Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Maslahat Assambleyasi
– Yevropa Kengashining maslaatlashuv 
organi hisoblanadi.
Maslahat Assambleyasi quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: 
- Yevropa Kengashining maqsadiga javob beradigan va 
vakolatlariga taalluqli har qanday masalani muhokama etishi va ushbu
masala yuzasidan tavsiya berishi, shuningdek, Vazirlar qo'mitasi 
tomonidan xulosa chiqarish uchun taqdim etilgan har qanday masalani 
muhokama etishi va bu masala yuzasidan ham tavsiya berishi mumkin; 
- Ustav qoidalariga muvofiq o'z kun tartibini belgilashi mumkin va 
bunda Yevropa Kengashining barcha a'zolarini o'z ichiga olgan boshqa 
Yevropa hukumatlararo tashkilotlarning ish jadvalini inobatga oladi;
- o'z protsedura Qoidalarini qabul qilishi; 
- o'z vakolatiga taalluqli har qanday masalani ko'rib chiqish uchun 
qo'mitalar va komissiyalar ta'sis etishi mumkin. 
Maslahat Assambleyasi har bir a'zo davlatning Parlamenti 
tarkibidan saylanadigan yoki Parlament a'zolari orasidan tayinlanadigan 
vakillardan tarkib topgan. Assambleya vakili tashkilotga a'zo o'z 
davlatining fuqarosi bo'lishi lozim, ammo bir paytning o'zida Vazirlar 
qo'mitasi a'zosi bo'la olmaydi. Vakillar vakolatlari muddati ular 
tayinlangandan so'ng bo'lib o'tadigan navbatdagi sessiya ochilish kunida 
belgilanadi va bu muddat navbatdagi sessiya ochilish kunida tugaydi. 
Vakillarning birortasi ham Assambleya sessiya davrida o'z roziligisiz 
mandatidan mahrum etilishi mumkin emas.
Yevropa Kengashi a'zolari vakillarining soni Ustavga muvofiq 
belgilanadi. 
Masalahat Assambleyasi har yili Kengash a'zolari borgan joylarda 
navbatdagi sessiyani o'tkazadi. Bundan tashqari, Vazirlar qo'mitasi yoki 
Assambleya Raisining tashabbusi bilan favqulodda sessiya chaqirilishi 
mumkin. 
Parlament assambleyasi (YEKPA)
— Yevropa Kengashining 
Ustavda ko'rsatilgan ikki asosiy organidan biridir.
Parlament assambleyasi – tashkilotga a'zo barcha davlatlar 
parlamentlari vakillaridan iborat maslahat organi.


126 
YEKPA Yevropada parlamentlararo hamkorlik bo’yicha dastlabki 
organlardan hisoblanadi va tashkilotga a'zo davlatlardagi mavjud asosiy 
siyosiy partiyalar manfaatlarini himoya qiladi.
Assambleya doirasida Yevropa Kengashi tarkibiga kiradigan 47 
demokratik davlatning parlament tuzilmalari vakillari hamkorlik qiladi. 
Assambleya zamonaviy jamiyat muammolariga taalluqli dolzarb va 
istiqbolli masalalar, xalqaro siyosatning turli jihatlarini ko'rib chiqadi. 
Assambleya ishlari natijalari milliy parlamentlar va a'zo davlatlar 
parlamentlariga yetkaziladi.
Assambleya milliy parlamentlar tarkibidan saylanadigan yoki 
taYilnlanadigan 318 a'zodan iborat. Har bir davlat parlament vakillari 
soni ularning aholisi soniga qarab, 2 yoki 18 kishini tashkil qiladi. 
Assambleyadagi milliy delegatsiyalar tarkibi milliy parlamentdagi 
barcha asosiy siyosiy kuchlar yoki guruhlar manfaatlarini teng aks 
ettirishi darkor.
Parlament 
assambleyasining yalpi 
majlislari Strasburgdagi 
Yevropa Saroyining majlislar zalida bir yilda to'rt marta o'tkaziladi. 
Assambleya raisi uning a'zolari orasidan uch marta bir yillik muddatga 
saylanadi. Rais va uning o'rinbosarlari, besh siyosiy partiya guruhlari 
rahbarlari, YEKPA Komissiyasi raislari Assambleya Byurosini tashkil 
etadi.
Parlament 
Assambleyasi 
Yevropa 
Kengashi 
raisi, 
uning 
o'rinbosari, Parlament Assambleyasi Bosh kotibi, Inson huquqlari 
bo’yicha Yevropa sudi sud`yalari, shuningdek, Inson huquqlari bo’yicha 
komissarni saylaydi.
Parlament Assambleyasining asosiy faoliyati siyosiy, huquqiy 
masalalar va inson huquqlari, iqtisodiy masalalar va rivojlanish, 
ijtimoiy, sog'liqni saqlash va oila ishlari, migratsiya, qochqinlar, 
aholishunoslik, madaniyat, ilm-fan va ta'lim, atrof-muhit, qishloq 
xo'jaligi, mahalliy hamda mintaqaviy masalalar, xotin-qizlar va erkaklar 
imkoniyatlari tengligi, protsedura va immunitet qoidalari, Yevropa 
Kengashiga a'zo davlatlarning o'z majburiyatlarini bajarishi bo’yicha 
komissiyalar faoliyatida doirasida tashkil etiladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish