Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Hisob palatasi Yevropa 
markaziy banki 
Mintaqlar qo'mitasi 
Agarda, o'zining alohida huquqlarini himoya qilish 
maqsadida 
Kengash, 
Komissiya, 
Yevropa 
markaziy banki, Yevroparlament va Yevropa 
Kengashi, Ittifoq organi va muassasalarining
qonunchilik hujjatlarini noqonuniy deb hisoblasa. 
Jismoniy yoki yuridik 
shaxslar 
Agarda, Kengash, Komissiya, Yevropa markaziy 
banki, Yevroparlament va Yevropa Kengashi, 
Ittifoq organi va muassasalarining uchinchi 
shaxslarga nisbatan huquqiy oqibatlarni yuzaga 
keltirishga 
qaratilgan 
qonunchilik 
hujjatlarini 
noqonuniy deb hisoblasa.Bunda ularga nisbatan 
chiqarilgan yoki ularga bevosita va alohida daxl 
qiladigan hujjatlarga, shuningdek, ularga bevosita 
daxl qiladigan va ijro choralarini talab qilmaydigan 
reglamentar hujjatlarga qarshi da'vo arizasi beriladi. 


148 
to'g'risidagi shartnomaning 257-moddasiga asosan tasdiqlanadigan 
Ustavlar YeI Sudi Maqomi ilovasida bo'ladi. 
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH)
78
1991 yil 8 dekabr kuni o'n bitta suveren davlatlar rahbarlari 
Mustaqil davlatlar hamdo'stligini tashkil etish to'g'risidagi shartnomani 
imzolab va 1991 yil Olmota Deklaratsiyasini qabul qilib, teng huquqli 
asosda Mustaqil davlatlar hamdo'stligini tashkil qildi . 
1993 yil 22 yanvarda MDHning Minsk sammitida Hamdo'stlik 
Ustavi qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi MDH Ustavini 1992 yil 4 
yanvarda ratifikatsiya qildi
79

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 oktyabr 
kuni Minsk shahrida bo'lib o'tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi 
Davlat rahbarlari kengashining majlisida shunday dedi: «Biz uchun 
MDHning ahamiyati, barchamizning manfaatlarimiz hisobga olingan 
holda, sheriklar bilan o'zaro foydali va serqirra hamkorlikni yanada 
kengaytirishdan manfaatdorligimiz aniq va ravshandir. Hamdo'stlik – 
bu amaldagi mustahkam shartnomaviy-huquqiy bazaga ega, puxta ishlab 
chiqilgan vosita va mexanizmlari asosida bevosita xalqaro muloqot, 
dolzarb masalalarni muhokama qilish, unga a'zo davlatlar o'rtasidagi 
munozara va turlicha qarashlarni hal etish uchun keng imkoniyatlar 
taqdim etadigan tuzilmadir».
Hamdo'stlik asosini uning barcha a'zolarining suveren tengligi 
prinspi tashkil qiladi. A'zo davlatlar xalqaro huquqning mustaqil va teng 
huquqli subyektlari hisoblanadi. 
MDH xalqaro huquq subyekti sifatida quyidagi huquqlarga ega: 
• Hamdo'stlik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar 
o'rnatish orqali xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini amalga 
oshiradi. 
MDH davlat rahbarlari kengashining MDH va uning ustav 
organlarining xalqaro e'tirofini ta'minlash to'g'risida 1993 yil 24 
dekabrdagi qarori hamda BMT Bosh assambleyasining 1994 yil 30 
martdagi A/RES/48/237-rezolyutsiyasiga asosan Hamdo'stlik BMT Bosh 
assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega bo'ldi. 
78
 
http://e-cis.info/
 - Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигининг интернет портали. 
79
См.: Обзор судебной практики по делам о толковании учредительных документов СНГ. 
http://sudsng.org/analytics/sudobzor/review-2012-2/. 


149 
• Hamdo'stlik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro 
shartnomalar tuzish huquqiga ega. Hamdo'stlik shartnomalar tuzish 
huquqini ta'sischi davlatlarning maxsus qarori asosida amalga oshiradi; 
• Hamdo'stlik organlari o'z nomidan qaror qabul qiladi; 
• Hamdo'stlik MDH Ustavi 10-moddasiga muvofiq xalqaro 
majburiyatlar buzilgan taqdirda sanktsiyalar qo'llash huquqiga ega.
(Qarang.:MDH Ijroiya Kotibiyatining 1998 yil 31 martdagi MDH 
xalqaro huquq subyekti hisoblanishi yoki hisoblanmasligi va bunday 
subyektning qanday vakolatlari Hamdo'stlikka joriy etilishi mumkinligi 
to'g'risidagi so'rovi bo'yicha MDH Iqtisodiy sudining 01-1/2-98 -ish 
bo'yicha qarori). 
Hamdo'stlik 
davlat 
hisoblanmaydi 
va 
milliylikdkn 
ustun 
vakolatlarga ega emas. 
MDH Iqtisodiy sudi 1998 yil 23 iyundagi 01-1/2-98-maslahat 
xulosasiga ko'ra, MDH xalqaro huquqi subyekti bo'lib, keng doiradagi 
masalalar 
bo'yicha 
davlatlararo 
hamkorlikni 
ta'minlaydigan 
hukumatlararo tashkilot ekanini qayd etdi. 
Quyidagilar Hamdo'stlik maqsadlari hisoblanadi: 
- siyosiy, iqtisodiy, ekologik, gumanitar, madaniy va boshqa 
sohalarda hamkorlik qilish; 
- umumiy iqtisodiy makon doirasida a'zo davlatlarni har 
tomonlama va muvozanatli iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, 
davlatlararo kooperatsiya va integratsiya;
- xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsp va normalari, 
shuningdek, YEXHT hujjatlariga muvofiq inson huquqlari va asosiy 
erkinliklarini ta'minlash; 
- xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda a'zo davlatlar 
o'rtasida hamkorlik; 
- o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish; 
- Hamdo'stlik davlatlari o'rtasidagi bahs va nizolarni tinch yo'l 
bilan hal etish. 
Bo'lajak a'zo tashkilotga qo'shilish uchun MDH maqsad va 
prinsplarini, Ustavda belgilangan majburiyatlarni qabul qilishi, barcha 
a'zo davlatlar roziligini olishi lozim. Bundan tashqari, Ustavda 
birlashgan a'zolar
80
(bu birlashgan a'zolar to'g'risidagi shartnomada 
belgilangan shartlar asosida tashkilotning ayrim faoliyatlariida ishtirok 
etadigan davlatlardir) va kuzatuvchilar toifasi ko'zda tutilgan (vakillari 
80
См.: Консультативное заключение по запросу Исполнительного комитета СНГ по вопросу о 
приобретениистатуса ассоциированного члена СНГ. Дело № 01−1/6−06 от 22 марта 2007 года
.


150 
Davlat rahbarlari kengashi qarori bo'yicha Hamdo'stlik organlari 
majlislarida ishtirok etishi mumkin bo'lgan davlatlar). 
Amaldagi Ustav bilan a'zo davlatlarning Hamdo'stlik tarkibidan 
chiqish tartibi tartibga solinadi. Buning uchun a'zo davlat chiqishdan 12 
oy avval Ustav depozitariysini yozma ravishda xabardor qilishi darkor. 
Bunda davlat Ustavda ishtirok etish davrida yuzaga kelgan 
majburiyatlarni to'liq bajarishga majbur. 
Hamdo'stlik doirasidagi o'zaro hamkorlik Davlat rahbarlari 
kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, 
Mudofaa vazirlari kengashi, Chegara qo'shinlari qo'mondonlari 
kengashi, Parlamentlararo assambleya, Iqtisodiy sud orqali amalga 
oshiriladi
81
.
MDH doirasida jami 84 organ, shu jumladan tarmoqlar hamkorligi 
bo'yicha 69 organ tashkil etilgan. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish