Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Yevropa Sudi
milliy sud organi bo'lib, unga faqat davlat ichidagi 
barcha himoya vositalari mavjud bo'lmay qolgan taqdirdagina murojaat 
qilish mumkin.
Sud quyidagilar nomidan taqdim etilgan arizalarni ko'rib chiqadi: 
• har qanday shaxs,
• Yevropa Konvensiyasida ko'zda tutilgan o'z huquqlari buzilgan 
deb hisoblagan nodavlat tashkilotlar yoki shaxslar guruhi. 
Sud Inson huquqlari bo’yichakonvensiyani imzolab ratifikatsiya 
qilgan davlatga qarshi yo'naltirilgan va ushbu davlat tomonidan mazkur 
Konvensiya ratifikatsiya qilingandan so'ng sodir bo'lgan voqealarga 
taalluqli shikoyatlarni ko'rib chiqadi.
Sud xususiy shaxslar yoki nodavlat (tijorat) tashkilotlariga qarshi 
yo'llangan shikoyalarni ko'rib chiqmaydi. Sud davlat hokimiyati 
organlarining xatti-harakati yoki qarorlariga qarshi shikoyatlarni ko'rib 
chiqadi hamda xususiy shaxslar yoxud davlat muassasalariga qarshi 
shikoyatlarni qabul qilmaydi. Sud Yevropa Konvensiyasiga nisbatan 
ushbu Konvensiya va Protokollar bilan kafolatlangan huquqlar buzilishi 
bilan bog'liq shikoyatlarni ko'rib chiqadi
67
.
67
См.: Европейское соглашение, касающееся лиц, участвующих в процедурах Европейского суда по правам 
человека от 1996 года. 


132 
Konvensiya shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun qabul qilishni 
belgilovchi shart sifatida ichki davlat huquqiy himoya vositalari 
ishlatilmayotgani to'g'risidagi talabni shakllantiradi. Bu inson huquqlari 
himoyasini, avvalo, davlat organlari, birinchi navbatda esa, Konvensiya 
norma va prinsplarini o'z faoliyatining ustuvor asoslari sifatida tan olishi 
shart bo'lgan milliy sudlar himoya qilishi, kerak degani.
Bu 
shart 
inson 
huquqlariga 
taalluqli 
boshqa 
xalqaro 
shartnomalarda: Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt 
(41-modda) va uning Fakul`tativ protokoli (2,5-moddalar), Amerika 
inson huquqlari konvensiyasi (46-modda) va Afrika inson va xalqlar 
huquqlari xartiyasida (50-modda) ham uchratish mumkin. Ichki huquqiy 
himoya vositalaridan foydalanish vazifasi shundan iboratki, milliy 
organlar, avvalambor, sudlarga Konvensiyaning taxmin qilinayotgan 
buzilish holatlarining oldini olish imkonini berishdir. Bu vazifa 
Konvensiyaning 13-moddasida aks ettirilgan qoidaga asoslanadi. Ushbu 
moddaga muvofiq ichki huquqiy tartibda Konvensiyada kafolatlangan 
huquqlar buzilishini himoya qilishning samarali vositalari mavjud 
bo'lishi lozim. Konvensiyada belgilangan mexanizmning subsidar 
xususiyati ham mana shundan iborat
68
.
Sud Yevropa Konvensiyasida ko'zda tutilgan huquqlari buzilgani 
haqida har qanday shaxs, nodavlat tashkiloti yoki shaxslar guruhi 
tomonidan yo'llangan arizalarni ko'rib chiqadi
69
.
Shuningdek, alohida e'tibor talab qiladigan qoidaga ko'ra, Sud 
ishni quyidagi hollarda ko'rib chiqish uchun qabul qilishi mumkin: 
- ichki huquqiy himoya vositalari foydalanib bo'lingandan so'ng;
- milliy darajadagi yakuniy qaror qabul qilingach, olti oydan so'ng 
( II-instantsiya sudi qaroridan so'ng); 
Sud quyidagi arizalarni ko'rib chiqmaydi: 
­ anonim bo'lgan; 
­ Sud tomonidan avval ko'rib chiqilgan yoki xalqaro miqyosda 
muhokama yoxud hal etish protsedura predmeti bo'lsa; 
­ asossiz bo'lsa; 
­ ariza berish huquqi suiiste'mol qilingan bo'lsa.
68
См.: Практическое руководство по критериям приемлемости. Council of Europe/European Court of Human 
Rights, 2011 г. 
69
См.: Постановление Европейского суда по правам человека по делу 
Lessaintsmonastères против Греции
(10/1993/405/483–484). URL: http://hudoc.echr.coe.int/sites/eng/pages/search.aspx?i=001-58180 


133 
Ishni o'zi ko'rib chiqayotgan sud`ya jarayoning istalgan bosqichida 
shikoyatni ko'rib chiqadigan ishlar ro'yxatidan chiqarish to'g'risida qaror 
qabul qilishi, ya'ni uni nomaqbul deb aniqlashi mumkin, agarda:
- shikoyat mazkur Konvensiya yoki uning Protokollari qoidalariga 
mos kelmasa, asossiz yoki shikoyatni taqdim etish huquqi suiiste'mol 
qilingan bo'lsa; yoki 
- Konvensiya yoki uning Protokollari qoidalari buzilishi taxmin 
qilinishi natijasida da'vogar huquqlari biroz bo'lsada buzilgan va unga 
jiddiy zarar yetkazilmagan bo'lsa, Konvensiya va uning Protokollarida 
kafolatlangan inson huquqlariga so'zsiz rioya etish prinspi shikoyatni 
tekshirishni talab etmasa, ammo birorta ham shikoyat ushbu asoslarga 
ko'ra rad etilishi mumkin bo'lmasa, da'vogarning ishi ichki milliy sud 
tomonidan tegishli ravishda ko'rib chiqilmagan bo'lsa. 
Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudiga murojaat qilish huquqi 
mutlaq xususiyatga ega bo'lib, hech qanday cheklovlarga ega emas.
«Erkin murojaat qilish huquqini amalga oshirish» prinspi Konvensiya 
organlari bilan, hattoki, himoyaga muhtoj bo'lgan holatda, masalan, 
shaxs hibsga saqlanib, uning oilasi va tashqi dunyo bilan aloqasi 
cheklangan bo'lsada, erkin yozishmalar qilishi mumkinligini ko'zda 
tutadi
70
.
Konvensiyaning 14-protokoli 28-moddasiga binoan alohida 
shikoyatni ko'rib chiqishda Qo'mita quyidagilar bo’yicha bir ovozdan 
qaror qabul qilish huquqiga ega:
- agar bunday qaror ish batafsil o'rganib chiqilmasdan qabul 
qilingan bo'lsa, yakka tartibda taqdim etilgan shikoyatni nomaqbul deb 
e'lon qilish yoki uni ishlar ro'yxatidan chiqarib tashlash; yoki 
- Yevropa Sudi amaliyotida qaror topganidek, Konvensiya va 
uning Protokollari qoidalarini izohlash va qo'llash masalasi shikoyat 
predmeti hisoblansa, yakka tartibda taqdim etilgan shikoyatni nomaqbul 
deb e'lon qilish hamda ayni paytda shikoyatning mohiyatiga qarab qaror 
chiqarishi mumkin.
YEKPA 35-moddasida qayd etilgan shikoyatlarning nomaqbulligi 
bo’yicha yangi shartlarga qo'shimcha sifatida, Sud har qanday 
shikoyatni, agarda da'vogar katta zarar ko'rmagan, inson huquqlarini 
hurmat qilish prinspi shikoyatni mohiyatiga ko'ra ko'rib chiqishni talab 
qilmaydi deb hisoblasa, nomaqbul deb e'lon qilishi mumkin.
70
См.: Постановление Европейского суда по правам человека по делу 
Cotlet против Румынии
, от 3 ctynz,hz 
2003 г. URL: http://hudoc.echr.coe.int/sites/eng/pages/search.aspx?i=001-65680 


134 
Masalan, 2010yilYevropa Sudi Korolyov Rossiyaga qarshi shikoyati 
bo’yicha qaror chiqarib, shikoyatni unchalik katta zarar yetkazilmagani sababli 
nomaqbul deb e'lon qildi
71
.
Qo'mitaning bunday qarorlari yakuniy hisoblanadi. 
Sud o'z Kotibiyatga, majburiyatlari va Sud Reglamenti bilan 
belgilanadigan tashkilotiga ega. Shikoyatni Sud tomonidan ko'rib 
chiqish jarayoni sarf-xarajatlarni ko'zda tutmaydi. Negaki, protsedura 
bepul bo'lib, advokat ishtirokini talab qilmaydi. Yevropa sudi muayyan 
sharoitlarda mablag'i yetarli bo'lmagan da'vogarga bepul huquqiy 
yordam berishi mumkin. Bunda da'vogar zarur mablag'i yo'qligini hujjat 
bilan tasdiqlashi lozim. Sud ishni tomonlar vakillari ishtirokida ko'rib 
chiqadi va zarurat tug'ilganda, tekshiruv o'tkazadi. Bunday tekshiruvda 
Yuqori o'zaro kelishayotgan tomonlar barcha zarur sharoitlarni yaratib 
berishi shart. Sudda ish bahs-munozarali va ochiq ko'rib chiqiladi.
Ingliz va frantsuz tili Yevropa sudining rasmiy tillari bo'lishiga 
qaramasdan, da'vogarga o'z tilida alohida shikoyat taqdim etish huquqi 
beriladi. Shikoyatlar Sudga bevosita da'vogar tomonidan yuboriladi. 
Hech qanday davlat muassasalaridan shikoyatlarni aniq manziliga 
yuborish uchun vositachi sifatida foydalanish mumkin emas.
Agarda hech qanday qaror qabul qilinmagan bo'lsa, Palata 
Konvensiyaning 34-moddasiga muvofiq ish yuzasidan taqdim etilgan
yakka tartibdagi shikoyatning maqbulligi to'g'risida qaror qabul qiladi. 
Shikoyatning maqbulligi haqidagi qaror alohida chiqariladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish