Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


VII-BOB.  XALQARO MINTAQAVIY TASHKILOTLAR



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

VII-BOB. 
XALQARO MINTAQAVIY TASHKILOTLAR
Yevropa 
Kengashi. 
Yevropa 
ittifoqi. 
Mustaqil 
davlatlar 
hamdo'stligi. Shanhay hamkorlik tashkiloti. 
Yevropa Kengashi
65
 
 
Yevropa Kengashi — huquq standartlari, inson huquqlari, 
demokratik taraqqiyot, qonuniylik va o'zaro madaniy hamkorlik 
sohasida barcha Yevropa mamlakatlari hamkorligiga ko'maklashadigan 
xalqaro tashkilotdir. 1949 yilda asos solingan Yevropa Kengashi 
Yevropada eng avval tashkil topgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. Uning 
tarkibiga 47 davlat kiradi. 
Kengash 1949yil5 mayda tashkil topgan bo'lib, uning Ustavi 
Londonda o'n mamlakat - Bel`giya, Daniya, Irlandiya, Italiya, 
Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va 
Shvetsiya tomonidan imzolangan. Yevrpopa Kenashining bosh 
qarorgohi Fransiya va Germaniya chegarasidagi shahar, ushbu ikki 
davlat yarashuvining ramzi sifatida Strasburg shahrida joylashgan.
Nimzoga muvofiq Yevropa Kengashining maqsadi unga a'zo 
davlatlarning umumiy oliy maqsad va prinsplarini himoya qilish hamda 
amalga oshirish yo'lida ular o'rtasida birdamlikka erishish, ularga 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga ko'maklashishdir. Ushbu maqsadga 
Yevropa Kengashi organlarining sa'y-harakatlari bilan umumiy 
manfaatga daxldor masalalarni ko'rib chiqish, shartnomalar tuzish, 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, huquqiy va ma'muriy sohalarda 
birgalikda harakat qilish, shuningdek, inson huquqlari va asosiy 
erkinliklarini qo'llab-quvvatlash va amalga oshirish orqali erishilmoqda. 
Tashkilotga a'o davlatlarning milliy mudofaasiga taalluqli masalalar 
Yevropa Kengashi vakolatiga kirmaydi.
Yevropa Kengashining Ustavi huquq va prinsp ustuvorligi 
prinspini tan olishni e'lon qiladi. Ushbu prinspga muvofiq
uning yurisdiktsiyasiga kiradigan barcha shaxslar inson huquqlari va 
asosiy erkinliklaridan foydalanishi, Kengash maqsadlariga erishish 
uchun uning har bir a'zosi bilan faol hamkorlik qilishi shart.
Demak, Yevropa Kengashi quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: 
65
 
http://www.coe.int/ru/
 - Европа Кенгаши расмий сайти 


121 
- inson huquqlarini himoya qilish, parlament demokratiyasini 
mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta'minlash; 

a'zo 
davlatlarning 
ijtimoiy 
va 
huquqiy 
amaliyotini 
uyg'unlashtirishga yordam beradigan umumevropa kelishuvlariga 
erishish; 
- xalqlarning ma'naviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan va 
madaniyatlar xilma-xilligini saqlash va kengaytirishni ko'zda tutadigan 
Yevropaning o'ziga xos xususiyatlarini anglashiga ko'maklashish. 
Mazkur Ustav qoidalariga mos bo'lishga intilayotgan va qodir har 
qanday Yevropa davlati Bosh kotibga ushbu davlat nomidan Ustavga 
qo'shilish to'g'risidagi hujjatni taqdim etgan kundan boshlab, Yevropa 
Kengashi a'zosi sifatida ko'rib chiqiladi. Kengashning har qanday a'zosi 
uning tarkibidan chiqishi va bu haqda Bosh kotibga rasman ma'lum 
qilishi mumkin.
Yevropa Kengashining Ustav qoidalarini qo'pol buzgan har qanday 
a'zosining vakillik huquqi bekor qilinib, Vazirlar qo'mitasi unga 
Kengash tarkibidan Ustavda ko'zda tutilgan shartlar asosida chiqishni 
taklif etishi mumkin (qarang. YeK Ustavining 7-moddasi). Yevropa 
Kengashining bunday a'zosi agar bu taklifni bajarmasa, Vazirlar 
qo'mitasi ushbu a'zo Vazirlar qo'mitasi belgilaydigan muddatdan 
boshlab, Kengash tarkibidan chiqarilishi haqida qaror qabul qilishi 
mumkin. 
2005 yil 17 mayda Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar va 
hukumatilar rahbarlari Varshavada o'tkazilgan uchrashuvda Harakat 
rejasini qabul qildi. Ushbu rejada Yevropa Kengashining kelgusi 
Yilllardagi asosiy vazifalari bayon qilindi. Istiqbolli bu reja quyidagi 
vazifalarni o'z ichiga olgan: 
- umumiy bo'lgan asosiy qadriyatlar — inson huquqlari, qonun va 
demokratiya ustuvorligi ta'minlanishiga ko'maklashish; 
- Yevropa fuqarolari xavfsizligini mustahkamlash; 
- insonparvar va ochiq Yevropani barpo etish; 
- Yevropaning boshqa xalqaro tashkilot va institutlari bilan 
hamkorlikni mustahkamlash. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish