Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Yevropa Kengashining organlari
­ Vazirlar qo'mitasi; 
­ Maslahat Assambleyasi; 
­ Yevropa Kengashi Kotibiyati; 
­ Parlament assambleyasi; 
­ Kongress; 


122 
­ Yevropa sudi. 
Yevropa Kengashi Strasburgda joylashgan. Rasmiy tili ingliz va 
frantsuz tillari. 
Bosh kotib Parlament assambleyasi (YEKPA) tomonidan 
beshyilmuddatga saylanadi va strategik va byudjetni rejalashtirish, 
Yevropa Kengashini umumiy boshqarishga javob beradi. Kengashga har 
bir a'zo davlat Bosh kotib va Kotibiyat xodimlari majburiyatlarining 
xalqaro xususiyatini hurmat qilishi lozim. Bosh kotib Kotibiyat faoliyati 
uchun Vazirlar qo'mitasi oldida javob beradi. Xususan, u Maslahat 
assambleyasiga uning ehtiyojiga qarab, ma'muriy va boshqa yordam 
ko'rsatadi. 
Vazirlar 
qo'mitasi 
Yevropa 
Kengashi 
nomidan 
faoliyat 
ko'rsatadigan organdir. 
Yevropa Kengashining Vazirlar qo'mitasi tashkilotning rahbar va 
ko'rsatmalar beradigan organ. Vazirlar qo'mitasi bir paytning o'zida 
hukumat organi va kollektiv forumidir. Ushbu hukumat organi doirasida 
teng huquqlilik asosida Yevropa jamiyati muammolarini hal qilish 
bo’yicha milliy yondashuvlar muhokama etilsa, kollektiv forumida 
birgalikda muhokama jarayonida bu muammolarni hal etishga doir 
umumevropa 
yondashuvlari 
shakllantiriladi. 
Vazirlar 
qo'mitasi 
Parlament 
assambleyasi 
bilan 
birgalikda 
Kengashning 
asosiy 
qadriyatlarini 
himoya etadi 
va unga a'zo davlatlarning o'z 
majburiyatlariga rioya etishini nazorat qiladi.
14-moddaga muvofiq har bir a'zo Vazirlar qo'mitasida bittadan 
vakilga ega bo'lib, har bir vakilga bitta ovoz berilgan.
Qo'mitadagi vakillar Tashqi ishlar vazirlari hisoblanadi.
Vazirlar qo'mitasining vakolatlari: 
1. Maslahat Assambleyasi tavsiyasiga binoan yoki o'z tashabbusi 
bilan Yevropa Kengashi maqsadlariga erishishga, jumladan, hukumatlar 
bilan konvensiya va shartnomalar tuzish hamda muayyan masalalar 
yuzasidan yagona siyosat yuritishga qaratilgan choralarni muhokama 
etadi. Vazirlar qo'mitasi xulosasi A'zo davlatlar hukumatlariga tavsiya 
shaklida chiqariladi va qo'mita A'zo davlatlar hukumatlaridan bunday 
tavsiyalar qanday bajarilayotgani haqida so'rashi mumkin.A'zo 
davlatlarning o'z majburiyatlarinibajirishini nazorat qilish uchun 
monitoring tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 
Masalan, 2014yilaprelda Strasburgda Vazirlar qo'mitasi Biznes va 
inson huquqlari masalalari bo’yicha amal qilinadigan prinsplar 
to'g'risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Shu Yillning 19 fevralida esa 


123 
tashkilotga a'zo ikki davlat uchun keksalar huquqlarini rag'batlantirish 
to'g'risidagi deklaratsiyani qabul qildi.
2. Yevropa Kengashi faoliyatini tashkil etish va tartibiga taalluqli 
har qanday masala yuzasidan bajarilishi shart bo'lgan qarorlar qabul 
qiladi. Shu maqsadda zarur moliyaviy va ma'muriy qoidalarni ham qabul 
qiladi (Qarang: Ustavning 16-moddasi). 
3. Vazirlar qo'mitasi o'z ixtiyoriga ko'ra, aniq maqsadlarga erishish 
uchun maslahat beoruvchi yoki texnik xususiyatga ega qo'mita va 
komissichyalarni ta'sis etishga haqli (Ustavning 17-moddasi). 
4. Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi qarorlari ijrosini nazorat 
qiladi. 
Doimiy 
vakillar 
Inson 
huquqlari 
bo’yicha Yevropa 
konvensiyasining 32 va 54-moddalariga muvofiq inson huquqlari 
bo’yicha majlislarni muntazam o'tkazadi. Qo'mita har bir shikoyatni 
ko'rib chiqqach, yakuniy rezolyutsiya qabul qiladi. 
Vazirlar qo'mitasi nazorat doirasida quyidagi masalalarni ko'rib 
chiqadi:
- vaziyatlarga qarab, manfaatdor tomonning qarorni bajarish uchun 
zarur uslubni erkin tanlashi ko'zda tutilgan holda, penyani o'z ichiga 
oladigan Sud tomonidan belgilangan har qanday adolatli kompensatsiya 
to'langani yoki to'lanmagani; 
- qonunbuzarlikni to'xtatish va jabrlangan tomon ham imkoni 
boricha ilgari Konvensiya buzilishidan foydalangan tomon tushgan 
vaziyatda bo'lishini kafolatlaydigan alohida choralar ko'rilgani yoki 
ko'rilmagani;

ilgari 
aniqlangan 
qonunbuzarliklarga 
o'xshash 
yangi 
qonunbuzarliklarning oldini olish yoki bunday qonunbuzarliklar davom
etishiga chek qo’yish uchun umumiy choralar ko'rilgani yoki 
ko'rilmagani.
Manfaatdor davlat qarorni bajarish uchun zarur barcha choralarni 
amalga oshirgach, Vazirlar qo'mitasi uning nazorat vazifasi bajarilgani 
haqidagi rezolyutsiyani qabul qilishi kerak. 
(Qarang: Yevropa 
Konvensiyasining 46-moddasi. Vazirlar qo'mitasining Bekir-Ousta 
Gretsiyaga qarshi arizachining erkin birlashish huquqlari buzilgani 
to'g'risidagi ishi bo’yicha Rezolyutsiyasi). 
Qo'mita ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni yengillashtirish 
maqsadida Yevropa sudining Kipr Turkiyaga qarshi qo'zg'atgan ishi 
to'g'risidagi qarorini o'rganib chiqib, Kotibiyatga Sud tomonidan 
chiqarilgan qarorda turli qonunbuzarliklarni qayta tiklash haqida 
umumiy tahlil, shuningdek, Kiprning Turkiyaga qarshi ishi (2014yil12 


124 
may) bo’yicha qarorning adolatlikompensatsiyalarni to'lashga ta'siri 
tahlilini taqdim etishni topshirdi. 
Vazirlar qo'mitasi Bolgariya hukumati tomonidan taqdim etilgan 
va Yevropa sudining Kirilov Bolgariyaga qarshi ish bo’yicha2008yil22 
maydagi qarorini hayotga tatbiq etish maqsadida qabul qilingan 
choralari qayd etilgan hisobot, shuningdek, Sud tomonidan belgilangan 
adolatli kompensatsiyani to'lashga nisbatan taqdim etilgan axborotni 
ko'rib chiqib, o'zining 1177-majlisida Konvensiyaning 46-moddasi 
doirasida ishni ko'rib chiqishni to'xtatish to'g'risida SM / ResDH (2013) 
152 qarorni qabul qildi va Konvensiyaning 46-moddasida ko'zda tutilgan 
barcha choralar ko'rilganini qayd etdi. 
5. O'z protsedura qoidalarini qabul qiladi. 
6. Maslahat Assambleyasi sessiya o'tkazayotganda Vazirlar 
qo'mitasi unga o'z faoliyati haqida tegishli hujjatlar ilova qilingan 
hisobotni taqdim etadi.
Yevropa Kengashi 1966 yildan buyon «Hukumatlararo faoliyat 
dasturi» mavzusida e'lon qilinadigan bir Yilllik ishlar dasturiga muvofiq 
o'z faoliyatini rejalashtirib tashkild etmoqda va baholamoqda.
Vazirlar qo'mitasi konvensiya va shartnomalar qabul qilishi uchun: 
- ovoz berishda qatnashadigan vakillar ovozining uchdan bir qismi; 
- Qo'mita faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo'lganlarning 
ko'pchiligi ovozi kerak bo'ladi.Konvensiyalar faqat ularni ratifikatsiya 
qilingan mamlakatlar uchun majburiy kuchga egadir. Har qanday 
shartnoma matni u qo'mita tomonidan qabul qilingandan so'nggina 
ma'qullanadi.Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar tavsiyalarni qabul 
qilishi uchun:
- ovoz berishda qatnashadigan barcha vakillarning hamfirkligi; 
- qo'mita ishlarida qatnashish huquqiga ega vakillarining 
ko'pchiligining ovozi kerak bo'ladi. 
Biroq, 1994 yilning noyabrida o'tgan 519-majlisda muvaqqat 
vakillar ovoz berish jarayonini soddalashtirish to'g'risida qaror qabul 
qildi va «jentelmen shartnomasi»ni tuzdi. Ushbu shartnomaga ko'ra, 
hech qanday delegatsiya tavsiyalar qabul qilishda hamfikrlik qoidalarini 
talab qilishi mumkin emas. 
Tavsiyalar a'zo davlatlar uchun majburiy emas. Ammo, Vazirlar 
qo'mitasi a'zo davlatlar hukumatlariga bunday tavsiyalar «qanday 
bajarilayotgani» haqida so'rov bilan murojaat qilish huquqiga egadir. 
Yevropa 
Kengashining 
Vazirlar 
qo'mitasi 
va 
Parlament 
assambleyasi o'rtasidagi munosabatlar quyidagi shakllarga ega: 


125 
Vazirlar qo'mitasining Ustavda ko'zda tutilgan hisoboti; 
Parlament assambleyasi xulosalariga nisbatan rasmiy talab; 
Parlament assambleyasining tavsiyalarni bajarishga doir choralarni 
belgilash;og'zaki va yozma xatlarga javoblar. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish