va
boshqalar bilan xalqaro shartnomalar tuzish va qo'llash tartibiga aniqlik
kiritildi.
3) politsiya va sud organlarining jinoyat-huquq sohasidagi
hamkorligiga nisbatan, masalan, Ittifoqning yangi huquqni muhofaza
qilish organi - Yevroyust to'g'risidagi Ustav qo'shildi;
4) a'zo davlatlarning jinoyat-huquq sohasidagi hamkorlik
mexanizmidan foydalanish tartibi aniqlandi va soddalashtirildi.
Yer
yuzidagi
dastlabki
milliylikdan
ustun
Konstitutsiya
-2004 yilgi Yevropa uchun Konstitutsiya loyihasining ishlab chiqilishi
uchini ming Yilllikda Yevropa Ittifoqini huquqiy rivojlantirishda muhim
voqea bo'ldi
74
.
Konstitutsiya Ittifoqi tashkil etilganidan buyon keng ko'lamli
huquqiy islohotlarni amalga oshirish borasidagi urinishlarni ifoda etadi.
Konstitutsiyani ratifikatsiya qilish jarayonida 18 mamlakat
loyihani qo'llab-quvvatladi, 2005yilFransiya va Gollandiyada o'tgan
referendumlar salbiy natija berdi va bu ratifikatsiya jarayonini
to'xtatishga olib keldi.
Shu sababli yangi hujjat ishlab chiqildi. Yangi hujjat tashqi
jihatdan konstitutsiyaviy matnga o'xshamadi. Unda Konstitutsiyaning
yangi Ittifoq faoliyati uchun zarur bo'lgan asosiy qoidalar saqlanib
qolingan.
Shartnoma 2007yil13 dekbarda o'sha paytda Yevropa Ittifoqiga
raislik qilgan Portugaliya poytaxtida imzolangan va shu bois Lissabon
shartnomasi (yoki Islohot to'g'risidagi shartnoma) deb atalgan.
74
См.: Конституция Европейского Союза: Договор, устанавливающий Конституцию для Европы (с
комментарием). М.: ИНФРА - М, 2005.
138
Islohot to'g'risidagi shartnoma Yevropa Ittifoqiga yuridik shaxs
maqomini berdi (Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi shartnomaning 47-
moddasi), Bu dunyoda, uchinchi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan
muzokaralarda uning pozitsiyasini sezilarli ravishda kuchaytirdi.
Shartnomaga
muvofiqEvropa
Ittifoqi
asosiy
ta'sis
shartnomalarining murakkab tizimi qisman kodlashtirildi.
Shunday qilib, Ittifoq «Konstitutsiyaviy» asosi, YeI boshlang'ich
qonunchiligi asosini Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi shartnoma, Yevropa
Ittifoqining faoliyat yuritishi to'g'risidagi shartnoma (Yevropa
hamjamiyati o'rnida qabul qilingan shartnoma), Yevropa Ittifoqining
asosiy huquqlar to'g'risidagi xartiyasi (2000) tashkil etdi. Lissabon
shartnomasi qabul qilinishi natijasida yagona Konstitutsiya «uch
qismdan iborat Lissabon shartnomasi» bilan almashtirildi.
Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi shartnomaga ko'ra — bu «Yevropa
xalqlarining yanada yaqin ittifoqini» tashkil etishga xizmat qilish asosiy
maqsadi bo'lgan integratsiya tashkilotidir.
Ittifoqqa ijtimoiy tuzumning demokratik prinsplari - «erkinlik,
demokratiya prinsplari, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat
qilish, huquqiy davlat prinspi» rioya qiluvchi har qanday Yevropa
davlati a'zo bo'lish huquqiga ega (Qarang: Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi
shartnomaning 6, 49-moddalari). Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirish uchun
mamlakat YIL o'rtacha ko'rsatkichlari bilan taqqoslanadigan yuqori
darajada
iqtisodiy
rivojlangan
bo'lishi,
nomzod
davlat
ichki
qonunchiligini YIL huquq normalariga muvofiqlashtirish uchun huquqiy
islohotlarni amalga oshirish zarur.
1975 yildan buyon a'zo davlatlar jinoyatchilik va boshqa
huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo’yicha birgalikdagi choralarni ishlab
chiqishga kirishdi: politsiya va sud organloarining jinoyat-huquq
sohasidagi hamkorligi, avvalgi nomi (1999yil1 maygacha — odil sudlov
va ichki ishlar sohasidagi hamkorlik).
Yevropa hamjamiyati, KPTB va Yevratom siyosiy-huquqiy
doktrina, ba'zida rasmiy hujjatlarda Yevropa Ittifoqining dastlabki
«tayanchi» deb nomlangan.
Umumiy tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati (UTSXS), politsiya
va sud organlarining jinoyat-huquq sohasidagi hamkorligi (PSOH)
ikkinchi hamda uchinchi tayanch sifatida xizmat qiladi.
Shunday qilib, ichki tuzilish nuqtai nazaridan, Yevropa Ittifoqi -
uch tarkibiy qism (tayanch): Yevropa hamjamiyati, UTSXS va
PSOHdan iborat murakkab, kompleks tuzilmali tashkilotdir. Har bir
139
«tayanch» faoliyati Yevropa Ittifoqi huquqining xususiyati va mazmuni
bo’yicha turli manbalariga bo'ysunadi.
Ittifoqning uch «tayanchi» bir-biri bilan birlashgan, avvalo,
Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi shartnomada bevosita mustahkamlangan
yagona maqsad va prinsplarning mavjudligi, a'zo davlatlar tarkibining
yaxligidir.
Yevropa Ittifoqi o'z vakolatlari xususiyatiga ko'ra, siyosiy
hokimiyatning davlatdan ustun (milliylikdan ustun) tashkilotni ifoda
etadi va a'zo davlatlar uning foydasiga o'z suverenitetini ixtiyoriy
ravishda cheklagan.
Zamonaviy Yevropa Ittifoqi — mukammal federatsiya sari
bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan davlatga o'xshash tuzilmadir.
Ayni paytda bugungi kunda Yevropa Ittifoqi xalqaro (hukumatlararo)
tashkilot va davlatlar konfederatsiyasining qator umumiy xususiyatlarini
saqlab qolgan.
Ittifoq uning qadriyatlarini hayotga tatbiq etish, maqsadlarini
amalga oshirish, ittifoq manfaatlari, uning fuqarolari va a'zo davlatlari
manfaatlariga xizmat qiladigan, uning siyosati va xatti-harakatlari
izchilligi, samaradorligini ta'minlaydigan institutsional mexanizmga ega.
- Yevropa parlamenti;
- Yevropa kengashi;
- Kengash;
- Yevropa komissiyasi;
- Yevropa Ittifoqi sudi;
- Yevropa markaziy banki;
- Hisob palatasi uning institutlaridir.
Yevropa markaziy banki va Hisob palatasi haqidagi Ustav,
shuningdek, boshqa institutlar to'g'risidagi batafsil qoidalar
Yevropa Ittifoqining faoliyati to'g'risidagi shartnoma mavjud.
Quyidagilar Yevropa integratsiyasi yo'lidagi muhim yutuqlarga
aylandi:
- umumiy bozorning tashkil topishi va uning asosida YeI yagona
ichki bozori - «ichki chegaralarsiz makon» shakllantirildi, unda mazkur
Shartnoma qoidalariga ko'ra tovarlar, shaxslar, xizmatlar va kapitalning
erkin ko'chishi ta'minlanmoqda (Yevropa hamjamiyatini ta'sis etish
to'g'risidagi shartnomaning 14-moddasi);
- iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil topishi. YeI yagona pul
birligi - yevro uning asosi bo'lib xizmat qilmoqda (bu jarayonda turli
140
sabablarga ko'ra o'z milliy valyutasini muamolada saqlab qolgan Buyuk
Britaniya, Daniya, Shvetsiya ishtirok etmayapti);
- Shengen makonining tashkil topishi va Shengen shartnomasi
asosida chet elliklar uchun yagona vizaning joriy etilishi;
- Yevropa Ittifoqi institutlari tomonidan turli sohalarda umumiy
siyosatning ishlab chiqilishi va joriy etilishi: YeI umumiy agrar siyosati
raqobat, immigratsiya, transport, ekologiya siyosati va boshqalar;
- Yevropa Ittifoqi huquqi — a'zo davlatlar, yuridik shaxslar va
oddiy fuqarolar ishtirokida ijtimoiy munosabatlarning muhim sohalarini
tartibgna soladigan mustaqil huquqiy tizimning shakllanishi;
- a'zo davlatlar fuqarolarining bevosita Yevropa Ittifoqi bilan
barqaror huquqiy aloqasi sifatida Ittifoq fuqarolik institutining joriy
etilishi. Yevropa Ittifoqining 2000 yilda qabul qilingan Asosiy huquqlar
to'g'orisidagi xartiyasi Ittifoq fuqarolarining asosiy huquqiy qoidalari
mustahkamlangan yangi kompleks manbadir;
- yuridik shaxslarningEvropa Ittifoqi hududida tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan yagona
tashkiliy-huquqiy shakli bo'lgan Yevropa aktsiyadorlik jamiyati
to'g'risidagi qonunchilikning qabul qilinishi;
- Yevropa Ittifoqini «erkinlik, xavfsizlik va odil sudlorv
makoni»ga aylantirish maqsadida qonunchilikni ishlab chiqish va
tashkiliy choralar ko'rish (Yevropa Ittifoqi to'g'risidagi shartnomaning 2-
moddasi, terrorizm, qalbaki pul yasash, pulni noqonuiy o'zlashtirish va
«transmilliy» jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish
bo’yicha me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish va qabul qilish,
jinoyatchilikdan zarar ko'rgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning
minimal standartlarini belgilash, Yevropa politsiya mahmkasini
(Yevropol) tashkil qilish, «hibsga olish uchun Yevropa orderi»ni joriy
etishga tayyorlash va boshqalar;
-
Yevropa
Ittifoqini
xalqaro
munosabatlarning
mustaqil
ishtirokchisiga aylantirish, xorijiy davlatlar, jumladan O'zbekiston bilan
sheriklik munosabatlarini yo'lga qo’yish. Masalan, O'zbekiston
Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasida O'zaro anglashuv to'g'risidagi
memorandum 2011yil24 yanvarda qabul qilingan va kuchga kirgan.
O'zbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini ta'sis
etish to'g'risidagi shartnoma, O'zbekiston Respublikasi hukumati va
Yevropa Ittifoqi hamda Atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamjamiyati
o'rtasida ushbu shartnoma imtiyoz va daxlsizlik huquqlari 2011yil21
iyulda kuchga kirgan.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |